Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Yaxshi bir kitob o'qing,
Go'zal film tomosha qiling,
Huzurbaxsh musiqalar eshiting,
Va O'zingizni dunyodagi barcha ahmoqgarchiliklardan himoya qiling...
Bizning holatimiz kitob ko'tarib ketayotgan eshakdan farq qilishi kerak. Bu uchun esa olgan va olayotgan ilmlarimiz bilan birlasha olishishimiz kerak.
Biz har qanday o'rgangan narsamiz, ilmimiz, bilmimizni sevishimiz kerak. Yaxshi ko'rishimiz kerak.
O'zimiz ham amal qila olishimiz, hech yo'q, ma'lum bir qismiga bo'lsa-da amal qilish uchun jiddu-jahd qilishimiz kerak. Eng muhimi esa boshqalarga o'rgatish uchun jonbozlik ko'rsata olish.
Shundagina ular foyda olib keladi. Manfaatga aylanadi.
Bizning vazifamiz faqatgina o'rganish emas, o'rganganlarimizni amalga oshirish va boshqalarga o'rgatishdir. Olgan ilmimizning sadaqasi boshqalarga o'rgatish orqali ado qilinadi. Kichik nimadir o'rgandingizmi uni kimgadir o'rgating. Orqamizda ishlatilmagan, foyda olinmagan va o'rgatilmagan, yukdek ko'tarib yurgan ilmni hech kimga keragi yo'q.
Qo'shiq kuyla
raqsga tush,
she'r ayt,
ovozing boricha kul,
baqir,
hayqir,
qichqir,
halinchakda uch,
yomg'irda soyabonsiz yur(qo'rqma, shamollab qolmaysan)
o'zingni shamol izmiga topshir,
ulg'ayma!
Sira ulg'ayma!
Nima qipti, 25/30/50 ga kirgan bo'lsang?!
Nima qipti oilang, farzanding bo'lsa?
Ulg'ayma!
Ko'rdim "ulg'ayganlar"ni, qalbi tosh bo'lib ketgan...
Sen ulg'aymagin, iltimos.
İchingdagi bolachani asra!
Bu esa kirish zali.
Bu yerda asosan kitobxonlik uchrashuvlari, kitob muhokamalari, suhbatlar, yig'inlar bo'ladi. Yoki shunchaki dam olib o'tirishingiz ham mumkin.
Bu esa kitoblarni sterizatsiyalash mashinasi. Siz o'qimoqchi bo'lgan kitobdan sizdan oldin kimdir foydalangan bo'lsa, siz uni o'qishdan oldin sterizatsiyalashingiz mumkin. Shu mashina ichiga solasiz va 1 daqiqa ichida kitob butunlay toza, har xil mikrob va infeksiyalardan holi holda qo'lingizga tegadi.
Maktab davrim, bolaligim haqida ko'p eslayman. Ajoyib davrlar bo'lgan. Boshlang'ich maktabda o'qigan davrim ota-onamning (meni emas!) juda qiynalgan paytlari edi. Buxorodan Navoiyga ko'chish, yangi shahar, yangi odamlar...
Akamning ayni o'smirlik davri, opam esa Buxoroda, bizdan uzoqda. Eslayman, dadamning ilk oyliklari 101 ming so'm edi. Bu pulga dadam bizni yedirsinmi, ichdirsinmi, kiydirsinmi?
Kommunal to'lovlar, xarajatlarni qoplasanmi?
Lekin ota-onam topgan pulini 3 ta farzandining o'qishi uchun sarflagan. Avvaliga oilaviy vaziyat, keyin esa moliyaviy qiyinchilik tufayli ota-onam o'zlari o'qiy olishmaganidan afsuslanishardi. Ikkovlari ham har xil sabablar bilan oliy o'quv yurtini tashlab, qishloqqa qaytishga majbur bo'lishgan. Shuning uchundir balki, bor pullarini bizning ilm olishimizga tikkan bo'lsalar kerak...
Eslayman. 2-sinf edim. Ustoz mehnat darsidan plastilin olib kelishimizni so'radi. Uydagi vaziyat esa tang. Darsga plastilinsiz bordim. Gap eshitdim. Uyga yig'lab keldim. Onam atrofimizdagi domlarni birma-bir kezib chiqdi. "Kimning ko'rpa-ko'rpachasi bo'lsa tikib beraman, arzonga. Sifatli tikaman!".
Kechquruni bilan barmoqlari teshilib, ko'rpa tikdi. Ertalab ko'zi to'la yosh bir qo'li bilan qo'limdan ushlab, ikkinchi qo'lida pulni g'ijimlab, do'konga olib bordi. Eng qimmat, eng yaxshi plastilinni olib berdi...
Onam - men uchun qahramon!
Ota-onam 3 farzandlarini ham oliy ma'lumotli qildilar. Akam magistrni ham bitirdi. Bu orada yangam oilamiz safiga kirgach, ota-onam uni ham magistr va doktorantura o'qishini qo'llab-quvvatlashdi.
Opam qarindoshlar ichidan oliy o'quv yurtiga kirgan birinchi inson. Shundan keyin zanjir boshlangan.
Ko'pchilik dadamga: "Qiz bolani o'qitib nima qilasan? Baribir turmushga chiqib ketadi, senga bir tiyinlik foydasi yo'q" deb ko'p aytishardi. Unga javoban dadamning sukut saqlaganlarini va bor pullarini bizning o'qishimizga sarflaganlarini bilaman.
Dadam - men uchun qahramon!
Turmush o'rtog'im bilan to'yimiz kamxarj, kamchiqim bo'lishiga kelishdik. Na mebel, na tilla, na latta-puttalarsiz. Turkiyaga ketishimiz, katta hayot, musofirlik bizni kutib turgandi. Magistr o'qish niyatim borligini bilib, bittada rozi bo'ldilar. Kontrakt to'lovi anchagina pul, yetmaganiga ikkov ham o'qiymiz. To'yni ortiqcha xarajatlarsiz o'tkazish va shu pulga magistr o'qish yaxshi qaror edi. Shu yo'ldan ketdik.
Turmush o'rtog'im - men uchun qahramon!
Maktabda ham a'lochi, ham tadbirlarda faol sinfdoshlarim bo'lardi. O'ziga to'q oiladan. Rosa katta o'qishlarda o'qitsa kerak oilasi, deb o'ylardim. Maktabdan keyin turmushga chiqib ketishdi. Boy oila. Lekin "ko'lmak"dan chiqmaydi deyarli...
Kutubxonalar kerakmi o'zi?
O'zbekistonda kutubxonalar kamayib ketgani va kamayib ketayotgani haqida ko'p yozishdi, yozishyapti. Bu narsaga fojiadek qaralyapti. Kitoblar muhim, kitob o'qish kerak mazmunida fikrlar ko'p. Ammo...
Biz kutubxona haqidagi tasavvurimizni o'zgartirishimiz lozim, menimcha. Aytaylik, biror chekkaroq hududda kutubxona ochildi deyilsa, aksariyat kishilar kitob hadya qiladi kutubxonaga, nashriyotlar ham.
Masalan, o'zim bilganim Navro'zova Shahnoza opa qishlog'ida kutubxona tashkil qildi. Hozir Otabekovna opa shuning harakatida yuribdilar. Bu oson ish emas. Qancha vaqt, energiya, kuch sarflanadi. Va tabiiyki, hamma bu kutubxonalarga kitob jo'natdi, jo'natyapti.
Ha, nima? Kutubxonada ko'proq kitob bo'lishi kerak. Kitoblar uyi-ku.
Hozirgi zamonda axborot tezligi, ma'lumotlarni tezroq topish yoki tarqatish ahamiyati katta. Aksariyat ma'lumot manbalari onlayn/virtual shaklga ko'chmoqda. Yangi kitoblar chiqqanda ham, albatta, elektron shakli ham sotuvga qo'yiladi.
Demak, zamonaviy kutubxonalarning vazifasi ko'proq qog'oz kitob saqlab, kitobxonlarga ijaraga berish yoki o'tirib o'qishga joy yaratish bo'lmasligi kerak.
✅Ayniqsa qishloqlarda yoshlarning shaxsiy kompyuteri yo'qligi, uyda uzluksiz internet muammoligini hisobga olib, kutubxonalar quyidagilarga asosiy e'tiborini qaratishi kerak:
1. Kutubxonalarni kompyuterlar bilan jihozlash;
2. Kitobxonlarga bepul internetga ulanish imkoniyatini taqdim etish; (Tekin wi-fi)
3. Ilmiy, ilmiy-ommabop jurnallar, kitoblar va maqolalar chop; etiladigan raqamli kutubxona va resurslariga obuna bo'lish va kutubxona a'zolariga shaxsiy kabinetidan turib, yangi ilmiy maqolalar, jurnallar va kitoblarni o'qishiga sharoit yaratish;
4. Guruh bo'lib dars qilish, suhbatlar, muhokama va kichik konferensiyalar o'tkazish uchun alohida xonalarni band qilish imkoniyatini berish;
5. Kutubxona binosida bolalar burchaklari (bolalar kitoblari, o'yinchoqlar va hkz)ni yaratish. Farzandi bilan kelgan kitobxonlar ishi bitgunicha bolasini bemalol qiziqarli o'yin yoki kitob bilan band qilishi va bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun.
Turkiyada borgan kutubxonalarimizning barchasida yuqoridagi imkoniyatlar mavjud. Odamlar u yerga faqat kitob olish uchun emas, tinch muhitda o'tirib o'qish, ishlash, pullik manbalardan kutubxona obunasi orqali kerakli maqola/kitoblarni olish uchun boradi.
Internet davrida yoshlarning kompyuter savodxonligi yo'qligi yoki juda kech o'rganishi fojiali jarayon. Shaharlarda ahvol nisbatan yaxshiroq, lekin qishloq aholisi ko'proq-ku bizda. Tasavvur qiling, qancha bola kompyuterdan foydalanishni bilmaydi?! Rivojlangan davlatlardagi tengdoshlaridan juda-juda ortda qolib ketyapti ular.
Iqtisodda, umuman davlat rivojlanishida human capital (inson kapitali: ta'lim, intellekt, bilim, ko'nikmalar) nihoyatda ahamiyatli. Yangi bilimlar va texnologiyalarni o'zlashtirishda qancha ortda qolsak, rivojlangan davlatlar bilan tafovutni qisqartirish shuncha uzoqlashib boraveradi. Iqtisodni faqat bir hovuch oliy ma'lumotlilar yoki imkoniyati kengroq shahar aholisi qurmaydi.
Keyingi safar yangi kutubxona ochilganda, u yerga faqat kitob emas, kompyuter, wi-fi router, biror raqamli axborot resursiga bir yillik obuna yoki yillik/oylik internet to'lov hadya qiling. Ko'proq foydangiz tegadi. (Imkoningiz bo'lsa, albatta)
❗️Ha, bizga kutubxonalar kerak. Faqat boshqacha shaklda, yangicha vazifalarni bajarish uchun. Faqat qog'oz kitob o'qittirishga ixtisoslashgan kutubxonalarning foydasi kam hozirgi zamonda.
- Opa, IELTS im 8, Grant yutdim, tushunyapsizmi 100%li Grant, borib faqat o'qishim qoldi, xolos. Ammo uyimdagilar ruxsat bermayapti.
Hamma narsa o'z ajali bilan o'lishi mumkin, lekin tuyg'ularning ajali bor. Ularning aksariyatida ota-onalar qotil!
Yaqinlarimizning qon-qoniga, suyak-suyagiga allaqachon "Odamlar nima deydi?" va "Erga tekkuncha jim tur, ering ruxsat bersa keyin boraverasan" degan jamiyat chiqindisi bo'lgan gaplar singib ketgan.
18, 22, 24 ga kirgan kap-katta qiz(yoki bola) va haligacha har bir qadami uchun ruxsat so'rashadi.
Mustaqil shaxs sifatida shakllanish, shakllantirish yo'q.
Erkinlik molxonaga arqon ko'tarib ketgan.
Shaxsiy fikr! Nima u? Yeydigan narsami?
O'g'il bolalarga ham oson emas ammo, qizlarga juda qiyin.
Qizlar, bir kun qanchadir miqdorda shu jirkanch urf-odatlar, stereotiplar qurboni bo'lishingiz aniq. Bo'layotgandirsiz ham balki?! Chunki sizning bosib o'tgan yo'llaringizning ozini bo'lsa ham bosib o'tganman.
"Odamlar nima deydi?" degan jirkanch stereotip yutadi ayol-qizlarni. Shundaylarni bilaman, hatto qiz bo'lib tug'ilganiga la'natlar aytvoradi, afsuski.
Kechirasizlar, johiliyat davridagi kabi qiz tug'ilsa uni tiriklayin ko'mishmayotgandir ayni zamonda, ammo ba'zida undan battarini qilishadi.
Bu jamiyatda eplab "survive" qilayotgan har bir qiz qahramon o'zi! Ha-ha, aynan shunday. Ota-onasiga, yaqinlariga maqsadlarini oshkor qilolgan, iqtidorini ko'rsata olgan, ming chiranib o'ziga comfort yaratgan har bir qiz qahramon!
"just humanity"'ni "off" qil va qoch bu isqirt jamiyatdan, hech yo'q ma'lum muddatga qoch, desam balki noo'rin tushunarsiz, buni uddalolmassiz balki?
Ammo bilingki, vaqti kelib hammasiga o'zingiz javobgar va aybdor bo'lasiz. Yolg'iz qolasiz.
Istak, xohishni, maqsadlaringizni o'ldirgan insonlardan bir umr rozi bo'lmaysiz, va aminmanki, bir umr yuzlariga solib yurasiz, ammo endi hech narsa o'zgarmaydi.
Shu uchun yagona yechim kurashing. Kurashish janjal yoki tarkidunyochilik bilan emas, yo'l toping, darcha oching yorug' yo'lingiz tomon, harakat qiling!
Sizni qo'llab-quvvatlaydigan, nafaqat turmush o'rtoq, balki shaxs sifatida insoniylik jihatidan hurmat qiladigan inson bilan dabdabalarsiz, 20 ta odam bilan shartta to'y qilib, oila qurib ketish imkoni bo'lsa ooo peshonangiz yarqirabdi. 2 karra yutasiz. Lekin, "O'zimiz o'qitvolamiz, erga tegsin keyin o'qiydi" deb quloqqa lag'mon osadigan beburdlardan uzoq yuring.
Odamlar qanday yashayapti? Qanday murosa qilyapti, hayronman. İjtimoiy tarmoqlarni o'qiboq qo'rqib ketaman gohida.
Ortiq qo'rqiladigan bir holga keldi bu jamiyat.
Masalan, qiz farzandi borlar yuragingizni hovuchlab yashasangiz kerak uning xavfsizligini o'ylab?! Qiz farzandi bo'lishidan qo'rqadiganlar ham talaygina.
Bir kuni sizning jajjigina qizalog'ingiz mana shu jamiyatning sarqitlari deb ozorlansa qanday chidaysiz? Qiz bola bo'lib tug'ilganidan afsuslanayotgan qizingizni ko'rganda aybdor his qilmaysizmi o'zingizni?
Axir u hech qachon sizdan tug'ilishni so'ramagan-ku?
Demoqchimanki, har bir farzandning sog'lom jamiyatda tug'ilishga haqqi bor!
Bilinglar, men "surish"ga targ'ib qilish niyatidan yiroqman. O'zbekistondan ketishingiz bilan hayotingiz 180 darajaga o'zgaradi, boy va baxtli bo'lib ketasiz demoqchi ham emasman. Ammo, yo'qotadigan nimangiz ham borki, achinsangiz. 4 yil oliy ta’limda umrini shunchaki sovurganlar uchun esa sukutdaman.
Bitta gapni aytaman, qanday tushunsangiz tushuning, ammo ayni paytda mazoxist ayollar, g'iybatchi qo'shnilar, rasvo jamiyat, radikalliklar, bir-birining fikrini hurmat qilmaydigan har qanday insondan uzoqda ekanimdan xursandman.
**Agar chetda yaxshiroq hayot qura olishga ishonsang, ketishing kerak.
Sevganlarimiz vatanimiz faqat.
O'zingni erkin va xavfsiz sezadigan joying vatan.
Davlat vatanmas.
Majburiyatlar yo'q hech qanday.
Dunyoni yaxshilamoqchi boʼlsang, avval o'zingni va yaqinlaringni o'zgartir.
Dunyo fuqarosi bo'l.
Insoniyat fuqarosi bo'l.
Tiriklik fuqarosi bo'l, shu yetadi.**
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago