Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 2 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
**КУТИЛМАГАН ТАНТИЛИК...
Толибжон маҳалладан ота-онасининг навбати етиб келган Катта Ҳаж масаласини хотини билан маслаҳат қилди. Ота-онасига “сюрприз” қилмоқчи бўлгани учун ҳам уларга ҳозир билдирмасдан, тайёр Ҳаж йўлланмасини топширмоқчи эди. Аммо пули етмаётганлиги сабабли Жентра автомобилини битта маҳаллада яшайдиган синфдоши Шерзодга сотишга қарор қилди. Хотини хурсанд бўлиб: “Биз ҳам адажон билан ойижонга ўхшаб юрайлик”, - дея эрининг қарорини маъқуллади...**Толибжон вақтни бой бермаслик учун синфдоши Шерзоднинг уйига чиқиб, вазиятни тушунтирди ва машинанинг калити билан ҳужжатларини дўстига берди. Шерзод воқеани эшитгач, ичкари уйга кириб кетиб, пул олиб чиқди.
- Толибжон, биласан, мен ҳозир катта бир хусусий, ўзим очган корхонанинг раҳбариман, лекин болалигимда кўп етишмовчиликлар бўларди. Дадам ногирон бўлганлари учун, кичкина нафақа олардилар, онам эса бир ўзлари ишлаб топган пулларини бутун бир оилага, етти жонга етказишга ҳаракат қилардилар. Шунинг учун ҳам пул йўқлигидан мен ёшлигимдан кўп нарсадан ўзимни чеклардим, аммо... Ҳамма гап мана шу аммода!
Сен кўпинча ўзинг учун олиб келган тушликни мен билан баҳам кўрардинг. Ва эсимдан чиқмайдиган энг асосийси - мен мактаб томонидан Хива, Бухоро, Самарқанд, Термиз каби тарихий шаҳарларга ташкиллаштириладиган ҳар бир сафарларга борардим. Агар ўша вақтларда мен учун ҳам пул тўлаб юбормаганингизда – у ерларга бора олмасдим, синфдошларимдан ажралиб қолган бўлардим... Менга қилган шунча яхшиликларингиз учун оз бўлсада миннатдорлик сифатида мана бу пулларни шундай “пийсабиллоҳ” қабул қилсанг, мен ўзимни бахтиёр ҳис қилган бўлардим. Машинингни яхши кунларда ўзинг ҳайдаб юргин!
Шерзод қўлидаги машинанинг калити ва ҳужжатларини қайтариб берди. Толибжон кутилмаган бу тантиликдан кўзига келган ёшни артиб: “раҳмат, дўстим!” дея оларди, холос...
Ассалому алейкум ва рахматулохи ва баракатух
Хайрли тонг
Кириб кевотган 2025- йилда сизга ва узимга, Аллохимдан арчани эмас Каабани тавоф этишни, шампани эмас зам-зам сувини ичишни, корбободан эмас ёлғиз Аллохимдан сурашни хар хил тилаклар эмас зикр килишликни тилайман иншаоллох, сизга атаган дуоларимини сизга илиндим файизлиларим, Роббимдан сизга ва узимга шу йилда бирорта хам номозни казо килмасликни насиб этишликни, Роббим шу йили купрок Руза тутишга кодир килишликни, Роббим шу йилни Хар кечасида тахажжуд укишни насиб этсин саловот ва истигфор этишга рагбат берсин, сизга ва узимга Умра ва Хаж сафарларига ойламиз билан боришликни насиб килсин. Амиин
Xayrli tun 😊🥰
Azizxon yigʻladi. Azizxon umrida ilk bor yigʻlashi edi. U xoʻngrab yigʻladi... U Shunday yigʻladiki uning yigʻisidan osmonu-falak titrab ketgandek boʻldi.
- Bugun mazam boʻlmagandi, doktorga bordim... 2 haftalik homilador ekanman! Bu kunni qancha kutdim, Azizxon aka! Alloh duolarimizni qabul qildi...
Azizxon hamon yigʻlar edi. Alloh hech bir ishni behikmat qilmaydi. Balki Mohlaroy erining koʻngliga qarab boshqa ayolga uylanishiga rozilik bergani uchun Alloh unga shunday neʼmatni bergandir, balki Azizxonning Sirojiddinga koʻrsatgan yordamlari va onasining yuzi uchun sarflagan pullari sabab Alloh ularga farzand ato etgandir... Nima boʻlganda ham Alloh ularni bir umrga bogʻlab turuvchi rishtani tortiq qildi. Farzand bilan siyladi. Yaxshilik hech qachon mukofotsiz qolmaydi. Uning mukofotini Alloh bu dunyoda ham, u dunyoda ham beradi, Inshaalloh...!
* * *
Azizxon va Mohlaroy shiringina qizaloqli boʻldilar. Endi ikkalasini bogʻlaydigan rishta bor. Sirojiddin katta yigit boʻlib oʻzining shaxsiy biznesini boshladi. Turkiya bilan hamkorlikda 2-3 ta shartnomalar tuzishga erishdi. 22-23 yoshga yetganida kotta savdogar, ishbilarmon tadbirkor boʻlib yetishdi. Nazokat boshqa oila qurmadi. Qolgan umrini toat ibodatga bagʻishladi. Oʻgʻli Sirojiddin bilan 5-6 martalab Umra safarlariga borib keldilar. Birinchi gal buvisi Enaxon aya bilan borishganida, Enaxon aya Makka shahrida Ka'batillohni tavof qilayotgan payti yuragi urishdan toʻxtadi. Oʻsha joyda millionlab musulmon Enaxon ayaning janozasini oʻqidilar. Oʻsha yerdagi qabristonga jasadlari qoʻyildi...
11-QISM TUGADI.
TAMOM.
m.f - oʻqiganlardan minnatdorman! Alloh barchangizdan rozi boʻlsin. Bu hikoyadan ibratli nimadur ololgan boʻlsangiz, men qilgan mehnatimga achinmayman... Xulosa shuki, Allohning iznida yurgan har bir banda uchun Allohning ajr-u mukofotlari bor. Faqat sabr etmoq, duo qilmoq, chin dildan ishonib ixlos qilmoq kerak.
Barcha oʻqiganlarga va fikr bildirganlarga chin qalbimdan rahmat aytaman. Tez orada Inshaalloh yana yangi hikoyalar yozaman... Va sizlarga albatta ilinaman☺️☺️🥹
✍ ❤️
⏰24.12.2024. 11:55
Nazokat yigʻlab yubordi.
- Agar dadam rahmatli akamga qattiq turganlarida edi... Akam bu holga tushmasdi. Oʻgʻlim ham togʻasidek adashishini xohlamayman! Sizdan yagona soʻraydigan narsam faqat shu xolos. Sizni judayam xurmat qilaman... Men uchun, oilamiz uchun juda katta yaxshiliklar qildiz... Alloh rozi boʻlsin. Hamisha duo qilaman sizni opam bilan baxtli boʻlinglar... Alloh sizlarga ham farzand ne'matini ato qilsin.
Azizxon bir soʻz deyolmay qoldi. Rad javobini bir hisobda olishi mumkinligini bilgan boʻlsada, bu darajada ogʻriqli boʻladi deb kutmagan edi. Nazokat aqlli ayol...
- Yana bir gap...
Azizxon Nazokatga boshini koʻtarib qaradi. Uning koʻzlarida umidsizlik yaqqol namoyon edi.
- Mayli gullarizni olaman. Faqat akam berdi deya, qabul qilaman. Siz menga oʻz akamdeksiz... Lekin uzugizni ololmayman... Uni Mohlaroy opamga bering. Bunday sovgʻaga ular loyiq.
Nazokat guldastani koʻtarganicha oshxonaga kirib ketdi. Azizxon stol ustidagi uzukni oldi. Miyigʻida kulib qoʻydi. Ajabo! Uni yuragini oʻrtayotgan his yoʻq boʻlib qolgandek edi. Nazokat oshxonadan qaytib chiqdi. Azizxon ketish uchun oʻrnidan turdi.
- Mayli unda... Men boraqolay. Mendan xafamasmisiz Nazokat? Taklifimdan xafa boʻlmadizmi?
- Yoʻq... Tushunaman. Menga yaxshi boʻlsin deyapsiz. Mehr bermoqchi boʻlyapsiz... Lekin men oilali erkak bilan birga boʻlolmayman. Alloh menga ham oʻz tengimni yoʻliqtirar, boʻlmasa... Qolgan umrimni oʻgʻlim Sirojiddinga bagʻishlayman. Uning baxtini, iqbolini koʻrsam, menga shuning oʻzi yetarli...
- Havotir olmang Sirojiddinni oʻz nazoratimga olaman... U oʻz oʻgʻlimdek boʻlib qoldi.
- Rahmat... Alloh rozi boʻlsin.
- Sizdan ham...
Azizxon Nazokatning javobini ancha oʻyladi. "Rad qildi. Balki yaxshilikkadir..." Azizxon kechga borib uyiga qaytar mahal ayoli Mohlaroy uchun qip-qizil atirgullar bilar liq toʻla buket sotib oldi. Yoniga ayoli yoqtirgan shirinliklarni oldi... Uyga kirdi. Mohlaroy yoʻq edi... Ichkari xonalarga yoʻnaldi. Xona o'rtasida bezatilgan stol turar edi. Qizil shamlar yoqilgan oppoq dasturxon ustida turli hil mazali taomlar, shirinliklar... Shamlar atrofi atirgul barglari bilan bezatilgan... Xona nihoyatda sarishta... Romantik kayfiyat baxsh etadi.
Azizxon stolga qarab ancha oʻylandi. "Axir bugun 2-xotin olishimga rozilik bergandi. Erni boʻlishish osonmi?! Men xafa boʻlib yigʻlab oʻtirgan boʻlsa, xursand qilay deb gul olgandim... U boʻlsa... Qiziq, juda qiziq..."
Mohlaroy chiqdi. Egnida nihoyatda chiroyli qip-qizil koʻylak, boshida roʻmoli yoʻq... Sochlarini chiroyli qilib yoyib olgan... Pardozi ham... Sepib olgan atirlari ham kishini mast qiladi... Azizxon ayolini bu holatini koʻrib ogʻzi ochilib qoldi. Taniyolmadi. Ochigʻi tanisa ham, bu oʻzimni xotinimmi deya koʻzlariga ishonolmasdi. Mohlaroy mayin ovozda dedi.
- Keldizmi jonim...?
- Mohim... Bu... Bugun juda boshqachasiz?
- Qanaqa?
- Oʻzgacha... Hech kutilmagan hol... Men xafadirsiz debman.
Mohlaroy shunday chiroyli kuldiki, kulgusidan xonadagi chinnilar jaranglab ketgandek boʻldi.
Mohlaroy Azizxonning qoʻlidagi gulga imo qildi.
- Bular mengami?
Azizxon shoshilib qoʻlidagi guldastani koʻtardi.
- Albatta sizga gulim! Atirgulni yaxshi koʻrasiz deb atayin yasattirdim.
Mohlaroy gullarni oldi. Toʻʻyib-toʻyib hidlari. Yigʻladi. Azizxon uning bu holidan ajablandi?
- Nima boʻldi Mohim? Tinchlikmi?
- Bugun qanday xursandligimni bilsangiz edi! Bugun men naqadar baxtliman!
- Tushunmadim... Gulim ochiqroq gapiring...
Mohlaroy erining koʻzlariga toʻlib qaradi. Quvonchdan yuragi gupullab urib ketdi.
- Siz ota boʻlasiz... Eshityapsizmi ota boʻlasiz...
Azizxon nima deyishini bilmadi. Quloqlari umuman ishonmadi. Nahotki?! Axir 11 yil shu soʻzni kutgan edi u! 11 yil! Sarvinoz bilan 3 yil yashadi. Boʻyida boʻlmadi. Keyin 2 yil uylanmay yurdi. Ikkinchi ayoli bilan yana 3 yil, Mohlaroy bilan tanishishganlariga 5 yil boʻldi... Alloh Buyuk Zot! Azizxon 10 ga yaqin shifokorlar koʻrigidan oʻtdi. Hatto chet davlatlariga ham borib keldilar...
Erini tariflab boʻlmas bir muhabbat bilan sevdi. Endi esa uni boʻlishib yashashga maxkum! Mohlaroy oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Boshi otilib ketar darajada ogʻriy boshladi. Dori qutidan ogʻriq qoldiruvchi olib ichib koʻrdi. Biroz yotdi. Uxlasam oʻtib ketar deya, uxlashga harakat qildi... Baribir boʻlmadi... Ogʻriq, bosh aylanishi yana tagʻin koʻngli ham behuzur boʻla boshladi.
- Bunaqada boʻlmaydi. Doktorga borsammikin?! Davlenam oshib ketti shekilli...
Mohlaroy bazoʻr kiyinib hovliga tushdi. Yaqindagina eri olib bergan oq mashinasini oʻt oldirdi. Darvozadan chiqib toʻgʻri shifoxonaga yoʻl oldi...
- Nazokatxon! Nazokatxon!
Nazokat Azizxon akani ovozini tanidi. Yuragiga gʻulgʻula tushdi. "Siroj ishga ketgandi-ku, nima boʻldiykin? Oʻgʻlimga biron kor xol bo'ldimikin?!" Havotir olganicha uy ichidan otilib chiqdi. Azizxon uning yuzidagi havotirni payqadi.
- Havotirlanman... Sizda gapim bor edi... Shunga kelgandim.
Nazokat hayron boʻldi. "Menda qanday gapi boʻlishi mumkin".
Azizxon kelayotib sotib olgan oppoq lolalar bilan toʻldirilgan buketni qoʻliga oldi. Nazokat gullarni koʻrib battar esankiradi... Nima uchun bu gullar?!
- Ichkariga kirsam maylimi?
Nazokat mayli deganicha boshini asta qimirlatib qoʻydi. Azizxon Nazokatga yaqinlashib gullarni uzatdi.
- Bular sizga...
Nazokat hayrat aralash Azizxonga qaradi.
- Nima uchun... Bugun tugʻilgan kunim emas edi.
- Shunchaki... Olaqoling... Atayin sotib oldim.
Nazokat Istar-istamas gullarni qoʻliga oldi.
- Rahmat... Chiroyli guldasta ekan.
- Arziysiz!
Azizxon oʻtirdi. Nazokat choy qoʻyaman deb oʻrnidan turgan edi. Azizxon uni to'xtatdi.
- Shoshmang, oʻtiring...
Nazokat oʻtirdi. Ancha vaqt jim qolishdi. Azizxon gapni qanday boshlashni bilmay ancha oʻylandi.
- Bilasizmi Nazokat... Men juda uzoq oʻyladim... Bir bu qarorimdan qaytdim, bir yana shu his yuragimga oʻrnashib olganmi, yana shu qarorga keldim.
- Qanday qaror?
- Bilasizmi... Men sizni anchadan beri yoqtiraman.
Nazokat seskanib ketdi. Azizxondan bunday gapni sira kutmagan edi.
- Bu nima deganiz? Tushunmadim...
- Men sizga uylanmoqchiman... Niyatim jiddiy.
- Mohlaroy opamchi?! Axir uylangansiz... Ayolingiz bor.
- Mohlaroy rozi boʻldi... Bugun ertalab oʻz roziligini aytdi. Sizni ham oʻz nikohimga olsam degandim. Oʻylamang bu nafsini oʻylaydigan ablah deb, yoʻq... Bilmadim... Men sizni chindan yoqtirib qoldim. Men zinokor emasman. Nomahram ayolarga shaxvat nazari bilan qaramaganman... Xususan sizga ham... Oʻgʻlizga otalik qilaman, sizlarni toʻlaqonli taʼminlayman... Sizni hurmat qilishga, mehr berishga vaʼda beraman.
Azizxon kastumini choʻntagidan kichkina quticha chiqarib Nazokatga uzatdi.
- Nazokat menga turmushga chiqing... Iltimos.
Nazokat quticha oldi. Ichida juda chiroyli, olmos koʻzli uzuk bor edi... Uni biroz tomosha qildi. Istexzoli kuldi.
- Azizxon aka... Men bir ayolni baxtsiz qilib, baxtli boʻlolmayman. Bu bir! Oilali erkakka osiladigan buzuqilardan ham emasman. Bu ikki! Koʻp xotinlikka qarshiman. Bu uch!
Nazokat Azizxonga qaradi. Azizxon anchagina oʻngʻaysiz holatga tushgan edi.
- Mohlaroy opam sizni koʻngliz uchun, sizni rozi qilish uchun va Allohning 4 ayolga uylanish haqidagi oyatiga isyon qilmaslik uchun rozi boʻlgandir. Men buni tushunaman. Lekin aniq bilaman ular sizni jonidan ortiq yaxshi koʻradi va bu qarorga kelish ular uchun juda ogʻriqli boʻlgan. Men ham ayolman, Azizxon aka! Ayolni his qila olaman. Uning dardini tushunaman. Chunki men ham sevganman. Erimni Sanjar akamni jonimdan ortiq sevganman! Va hamon sevaman! Men erimni xotirasi bilan yashayapman.
Azizxon indamay Nazokatni soʻzlarini tinglar edi.
- Agar menga Alloh yoʻlida yaxshilik qilmoqchi boʻlsangiz, sizdan yagonagina iltimosim... Oʻgʻlim Sirojiddinga tarbiya bering. Uning dadasi ham, togʻasi ham, amakisi ham, akasi ham yoʻq... Oʻgʻil bolaga erkakning tarbiyasi kerak. Oʻgʻlimga akasi sifatidami, yo togʻasi sifatidami... Unga toʻgʻri yoʻlni koʻrsating... Haromdan uzoqlashtiring... Dinimizni uqtiring.
Xayrli tun
Inson doim bir qalbga muhtoj...
Seni sendan ko'proq tushunadigan, o'zingdan ko'proq qayg'uradigan, sendan ko'proq izlaydigan, mehr beradigan…
Yelkasiga boshingni qo'yib, dunyoni
unutadigan, qo’llariga qo'lingni berib,
xotirjamlik tuyadigan, ko'zlariga boqib tabassum qiladigan, eslab zavq oladigan bir insonga muhtoj!
-Ket deganda keladigan, jahl qilsang kuldiradigan, kulganingda qayg'usini
unutadigan, butun dunyoni faqat sen deb biladigan bir insonga muhtoj!
Masofalar faqat tilda boʻladi,dilda(qalbda) masofalar boʻlmaydi.
- Boshqalar yonida qilingan nasihat, nasihat emas haqoratdir..!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 2 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago