Xonqizi?

Description
Kanal faqat ayol-qizlar uchun!

Ey lutf ila yaralgan ayollar. Ilm, taqvo, farosat, nafosat sizda mujassam bo‘lmog‘i lozim.

Iltimos, mualliflik huquqiga rioya qiling!

Kanal linki: @xonqizii
Murojaat uchun: @xonqiziibot
Hamkorlik uchun: @xonqizida_reklama
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months, 3 weeks ago
**Bilib turib qilingan xatoga pushaymon qilinmaydi...**

Bilib turib qilingan xatoga pushaymon qilinmaydi...

Xonqizi

2 months, 3 weeks ago

***Ovqatga deb kartoshka oldim. Bir xil kattalikda, sarg‘ishroq, usti yaltirab turgan chiroyliklarini tanladim. Uyga kelib tozalashni boshlaganimda, po‘sti qalinligi ma'lum bo‘ldi. Unisi ham mayli, ichi shunday qurtlaganki, bir tarafini olsam, ikkinchi tarafi ham yaramaydi.

Uyog‘ini, buyog‘ini kesib olaverganimdan bir kilo kartoshkadan asar ham qolmadi. Bir hovuchgina qolgan masalliqdan ovqat qila boshladim. O‘sha po‘stining qalinligi, qurt yegan joylarini ming tozalasam ham bu kartoshkaning mazasiga ta'sir qilmay qolmadi. Taom taxirroq chiqdi.

Aslida tezroq pishadi, deb taxmin qila tayyorlagan taomim edi. Shu o‘tgan yarim soat ichida men ko‘nglimdagidek chiqmagan taomdan emas, o‘zimdan o‘kindim...

O‘sha kartoshkalarni tozalab olish ish emasdi. Tozalab, taomlarga ishlatib yuborish, keyingi safar e'tiborliroq bo‘lish, yaxshirog‘ini olish imkoniyati mavjud bizda chunki.

Lekin yuragimga toshdek og‘ir botgan narsa tamoman boshqa... Bizning ham sirtimizga qarab, juda chiroyli ta'riflar berishadi. Maqtovlar yog‘dirishadi. Bizdan faqat va faqat yaxshiliklar kutishadi. Ammo Yaratganning nazdida bizning ham po‘stimiz qalin, ichimizni qurt yeb, qoraytirib tashlagani yaqqol ko‘rinadi.

Kartoshkaning qurtlagani ham taom bo‘ladi. Lekin insonning qurtlagani inson bo‘lmaydi. Inson qiyofasida qoladi, xolos. Ich-ichidan go‘yoki boshqa bir mavjudotga aylanib boradi.

Kartoshkaning qurt yegani taomni biroz taxirroq qilar. Ammo insonlarning qurt yegani atrofdagilarni buzadi, insonlarga ziyon yetkazadi, jamiyatni parokanda qiladi.

Sabzavotlarni-ku pichoq bilan kesib-kesib, tozalash mumkin. Ammo ichini qurt yegan insonlarning pichoq bilan tozalab bo‘lmaydi. Bu qorayishlar yo iymonning kuchi bilan poklanadi yo jaxannam olovi bilan nasibasini oladi...

Holimizni O‘zi isloh qilsin! Holimizga voylardan qilmasin...***
Xonqizi

2 months, 3 weeks ago

#аччиқ_ҳақиқат

ИНСТАГРАМИ БОРЛАР ЎҚИСИН...
Айланиб, ўргилиб мен ҳам шу ҳамма мақтаётган Инстаграм очдим. Оҳҳо, бу ҳаммаси ўзимизни ўзбекларми? Бири қиммат машинасини мақтанибди, яна бири ҳашаматли уйини. Бирам ҳавас қилдим, яқинда таъмирлатган уч хонали уйим ҳам кўзимга хунук кўрина бошлади.

Мундоқ қараб турсам мактабдаги орқа партада ўтирадиган, унчалик яхши ўқимай, ҳаммадан охири қўшни қишлоққа эрга теккан семизгина синфдошим Шақи ҳам шу ерда. Историясига гул ва кофе қўйиб, «ҳаётимдан» деб юракча қўйиб қўйибди. Ана энди тамом, уёқдан буёққа юриб, қачон эрим гул совға қилгани ҳақида ўйлай бошладим. Тўйимиз куни берган экан, эсимга тушди.

Дарров боққа кирдим. Амаллаб гулларимдан гулдаста ясадим, меҳмонга деб олиб қўйган Рафаэлломни ёнига қўйиб, «Боризга шукр» деб саҳифамга жойлаб қўйдим.

Бирпасдан кейин дугонам узук расмини қўйди, ёнига «Арзийман ми?!», дебам ёзиб қўйибди.

Жавонимни титкилаб ҳў бир сафар синглимдан тақиб туришга олиб, қайтиб бермаган билаклик ва зиракни расмга олиб жойладим, остига «Бриллиант аёлга бриллиантлар ярашади» деб ёзиб қўйдим.

Қани энди нима қиларкинсан Шақи, мендан ўтиб бўлибсан, деб турсам, тескари қараб денгиз бўйида юрган расмини қўйибдику. Оҳ, дейман, воҳ, дейман, қачон кета қолди бу, озиб ҳам қолганми, кийимлари қиммат экан, куйиб-куйиб кетсамда, мен ҳам бўш келмадим. Интернетдан Дубайда дам олаётган шоҳона расмлардан топиб, юзига гул қўйиб жойлавордим...

Куним шу инстаграм титкилаш билан бўлиб на овқат қилибман, на уй йиғиштирибман. Турмуш ўртоғимдан анча гап эшитдим. Жанжал қилиб истаграмдагиларни ҳаётини кўрсатсам, телефон-пелефоним билан қўшиб олиб қўйдилар.

Бир ҳафтача аразлаб юрдиму, истаграм ишлатмайман деб сўз бериб телефонимни қайратиб олдим.

Куз мавсумида қишга тузламалар ёпаман деб ҳалтамни олиб бозорга жўнадим. Улгуржи тарафда ерда ёйибгина сотадиган сабзавотларни қараб ўтарканман, кўзим ўша синфдош дугонам, инстаграм юлдузи Шақига тушиб қолдию. Ўзим ҳам сал бундайроқ кийимда эканлигимдан уялиб Шақига кўринмай ўтиб кетдим. У бўлса олдига келган харидорга ҳам қарамай Инстаграмга «эри совға қилган машинасини» жойларди...

П/с. Ғоя инстаграм саҳифасидан олинди.

Моҳигул.

3 months ago
**Hamma kitoblar bir Kitob uchun!**

Hamma kitoblar bir Kitob uchun!

Xonqizi

3 months ago
**Og‘ir damlarda umidsizlikka tushib qolma... Eng …

Og‘ir damlarda umidsizlikka tushib qolma... Eng go‘zal yomg‘irlar eng qora bulutlardan yog‘adi!

Xonqizi

3 months ago
**Daraxtlarni shamollar emas, sopi o‘zidan bo‘lgan …

Daraxtlarni shamollar emas, sopi o‘zidan bo‘lgan bolta yo ichini boshpana qilgan qurtlar yiqitadi... Insonlarni ham!

Xonqizi

3 months, 1 week ago

Ijtimoiy tarmoq shunday joyki, u yerda xohlagancha odobsizlik qilsa  bo'laveradi.
Yoki buning aksi, xohlagancha o'zingizni odobli qilib ko'rsatishingiz ham mumkin.

Ikkala holatda ham, qarshi tomondagi odam, sizning aslida kim ekaningizni sezmaydi. Qarshingizdagi inson, o'zini sizga qanday ko'rsatgisi kelsa, siz faqat o'shani ko'rasiz, undan o'rtig'ini ko'rishga na undan ruxsat, na sizdan xohish bor.

Men avval ham bu haqida yozgandim, bir insondan bir narsa so'radingizmi, javobiga ehtiyojingiz bormi, sabr bilan kutish, odob va farosat belgisidir.
Savolni berib qo'yib, ortidan huddi bo'yniga pichoq tiragandek so'roq, nuqta, undovlar va bular ham yetmasa, alo deb yozib qo'yish esa odobsizlik.

Bir insonga bir narsa so'rab yozib, olingan javob yoqmasa, suhbatni ikki tomondan o'chirib yuborish ham odobsizlik, hurmatsizlik belgisi.

Boshqalarning ijtimoiy sahifasiga so'roqsiz reklamalar, e'lonlar tashlash esa, huddi birovning hovlisiga ko'chadan turib biror buyumni otgandek xunuk ish.

Hayotda shu ishni sizga kimdir qilsa, siz qanday yo'l tutasiz ?

Hech bo'lmaganda, qaysi aqli noqis odam bu ishni qildi ekan, meni hovlimga so'roqsiz narsa tashlabdi deb ko'changizga chiqasiz, to'g'rimi ?
Ko'chada shu ishni qilgan inson turgan bo'lsa, nimaga tashlading, deb so'rash ham haqqingiz.
Ammo tasavvur qiling, u odam sizga baqirib ketdi, buncha iching tor, tashlasam bir dona kalish, bir dona ko'ylak, bir dona qovun, bir tovoq po'choq tashladim, bir joying kamayib qoldimi, deb tursa.
Uzr, adashib ketdim, bemalol tashlayvering, deb uyingizga qaytib kirib ketmaysiz.
Shunday ekan, reklamangiz o'chirilganda, kanal egasini ayblashdan avval, qilgan ishingiz naqadar xunuk ko'rinayotgani haqida ham fikr qilib ko'ring.
Men reklama tashlaganlarni, so'zsiz bloklayman. Reklama tashlagani uchun emas, qilgan odobsizligi uchun.

Men insonlarni hayotda ham, ijtimoiy tarmoqda ham o'zlarini bir xil tutishlari tarafdoriman. Odob faqat ko'zga ko'ringan ishlarda emas, ko'rinmaydigan mayda detallarda ham bo'lishini xohlayman.
Odob faqat kitoblarda, postlarda, so'zlarda qolib ketmasin, hayotga ham ko'chsin.
Bizdan keyingi avlodlarga meros qolsin, oramizdan ko'tarilib ketmasin deyman.
Menimcha ilojsiz narsa xohlab yubormayapman, birlashsak, buni tushunib yetsak, boshqalar bilan baham ko'rsak, bunga osongina erishamiz.

Nima deysiz, harakat qilib ko'ramizmi ?

Ummu Zaynab

3 months, 1 week ago

Zavjatu Muhammadamin yana bir kurslarini hadya qivordilar. "Mutolaa qoidalari" kursi ekan o‘ziyam. Manfaatli bo‘lishi tayin. Bu qizni avvalgi kurslarida ham o‘qiganman. Olib qochishlar yo‘q. Barcha ma'lumotlari faktlarga asoslangan. Kitob o‘qishni qanday boshlashni bilmay turganlar va o‘ziga odat qila olmaganlar bemalol kursni tinglab, xulosalar chiqarishingiz mumkin!

https://t.me/+Gvk5geJFs9xjYjky

3 months, 1 week ago

***Ayollarning tabiati ajibda... Bir tanishimning farzandi bitta. Meni ko‘rsa, doim rahm yeydi. Ikkitani ketma-ket tug‘ding deb. Bittani katta qilib, o‘zim uchun yashab, keyin ikkinchisini tug‘ishim kerak edi, uning fikricha. Yana bir uch bolali dugonam buning teppa-teskarisini aytadi. Kuching, sog‘lig‘ing borida, tug‘ib-tug‘vol. Keyin asablaring ham yetmay qolarkan, mana meni qara, deb o‘zini misol qiladi.

Yana bir dugonam qayerdadir ishlaydi. Onda-sonda gaplashib qolsak, senga maza, uyingda o‘tirasan, deb havas qiladi. Yana bir onalik ta'tiliga chiqqan tanishim esa, uyda o‘tiravermasligimni, ishga qaytib, olam bilan bog‘lanishimni takror-takror aytadi.

Korxonada hisobchi dugonam jurnalistlarga mazaligini, hisob-kitob ishi odamni adoyi-tamom qilishidan noliydi. Shifokor tanishim esa, jurnalistika ham ishmi deya, o‘z sohasini maqtay ketadi.

Uyi bor tanishlarim esa ijarada turishga havasmand. Er-xotin mehnat qilib, uy olasizlar, qadri bo‘ladi, deydi. Uyi yo‘q, ijarada yashaydigan o‘rtoqlarim esa, har oy palon so‘mdan ijara puli to‘layotgan turmush o‘rtog‘iga achinadi. Tezroq uyi bo‘lsa-yu, ular ham xotirjamlikka erishsam deydi.

Xullas, dugonajonlar ko‘payavergach, menga beriladigan maslahatlarning soni ham, turi ham ko‘payaveradi. Hammasini boricha qabul qilaman. Chunki bu ularning haqiqati. Ular shu yo‘lni bosib o‘tgan. Ular bu borada tajribaga ega va osondek tuyuladi.

Inson umri davomida o‘ziga o‘rnak bo‘ladigan ko‘p insonlarni uchratadi. Ammo aynan o‘sha odamni takrorlay olmaydi. Sababi aniq. Har kimning o‘z hayoti, o‘z hikoyasi bor. Sizning hikoyangiz boshqa birovning asariga to‘g‘ri kelmaydi.

Demakki, bu hayotni atrofdagilarning gap-so‘zlariga qarab emas, o‘zingizning imkoniyat va sharoitingizdan kelib chiqib baholaysiz. Baholashni bilmaysizmi, maslahatlar girdobida boshingiz aylanib qolishi hech gap emas.***
Xonqizi

5 months, 3 weeks ago
**Qalbingni yop, insonlar sovuq... Sovqotasan!**

Qalbingni yop, insonlar sovuq... Sovqotasan!

Xonqizi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago