Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 6 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Ko'nglingda ko‘nglimning ko‘ngli bor dedim
Tong otmay quyoshning kuldi chehrasi!
Chin oshiq ishqiga Alloh yor dedim,
Qachon jilmayasan, ko'nglim erkasi?!
Umrim bahor bo‘ldi - to‘rt fasli go'zal!
Sahar nahor bo‘ldi ishq qo'ngan mahal..!
Matlasi sen bo'lgan yozildi g'azal!
Zimiston yorishsin sen kulgin alhol..!
Boqmagin olamga bunchalar jiddiy,
Sening tabassuming kutmoqda ochun.
O'ylaring murakkab - bu hayot oddiy..
Yashasang arzir bir muhabbat uchun)
Tong..
Shafaq..
Qip-qizil - qanday chiroyli!
Biroq tabassumga she'r yozsa bo‘lar.
Tong-u tun deyilur quyoshli, oyli,
Sening kulging ila kemtiksiz to‘lar..!
Baxt yashar, ishq yashar kulgichlaringda.
Cho‘kmoqqa izning yo‘q, aytgin, netay men?!
Yo'lgiz muddaom bor, yolg'iz iddao -
Sen kulgin, umrimdan rozi ketay men..
Kumushjon
19.12.2024
P/s: Yurakni bir qadar titratadigan, bir qadar suyukli, bir qadar go'zal she'r♡
Yaxshi insonlarni ko'rganimizda, ular haqida eshitganimizda beixtiyor ko'nglimiz yorishib ketadi. Yoshligimda ularni dunyoning ustunlari deb o‘ylardim) Nega ular bunchalik yaxshi ekan-a?! Allohga shu qadar yaqin va shu qadar suyukli bo‘lish mumkinmikan?!
Insonlar mehrdan, e'tibordan, qolaversa sevgidan ulg‘aysa kerak. Quyoshning iliq nurlari fiziologiyamizga qay darajada ijobiy ta'sir qilsa, insonlarning iliq munosabatlari psixologiyamizga ana shu qadar ta'sir qilmay qolmaydi.
Kichik yaxshiliklar ham katta quvonchlarga sabab bo‘ladi. Deylik qo‘lingizdagi og'ir yukni ko‘tarishib yuborgan insonni qanday qilib yaxshi deya olmaysiz? Yuragingizdagi og'irliklarni ko‘tarishib yuboradigan yaxshi insonlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi!
Safarda chorak soat samimiy suhbat qurgan insoningiz haqida yillab yaxshi taassurotlar qoladi. "Zumrad va Qimmat" degan ertak bo‘lardi (taxminan 8-10) yoshligimizda. Ana o‘sha ertakda Zumrad bilan gaplashgan odam yana qayta gaplashgisi keladigan qiz sifatida ta'riflangandi.
Mehrdan toshyuraklar erimaydi deysizmi? Sevgi toshni gullatishiga kim ishonmaydi? E'tibor inson tugul flora va faunaga-da suv va havodek zarur ekanligini nahot bilmaysiz?!
Xarper Li "Mazaxchi qushni oʻldirish" asarida shunday deydi: "Aslida hamma odamlar yaxshi, qachonki ularni tushuna boshlaganimizda.." Ularni tushunishimiz haqida esa "Amerika hindularida shunaqa qarash bor: biror inson haqida hukm chiqarishdan oldin, osmonda oy 3 marta yangilangunicha uning poyabzalida yurib koʻr, shundan keyingi hukming adolatli boʻladi".
Yaxshi insonlar ko'plab, judalar ko'plab qiyinchiliklarga duch kelishadi, ammo ular.. ammo ular baribir yaxshi bo‘lib qolaverishadi♡
To'g'risi, yaxshi insonlar haqida gapirsam.. yozsam.. havasim kelaveradi, yozgan sari yozgim, gapirganim sari gapirgim keladi.
Dunyoning ustunlari omon bo‘lishsin!
Ota-onaning vazifasi - tarbiya berish.
Farzandlarning vazifasi - tarbiyani asrash)
Nima uchun bizning qo‘limizdan kelmaydigan holatlarda aybdor sanaymiz/sanalamiz?
–Falonchixon farzandli bo‘lmayapti ekan, biror xastaligi bormikan-a, Pistonchixon..?
–Eshitdingizmi, Falonchixo‘janing farzandi bu yil ham o'qishga kira olmabdi, qachon qarasangiz qo‘lida kitob. Nima balo jin tekkanmi bunga..?
–Sertifikat topshiraman deb 3 oy burun aytgandi, yana qayta topshiryapti ekan. Mundooo yaxshilab tayyorlansa oladi-ku shuni, hamma olib yotibdi-ku, o‘qiyaptimikan o‘zi?
Hurmatli insonjonlar, yuqoridagi hech bir holatning sodir bo‘lishida, avvalgi holiga qaytishiga, to‘xtashiga, boshlanishiga bizning dahlimiz yo‘q, ya'ni bizning qo‘limizda bo'lmagan, ixtiyorimizda bo'lmagan holatlar sirasiga kiradi. Shunday ekan, bularga aralashishga haqqimiz yo‘q! O'zingning uyingdagi muammolardan qo'shininiki qiziq degandek gap-da.. O'zimizni isloh qilish bilan ovora bo'lsak edi, g‘iybat degan "suhbat"lardan omonda bo‘lardik.
Oilaning asosi - mehr-muhabbat, u esa boshqa kichik elementlarni o'z ichiga oladi. Masalan ishonch, hurmat, do'stlik kabi.
Yer sharida zilzila oqibatida faqatgina poydevori mustahkam imoratlar qaddini saqlay oladi. Oilada ham shunday, poydevor o'laroq xizmat qiladigan mehr-muhabbat qanchalik mustahkam bo'lsa, tashqi va ba'zida ichki "zilzilalar"ga bardoshli bo‘ladi..
Eng yomoni nikohning zilzilaga bardosh bera olmasdan Arshni larzaga keltirishi..
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 6 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago