Bu trubka emas

Description
Qiziqishim doirasidagi mantiqiy faktlar va g'oyalar berib boriladi.

Muallif: @cheezekoff
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months ago
Ustoz Abdurasul Abdullayev hayotlariga bag'ishlangan MY5 …

Ustoz Abdurasul Abdullayev hayotlariga bag'ishlangan MY5 tv tayyorlagan ko'rsatuv youtubega joylanibdi.

Ko'rish uchun👇

https://youtu.be/YhiJeq8jEY8

👉 @Butrubkaemas 👈‌‌

2 months, 1 week ago
**Intellektual marafon to'g'risida**

Intellektual marafon to'g'risida

Ko'pchiligimiz kutgan marafonga ham oz fursat qoldi. Nizom bilan tanishib chiqqan bo'lsangiz oldingi marafonlarga nisbatan ko'p o'zgarishlar bor.

  1. Reyting tizimi;
  2. Apellyatsiya hay'ati (keyingi o'rinlarda - AH);
  3. Tarkibni shakllantirishda O'zbekiston chempionatidagi qoida.

Reyting tizimi isloh qilingani zo'r bo'ldi. Undanam zo'ri endi 6ta hududda bo'ladigan o'yinlarni barcha savollariga tarkibi 3 kishidan iborat apellyatsiya hay'ati qaror chiqaradi. Oldingi tajribada apellyatsiyalarda jamoalar o'rtasida nizolar bo'lganini ko'p guvohi bo'lganmiz. Manfaat bor joyda bunday bo'lishi tabiiy. Endi hammasi adolatli o'tishi kafolatlangan deb ayta olaman.

AH tarkibi: Farrux Yoqubjonov, Oxun Nizomov va kamina. Imkon qadar xolis qaror chiqarishga harakat qilaman. Xato va kamchiliklar uchun oldindan uzr so'rayman. 1 kunda jami 710 ta savol apellyatsiyalarini ko'rib chiqishni o'zi emas.

Afsus, Bingo jamoasi ishtirok etmaydi.

Kuchlilar g'alaba qilsin

3 months, 4 weeks ago
3 months, 4 weeks ago

Savolda ikki joyda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan.

Qo‘shiqni ilk bor ijro qilgan Qobilqori Siddiqov eslashicha, qo‘shiq dastlab nomga ega bo‘lmagan. Shunda O‘zbekiston radiosi xorining rahbari atoqli san’atkor Abdulhaq Sultonov, - “Og‘ayni, qo‘shig‘ing nihoyatda SO‘M bo‘libdi. Unga “SO‘M” deb nom bera qol” degan taklifi bastakorga ham, kengash a’zolariga juda ma’qul bo‘lgan. Shundan so‘ng, qo‘shiq shu nom bilan butun O‘zbekistonga yashin tezligida tarqaldi, ulkan shuhrat topgan.

Savol: So‘zni to‘liq yozib bering.

Boshlovchiga eslatma! Javob audio tarzida qo‘yib beriladi.

Javob: So‘lim

Izoh: She'ri G‘iyosiddin Soatiy qalamiga mansub "So‘lim" qo‘shig‘i 1932-yilda yozilgan. 1933-yilda Soatiyning shogirdi Qobilqori Siddiqov qo‘shiq qilib kuylagan. San'atshunoslarning fikriga ko‘ra, qo‘shiq Meroj kechasi haqida bo‘lib, Rasululloh s.a.v.ning Buroqda Jannatning 7 qavatiga qilgan sayohatlari haqida deyiladi. Savoldagi yashindek tez tarqaldi so‘zlari Meroj voqeasining tez bo‘lib o‘tganiga ishora edi.

Manba: https://t.me/mm_telekanal/2848 (17:00)

Ushbu savol Intellektual olimpiada Zakovat o'yinini eng so'nggi savoli bo'ldi. Savoldan oldin O'zMU USAT va JIDUdan 1 ball orqada edi. Shu uchchala jamoadan faqat O'zMU to'g'ri javob topa oldi. Javob chiqqandagi emotsiyalar daxshat edi. Uyog'i nima bilan yakunlanganini bilasizlar)

? @Butrubkaemas ?‌‌

4 months ago

Rassom Tristram Pol Hiller chizgan suratlarida kunduzgi qishloq, port, sohil bo‘yi, shahar markaziy ko‘chalarini tasvirlaydi. Ammo suratlarda odamlar umuman ko‘rinmaydi. Bloger Pyotr Mixaylov bunday holatni Unga o‘xshatadi.
Savol: U nima ekanligini ispancha so‘z bilan yozib bering.

Javob: Siesta

*Izoh: Siesta – ispancha urf-odat bo‘lib, tushdan keyingi mizg‘ib olishni anglatadi.

Manba:* https://dzen.ru/a/Ysr8C0vFFk3GwP1W?auth_provider=yandex

Ushbu savol Oliy ta'lim tashkilotlari talabalari o'rtasidagi Intellektual olimpiadaning Zakovat o'yini 1-turida o'ynaldi. Savol g'oyasiga ko'ra, tushlikdan keyin o'ynaladigan turning 1-savoli bo'lishi kerak edi. Lekin turnir dasturi bunga imkon bermaganligi uchun 1-turga qo'yildi. Ba'zi jamoalar muhokamada "nonushtadan keyingi qaylulani ispanchasi nima edi" deb siestani eslolmaganini guvohi ham bo'ldim)

? @Butrubkaemas ?‌‌

4 months, 1 week ago

Chingizxonning qabrini topish nega qiyin?****

Mo‘g‘ullar o‘z e’tiqodlariga ko‘ra, marhumning qabrini bulg‘ash uning ruhining narigi dunyoga borishiga to‘sqinlik qilishi mumkin deb hisoblaganlar va ular nafaqat o‘z qabiladoshlari dafn etilgan joyda ko‘rinadigan yodgorliklarni qoldirmaganlar, aksincha, ularni yashirishga harakat qilganlar. Bu fakt zamondoshlarning quyidagi manbalar bilan tasdiqlanadi:

Marko Poloning xabar berishicha, "Chingizxon avlodlari bo‘lgan buyuk hukmdorlarni katta Oltoy tog‘iga ko‘mishadi va hatto ular tog‘dan yuz kunlik yo‘lda vafot etgan bo‘lsalar ham, o‘sha yerga olib kelishadi." Bu tog‘ning qayerdaligini va unga qanday yo‘l topishni kamdan kam odam bilardi.

Fors muallifi Juzjoniy mo‘g‘ullarning dafn marosimini shunday tasvirlaydi: "Bu xalqning odati shuki, agar ulardan birortasi o‘lib qolsa, yer ostida odamning martabasiga qarab uy yoki tokchaga o‘xshash joy quradilar. Bu joyni to‘shak, gilam, idish-tovoq va boshqa buyumlar bilan bezashadi; uni qurol-yarog‘i va butun mol-mulki bilan birga o‘sha yerga dafn etishadi. Bu yerda uning ba’zi xotinlari, xizmatkorlari va u hammadan ortiq sevgan kishisini dafn etishadi. Keyin tunda bu joyni ko‘mishadi va to u joydan hech qanday belgi qolmaguncha qabr ustida otlarni yugurtirishadi. Ularning bu odati barcha musulmon xalqlariga ma’lum."

Fransisk-monaxi Benedikt Polyak: "Daladan yashirincha chuqur qazib, boshqasini ochiqdan ochiq qazishadi (2 ta qabr, biri haqiqiy, biri soxta). So‘ngra qabrlarni topolmaslik uchun biya yoki qo‘ylarni haydaydilar. Ba’zan yangi o‘rilgan o‘tlarni qabr ustidan yotqizishadi."

Xitoydagi mo‘g‘ul Yuan sulolasining bizgacha yetib kelgan tarixida ham xuddi shu fikrni o‘qish mumkin: "Qabrlar yonida mozor qo‘rg‘onlari yo‘q, qabr o‘rasidan olingan tuproq to‘g‘ri yotqiziladi, qabrning tuproq bilan to‘lishi teskari amalga oshiriladi, ko‘milganidan keyin esa ortiqcha tuproq uzoqqa eltib tashlanadi."

Bundan xulosa qilsa bo‘ladiki, mo‘g‘ullarning motam marosimlarining o‘ziga xosligi va vafot etgan insonning qabri yer bilan bitta qilib tekislanishi sababli ularni topish qiyin. Chingizxonning ham qabri topilishi qanchalar qiyin vazifa ekanligini shundan angalasa bo‘ladi.

Markaziy Osiyo hududida mo‘g‘ullar qabri topilgani haqida ma'lumotingiz bo‘lsa izohlarda ulashing??

? @Butrubkaemas ?‌‌

6 months ago
Bugun soat 8:00 da jonli efir …

Bugun soat 8:00 da jonli efir FM 106.5 to'lqinida "Intellekt kuchi - Zakovat do'stlik ko'priklarini qurmoqda" mavzusida suhbatlashamiz.

6 months, 1 week ago
**Anjir arilar qabristoni***?*****

Anjir arilar qabristoni?****

Bir dona anjir ichida bir dona ari tanasi bor desam ishonasizmi? Albatta aqlga sig'maydi.

Gap shundaki, urg'ochi blistofag ari anjir mevasi kichkina tugunligida uning uchidagi kichkina tirqish orqali kiradi va lichinkalarini anjir ichiga qo'yadi. Ari kichkina tirqishdan kirish jarayonida qanotlarini tashlab yuboradi. Shu sababli, qaytib anjir ichidan chiqib ketolmaydi va uning ichida vafot etib mevaga qorishib ketadi.

Qizig'i, bu ma'lumotni biladigan ba'zi bir veganlar anjir yemaydi.

? @Butrubkaemas ?‌‌

6 months, 1 week ago
**Tripanofobiklar bormi*****?‍♂***

Tripanofobiklar bormi?‍♂

Tripanofobiya - inyeksiya va ukol olishdan qo'rqish kasaliga uchragan insonlar. Bunday insonlarni aksariyati shpritsni badanga sanchilishidan qo'rqadi. Endi bunga yechim bor☝️.

Janubiy koreyalik olimlar tomonidan yangi avlod shpritslari ishlab chiqildi. Shprits badanga sanchilganda qattiq holatda bo'lib, teri ostiga kirganida elastik holatga o'tadi va deyarli og'riq sezdirmaydi.

Olimlar bu shpritsni yaratishda galliy elementidan foydalangan. Galliy inson tanasi haroratidan ham past haroratda erish xususiyatiga egaligi bunga sabab bo'lgan. Qizig'i, gigiena qoidalarida belgilanganidek bunday shpritslarni bir marta ishlatish mumkin. Chunki foydalanilgan shprits shaklini qayta tiklay olmaydi.

? @Butrubkaemas ?‌‌

6 months, 1 week ago
**Alkogolli kokteyllar nega rangli?**

Alkogolli kokteyllar nega rangli?

Kontrafakt alkogolni maskirovka qilish uchun rangli alkogol kokteyllar o‘ylab topilgan.

AQSHdagi quruq qonun bunga sababchi bo‘ladi. Butlegerlar burbon hidiga o‘xshash hid kelib turishi uchun ataylab bemaza suvga o‘lgan kalamushni qo‘shgan.

Yuqorida aytilgan tajribalar doim ham yaxshi natija beravermagan, qo‘lansa hid va ta'mni ketkazish uchun barmenlar alkogolli ichimliklarga mazasi yoqimli boshqa turdagi ichimliklarni qo‘shib boshlagan. Shu tariqa ilk rangli kokteyllar paydo bo‘lgan.

Kanal ma'muriyati ogohlantiradi: Alkogol zlo!

? @Butrubkaemas ?

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago