Bilimni baholash agentligi

Description
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

1 month, 2 weeks ago

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi📝 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

*🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
*🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C** daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

*🔸 A+, A darajali sertifikat uchun— tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
*🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional** ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
9️⃣Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month, 2 weeks ago

⚡️ **Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat** imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

*❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.9️⃣*Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month, 3 weeks ago

*⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi*📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 15-16-fevral kunlari;
*🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 17-fevraldan 11-mart*ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-12

9️⃣Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 months, 2 weeks ago
***⚡️*** **Chet tili imtihoni natijalari e’lon …

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2024-yil 23-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

??‍? Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

? Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 23–25-dekabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 months, 3 weeks ago

Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi 2024-yil 4-dekabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

? Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

??‍? Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 months, 3 weeks ago

⚡️ TALABGORLAR DIQQATIGA!

? Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tillaridan joriy yil 28–29-dekabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan milliy sertifikat imtihonlari 26–27-dekabr kunlari tashkil etiladi.

‼️ Talabgorlardan test sinovi uchun ruxsatnomalar e'lon qilinganidan so‘ng ruxsatnomada ko‘rsatilgan sanada imtihonda ishtirok etishlari so‘raladi.

*‼️ *28–29-dekabr kunlari chet tillaridan imtihonlar o‘tkazilmaydi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 months, 3 weeks ago
3 months, 3 weeks ago

RASMIY MUNOSABAT

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-qarori asosida chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Agentlik tomonidan chet tili sertifikatlari pullanayotgani, tanish-bilishchilik orqali taqdim etilayotgani haqida asossiz xabarlar tarqamoqda. Bilimni baholash agentligi nafaqat chet tilidan sertifikat imtihonlarini o‘tkazish va sertifikat berishda xolislik, adolat va shaffoflikni ta’minlashda o‘z prinsiplariga sodiqligini, har qanday korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarda doim ochiqligini bildiradi.

Shuningdek, chet tilini bilish darajasini baholash sinovining tinglab tushunish va o‘qish qismlari inson omili ishtirokisiz to‘liq avtomatlashtirilgan tartibda tekshiriladi. Yozish va gapirish bo‘limlari uchun berilgan javoblarni tekshirish masofaviy holda elektron platforma orqali amalga oshiriladi hamda tekshiruvchi ekspertlar tasodifiy (random) tanlanadi. Ushbu tartib baholashda inson omili ta’sirini minimallashtirishini ta’kidlaymiz.

Agentlik faoliyatining barcha bosqichlari, jumladan, sinovlar va baholash natijalari jamoatchilikka ochiq bo‘lib, tegishli tartibda nazorat qilinadi.

Agentlik tomonidan tashkil etilib, o‘tkazilayotgan imtihonlarda korrupsiya holatlari kuzatilsa yoki talabgorlar, ularning ota-onalari shunday holatlarga guvoh bo‘lishsa, Agentlikning ishonch telefoniga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Bilimni baholash agentligi imtihonlarni o‘tkazishda xolislik, adolatlilik va shaffoflik tarafdori ekanligini bildiramiz.

Shuning bilan birga, jamoatchilikdan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmasliklarini, bu o‘z navbatida javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 months, 3 weeks ago
7 months, 2 weeks ago

#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning to‘rtinchi kuni yakunlandi? 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

??‍? Bugun(27-avgust) 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 139 nafari (23,2 %) jarayonda ishtirok etdi, 461 nafari esa ishtirok etmadi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago