KINO COMPASS

Description
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

2 months ago

#mifalogiya **FENIKS QUSHI

Feniks - qayta tugʻila oladigan yoki oʻz-oʻzini davolay oladigan abadiy yashovchi mifalogik qush hisoblanadi. Yunon mifalogiyasining bir qismi boʻlgan Feniks qushining boshqa madaniyatlarda ham analoglari topiladi; u shunchalik mashhurki eng mashhur komiks ishlab chiqaradigan kompaniyalardan biri Marvel undan ilhomlanib, "Qora Feniks" nomli oʻz personajini yaratadi. Quyosh bilan bog'langan feniks oʻlgandan soʻng o'zining kulidan ko'tarilib, yangi hayotga ega bo'ladi. Ba'zi afsonalarda aytilishicha, u alanga kabi yonib o'ladi, boshqalarda esa u qayta tug'ilishdan oldin shunchaki o'ladi va parchalanadi deyilgan.

Feniksning kelib chiqishi dastlab Gerodot tomonidan keyinchalik, 19-asr olimlari tomonidan Qadimgi Misrga borib taqaladi deyilgan. Ammo boshqa olimlarni aytishicha Misr qoʻlyozmalari shunchaki klassik folklorlardan ilhomlangan boʻlishi mumkin. Vaqt oʻtishi bilan, Feniks ramzi tobora tarqala boshladi va Gerodot, Lucan, Qari Pliny, Pop Klement I, Lactantius Ovid va Isidor Seville kabilar tomonidan yangidan yangi bogʻliqliklarni qoʻlga kirita boshladi, xususan; Feniks hikoyasini yangilash va uning koʻrinishini oʻzgartirish kabi. Vaqt o'tishi bilan o'zining kelib chiqishidan tashqari, Feniks "umumiy yangilanish", shuningdek, quyoshni, vaqtni, Rim imperiyasini, metempsikozni, muqaddaslanishni, tirilishni ramziga aylanib boraverdi.

P/S: Agarda postlarimiz sizga yoqayotgan boʻlsa reaksiya bosib qoʻying bu biz uchun qadrli!**@Kino_Compas

2 months ago
KINO COMPASS
2 months, 1 week ago

#kino_taqriz **CHARLI VA SHOKOLAD FABRIKASI

IMDb: 6.7 ball
Kinopoisk: 7.6 ball
Rotten Tomatoes: 83 ball
Kino Compass: 8.5 ball

Yoshligimizdan sevib tomosha qilgan ushbu film chindan ham yaxshi darajada edimi yoki bu nostalgiya taʼsirimidi?

"Charli va Shokolad Fabrikasi" 2005 yilda Tim Burton tomonidan suratga olingan myuzikl va oilaviy fantastika janridagi film boʻlib, 1964 yil Roald Dahl tomonidan yozilgan romanga asoslangan ikkinchi adaptatsion film. Bosh rollarda: Jonni Depp; Freddy Highmore; David Kelly; Helena Bonham Carter; Noah Taylor; Missi Pyle va James fox.

Film syujetiga koʻra, uzoq yillar avval yopilgan Willi Wonka shokolad fabrikasi kutilmaganda qayta ochilmoqda, ammo uning ichiga kirish uchun esa 5 ta oltin chiptalardan birini yutib olish kerak. Shahar chetida yashaydigan Charli esa oʻsha oltin chiptalardan birini yutib olishni va ushbu fabrikaga kirishni hammadan koʻp istaydi....

Bugun ushbu filmni qaytadan koʻrayotib oʻylab qoldim, bu film chindan ham yaxshi filmmidi yoki biz uchun nostalgiya hissini bergan uchun uni sevib koʻramizmi? Javobi oddiy unisi ham bunisi ham.

Film myuzikl va oilaviy fantastika janridagi miyaga dam beruvchi yoqimli film, uni koʻrayotib aslo zerikib qolmaysiz, syujet juda yaxshi yozilmagan boʻlsada, agarda undan ayb qidirmay koʻrsangiz oʻziga qiziqtirib qoʻyadi. Film atmosferasi ham juda ajoyib, ayniqsa Shokolad Fabrikasidagi atmosferani koʻrib hayron qolasiz. Aktyorlik ijrosi haqida gapirmasam ham boʻladi, Jonni Depp oʻz ishini mukammal bajargan. U rolga shu qadar jiddiy kirishib ketganki agarda men Wikipediadan Wonka rolini u oʻynaganini oʻqimaganimda taniy ham olmasdim :). Kiyimlar dizayni ham juda ajoyib chiqqan, ayniqsa Willi Wonkaning kiyimlari dizayni, unga qorongʻu ranglar tanlashmagan, ammo juda rang-barang qirib bemaʼnilashtirib ham yuborishmagan. Bilmaganlar uchun: film "eng yaxshi kostyum dizaynlari" yoʻnalishida Oskar yutib olgan, bu odatiy yengil tomosha film uchun juda katta yutuq hisoblanadi.

Eng muhimi esa Tim Burton har doimgidek oʻz ishini aʼlo bajargan, men uning deyarli har bir filmini maqtayman sababi har bir filmida juda yaxshi rejisyorlik ishi va atmosfera boʻladi; "Charli va Shokolad Fabrikasi" filmi ulardan biri albatta. Uning bu filmdagi rejissyorlik ishi tahsinga loyiq.

Lekin bu filmning kamchiliklari ham yoʻq degani emas.... Agarda siz ushbu filmlarni koʻrgan boʻlsangiz aytingchi, Umpa Lumpalarning bolalar qiyinchilikka duchor boʻlganda yugurib chiqib aytadigan qoʻshiqlari nimaga kerak? Men qoʻshiq aytmasin demayabman, lekin bachkana boʻlmagan qoʻshiqni kerakli paytda aytganlarida ancha yaxshi boʻlar edi. Uni ustiga Willi Wonkaning Umpa Lumpalarga bogʻliqligi juda nozik, Willi nega vaxshiy hayvonlar yashaydigan yerga hayotini xavfga qoʻyib borgan, yokida Umpa Lumpalar nima uchun Willini mehmon qilgan, axir ular shoʻx va qitmir edilar.**

Ammo filmdagi bu mayda kamchiliklar uni yomon qilib qoʻymaydi albatta, axir bu film bolalar tomosha qilishi uchun ishlab chiqarilgan (asosan), bunday filmdan esa hamma narsani mukammal boʻlishini talab qilish ahmoqlik. Qisqasi bu film miyangiz charchaganda unga dam berish uchun va nostalgiyani qayta his qilish uchun miyani oʻchirib tomosha qilib yuboriladigan filmlar toifasidan va oʻz toifasidagi eng yaxshilaridan biri desam adashmagan boʻlaman@Kino_Compas

2 months, 1 week ago
KINO COMPASS
2 months, 1 week ago

Bugundan avvalgi aktivga qaytamiz

2 months, 1 week ago

**Siz eng koʻp qaysi Kino Olamga qiziqasiz?

Kommentariya qismiga yozib ketishingiz mumkin ?**

2 months, 4 weeks ago

DART REVAN OʻZI KIM?

Ilk bor 2003 yil Bioware kompaniyasining "Qadimgi Respublika Ritsarlari" video oʻyinida tanishtirilgan Dart Revan personaji Skayuokerlar Sagasi voqealari sodir boʻlishidan 4000 yil avval, Sithlar Imperiyasi va Galaktika Respublikasi oʻz qudratlarining Chegarasida boʻlgan paytlar yashagan Sith hukmdoridir. Dart Revan ilk bor Mandalor urushlaridan bir yil oʻtib koʻrinish beradi va oʻzini Sithlarning yangi qora Lordi sifatida tanishtiradi. Unga shogirdi Dart Malak va katta bosqinchilar floti ergashadi.

Dart Revan va uning armiyasi Dunyoni bir boshqaruvchi ostida boshqarish maqsadida Galaktika Respublikasiga urush eʼlon qiladi. Oʻziga tanish yerlarga qaytishdan oldin Revan Qadimgi Sith Imperiyasini va yaqin kelayotgan tahdidni oʻrganish shuningdek uni bartaraf etish rejalarini tuzadi. Ammo Galaktika Respublikasiga urush vaqtida Dart Malak Revanni oʻldirish va unga tegishli narsalarni oʻziniki qilib olish maqsadida Revanning star krayseriga zarba beradi va koʻrinishidan chindan ham Revan oʻlgan edi.
QADIMGI RESPUBLIKA RITSARLARI
Dart Malak tomonidan oʻldirilgan deb ishonilgan Revan kutilmaganda "Yulduzlar Jangi: Qadimgi Respublika Ritsarlari" video oʻyinining asosiy protoganisti boʻlib chiqdi. Malakning hujumidan olgan qattiq jarohatlari Revan butunlay oʻz xotirasini yoʻqotishiga olib keldi. U Jeday Ritsari boʻlmish Bastila Shan tomonidan topildi va Jedaylar Jamiyatining markaziga olib kelindi. Jedaylar u yerda Revanni Yorugʻlik tomoniga qaytarish va Mandalor Urushlaridan keyin Revan solgan tahdidni toʻxtatish umidida uning miyasini oʻzlari yaratgan yolgʻon shaxsiyat bilan toʻldirishdi.
Revan ortiq oʻzi haqida hech narsani bilmas edi va Bastila Shanning shogirdi sifatida tajriba orttirishni boshladi. Revan va uning sheriklari Galaktikadagi eng yaxshi temirchi ustaxonasini topish va Malakning qoʻshinini tor-mor etish vazifasi boʻyicha sayyorama-sayyora yurishardi. Keyinchalik Dart Malak bilan boʻlgan jangda Revan oʻzining aslida kimligini bilib oldi va shu yerda oʻyinchiga tanlov beriladi: Yorugʻlik tomoniga ergashish va Galaktikani Zulmatdan saqlab qolish yokida Zulmat tomonga oʻtish va Malakni oʻldirib oʻzini Sith Hukmdori deya eʼlon qilish.

"YULDUZLAR JANGI: QADIMGI RESPUBLIKA RITSARLARI" video oʻyini yakunida oʻyinchiga tanlov berilsada, aslida kanonik ravishda u erkak kuch foydalanuvchisi hisoblanadi va kuchning yorugʻ tarafiga ergashadi, oʻyin yakunida Dart Malak va Sithlarni toʻxtatgandan soʻng ustoz Jeday maqomiga koʻtariladi. Maʼlum boʻlishicha oʻyin tugagandan soʻng u Bastila Shanga uylanadi va Vaner Shan ismli oʻgʻli dunyoga keladi. Keyinchalik oʻz hamrohlari bilan xayrlashib, Qadimgi Sith imperiyasining yaqinlashib kelayotgan tahdidini toʻxtatish uchun Galaktikaning nomaʼlum yerlariga sayohatga yoʻl oladi.

2 months, 4 weeks ago

DART REVAN

Yulduzlar Jangi Kino Olami ismlari dunyo boʻylab aylanib yuradigan Protagonist va Antogonistlarga toʻla va deyarli butun dunyo ushbu olis Galaktikadagi insonlarni taniydi. Xoh u buyuk Jeday Lyuk Skayuoker boʻlsin xoh Sithlar hukmdori Dart Veyder boʻlsin, Yulduzlar Jangi kino olami oʻzining personajlari bilan yashaydi. Ammo barcha eng zoʻr yozilgan personajlar ham aynan Skayuokerlar Sagasida yokida Jorj Lukas yaratgan Original trilogiyada emas. 2004 yilda Bioware tomonidan yaratilgan "Yulduzlar Jangi: Qadimgi Respublika Ritsarlari" video oʻyinida ayni paytda eng mashhur Yulduzlar Jangi personajlaridan biri sifatida eʼtirof etiladigan Dart Revan ilk bor debyut qildi.

"Yulduzlar Jangi: Qadimgi Respublika Ritsarlari" video oʻyinining voqealari Qadimgi Respublika davrida sodir boʻladi, syujet esa Galaktika Respublikasi va Sithlar Imperiyasining ikkalovi ham juda qudratli boʻlgan ming yilliklarni qamrab oladi. Bioware tomonidan ishlab chiqarilgan uchchala "Qadimgi Respublika Ritsarlari" oʻyinlari ham Skayuokerlar Sagasidan 4000 yil avval sodir boʻladi. Lucasfilm 2023 yilgi Yulduzlar Jangi Marosimida "Qadimgi Respublika Davri" Kanonning bir qismi ekanligini tan oldi, bu esa kelajakda biz Qadimgi Respublika davrini ham Skayuokerlar Sagasi kabi butun bir Saga koʻrinishida koʻrishimiz mumkinligini bildiradi, demak hali ham Revan kabi personajning hikoyasini koʻrishimizga umid bor va u haqiqat boʻlib chiqish ehtimoli yoʻq emas.

JEDAYLIK TARIXI VA SITHGA AYLANISHI
Revanning Sith Hukmdorligi davri personajning avvalgi shijoatidan ancha yiroq edi. Mandalor Urushlaridan avval Dart Revan va shogirdi Dart Malak ikkovi ham taniqli Jedaylar edi. Mandalor urushlari vaqtida Revan Jedaylar va Galaktika Respublikasi kuchlarining oliy boshqaruvchisi sifatida ishladi. "Qadimgi Respublika Ritsarlari 2" video oʻyini bosh protoganisti Jeday Exile kabi Revan va Malak ham Jedaylar Jamiyatining harakatsizligi va urushga qarshi chora koʻra olmasligi sabab Jamiyatni tark etib, urushga yoʻl oldilar. Urush tugagandan soʻng, ular uchun nomaʼlum boʻlgan yerlarga sayohat qilishdi. U yerda Sithlar ularga hujum qilishdi va Sithlar Imperatori kuch ishlatgan holda ularni zulmat tarafga oʻtkazdi.

2 months, 4 weeks ago
Revan oʻzi kim? U nima uchun …

Revan oʻzi kim? U nima uchun zulmat tomon yuz tutgan?

Assalomu aleykum qadrli Yulduzlar Jangi muxlislari. Uzoq vaqt oldin Dart Revan haqida post yozishga vada bergandim ammo keyinchalik bu unutilib ketdi. Bugun bu xatoni toʻgʻrilashga qaror qildim. Sizlarga yoqadi degan umiddaman, xato va kamchiliklar uchun uzr!

3 months, 2 weeks ago
Assalomu aleykum aziz obunachilar. Maʼlum sabablarga …

Assalomu aleykum aziz obunachilar. Maʼlum sabablarga koʻra bu kanal faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldik lekin endilikda @Fandom_uzb kanalida yanada qiziqroq va bundanda kengroq formatda faoliyat yuritamiz. Qoʻshilib olishingizni soʻraymiz.

@Fandom_uzb
@Fandom_uzb
@Fandom_uzb

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago