?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
Ўғуз туркларининг жанубий ғарбга силжиши ва яқин ва ўрта шарқда турк империяларининг шаклланиши!
🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰
🔰"BURJUA INQILOBI" KLASSIFIKATSIYASI
⤵️⤵️⤵️⤵️
🔷ANGLIYA - 1640-1688-yillar
🔶FRANSIYA - 3 ta bosqichda:
▪️1-bosqich - 1789-1791-yillar
▪️2-bosqich - 1791-1792-yillar
▪️3-bosqich - 1792-1794-yillar
🔷AQSH -1775-1783-yillar
🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🔰"MUTLAQ MONARXIYA" SHAKLLANISHI KLASSIFIKATSIYASI
⤵️⤵️⤵️⤵️
🟦ANGLIYA - Genrix VIII Tyudor (1509-1547)
🟧PRUSSIYA - Frudrix II (1740-1786)
🟥ROSSIYA - Pyotr I (1689-1725)
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do‘stlaringizga ham ulashing🤝**
**Bugun 22-oktyabr 2024-yil, seshanba.
🎊BAYRAMLAR:*🎊*
🇺🇳 Xalqaro duduq insonlar kuni.
🌎 Xalqaro erkaklar asab tizimini ayol zo'ravonligidan himoya qilish kuni.
🌎 Xalqaro qaynonalar kuni.
🌎 Xalqaro yong‘oq kuni.
🌏 CAPS LOCK tugmachasi kuni (Caps Lock Day).
🌏 Kserokopiya tug‘ilgan kun.
🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉
🇺🇸 AQSh - Milliy ranglar kuni.
🇦🇺 Avstraliya - Vombat kuni.
🇮🇳 Hindiston - “Maxa Ashtami” bayrami.
🇮🇩 Indoneziya - Santri kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Yoshlar festivali (Jidai Matsuri).
🇷🇺 Rossiya, Dog‘iston - Oq turna festivali.
⚜ VOQEALAR:⚜
🔰1721 - Rossiya imperiyaga aylandi (eski yil hisobida).
🔰1730 - Ladoga kanali ochildi.
🔰1797 - Jak Garneren havo sharidan parashyutda sakragan birinchi odam bo‘ldi.
🔰1842 - Gustav Faberje Sankt-Peterburgda zargarlik ustaxonasi ochdi.
🔰1859 - Ispaniya-Marokash urushi boshlandi.
🔰1883 - Nyu-Yorkda Metropoliten-opera teatri ochildi.
🔰1938 - Chester Karlson kserokopiya apparatini ixtiro qildi.
🔰1955 - Kamchatkadagi Bezimyanny vulqonining otilishi.
🔰1960 - Kassius Kley (keyinchalik Muhammad Ali) professional ringdagi birinchi jangida g'alaba qozondi.
🔰1962 - Karib inqirozi: John Kennedy Kuba blokadasini e’lon qildi.
🔰1964 - Fransuz faylasufi va yozuvchisi Jan-Pol Sartr Nobel mukofotidan voz kechdi.
🔰1966 - SSSR “Luna-12” sun'iy yo'ldoshini uchirdi.
🔰1975 - “Venera-9” sovet kosmik stantsiyasi Venera yuzasiga qo'ndi.
🔰1980 - Rim Papasi Galiley ustidan chiqarilgan 1633-yilgi hukmni bekor qildi.
🔰1990 - Qirg'izistonning suvereniteti to'g'risida qonun qabul qilindi.
🔰1992 - Latviya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining suverinetitetini tan oldi.
🔰1998 - O‘zbekiston Livan bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
🔰2001 - Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
🔰2001 - tennis yulduzlari amerikalik Andre Agassi va germaniyalik Steffi Graffning to'yi bo‘ldi.
🔰2009 - Windows 7 ning rasmiy chiqarilishi.
🔰2022 - Jorja Meloni Italiya hukumatini boshqargan tarixdagi birinchi ayolga aylandi.
🎁 TAVALLUDLAR:🎁
🎈1811 - List Ferens (1880) - venger kompozitori, pianinochi, dirjyor, pedagog, jamoat arbobi.
🎈1844 - Sara Bernar (1923) - Fransuz teatr san'ati tarixidagi eng mashhur aktrisa.
🎈1887 - Marshak Samuel (1964) - rus shoiri, 20- asr rus bolalar adabiyoti asoschilaridan.
🎈1870 - Ivan Bunin (1953) - Rus yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1933).
🎈1881 - Klinton Jozef Devisson (1958) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1937).
🎈1894 - Mey Lanfan - Xitoy operasi afsonasi.
🎈1903 - Jorj Uells Bidl (1989) - amerikalik genetik, Nobel mukofoti sohibi (1958).
🎈1917 - Joan Fontayn (2013) - amerikalik kinoaktrisa.
🎈1919 - Murodova Xanifa - xirurg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1969).
🎈1919 - Doris Lessing (2013) - ingliz fantast yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibasi (2007).
🎈1929 - Lev Yashin (1990) - Rossiya futboli tarixidagi eng yaxshi darvozabon, olimpiya (1956) va Yevropa chempioni (1960).
🎈1943 - Ketrin Denyov - eng go'zal fransuz aktrisasi.
🎈1949 - Arsen Venger - fransuz futbolchisi va murabbiy.
🎈1963 - Obid Asomov (2018) - qiziqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🎈 1971 - Ro'ziqul Berdiyev - oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi 🎈2012-yilidan “ Nasaf ” futbol klubi bosh murabbiyi.
🎈1985 - Deontey Uaylder - amerikalik bokschi, WBC yo‘nalishida jahon chempioni (2015-yildan).
🎈 2001 - Jo Yu-ri - janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
5️⃣ ИЮЛЬ САНАСИДА СОДИР БЎЛГАН МУҲИМ ТАРИХИЙ ВОҚЕАЛАР
??1811 йил— Венесуэла Испаниянинг Жанубий Америкадаги мустамлакаларидан биринчи бўлиб ўз мустақиллигини эълон қилган;
?1841 йил— инглиз сайёҳи Томас Кук дастлабки сайёҳлик агентлигини очган;
?1881 йил —Мисрдаги Луксор шаҳри яқинида фиръавнлар Сети I, Аменхотеп I, Тутмос III ва Рамсес II дафн этилган ноёб қабрлар топилган;
?? 1884 йил — Германия Того устидан протекторат эълон қилган;
⚖️1919 йил— ирланд миллатчилари ташкилоти Шин Фейн қонундан ташқари деб эълон қилинган;
??1920 йил— Германиянинг Шлезвиг штати Дания назорати остига ўтган;
? 1921 йил —Совет Россиясида давлат корхоналарини хусусий шахсларга ижарага беришга рухсат берувчи фармон қабул қилинган;
?♂️1924 йил — Парижда саккизинчи Олимпия ўйинларининг очилиш маросими бўлиб ўтган;
⚔️ 1940 йил — Швеция Германияга аскарларни Норвегияга етказиш учун Швеция темир йўлларидан фойдаланишга рухсат берган;
❌ 1940 йил — президент Франклин Делано Рузвельт АҚШга япон товарларини етказиб беришга эмбарго жорий этган;
? 1942 йил— бўлажак ёзувчи Ян Флеминг Канададаги айғоқчилар мактабини имтиёзли диплом билан тугатган;
⚔️ 1943 йил — Иккинчи жаҳон урушида Курск жанги бошланган;
? 1954 йил — BBC'нинг биринчи телевизион янгиликлари узатилган. Бошловчи Ричард Бейкер рекорд ўрнатган: у 28 йил давомида (1954 йилдан 1982 йилгача) янгиликларни ўқиган;
?? 1959 йил —Индонезия Президенти Сукарно фармони билан 1945 йилги Конституция тикланган, унга кўра президентга катта ваколатлар берилган. Шу билан бирга, Индонезия Таъсис мажлиси тарқатиб юборилган;
??1962 йил —Жазоирнинг Франциядан мустақиллиги эълон қилинган;
? 1971 йил —Қўшма Штатларда сайловда овоз бериш ҳуқуқи 18 ёшдан катта (илгари 21 ёшдан катталар) шахсларга берилган;
??1975 йил —Кабо-Верде ороллари мустақиллиги эълон қилинган;
?1978 йил — СССР КГБси СССР Вазирлар Кенгашига бўйсунишдан озод этилган;
❌ 1994 йил —Хитойда болалар меҳнатидан фойдаланиш тақиқланган;
? 1999 йил — Куба АҚШни 40 йиллик иқтисодий блокададан кўрган зарари учун судга берган;
? 2006 йил — Сан-Франциско ҳудудида автоҳалокат натижасида Тонга орол-давлатининг шаҳзодаси ва маликаси ҳалок бўлган.
? Ⲧⲁʀⲓⲭ/Ⳙⲥⲧⲟⲣυя/Ⲏⲓⲋⲧⲟʀⲩ ?
?Imomqulixonning qasami
*⏬Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon (O‘zidan oldingi ikki xonning akasi bo‘lmish Dinmuhammadning o‘g‘li) 1611-1642-yillarda Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniylar sulolasining uchunchi xoni hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida xonlikda markaziy hokimiyat nisbatan mustahkamlangan.
Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jung‘ar (ayrat)lar, qalmoqlar hujumlari keng tus olgach, 1613-yil Imomqulixon Turkistonning chegaralaridan tortib Ashpara va Qoratovning oxirgi hududlarigacha qozoqlar, qoraqalpoqlar va qalmoqlarni ta’qib etib borib, ko‘pchiligini qirib tashladi. Qirg‘indan tirik qolganlar tog‘ va o‘rmonlarning ta’qibchilar oyog‘i yetmaydigan joylariga qochib berkindi. Shu tariqa, Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritib, o‘g‘li Iskandar sultonni (xonning yolg‘iz o‘g‘li) Toshkent hokimi etib tayinladi. Lekin bu shahzoda Toshkent aholisiga ma’qul kelmadi. Iskandar sulton aholiga boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‘paytirib, qattiq zulm o‘tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Iskandar sulton o‘ldirildi. Bu mudhish xabar xonning qulog‘iga yetib kelganda, uning vajohati uchquni alangaga aylandi. Bo‘lgan voqea haqida o‘z ukasi Nadr Muhammad (1642-1645-yillarda Buxoro xoni)ga xat yozib, qo‘shin bilan yetib kelishiga buyruq berdi va o‘zi katta qo‘shinni olib Toshkentga jo‘nadi.
Nadr Muhammad Balx va Badaxshonning qo‘shinlarini olib akasiga yordamga shoshildi. Ular bir joyda qo‘shildilar va bir oy mobaynida Toshkentni qamal qildilar. Qamal arafasida g‘azabga to‘lgan Imomqulixon shunday qasam ichdi: "Qasam ichamanki, shaharni olgach, uning aholisini qilichdan o‘tkazaman, toki dushmanning qoni otimning uzangisigacha yetmaguncha, ularni qirishni to‘xtatmayman!" Qamal uchun o‘z davrida mavjud bo‘lgan barcha muhoraba usullari qo‘llanildi. Shahar aholisi juda og‘ir ahvolga tushib qoldi. Nihoyat, shahar darvozalaridan biri portlatilib, askarlar u yerdan shaharga kirdilar va yosh-u qarini qilichdan o‘tkazdilar. Misli ko‘rilmagan yovuzlik sodir bo‘ldi. O‘ldirilganlarning soni tasavvur chegarasidan oshib ketdi. Buxoro qo‘shinlarining boshliqlari xonga bechora va begunoh aholiga rahm qilib qon to‘kishni to‘xtatishni iltimos qildilar. Xon esa g‘azabidan tushmagan holda shunday javob berdi: "Men qasam ichdim va toshkentliklarning qoni mening uzangimga yetmaguncha, qatlni to‘xtatmayman!" Bu qirg‘inni to‘xtatish uchun amirlar kengashgan olda faqihlar (islom qonunshunoslari)ga murojaat etdilar. Ular bu jarayon uchun shunday fatvo berdilar: "janobi oliylari o‘z otini suvi uning uzangisiga yetadigan hovuzga tushirsin, undan keyin suv bilan o‘ldirilganlarning qonini aralashtirsinlar, shul zafarli o‘zangigacha yetib boradi". Amirlar fatvo mazmunini Imomqulixonga yetkazdilar va u xuddi shunday qildi. Shu tariqa podshohning qasami ado etilib, barchaning ko‘ngli taskin topdi. Xon Buxoroga yo‘l oldi.*
? A. T. Zamonov
? Ⲧⲁʀⲓⲭ/Ⳙⲥⲧⲟⲣυя/Ⲏⲓⲋⲧⲟʀⲩ ?
#abituriyent_2024*??*
‼️MAJBURIY TARIX DTM SAVOL-JAVOBLARI.
⤵️⤵️⤵️
1.Nurillaboy saroyi qaysi Xiva xoni tomonidan qurilgan(XX asr boshlari)?
✅Muhammad Rahimxon II
2.2016-yilda YUNESKOning nomoddiy boyliklari ro’yxatiga nima kiritilgan?
✅O’zbek palovi
3.Qo’qon xonligida Sulton Murodbek madrasasi nechanchi yilda qurilgan?
✅1872-yilda
4.Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro qachon vafot etgan?
✅1506-yilda
5.Qachon Bobur Kobulda hokimiyatini o’rnatdi?
✅1504-yilda
6.O’rta asrlarda qaysi xalq bosqini davrida O’rta Osiyoda Buyuk Ipak yo’li butunlay harakatsiz qolgan?
✅Mo’g’ullar
7.Bobur Mirzo Samarqand taxtini birinchi marta egallagan yilni aniqlang.
✅1497-yil
8.Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egallagan yilni aniqlang.
✅1500-yil
9.Bobur Mirzo Samarqand taxtini uchinchi marta egallagan yilni aniqlang.
✅1511-yil
10.Somoniylar davrida qaysi shahar o’zining charm mollari va ko’nchilik mahsulotlari bilan mashhur bo’lgan?
✅Shosh
11.Somoniylar davrida qaysi shahar o’zining kumush va qo’rg’oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur bo’lgan?
✅Eloq
12.Somoniylar davrida qaysi shaharda yuqori navli qog’oz ishlab chiqarilar edi?
✅Samarqand
13.Somoniylar davrida qaysi shaharda qayiqsozlik taraqqiy topadi?
✅Xorazm
14.Qachon Toshkentda Amir Temur haykali ochilgan?
✅1993-yili
15.Kanishka davrida poytaxt Baqtiriyadan peshovarga ko‘chirildi. Peshovar hozirda qaysi davlat hududida joylashgan?
✅Pokiston
? Ⲧⲁʀⲓⲭ/Ⳙⲥⲧⲟⲣυя/Ⲏⲓⲋⲧⲟʀⲩ ?*
**Амир Темур дунё тарихини қандай ўзгартирди?
У моҳиятан Россияни яратди.
(Эътиборингизга тарихчи, сиёсатшунос Tariq Bakylнинг Амир Темурнинг дунёни қандай ўзгартиргани ҳақидаги фикрларини ҳавола этамиз)
Ҳозирги Россиянинг катта қисми аввал Олтин Ўрда ерлари эди, чунки у Мўғул империясининг тўртта вориси давлатидан бири ҳисобланарди.
Россия турли князликида тарқоқликлар мавжуд бўлиб ўзаро келшмас эдилар. Уларнинг ҳар бири вассал сифатида Олтин Ўрдага солиқ тўлаган.
Дастлаб Темур Олтин Ўрдани қўллаб-қувватлаган, аммо мазкур мамлакат хони унга қарши ҳаракат қилавергандан сўнг кейинроқ унга бостириб киришга қарор қилган. Амир Темур ўз мамлакатига қарши хавфли кучга айланган Олтин Ўрдага қақшатқич зарба берган, Сарой Беркага ўт қўйиб юборган. Шундан кейин Олтин Ўрданинг марказий ҳукумати парчаланиб турли майда хонликларга бўлиниб кетган.
Олтин Ўрданинг заифлашгани сабаб рус князлари бирин-кетин солиқ тўлашни тўхтатдилар, бу ҳолат ҳам ва Олтин Ўрданинг яна-да заифлашишига олиб келди.
Эркин рус князлардан бири Масковия князлиги эди ва вақт ўтиши билан рус князликлари Москавия атрофида бирлашишни бошладилар.
Рус ҳукумати борган сари кучайиб Олтин Ўрда ерларини, Сибирни мустамлака қилиб, катта-катта чўлу даштларни ишғол қилдилар.
Бу Амир Темурнинг жаҳон тарихига кўрсатган энг катта таъсири эди, у билвосита Россияни яратди.
Ишонаманки, Олтин Ўрда усиз ҳам қулаши мумкин эди, лекин у анча олдинроқ қулашни. Россия ва унинг тарихга таъсирисиз дунё қандай бўлишини ким билади.
Яна таъсири шундаки, Темур ҳам Византиянинг қулашини кечиктирди.
Темур Анадолуга хўжайин бўлишни хоҳлагани учун Усмонлилар билан жанжаллашди. Усмонлилар ўша пайтда Болқоннинг кўп қисмини босиб олдилар ва Константинополни қамал қилдилар.
Темурнинг юришлари туфайли Усмонлилар унга қарши курашиш учун қамалдан воз кечишга мажбур бўлдилар. Темур жангда ғалаба қозонди ва Усмонли империясининг қулашига оз фурсат қолди, аммо улар олдинги позицияларини тиклаб олдилар ва 1453 йилда Константинопол ва Византия империясини босиб олдилар, бу вақтда Темур вафот етган эди.
Агар Темур қаттиққўл бўлганида, Усмонлилар империясини бутунлай вайрон қилиши мумкин эди, ким билади, уларсиз тарих қандай бўлар эди.**
? Ⲧⲁʀⲓⲭ/Ⳙⲥⲧⲟⲣυя/Ⲏⲓⲋⲧⲟʀⲩ ?
Asl kashfiyotchilar g'arbliklarmi yoki boshqa....
Tarix shunday ilmki, faqatgina fan emas, inson, millat va dinning o'tmishi va kelajagi. Uni buzib talqin qiluvchilar bor, buzilgan holatini o'rganuvchilar bor
Nisbiylik nazariyasi asoschisi – Al-Kindiy (IX asr)
Yevropada Eynshteyn (XX asr)ga nisbat beriladi
Geometriyani rivojlantirib, fan darajasiga keltirgan asoschisi – Al-Kindiy (IX asr)
Yevropada Veber va Fexner (XIX asr) deb bilinadi
Ko’zoynak asoschisi - Qutbiddin Ibn Haysam (X-XI asr)
Ilk ko’z shifokori – Qutbiddin Ibn Haysam
Ilk bor atom haqida tadqiqot olib borgan olim – Jobir ibn Hayyon – X asr
Kompyuter mantig’iga oid ilk nazariyalar, kibernetika asoschisi – Abulizz Ismoil ibn Jazariy (XII asr)
Yevropada Charlz Bebbij (XIX asr) nomi tan olinadi
Anesteziya – Sobit ibn Qurra (IX asr)
Yevropada Morton kashfiyoti (XIX asr) deb tan olinadi
Differensial hisoblash – Sobit ibn Qurra (IX asr)
Yevropa Nyuton nomi bilan bog’lanadi (XVII-XVIII asr)
Mayatnik – Ibn Yunus (X asr)
Yevropada esa Nyuton deb bilinadi
Sil kasalligiga qarshi mikrob – Kambur Vosim (XVIII asr)
Yeropada Robert Kox (XIX asr)
Suvchechak va bezgak – Abu Bakr Roziy (IX-X asr)
Ali ibn Abbos – saraton kasalligiga qarshi jarrohlik o’tkazgan (X asr)
Qalqonsimon bezni jarrohlik orqali olib tashlash Xalaf Zahroviy (X asr)
Dorishunoslik fani asoschisi - Abdulloh ibn Baytor – 1400 ta dorivor o’simlikni o’rgangan (XIII asr)
Bunday natijaga yevropaliklar XVI asrgda yetishishgan
Birinchi bo’lib ko’z to’qimasi xususiyatini kashf qilgan – Ibn Rushd (XII)
Moxov kasalligini sababini topib, davolagan – Ibrohim Jassor (IX asr). Yevropada XIX asr
Ibn Sino 29 ta yangi fan ixtirochisi bo’lgan
Alouddin Ali Qushchi Oyning ilk xaritasini chizgan
Battoniy taqvimi hozirgi hisoblardan 24 soniya farq qiladi
Dunyoda ilk qog’oz ishlab chiqarish korxonasi – 794-yil, Bag’dod.
Birinchi haqiqiy shifoxona – 707-yil Damashqda qurilgan
Birinchi haqiqiy dorixona - Bag'dodda, 1000-yilda. Yevropada XV asrda.
Yevropadagi birinchi rasadxona – Sevilyada musulmonlar tomonidan qurilgan (XII asr)
Yevropadagi birinchi qirol bog'i - XI asrda. Andalusiyada, musulmonlar tomonidan yaratilgan
Dunyodagi zilzilaga oid ilk asar – Damashqiy (XII asr)
Keyingisi XV va XIX asrda
Mikrob kashfiyoti – Oqshamsiddin (XV asr)
Yevropada - Lui Paster (XIX asr)
Usturlob – Ibrohim al-Faraziy (VIII asr)
28. Ilk haqiqiy kompas - Kabajakiy (XIII asr)
29. Birichi globus - Beruniy
? Ⲧⲁʀⲓⲭ/Ⳙⲥⲧⲟⲣυя/Ⲏⲓⲋⲧⲟʀⲩ ?
⚡️ ЎҚИТУВЧИЛАР ҲАҚИДА ҲАҚИҚАТЛАР
-Дунёда битта касб бор: ўқитувчилик. Қолган касблар унинг ҳосиласидир.
-Миллатнинг эртаси мактаблардан бошланади.
-Ўқитувчи бир умр бола бўлиб қолади.
-Ўқитувчи бир вақтнинг ўзида она, ота, бобо, буви, ака, опа, дўст бўла олади.
-Ўқитувчида отанинг қаттиққўллиги, онанинг меҳри бўлиши керак.
-Ҳеч кимнинг 30 нафар фарзанди йўқ. Ўқитувчида эса бор.
-Ҳамма ўз боласини севади. Ўзганинг боласини севиш, унга таълим-тарбия бериш эса ҳар кимнинг ҳам қўлидан келмайди.
Бунинг учун инсонда катта юрак керак бўлиши керак.
-Болаларни сева олмаган кишидан ўқитувчи чиқмайди.
-Ўқитувчилик--бу ҳали устозлик дегани эмас.
-Ўқитувчилик--бу касб.
Устозлик эса бахтдир.
-Ҳаётингиз давомида ҳеч бўлмаса битта шогирдингиз сизни устоз сифатида тан олмаса, умрингиз шамолларга соврилибди.
-Ўқувчиларим мени устоз сифатида эмас, аввало, инсон сифатида яхши кўришларини истайман.
-«Дарсимда пашша учса билинади»-дейдиган ўқитувчилар рост гапиради. Уларни фақат пашша қизиқтиради.
-Амир Тeмур дунёни тиғ билан, Навоий қалам билан олган бўлса, устозлар дунёни бўр билан олади.
--Бу ҳаётда оддий синф раҳбар бўлмайди. Синф раҳбар бўлдингми, чида. Муштни муштга тугиб чида, тишни тишга қўйиб чида.Синф раҳбарликни чидаганга чиқарган.
-Бугун синф раҳбарлик олиб, унинг масъулиятига чидолмай, эртага ташлаб юборадиган ўқитувчининг ўзини «ташлаб» юбориш керак.
-Устоз яқинми, ота?
-Ота. Агар у устоз бўлса.
-Ҳақиқий ўқитувчининг қаҳрида ҳам болага нисбатан меҳр уфуриб туриши керак.
-Энг ёмон ўқувчимни бошқа синфдаги 10 нафар энг яхши ўқувчига алишмайман.
-Ўқувчингиз ҳаётий масалада сиздан маслаҳат,ёрдам сўраяпдими, демак, устоз даражасига етибсиз, муборак бўлсин.
-Ҳеч қачон ўқувчиларингизга одам бўлмайсан, деманг. Унингку танлаш имконияти бор. Сизда эса ҳатто шу ҳам йўқ.
-Бугунги жиноят кечаги тарбиянинг маҳсулидир.
-Биз--устозлар ўқувчиларимизга мактабда эмас, ҳаётда аълочи бўлишлари учун кўмак беришимиз керак.
-Устознинг ҳаттоки қадам ташлаши ҳам тарбия бўлиши керак.
-Шогирдларига фақат таълим берган ўқитувчи мутахассис тайёрлайди.Шогирдларига таълим-тарбия берган ўқитувчи инсонни етиштиради.
-Ўқувчингиз сизни ота-онасининг ноўрин айбидан ҳимоя қилаяпдими, демак сиз унинг қалбидан жой олибсиз.
-Устозлар фарзандларининг ютуқларидан кўра,шогирдларининг ютуқларига кўпроқ қувонади.
-Юксакларга чиқмоқчи бўлсангиз, пастга тушиб ўқувчилар билан бирга бўлинг. Кун келиб уларнинг ўзи сизни юксакларга олиб чиқади.
? Ⲧⲁʀⲓⲭ/Ⳙⲥⲧⲟⲣυя/Ⲏⲓⲋⲧⲟʀⲩ ?
#MuarrixInfo
?Amir Muzaffarning bemavrid huzur-halovati.
⏬Rossiya imperiyasining 1866 yilgi harbiy harakatlari va unga qarshi kurashayotgan Buxoro amirligi qomondonligining xatti-harakati xususida ba’zi mulohazalar. ...Rus qo‘shinlarining oliy bosh qo‘mondoni Romanovskiy (Orenburg general-gubernatori. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga daslabki harbiy yurishlariga Ogenburg general-gubernatorlari qo‘mondonlik qilishgan)ning qo‘shini Sirdaryo dashtiga chiqqani haqida xabar olgandan keyin amir Muzaffarning (1860-1868-yillarda Buxoro amirligining oliy hukmdori. 1868-1885-yillarda Turkiston general-gubernatoriga bo‘ysunuvchi Buxoro amiri) xatti-harakatlari susaya boshlaydi. 1866-yil u rus qo‘shinlarining yo‘lini to‘sish uchun 30 ming kishilik lashkarni Jizzax viloyati hokimi Olloyor devonbegi qo‘mondonligida jangovor marrani egallashga buyuradi. Amir o‘z ixtiyoridagi lashkari bilan aprel oyining oxirlarida yo‘lga chiqadi va O‘ratepa yaqinidagi Rogun qishlog‘ida to‘xtaydi. Bu hudud Olloyor devonbegi rahbarligidagi viloyatga qarashli edi. Amir Muzaffar Olloyor devonbegining husni jamolda tengi yo‘q qizini o‘z huzuriga keltirilishini buyuradi. Yurt taqdiri uchun hayot-mamot jangi oldida ham amir o‘zining huzur halovatini o‘ylaydi va haramiga keltirilgan yoshgina qiz, o‘z lashkarboshisining farzandi ekanligini ham unutib, ishratga beriladi. Olloyor devonbegining sarbozidan yozib olingan esdalikda aytilishicha, o‘sha tongda bu qizning murdasini topishgan. Ko‘p o‘tmay sevimli qizining mudhish o‘limi haqidagi xabar jangovor marrani egallab turgan Olloyor devonbegiga yetib keladi. U farzand dog‘ida kuyib, bir necha kun davomida chodirdan chiqmay yotadi. 1866-yil may oyida general Romanovskiy qo‘shinlari Erjarda ko‘rinishi bilan, Olloyor va uning qarindoshlari boshchiligidagi qo‘shin jang qilmay, Xovos tomon chekinadilar. Bu ish bilan ular begunoh halok etilgan qizning o‘limi uchun amirdan o‘ch oldik, deb o‘ylaydilar. Natijada, Rossiya askarlari amir qo‘shinini bir hamlada tor-mor keltirib, har tomonga to‘zg‘itib yuboradi. Muzaffar jang maydonini sharmandalarcha tashlab qochadi.
A.T.Zamonov.
? Ⲧⲁʀⲓⲭ/Ⳙⲥⲧⲟⲣυя/Ⲏⲓⲋⲧⲟʀⲩ ?
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago