Hujjat topshirish jarayonlari

Description
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

2 months, 4 weeks ago

Xorijda oʻqish davomida ishlamoqchiman, nimalarga eʼtibor qilishim kerak?Aksariyat yoshlar xorijda oʻqish davomida albatta ishlashni (part-time) reja qiladi. Xoʻsh, bunda nimalarga eʼtibor qaratish lozim.

**Shular haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

  1. Borayotgan davlatingiz tilini oʻrganing (imkon qadar).** Borayotgan davlatingizning tilini bilish – ish topishni siz oʻylagandan koʻra, ancha osonlashtiradi.

Agar davlat tili ingliz tili boʻlmagan mamlakatga ingliz tilida oʻqishga ketayotgan boʻlsangiz, mahalliy tilni ham imkon qadar oʻrganing: Yaponiyaga boʻlsa – yapon, Ispaniyaga boʻlsa – ispan, Germaniyaga boʻlsa – nemis tilini.

Albatta, davlat tilini bilmasdan turib ham amallab ish topish mumkin. Lekin bu oson kechmaydi. Shu sababli, hech boʻlmaganda kundalik suhbatlardagi oddiy soʻzlashuvlarni ham oʻrganib olgan maʼqul.

2. Ishlash ruxsati qanday olinishini oldindan tekshiring. Baʼzi davlatlarda ishlash ruxsati oʻsha davlatga yetib borishingiz bilanoq – aeroportning oʻzida berilishi mumkin (masalan, Yaponiyada shunday). Bunda odatda talabadan “Ishlash niyating bormi?” deb soʻraladi. Ha, desa, ruxsat muhrini urib berishadi. Yoʻq, desa ruxsat muhri urilmaydi.

Albatta, ruxsatni keyinchalik ham olish mumkin. Lekin bu uchun alohida ariza bilan mahalliy organga murojaat qilish va kutish kerak. Shu uchun aeroportning oʻzida ruxsatni olgan ancha oson va tez.

Koʻp davlatlarda aeroportda ishlash ruxsati berilmaydi. Bunday ruxsatni olish uchun masʼul mahalliy organga ariza bilan murojaat qilish kerak.

Ayrim davlatlarda esa talaba boʻlish avtomatik tarzda ishlash uchun ruxsat beradi: hech qanday ariza shart emas (masalan, Ruminiya).

Borishdan oldin ishlash ruxsati olish tartibini bilib olsangiz, oʻzingiz uchun oson kechadi.

3. Universitetning oʻzida ishlashingiz mumkinligini tekshiring. Koʻplab universitetlar oʻz talabalariga ish taklif qiladi. Borishdan oldin universitetingizdan talabalarga moʻljallangan ish bor yoki yoʻqligini soʻrab oling. Boʻlsa, ariza topshirishingiz mumkin.

4. Qonun boʻyicha haftasiga necha soat ishlash mumkinligini aniqlashtiring. Turli davlatlarda talabalarning bir haftada necha soat ishlashi haqidagi qoidalar turlicha boʻlishi mumkin.

Masalan, Avstraliyada talaba oʻqish payti haftasiga 20 soat, taʼtil paytida haftasiga 40 soatgacha ishlashi mumkin.

Yaponiyada esa talaba haftasiga 28 soatgacha ishlashi mumkin.

Imkon qadar shu qoidalarga amal qiling. Lekin koʻpchilik qonunda ruxsat etilganidan koʻproq ishlaydi. Biroq bu qonun buzilishi ekanligi, aniqlansa, oʻzingizga yomon boʻlishini esdan chiqarmang.

5. Vaqtingizni toʻgʻri taqsimlang. Ishlash oʻqishingizga xalal berib qolmasin. Haftasiga 20 soat ishlash oʻqishingizni qiyinlashtirayotgan boʻlsa, kamaytiring. Vaqtni ish va oʻqish uchun yetarli darajada taqsimlang.

6. Oʻqishingiz muhimroqmi va part-time ishingizdan topayotgan pulingizmi – shuni toʻliq aniqlashtirib oling.Baʼzilar oʻqishga ketib, oʻqish davomida turli ishlarda zo'r berib ishlab (ofitsiant, kuryer, taksi haydovchisi va h.k.) ishlab oyiga 2-4 ming dollargacha topa boshlashi mumkin.

Va pul topishga qiziqib ketib, oʻqishini tashlab qoʻyishi, yaxshi oʻzlashtirmasligi mumkin.

Lekin oʻqishingizni bitirgach, sohangizni yaxshi oʻzlashtirgan boʻlsangiz, shu soha boʻyicha ishlay boshlaganingizdan bir oz vaqt oʻtib oyiga 5-8 ming dollar topa boshlashingiz mumkin.

Bu summa ofitsiant, taksi haydovchisi yoki boshqa boʻlib ishlash orqali topilgan 2-4 ming dollardan koʻp. Va ishingiz ham nisbatan yuqoriroq mavqega ega boʻladi.

Shu sababli oʻqishni bitirib yaxshiroq ishda ishlash va koʻproq pul topish muhimmi yoki aynan hozirning oʻzida nima ish qilib boʻlsa ham (oʻqishni 2-darajaga surib) imkon qadar koʻproq pul topish muhimmi, oʻzingiz uchun aniqlashtirib oling.

@grantlar_namuna

3 months, 1 week ago

Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (kontrakt summasi qoplanadi, oylik stipendiya 1400 yevro va sugʻurta xarajatlari qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

MUHIM: Dastlab siz oʻqimoqchi boʻlgan soha mavjudligini BU YERDAN tekshirib oling.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna

3 months, 3 weeks ago

AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?AQSH universitetlarida oʻqish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, toʻliq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin.

Quyida ular haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

1. Koʻrsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships). Bunday grantlar talabaning koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi.

Masalan, bunday grantlar:
– aʼlo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Scholarships);
– aʼlo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qoʻshgan hissasi va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtiroki uchun (Average Academic Performance Scholarships);
– Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports Scholarships) berilishi mumkin.

2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships). Bu grantlar oʻqish toʻlovlari va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi.

3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships). Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi boʻlgan xalqaro talabalarga beriladi.

4. Universitet grantlari. Koʻplab AQSH universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga oʻz grantlarini taklif qiladi.

Bu mezonlarni universitetning oʻz belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha boʻyicha oʻqish uchun topshiruvchi eng yuqori koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin.

5. Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi.

Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq boʻladi va ular koʻpincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi.

6. AQSH hukumati moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar taʼlim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSH hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQSHda oʻqish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada oʻqish uchun Fulbright granti).

Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam boʻladi?

Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bagʻishlangan boʻlimga kirasiz.

Bu boʻlimda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna

6 months ago

#Natija 39

Kanalimiz kuzatuvchisi Latvian State Scholarships g’olibi bo’ldi

Bahodir Aminov Latviyaning Daugavpils universitetida tarix yo’nalishi bo’yicha magistraturada o’qish uchun Latvian State Scholarships grant dasturi g’olibi bo’ldi.

Bahodir 2 yil davomida magistraturani to’liq grant asosida Daugavlips universitetida davom ettiradi. Oylik 600 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi.

? Latvian State Scholarships haqida batafsil ma’lumot?

Bahodir ushbu grantni yutishda @Grantlar_namuna kanalidagi manbalar hamda @Grantlar kanalidagi ma’lumotlar katta yordam berganini ta’kidlab o’tdi.

Bahodirni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!@grantlar_namuna

6 months ago

#Natija 38
GKS bo’yicha tashkil etilgan mentorlik kursimiz ishtirokchisi grant g’olibi bo’ldi.

Koreyada to’liq moliyalashtirilgan holda o’qish imkoniyatini taqdim etuvchi GKS dasturi bo’yicha mentorlik kursimiz ishtirokchisi Asadbek Isroilov ushbu grant g’olibi bo’ldi.

Asadbek Isroilov - Farg’ona Politexnika Instituti 4-bosqich talabasi.

Janubiy Koreyaning uchinchi eng katta metropoliten shahri Daegu da joylashgan TOP-500 talikdan joy olgan Kyungpook National University ga GKS-G 2024 dasturi doirasida magistratura uchun muhandislik yo’nalishida 3 yillik grantni qo’lga kiritdi

Dastur imkoniyatlari:
- Kontrakt puli to'liq qoplanadi.
- Yashash uchun oylik stipendiya beriladi.
- Tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi,
- Xalqaro borish-kelish chiptalari olib beriladi;
- Til kursi moliyalashtiriladi.

? GKS dasturi haqida batafsil ?

Asabdek o’z izohida kanalimiz tomonidan tashkil etilgan NSP mentorlik kursi va GKS mentorlik kurslarida qatnashib, ikkala dasturda ham g’olib bo’lgani va bu kursda qatnashganligi eng yaxshi tanlovi ekanini ta’kidladi.

Asadbekni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz, kelgusi ishlarida zafar tilab qolamiz!@grantlar_namuna

6 months ago

#natija **37

NSP dasturining so'nggi qabul natijalari e'lon qilindi.**Slovakiyada 2 semestrgacha oʻqish/tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Slovakiya Milliy stipendiya dasturining (NSP) natijalari eʼlon qilindi.

Quvonarlisi, bu safargi qabulda jami 78 nafar oʻzbekistonlik nomzod ushbu grantni qoʻlga kiritgan.

Kategoriyalar kesimida oʻzbekistonlik gʻoliblar soni:– A kategoriya: 83 ta gʻolibdan 66 tasi oʻzbekistonlik
– B kategoriya: 30 ta gʻolibdan 8 tasi oʻzbekistonlik
– C kategoriya: 59 ta gʻolibdan 4 tasi oʻzbekistonlik

G'oliblarning aksariyat qismi @grantlar_namuna loyihasi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurs va/yoki hujjatlarni tekshirish xizmatidan foydalangan!

Ushbu g’oliblarimizga keyingi bosqichlar haqida ma’lumot berish uchun suhbat tashkillamoqdamiz.

Suhbat o’tkazilish vaqti: 2024-yil 22-iyun, 21:00

Suhbat o’tkazilish joyi: @grantlar_namuna telegram kanali.

Gʻoliblarni tabriklaymiz hamda ushbu suhbatimizda kutib qolamiz!@grantlar_namuna

8 months ago

Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlarAQSHda oʻqish, malaka oshirish yoki amaliyot oʻtash imkonini beruvchi qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat va hk) toʻliq qoplanadi.

Bu dasturlar turli yosh va soha egalari uchun (maktab oʻquvchilaridan tortib, 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega mutaxassislargacha) moʻljallangan.

Quyida ulardan ayrimlarini keltirib oʻtamiz.

1. Fulbright Foreign Student Program: AQSHda magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Hozirda arizalar qabul qilinmoqda. Dedlayn: 2024-yil 25-may.

2. FLEX dasturi: maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga AQSHda 1 yil toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil avgust yoki sentabr oyida boshlanadi.

3. Global UGRAD: bakalavriat bosqichi talabalariga AQSH universitetlarida 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi. Navbatdagi qabul taxminan 2024-yil noyabr oyida boshlanadi.

4. Fulbright FLTA: ish tajribasi 7 yildan oshmagan ingliz tili, amerikashunoslik, jurnalistika va media, Amerika yoki ingliz adabiyoti oʻqituvchilariga 9 oy davomida AQSHda oʻzbek tilidan dars berish imkonini taqdim etadi. Navbatdagi qabul taxminan 2024-yil iyulda ochiladi.

5. Humphrey Fellowship Program: kamida bakalavrlik darajasi va 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlarga AQSHda 10 oy davomida malaka oshirish imkonini beradi. Hozir qabul ochiq. Dedlayn: 2024-yil, 7-iyun.

6. SUSIs for Young Women Leaders: ayol-qiz talabalar uchun AQSHda 4-5 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabr oyida boshlanadi.

7. TechGirls dasturi: 15-17 yoshli qizlarga AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi.

8. Fulbright TEA: oʻrta maktab, kollej va litseylarda dars beruvchi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega oʻqituvchilar uchun AQSHda 6 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul taxminan 2025-yil yanvarda boshlanadi.

9. TechWomen dasturi: bakalavrlik darajasi va STEM sohasida 2 yillik tajribaga ega ayol-qizlarga AQSHda 5 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi.

10. SUSI for Secondary School Educators: oʻrta maktab, litsey va kollej oʻqituvchilari, shuningdek, oʻrta taʼlim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarga AQSHda 5 haftalik taʼlim dasturida qatnashish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi.

11. SUSI for Scholars: oliy taʼlim va tadqiqot muassasalarida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega boʻlganlarga AQSHda 6 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi.@grantlar_namuna

8 months, 2 weeks ago

NSP dasturiga transkript yoki diplom yuklash majburiymi?Hozirda NSP dasturiga tariza topshirish davom etmoqda. Nomzodlar orasida ko'pchilikni qiziqtirgan savollardan biri transkript yuklash haqida bo'ldi.

Dasturga kerakli hujjjatlar ichida "Certificate of Highest Achieved degree" so'ralgan, ya'ni nomzod qaysi darajani oxirgi marta yakunlagan bo'lsa, o'shani yuklashi kerak.

Bunda kategoriya bo'yicha nomzodlar ushbu hujjatni quyidagicha yuklashlari mumkin:

Bakalavr talabalari: aynan shu joyga hech narsa yuklashi majburiy emas, chunki hali ular biror darajani yakunlashgani yo'q. Lekin transkript yuklashlari mumkin bo'lib, bu ixtiyoriy va dasturni yutish-yutmaslikda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Magistr talabalari: oxirgi tugallagan bakalavrlik diplomini yuklaydi. Bunda 2-kurs magistr talabalari ham bakalavr diplomi va ilovasini yuklashi kifoya, hozirgi olayatgan baholari transkripti shart emas.

PhD talabalari: eng so'nggi yakunlagan magistrlik diplomi hamda ilovasini yuklaydi.

Professorlar, tadqiqotchilar: eng yuqori erishgan darajasini tasdiqlovchi hujjatni yuklaydi.

Dasturga ariza topshirish so'nggi sanasi: 2024-yil 30-aprel

ESLATMA: NSP dasturi bo'yicha hujjat tekshirish xizmati tashkil qilingan bo'lib, hujjatlar ushbu dasturni 3 marta yutgan Ozodaxon O'ktamova tomonidan tekshirib beriladi.

? Xizmatdan foydalanish uchun @GN_Work hisobiga murojaat qiling.

@grantlar_namuna

8 months, 2 weeks ago

Avstraliya talaba vizasidagi o'zgarishlar
Avstraliya xalqaro talabalarni o'qitish bo'yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Yuqori sifatli ta'lim , yaratilgan sharoitlar yaxshiligi sabab so'nggi yillarda o'zbek talabalarining ham Avstraliyada o'qish istagi ko'payayotgan edi.

Lekin 2024-yildan boshlab talaba vizasini olishda bir qancha o'zgarishlar kiritilmoqda, jumladan:

1. Ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha o'zgarish.Talaba vizasini olish uchun bakalavr talabalaridan endi IELTS 5.5 daraja emas, kamida 6.0 daraja talab etiladi. Magistratura talabalari esa IELTS 6.0 emas, kamida 6.5 darajaga ega bo'lishlari kerak

2. Yosh chegarasi bo'yicha o'zgarishlar.Magistratura uchun borayotganlarga yosh chegarasi 50 yoshdan 35 yoshga keskin qisqartirildi.

3. Viza vaqti davomiyligidagi o'zgarishlar.Bunda magistratura kurs ishi uchun beriladigan viza vaqti 2 yil, tadqiqot qilmoqchi bo'lgan magistr va PhD talabalari viza muddati 3 yil etib belgilandi.

Bundan tashqari, Avstraliyaga kelayotgan talabalarning faqat o'qish istagida ekanligini tekshiruvchi "Genuine Student Test" joriy qilinadi. Bunda o'qishdan ko'ra ishlash istagi yuqori bo'lgan talabalar sonini to'xtatish maqsad qilingan.

? Avstraliyada ishlash uchun ketmoqchi bo'lganlarga yaxshi imkoniyatlar joriy qilinmoqda. Batafsil BU YERDA o'qishingiz mumkin.

@grantlar_namuna

10 months ago

NSP dasturi haqida barchasi birda!
Xabaringiz bor, Slovakiyada 1-10 oygacha almashinuv dasturida qatnashish imkoniyatini beruvchi NSP dasturiga qabul boshlandi. Ushbu postda dasturga oid barcha ma'lumot va qo'shimcha manbalarni e'tiboringizga havola etmoqchimiz.

? Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

? Yana bir talabaning ushbu dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

? Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (doktorantura almashinuv dasturi uchun)

? Dastur bo'yicha ko'p berilgan savollarga javoblar

? Dastur uchun transkript va diplom yuklash ahamiyati haqida ma'lumot

? Dastur g'olibi bilan o'tkazilgan ovozli suhbat

? Dastur imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot

ESLATMA: dastur uchun qabul 2024-yilning 30-apreliga qadar davom etadi. Nomzodlar dasturda ishtirok etish uchun Slovak universitetlaridan biriga qabul xati olgan bo'lishlari kerak.

? Qabul xati olish haqida ma'lumot

Dastur uchun maxsus mentorlik kursi ham tashkil etilgan. Kurs haqida batafsil BU YERDA.

Ushbu postni NSP dasturida qatnashmoqchi bo'lganlarga yuborib qo'ying?**

@grantlar_namuna

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago