Axror Rahmonov

Description
Bir yoshning Ilm olish va tarqatish yo’lidagi harakatlari.

- O’rganaman, amal qilaman, yozaman, o’rgataman.
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 2 weeks ago

Bir insonni maqtab undan o’rnak olishga shoshilmang

Bir muvaffaqiyatli insonni o’zimizga misol yoki ibrat qilib olishdan avval yaxshilab o’ylab ko’rish kerak.

Uni mehnatkashligi va aqliga qarab baho bermang.

Hamma har hil vaziyatlarda tug’uladi.

Kimdur faravon bo’lib turgan payti, kimdur esa urish ketayotkan payti.

Kimdur barqaror iqtisod tuzimi payti, kimdur kuchli stognatsia va infliatsia payti.

Kimningdur oilasi faqat ta’lim olishni targ’ib qilsa, kimningdur oilasi birinchi ehtiyojlarini qondirishni o’ylaydi.

Ustozimiz aytgan edilar, siz bilan bir hil boshlagan(aqli, yoshi, vazni, oilaviy sharoiti) inson sizdan o’tib ketishi mumkun.

Chunki u tepalikdan pasga qarab yursa, siz tepalikka ko’tarilasiz. Ikkalasida ikki hil kuch kerak.

Biri sekin harakat qilsa ham katta natijalar qilaveradi, ikkinchisi juda katta mehnat qilsa ham ko’zlagan natijaga yeta olmaydi.

Hattoki Bill Gates o’zini omadi kelib boyib ketkanini tan oladi.

Bill o'zini davrida yagona kopmyuter bor bo'lgan maktabga borar edi. (Lakeside maktabi)
U shunchaki, shu paytda, shu joyda bo'lganlik omadi kelgan. Millionlardan bittaga beriladigan omad.

Omad = kutilmagan rizq. Uni nazardan qochirib bo’lmaydi.

Nazardan qochirgan esa, omad bilan erishgan narsasiga kibrlanib yuradi.

@axror_rahmonov_blog

1 month, 2 weeks ago
1 month, 2 weeks ago

Omad va tavakkal qilish(risk olish) doim bir birini qo’lini ushlab yuradi.

@axror_rahmonov_blog

4 months ago

Sekin asta, lekin ishonch bilan.

@axror_rahmonov_blog

@thechallengeruz

4 months, 1 week ago

Аллох дея йулга чиккан ярим йулда коларми?

4 months, 1 week ago

Samarqand - Marafon
Yana marafon, yana safar. Bu safar Samarqandga.

O’zgacha vibe, o’zgacha atmosfera, boshqa odamlar.

Irodani yana sinaymiz, nafsni sindiramiz.

Bu yilgi marafonlar shu bilan o’z nihoyasiga yetadi. Bu yilga 4chi marafon.

Keyingi yildan, 10km emas, 21km ga harakat qilamiz.

Ko’proq masofa - ko’proq sinalamiz.

Hozirgi paytlarda shunday komfort zonadan chiqmasak, hamma narsa komfort bo’lib qoldi.

Komfort zona - hayot tarziga aylandi.

Keyingi yildan siz bilan ham marafon yugirish nasib qilsin.

Marfonga boradiganlar bo’lsa, commentda yozib qo’ying balki birga ketarmiz.

@axror_rahmonov_blog

7 months, 1 week ago

Nikoh

Eng katta burilish nuqtasi. Endi «men» emas «biz» paydo bo'ladi. Ikki juft bir tanu bir jonga aylanadi - buni oila deyishadi.

Muvaffaqiyatga yo'l ham nikohdan boshlanadi. Oila orqali uyingizni farog'at qasriga aylantira olasiz.

Nikoh qurishda hamma o’ziga moslab qadriyatlarini quradi, lekin aslida undan kutiladigan narsa: Hurmat, e’tibor va qo’llab quvvatlash.

Nikohdan maqsad esa:
1. Zurriyot qoldirish. O'zidan keyin, o'ziga duo qiladigan, solih amallar qiladigan solih farzand qoldirish.
2. Haromdan saqlanish. Inson harom bo'lgan narsalardan saqlanishi uchun va shahvatini qoldirishi uchun. Nikoh bunga eng to'g'ri yechim.

Lekin Nikohdan asosiy maqsad shahvatni qondirish bo'lishi kerak emas, shunday bo'ladigan bo'lsa inson baribir haromga yo'llab ketishi mumkun. O’zim ko’pgina guvohi bo’ldim.

@axror_rahmonov_blog

7 months, 1 week ago

Odatlar 30 yoshgacha sen odatlaringni qurasan, 30 yoshdan keyin odatlar seni quradi - Steve Jobs Odatlar insonning avtomatizatsiyasi. Odatlar Insonlar xo'jayini - Rumi Odatlar sizni quradi - Barbara Oakley Odatlar bizni boshqaradi. O'zimiz hohlamagan…

7 months, 1 week ago

Savol kuchi
Savol ham, javob ham ilmdan kelib chiqadi - Rumi.

Bir insonning ilmini uning javoblari soni emas, savollari soni ko'rsatib beradi. Qancha savollari ko'p bo'lsa, shuncha ilmi ko'p degani.

Savollar bo'ldi degani, inson o'rganishga tayyor.

Lekin hozirgi paytlarda bizda savollar yetishmayabti, savollar kamayib, javoblar ko'payib ketkan.

Savol ilm olish jarayonida paydo bo'ladi.

Misol: Bir joyda tanishlar yig'ishing bilan hayoting yengillashadi desa, bir joyda ishingni zo'r qil o'zlari sen bilan kelib tanishadi, deydi. Savol tug'uladi, qaysi birini qilay?

Shu savollarni o'zi izlanishga olib boradi, izlanish esa qiziqishga olib keladi, qiziqdizmi yana savollar paydo bo'ladi.

Sizda savollar yetishmayatkan bo'lsa, javoblar yetishmayatkan bo'lsa ilm yetishmayabti.

Eng qizig'i savol ham javob ham ilmni ko'paytiradi.

@axror_rahmonov_blog

7 months, 1 week ago

Katta maqsad
Katta maqsadga erishish oson emas, lekin har bir inson o’zini katta maqsadi uchun maksimum qilishi kerak hayotlik paytida.

Bu dunyodaga bu katta maqsadingizga erisha olmadingizmi, hechqisi yo’q.

Kelajak avlod sizni ishingizni oxiriga yetqazib qo’yishiga umid qiling, shundayini toping.

Aslida eng muhimi, sizdan keyingi avlod mana shu katta maqsadingizni davom etirishidir.

@axror_rahmonov_blog

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago