Arabic School

Description
Bismillah | بسم الله

?Arab tilini aniq metodika orqali, uydan chiqmangan holda, onlayn shaklida o'rganing, ishoning onlaynda ham natija bor!

Murojaat uchun: @Arabicschool_admin

B2 CEFR sertifikati mavjud!

Arabic school – Taʼlim yoʻlidagi hamrohingiz.
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 week, 4 days ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 days, 1 hour ago

6 months, 3 weeks ago

Muhim xabar

Xabarni oʻzini aytishdan oldin, keling Arabic schoolning oldiga qoʻygan maqsadlari haqida biroz gaplashamiz, ular:

— Sifatli, aniq metodika orqali oʻqita oladigan koʻplab ustozlarni yetishtirish;
— Nafaqat bilgan ilmini, balki undan-da ortigʻini bera oladigan ustozlarni yetishtirish;— Milliondan ortiq talabalarga grammatika bosqichini oʻqitish;

Va bu kabi boshqa koʻplab maqsadlar mavjud.

Endi xabarni oʻziha qaytamiz, u boʻlsa ham Arabic School kanali vaqtincha oʻz faoliyatini toʻxtatib turadi, yanada sifatliroq boʻlgan holda qaytish uchun. Inshaa allah biz sizni sodiq obunachi deb bildik va qaytgunimizga qadar biz bilan qolasiz degan umiddamiz.

**Kutsangiz, bitta smaylik sizdan!

Hurmat bilan @Arabic_schoool jamoasi, taʼlim yoʻlida sizning hamrohingiz!**

6 months, 3 weeks ago

Lugʻat boyligim kam deydiganlarga ajoyib bir tuhfa

Bu kitob kichik boʻlishligiga qaramay kerakli lugʻatlarni baʼzilarini oʻzida mujassam qilgan.

@Arabic_schoool | #kitoblar

6 months, 3 weeks ago

Sarf kitoblarida topa olmaysiz

10ta zoida harfdan boʻlmish ل ning kelish oʻrni qaysi

Javob: Basralik nahvchilar tomonidan 10 ta deb taqdim qilingan zoida harflar 2 ta turga ajratiladi:
1. «Muttarida» (المطردة) - qoida asosida doim takrorlasa bo‘ladigan zoida harflar. Bular أَمُسْتَوِيَانِ iborasida jamlangan 8 ta harf - ا، ء، ت، س، م، ن، و، ي. Masalan:
- o‘timsiz (lozim) sulosiy mujarrad fe’lni o‘timli (muta’addiy)ga aylantirishda doim ء ni orttirish mumkin: أفعل;
- mutova’a ma’nosidagi fe’lni yasashda doim ن ni orrtirish mumkin: انفعل;
- sulosiy mujarradning ismi maf’ulida doim م bilan و orttiriladi: مفعول;
- sulosiy mazid boblaridan talab ma’nosini anglatuvchi bobning moziysiga doim ا، س va ت orttiriladi: استفعل;
- ismi tasg‘ir yasashda doim ي orttiriladi: فعيل.
2. «G‘ayri muttarida» (غير المطردة) - qoida asosida istalgan so‘zga tatbiq qilib bo‘lmaydigan harflar. Bular 2 ta - ل bilan ه. Bu harflarni biror kalimaning o‘zak harflariga ziyoda qilish juda oz uchraydi. ه ning zoida bo‘lishiga misol - أمهات (onalar). Uning o‘zak harflari ء va ikkita م, vazni - فُعْلَهَات dir. ل ning zoida bo‘lishiga misol - طَيْسَل (ko‘p). Uning vazni فعلل, aslida طَيْس bo‘lgan. Bu kabi kalimalar juda oz. Shu sabab ه va ل ni ziyoda qilish muttarid jarayon sanalmaydi. Uni faqat naql orqali bilish mumkin.

Shu o‘rinda ikkita muhim eslatmaga e’tiboringizni qaratmoqchiman:
1-eslatma: سألتمونيها harflaridan biri ziyoda qilinganda ular mustaqil kalimaga aylanib qolmasligi shart qilinadi. Ba’zilar ذلك dagi ل ni hamda رَهْ (ko‘rgin) dagi ه ni sarfiy zoida harf deydilar. Biroq bu to‘g‘ri emas. Chunki ذلك dagi ل uzoqlikka (البعد) dalolat qiluvchi alohida kalima sanaladi. ره dagi ه ham vaqf qilish uchun keltirilgan alohida kalimadir (هاء السكت).
2-eslatma: سألتمونيها dagi zoida harflar bilan kalimaning o‘zak harflarini takrorlashdan hosil bo‘lgan zoida harflar boshqa-boshqa zoidalardir. Masalan: جَلَّسَ fe’lidagi zoida ل harfi سألتمونيها dagi ل hisoblanmaydi. Chunki u o‘zak harfdan hosil qilingan.

والله أعلم

@Arabic_schoool | #sarf

8 months ago

Arabic Schooldan obunachilar uchun tuhfa!
Ramazon oyi ham yakunlanib qoldi va uning Qadr kechasi bilan ajralib turadigan oxirigi o'n kunligi ham keldi. Mana shu o'n kunlikni ibodatda o'tkazish maqsadida Arabic School jamoasi dam olishga qaror qildi, in shaa allah Hayitdan so'ng yangi g'oyalar, ko'proq mashqlar bilan qaytishlik uchun.

Bundan oldin boshlang'ich bosqichdan bepul o'qitish masalasida e'lon bergan edik, natijasini ko'rgach, shartlarni o'zgartirishga qaror qildik. Endi 100ta ? emas, balki nechta smaylik va repost(jo'natish) yig'ilsa, oxirigi uchta postda shuncha talaba bepul ta'lim olishlikka muvaffaq bo'ladi.

Hayitdan keyin ko'rishguncha ?!

P.S. Har bir smaylik va repost hisobga olinadi, shuning uchun siz sababli kimdir ta'lim olishligi mumkin, erinmang layk bosing va repost qiling!

@Arabic_schoool | #yangilik

8 months ago

Agar shu xabar 100ta ? yig'sa 200ta talabani boshlang'ich arab tilida bepulga o'rgatamiz!

#Tarqatamiz

@Arabic_schoool

8 months ago

Arabic school jamoasi xalqimizda talab kuchli bo'lgani va onlayn borgan sari tezda rivojlanib borayotgani uchun Boshlang'ich harflardan bo'lmish "Ravon O'qish" nomi ostidagi loyihani boshlash arafasida.

U yerda siz harflardan tortib arab tilida ravon o'qishni o'rgansangiz bo'ladi va mana shu ham atigi 35.000 so'm oylik to'lov evaziga. Ha! Siz noto'g'ri o'qimadingiz ~~350.000~~ emas, 35.000 so'mdir.

P.S. Yuqorida berilgan surat, bu loyiha uchun tayyorlangan suratlarning biridir.

Agar siz o'qishni o'rganmoqchi bo'lsangiz ? bosing va o'rganmoqchi bo'lgan tanishingizga yuboring!

@Arabic_schoool | #yangilik

8 months ago
Rasmda ko'rganingizni yozing!

Rasmda ko'rganingizni yozing!

P.S. Ko'rgan har bir rang nomini ham alohida yozib chiqing!

@Arabic_schoool | #tamrin

8 months ago
8 months ago
8 months ago
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 week, 4 days ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 days, 1 hour ago