?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 week, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Uzbekistan- Indoneziya
3:1 hozirchalik
Urinboyev. M ⚽️
Haydarov.A ⚽️
Saidnurullayev. S ⚽️
Oʻrinboyev bilan boshlandi gollarimiz ⚽️ 1-0
Bellingem xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut....
Illyuziya lotincha illusio — yanglish tasavvur, yanglishish— voqelikni notoʻgʻri, yanglish idrok etish. Sezgi va idrokning muayyan qonunlari tufayli roʻy beradigan illyuziyalar. Koʻpincha, narsa va hodisalarni yaxlit idrok qilish kishida yanglish tasavvur hosil etadi. Masalan, ogʻirligi aynan teng, ammo kattaligi har xil boʻlgan ikki buyumni ketma-ket koʻtarib koʻrilsa, kattasi yengilroq, kichigi ogʻirroqdek tuyuladi. Buning sababi shundaki, kishi hajmi kattaroq buyumning hajmi kichikroq buyumdan ogʻir ekanligini oʻz tajribasida doimo sinab kelgan, binobarin, hajmi har xil buyumlarni koʻz bilan idrok qilganda beixtiyor shu tajribasiga tayanib, kattaroq buyumlarni ushlaganida koʻproq zoʻr beradi, kichikroq buyumni qoʻliga olganda uncha zoʻr bermaydi.
Illyuziya koʻp hollarda koʻzning chalgʻishi bilan bogʻliq. Bu xil illyuziyalar optik illyuziya deyiladi. Optik illyuziya muayyan sharoitda turli kesmalar uzunligi, burchaklar kattaligi, narsalar oʻrtasidagi masofalar va shu kabilarni oʻzaro taqqoslanganda kuzatiladi. Bu xil illyuziyalar turmushda koʻp uchraydi. Shuningdek, eshitish illyuziyasi (birovning nutqidagi ayrim so'zlar boshqacha bir maʼnoda aytilgan soʻzdek eshitiladi), harakat illyuziyasi (poyezd juda ham tez yurganda vagondagi kishiga goʻyo u harakat qilmayotgandek tuyiladi) va boshqa insondagi psixofiziologik, koʻpincha hayajonlanish, charchash, qoʻrqish holatlarida roʻy beradigan subyektiv illyuziyalar. Masalan, oʻrmondagi toʻnka qoʻrqoq odamning koʻziga bironta yirtqich qayvonga oʻxshab koʻrinadi. Sogʻlom odamlarda illyuziya oʻtkinchi holat; ayrim psixik kasalliklar (makropsiya, metamorfopsiya, giperpatiya va hokazolar) natijasida paydo boʻladigan illyuziya esa ancha turgʻun. Illyuziyani yoʻq narsalar bordek boʻlib tuyuladigan holat — gallyusinatsiyadan farq qilish kerak.
Illyuziya xususiyatlarini bilish ulardan toʻgʻri foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, toʻla kishilar uzunasiga yoʻl-yoʻl kiyim kiyishga harakat qiladilar. Chunki bu xil kiyimlarda kishi illyuziya tufayli nisbatan ixcham boʻlib koʻrinadi. Optik illyuziyadan tasviriy sanʼatda, meʼmorchilik va harbiy maskirovkada, bosmaxona shriftlarini tayyorlashda keng foydalaniladi.
_James Eugene Carrey *(talaffuzi: Jim Kerri) 1962-yilning 17-yanvarida, Kanadaning Ontario provinsiyasida, Nyumarketda tugʻilgan amerika va kanadalik aktyor, ssenariychi va produser.
U „Niqob“, „Ace Ventura: Uy hayvonlari qidiruvi“, „Ace Ventura: Tabiat chaqirgan payt“, „Ahmoq va undan ahmoq“, „Aldoqchi“, „How the Grinch Stole Christmas“, „Men, men oʻzim va Irene“, „Bruce Almighty“, „Har doim Ha!“ komediyalarida, „Truman tomoshasi“, „Oydagi odam“, „Kabelchi“, „Gʻuborsiz aqlning abadiy yorugʻligi“, „23 soni“, „Phillip Morris, men seni sevaman“ tragediya va trillerlarida suratga tushgan. AQSHda eng koʻp haq oladigan komiklardan biri.
Birinchi bosh rol – Mark Kendall. 1999-yildagi „Truman tomoshasi“ filmidagi roli uchun birinchi marta taqdirlangan. 2 ta Oltin Globus olgan. 10 dan ortiq, turli xil MTV Movie Awards sovrinlarining egasi. Ikki marta uylangan, qizi bor.
Peggy Sue Got Married (1986)
The Dead Pool (1988)
Earth Girls Are Easy (1989)
Doing Time on Maple Drive (1992)
Ace Ventura: Pet Detective (1994)
Niqob (1994)
Dumb and Dumber (1994)
Batman Forever (1995)
Ace Ventura: When Nature Calls (1995)
The Cable Guy (1996)
Liar Liar (1997)
The Truman Show (1998)
Man on the Moon (1999)
Me, Myself & Irene (2000)
How the Grinch Stole Christmas (2000)
The Majestic (2001)
Bruce Almighty (2003)
Eternal Sunshine of the Spotless Mind (2004)
Lemony Snicket's A Series of Unfortunate Events (2004)
Fun with Dick and Jane (2005)
Horton Hears a Who! (2008) (ovoz)
Yes Man (2008)
I Love You Phillip Morris (2009)
A Christmas Carol (2009)
Mr. Popper’s Penguins (2011)
The Incredible Burt Wonderstone (2013)
Kick-Ass 2 (2013)
Dumb and Dumber To (2014)
Dark Crimes (2016)
Kidding (TV series, 2018)
Sonic the Hedgehog (2020)
Sonic the Hedgehog 2 (2022)
Ricky Stanicky*FENOMEN?
ÓZBEK KINOLARI HAQIDA
1."Sen yetim emassan"– 1962 yilda rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan.
«O‘tkan kunlar» – 1969 yilda rejissyor Yo‘ldosh A’zamov tomonidan suratga olingan.
«Vatan» – 2006 yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan.
«O‘rtoq Boykenjayev» – 2002 yilda rejissyor Yusuf Roziqov tomonidan suratga olingan.
«Shum bola» – 1977 yilda rejissyor Damir Salimov tomonidan suratga olingan.
«Nasriddin Buxoroda» – 1943 yilda rejissyor Yakov Protazanov tomonidan suratga olingan.
«Tohir va Zuhra» – 1945 yilda rejissyor Nabi G‘aniyev tomonidan suratga olingan.
«Sevishganlar» – 1969 yilda rejissyor Elyor Eshmuhammedov tomonidan suratga olingan.
«Inson qushlar ortidan boradi» – 1975 yilda rejissyor Ali Hamrayev tomonidan suratga olingan.
«Issiq non» – 2018 yilda rejissyor Umid Hamdamov tomonidan suratga olingan.
«Toshkent non shahri» – 1968 yilda rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan.
«Mahallada duv-duv gap» – 1960 yilda rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan.
«Otamdan qolgan dalalar» – 1998 yilda rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan.
«Abdullajon» – 1990 yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan.
«Uzviylik» – (multfilm) rejissyorlar Sergey Alibekov va Svetlana Muratxo‘jayeva tomonidan suratga olingan.
«Mayin yomg‘ir yog‘adi» – (multfilm) rejissyor Nozim To‘laxo‘jayev tomonidan 1984 yilda suratga olingan.
«Yettinchi o‘q» – 1972 yilda rejissyor Ali Hamroyev tomonidan suratga olingan.
«Voiz» – 1999 yilda rejissyor Yusuf Roziqov tomonidan suratga olingan.
«Yaratganga shukr» – 1996 yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan.
"Tòylar muborak" 1979
Edvard Xachaturov
«Kichkina odamlar» – 2007 yilda rejissyor Xotam Fayxiyev tomonidan suratga olingan.
«Chashma» – 2006 yilda rejissyor Yolqin To‘ychiyev tomonidan suratga olingan.
«Dev bilan pakana» – 2003 yilda rejissyor Jahongir Qosimov tomonidan suratga olingan.
«Tanka» – 2002 yilda rejissyor Toreniyaz Qalimbetov tomonidan suratga olingan.
«Parizod» – 2012 yilda rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan.
Inson uchun «eng oliy jazo» haqida roman - «Jinoyat va jazo» – Telegraph
https://telegra.ph/Inson-uchun-eng-oliy-jazo-haqida-roman---Jinoyat-va-jazo-11-30-2
Sharq Napalyoni yoxud Laqaylik Robin Gud
Ibrohimbek 1889 yilda Buxoro amirligi tarkibiga kiruvchi Dushanbe shahri yaqinidagi Ko‘ktosh qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi Chaqaboy o‘zbeklarning laqay urug‘iga mansub, o‘z qishlog‘ining oqsoqoli, ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Buxoro armiyasida to‘qsabo (polkovnik) yoki amirlik amaldorlaridan edi.
Ibrohimbek 1,5 yil davomida madrasada o‘qiydi. O‘zining tan olishicha, o‘qishni biroz biladi, ammo yozishni o‘rgana olmaydi.
1920 yili Turkistonda sovet hukumati o‘rnatiladi. Buxoro amiri Said Olimxon taxtni tashlab, Afg‘onistonga qochadi.
Laqay urug‘i vakillari ham Ibrohimbekning qaynotasi Abduqayum Parvonachi boshchiligida qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilib, inqilobchilar va sovet hukumatiga qarshi kurashni boshlaydi. Ammo tez orada qo‘mondon betob bo‘lib qoladi. Qaynotasining o‘rnini esa yosh Ibrohimbek egallaydi.
2021 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida mustabid sovet davrida qatag‘on qilingan 115 nafar shaxsni oqlash yuzasidan 6ta jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqildi.
Ularning orasida Ibrohimbek va uning 15 nafar izdoshiga aloqador ish ham bor edi. Oliy sud mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilmagani, jinoyat ishida sud hukmi yoki bayonnomasi mavjud emasligini aniqladi va Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan
( 83-modda. Reabilitatsiya uchun asoslar
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim:
1) ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa;
2) uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa;
3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa).
Ibrohimbek va u bilan birga otib tashlangan 15 nafar shaxsni oqlash haqida hukm chiqardi.
Qandaydir vaqt juda tez oʻtmoqda yoki men koʻp ishlarga ulgurmay qolyapman kechagina oʻtgan dushanba edi hozirgidek esimda va yana bir hafta ortda qoldi eng qizigʻi biroz oldin ertalab edi...
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 week, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago