? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
"Izlam"ning 2 fasl kitoblar taqdimoti.
Qiziqqanlar uchun, to‘liq holda👇👇👇
Usta
Kulgu ustasiman, bu o‘tgan qondan,
Shu hunar ketidan borman, yashayman.
Hamma qimmatiga uchgan zamonda,
Men hanuz eng arzon kulgu yasayman.
Badqovoq janoblar, tojdor xonimlar,
Taqdirdan ayirib bo‘lgach ulguni.
Rangsiz chehrasiga tilanib kelar,
Bir chimdim kulguni, bir sof kulguni.
Harbiylar keladi gohi yarim tun,
Buyruqdan bekinib, ustavdan qochib.
Gohi shifokorlar yo‘qlar jigarxun,
Kiygan libosidek oqarib sochi.
Xushro‘y raqqosalar, xipchabel qizlar,
Soxta tabassumdan tirishib labi.
Poyimda mo‘ltirar bir najot izlab,
Bajo kelturgudek borki talabim.
Men esa hech ne-ga qilmayin parvo,
Shunchaki, o‘z ishim bajargum xolos.
O‘lchami har turli bo‘lar-u ammo
Sifatga men kafil,
... va shifo-ixlos.
O‘, qanday hofizlar kelmadi deysiz?
Man degan to‘ralar, podsholar hatto.
Mening mehnatimning mahsuli bois,
Xalqda(n) ishonch topdi, hurmat bexato...
Birisi tabassum so‘raydi, biri
Qah-qaha, o‘pkani portlatmoq uchun.
Menga farqi nima?
Diqqatim berib,
Yasab kelayapman yetgancha kuchim.
Zotan, to‘rt yoningda lovullasa cho‘g‘,
Omonlik izlaysan joning boricha.
Bu soxta dunyoda kulguni hech yo‘q,
Asrab qolmoq lozim asl holicha.
Kunlar hafta bo‘lar, haftalar oy-yil,
Mung to‘la ko‘zlarda munglanar iloj.
Odamzod hamisha yig‘lashga moyil,
Odamzod hamisha kulguga muhtoj...
Rejalar tuzganmiz aniq va pishiq,
Ijrosin mo‘ljallab uzoq yillarga.
Yetkazib beramiz, narxidan tushib,
Xayriya qilamiz nochor ellarga.
Dunyoni olamiz kulgu-la qamrab,
Shodlikni marjondek ipga teramiz.
Borini oshirmoq yo‘llarin tanlab,
Yo‘qmi?
Kerak bo‘lsa yasab beramiz.
Tun-u kun tinmaymiz, qilamiz mehnat,
Shogirdlar taxlaymiz o‘g‘il-qizlardan.
Toki yer yuzidan arisin g‘urbat,
Kulgu yashnab tursin toki yuzlarda.
Qachondir yetarli yasolsak sonin,
Har bitta odamga ulashib qator.
Bir toza qah-qaha bilan dunyoni,
Yaaaxshilab qoqilash niyyatimiz bor.
26.01.2021.
Oʻz koʻchamning baland pastini,
Sen bilmaysan, oʻzim bilaman.
Topib borgum aytgan manziling,
Yumib hatto koʻzim, bilaman.
Men ulgʻaydim shu tuproq, changda,
Loylar kechib...
Sen poyi quruq,
Bugun kelib mening koʻchamga,
Oʻrgatasan tagʻin yoʻl-yoʻriq!
Oltin qoida va Hayot
Fizikada bormish "Oltin qoida..."
Biz hamon oʻshani kutapmiz yurak.
Kuch ham masofa ham turar joyida,
Ayt biz qay biridan yutapmiz yurak?
Bormaymiz.
Kelmaydi.
Bu hayot zolim,
Goh olov olarkan yigitlik qoni,
Togʻlarni sudrashga yetgulik holim,
Kuch bilan boʻlsaydi anglab dunyoni.
Bir zumda oʻzgardi hammasi biroq,
Ming yilda oʻrniga tusharmi, yoʻqmi?
Kun sayin choʻzilar masofa yiroq,
Bu yutuq deysanmi?
Ehh... bu yutuqni.
Nahot yashash kerak kuch bitguncha to?
Axir bizda bunday sabot yoʻq, yurak.
Fiziklar hayotni bilishmaydi yo,
Yoki fizikada hayot yoʻq, yurak.
Jon yangligʻ suysa-da ketgani rostdir,
Jon qadar suysam-da demadim-a "Qol".
Ayting bu qaysi bir qolipga mosdir?
Hech bir qoidaga tushmaydi bu hol.
Mehr ne?
Sogʻinch ne?
Qilmasdan parvo,
Qoida yasaydi tolmas fizika.
Har ne-ni hisoblash mumkindir ammo,
Gʻururni hisobga olmas fizika.
Hayot-chi? Nazarga ilmaydi hayot,
Oʻz yoʻlicha davom etadi bari.
" Oltin qoida"ni bilmaydi hayot,
Hayotning bordur oʻz qoidalari...
Fizika... Oʻshasiz ko‘ngil toʻlmaydi,
Oʻshasiz hayot ham boʻlmas joyida.
Yurakni qolipga solib boʻlmaydi,
Jonsiz jismlarda boʻlar qoida.
Bormaymiz.
Kelmaydi.
Bu hayot zolim,
Goh olov olarkan yigitlik qoni,
Tog‘larni sudrashga yetgulik holim,
Kuch bilan bo‘lsaydi anglab dunyoni.
©Jaloliddin Sayyid, "Huqqaboz"
Hayot davom etarkan, shoirlar tugʻilaveradi, chin sheʼrlar yozilaveradi. Borxes taʼkidlaganidek – isteʼdodsizlikni isteʼdod oʻlaroq qabul qilgan adabiyot oʻquvchini bezdiradi: shuni unutmangki, adabiyotning kushandasi adabiyotdir, boshqa narsa emas, – xuddi shu talqinni anglab yetgan holda, oʻqiydigan asarlarimizni saralay bilsakgina kifoya, hech qachon asl sheʼriyatdan yuz oʻgirmaymiz.
Bir sheʼrxon sifatida, Jaloliddin Sayidga oʻsha "Sharpalar" orasiga qoʻshilib ketmay, baland ruhiyatidan – choʻqqidan pastga ogʻishmay sermahsulroq ijod qilishini tilab qolaman!
Muhammad Siddiq
Quzg‘un qismati
Harchand baland uchma temir qanot-la,
Qiyqirib mayliga dunyoni buzgin.
Noming o‘zgarmagay ammo hayotda,
Ne qilma, baribir quzg‘unsan, quzg‘un.
Changaling hech qachon bo‘lmagay halol,
Qismating sening-da qo‘yilgan bitib.
Dunyoni olsang ham bir kun, ehtimol,
Mahkumsan, yashashga o‘laksa titib.
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid