Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi:
1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi;
2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi;
3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi; 4. Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi;
5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi; 6. Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi;
7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.
⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:
1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;
2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish;
4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.
*? Rasmiy sahifalarimiz: Telegram |* YouTube
? Axborot-resurs markazi tomonidan TDPU Library sayti uchun : Mobile ilovasi qulay foydalanish uchun 1.02 versiyasi
? Moblie ilova Web platforma bilan integratsiya holatida ishlaydi.
? Mobile ilovani : Telegram kanal hamda Google platformasidan yuklab olish imkoniyati mavjud.
? Link : https://elibrary.tdpu.uz/
? Telegram : @kadirov_corp
#kun_tarixi Bugun 6-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
? Xalqaro parhezga qarshi kun.
? Butunjahon labirint kuni.
? Xalqaro dronlar kuni.
?? Antigua va Barbuda – Mehnat kuni.
?? AQSh – Hamshiralar kuni.
?? Bolgariya – Jasorat kuni, Armiya kuni.
?? Daniya – Qahva kuni.
?? Filippin – Shon-shuhrat kuni.
?? Rossiya – Moskva gerbi va bayrog’i kuni.
?? Livan, ?? Suriya, ?? Gabon – Shahidlar kuni.
?? Tojikiston – Davlat sirlarini himoya qilish sohasi xodimlari kuni.
?? Turkiya – Xederlez (Bahorni kutib olish bayrami).
#voqelar
?Birinchi rasmiy pochta markalari (1840). muomalaga chiqarildi.
?Amerikada “The New York Herald” gazetasining birinchi soni nashr etildi (1835).
?Angliya Kubogi ta'sis etildi (1872).
?Norvegiyaning oltin zaxiralari Angliyaga yetib keldi. U bilan birga qirol oilasi va mamlakat hukumati a'zolari evakuatsiya qilindi (1940).
?Filadelfiyalik jarroh Jon Gibbon birinchi marta ochiq yurak jarrohligi paytida sun’iy qon haydash apparatini ("sun'iy yurak-o'pka") muvaffaqiyatli qo'lladi (1953).
?1968-yil: Fransiya hukumati Parijdagi ko'cha janglari sababli Parij universitetini yopdi.
?Arxitektura va qurilish instituti tashkil topdi (1991).
?O‘zbekiston Respublikasi hamda Tailand Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi (1992).
?Qozog‘istonning yangi poytaxti Akmola nomi Astanaga o‘zgartirildi (1998).
?Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning toj kiyish marosimi (2023).
#tavalludlar
? 973-yil: Genrix II Avliyo (1024) – nemis qiroli (1002-1024), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1014-yildan).
?1868-yil: Gaston Leru (1927) – fransuz yozuvchisi (“Opera xayoloti” romani va boshqalar), jurnalist, detektiv ustasi.
?1870-yil: Amadeo Giannini (1949) – amerikalik bankir, “Bank of America” asoschisi.
?1871-yil: Viktor Grignard (1935) – fransuz organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1912).
?1906-yil: Andre Veyl (1998) – fransiyalik matematik.
?1904-yil: Martinson Xarri (1978) – shvetsiya shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1974).
?1910-yil: Rasul Rizo (1981) – Ozarbayjon xalq shoiri (1960).
?1923-yil: Vladimir Etush – rus teatr va kino aktyori, “Kavkaz asirasi”, “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”, “Soya” kabi filmlarda turli rollarni ijro etgan.
?1944-yil: Farhod Jahongirov – Tibbiyot fanlari doktori.
? 1953-yil: Toni Bler – Buyuk Britaniya Bosh vaziri (1997-2007).
?1960-yil: Ann Pariyo – fransuz aktrisasi.
?1961-yil: Jorj Kluni – amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariynavis, prodyuser.
?1983-yil: Daniel Alves – taniqli braziliyalik futbolchi, “Barselona” klubi a’zosi.
?1988-yil: Stanislav Andreyev – “Paxtakor” futbol jamoasi a’zosi.
?1981-yil: Botir Qodirov – taniqli o‘zbek estradasi xonandasi.
?1993-yil: Naomi Skott – ingliz kino va televideniye aktrisasi, qo'shiqchi va musiqachi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago