?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 6 days, 10 hours ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 days, 4 hours ago
ГУЛ” ВА “ТОШ” БИЛАН КУТИБ ОЛИНГАН ИЖОДКОР – Telegraph
https://telegra.ph/GUL-VA-TOSH-BILAN-KUTIB-OLINGAN-IZHODKOR-11-10
Тилланисо аёл қалбининг янгиланган сувратларини мавжуд шаклларга сола билди. Фақат эркаклар адабиётида эмас, балки аёллар адабиётида ҳам, профессор Қ. Йўлдош таъбири билан айтганда, “ўйчил”, яъни тафаккур қилгич қаҳрамон кириб келди. Ҳаёт ҳақида, инсон, жамият, унда ўрнатилган тартиб-интизом ҳақида жиддий фикр юритадиган аёл қаҳрамон – мана “Шакл”нинг энг катта Мазмуни!..
Qanday bòlsang, atrofingdagilar ham shunaqa bòlsa kerak. Qat'iy emas xulosam, shunchaki tajribamdan kelib chiqib yozyapman. Sizlarni yaxshi koraman, dòstlar, kuzatuvchilarim.
Shunchaki, shuni shu yerga yozib qoldirmoqchiman.
" Qora odam" doston.
Do'stginam, do'stginam,
Ichim to'la dard,
Ajab, qaydan menda
Bu xil iztirob?
Bog'larni ko'mganday
Xazon beadad,
Miyamni tobora, g'arq qilar sharob.
Quloqlar qanotday turar boshimda,
Uni kutarolmas
Bemador bo'yin.
Qora odam,
Kelib cho'kar qoshimga,
Qora odam
Uyqu bermas tun bo'yi.
Qora odam
Jirkanch sahfalar bo'ylab
Barmog'in yurgizib
Po'ng'illar uzoq,
O'lik boshidagi
Monaxga o'xshab,
Yuragimga solar
Qo'rqinch bir charchoq.
Qora odam,
Qora, qop-qora odam.
Deydi:" bu kitobni
Varaqlab ko'rgin,
Unda bor soz fikr,
Pok rejalar ham
Va lekin, bu odam
Yashagan yurtning
Odamlari edi
O'g'ri muttaham.
Y yurtda dekabr
Ko'z olgudek oq,
Qora bo'ron oq shohi
To'kar, katma- kat.
U odam dunyoda
Yashadi, shundoq,
Avantyurist bo'lib
Eng oliy sifat.
U kelishgan edi,
Ustiga- shoir.
O'ziga yarasha
Iqtidori ham.
Qirq yoshli xotinga
Bo'ldi-yu asir
"Yomon qiz",- deb suydi,
Dedi:"Jonginam".
Yana der edi, -baxt-
Epchil qo'l, aql.
Sodda, bo'sh yuraklar
Besaodatdir.
Yolg'on karashmalar
Aldoq ishvalar ,
Jonga azob esa
Bu ham qismatdir...
Bo'ronli kunda ham
Tinch onlarda ham
Ezgan chog'ida ham
Hijron-u hasrat
Oddiy bo'lib qolmoq
Kulmoqlik, beg'am-
Dunyoda eng oliy, eng buyuk san'at"
Qora odam!
Haqqing yo'q, ey nobakor!
Qalb aro g'avvoslik
Da'vosidan qayt
U shoirda mening
Nima ishim bor
Janjalkash hayotin
Boshqalarga ayt.
Qora odam
Menga tikilar yomon,
Shafaq bosgan ko'zi
Jirkanch va dahshat.
U meni o'g'ri deb
Qilmoqda gumon
Kimnidir qaqshatib
Ketgan beshafqat.
Do'stginam, do'stginam,
Ichim to'la dard
Ajab, qaydan menda
Bu xil iztirob?
Bog'larni ko'mganday
Xazon beadad
Miyamni tobora g'arq qilar sharob.
Ayozli tun sokin
Uxlar hammayoq,
Deraza ortida
Turibman tanho.
Ohak sepilgandek
Chorraha oppoq,
Daraxtlar saf tortgan
Otliqlar go'yo.
Boyo'g'li qaydadir
Yig'lar dam-badam,
Otlarning tuyog'i
Taratar sado.
Yana cho'kar kelib
Ul qora odam,
Silindr, syurtugin
Yichib beparvo.
" Quloq sol, quloq sol-
Deydi tikilib
O'zi boshim uzra
Kelar yaqinroq-
Hali ko'rmaganman
Dunyoga kelib,
Ablahlarning bedor
Bo'lishin bundoq.
Balki, men yanglishdim.
Axir, oy to'lin,
Mudragan giyohga
Asli, ne darkor.
Balki, kirib kelar
Lorsillab " kelin",
Sen unga o'qiysan
Bekorchi ash'or.
She'r ahli ajoyib...
Bilmadim nega?
Ko'z oldimga kelar
O'qisam she'rin,
Sizlog'ichdan yuzi
Cho'tir qizchaga
Tinmayain javragan
Novcha o'spirin.
Qaysidir qishloqda
Yodimda ham yo'q.
Ryazanmi? Kaluga
Xullas, bir zamon
Sochlari sap-sariq
Ko'zlari ko'm-ko'k
Bir bola bo'lardi
Otasi - dehqon.
O'sdi, yigit bo'ldi
Ustiga-shoir
O'ziga yarasha
Iqtidori ham,
Qirq yoshli xotinga
Bo'ldi-yu asir
" Yomon qiz"-deb suydi,
Dedi:" Jonginam".
Qora odam!
Ey, sen badkor, shumqadam
Bu ta'rifing sening
Olamga ayon!
Jon halqumga kelib
Otaman hassam
Uning qoq manglayin
Mo'ljallab chunon...
Oy ko'kda mahv o'ldi,
Tong sochar ziyo.
Ey, sen qorong'u tun
Ne qilganing bu?
Boshimda silindr
Turibman tanho.
Bir o'zim!
Qarshimda
CHILPARCHIN KO'ZGU...
Sergey Yesenin.
Erkin Vohidov tarjimasi
Men dunyoni so‘z o‘zgartirishiga, qutqarishiga bo‘lgan ishonchimni yo‘qotib qo‘ydim.
Endi nima qilaman?
Sizlar qanday fikrdasizlar?
https://www.instagram.com/reel/C-UcCf7MiCI/?igsh=MW1uZTZwNTFhN3Fk
Anchadan beri borayotgan joylarimdan videolar qòyib bormayapman.
Bugun shu kayfiyatni ulashmasam bòlmasdi. Jonli ijroning, rokning ruhini his eting?
Qishloqda umumiy kayfiyat tushkun.
Bozorlar lanj.
Odamlarimizda qandaydir bir xorg‘inlik bor.
Tabiat go‘zal, sokinlik hukmron, havosi toza, uyquga to‘ydim. Bu rohatni anchadan beri topolmayotgandim.
Atrofdan umidsizlik isi keladi.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 6 days, 10 hours ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 days, 4 hours ago