Kholikov Nazariyasi

Description
Carpe Diem.

@ak_poet✌🏼
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 неделя назад

Enjoy the last day of 2024!

1 неделя назад

Прости меня за тех, кто не смог меня простить.
Прости за тех, кому я не успел сказать: "Прости".

#lyrics

1 неделя, 2 дня назад

Bugun mening koʻzimning oq-u qorasi boʻlgan, oʻzini biz uchun fido qilgan, bizga yorugʻ dunyoni tuhfa qilgan volidayi muhtaramamizning tavallud kunlari!

Ha, doʻstim, ona beqiyos, ona bebaho! Dunyodagi barcha onalar faqat bolalari uchun yashaydilar. Faqat ular uchun harakat qilishadi.

Onajon, sizni yaxshi koʻraman!

Kechirishingizni muntazir boʻlib kutyotgan ayblarim juda koʻp, ehtimol kechirib ham boʻlgandirsiz.

Meni aynan sizning farzandingiz oʻlaroq Yuborganga cheksiz shukurlar boʻlsin! Sizga munosib farzand boʻlib xizmat qilishimni nasib qilsin.

Darvoqe, bugun ustozim, betakror shoir, oʻzbek xalqining soʻnmas yulduzi — Erkin Vohidovning ham tugʻilgan kunlari! Afsuski, biz hayotda koʻrisha olmadik. Oxiratlari obod boʻlsin.

2 недели назад
2 недели, 1 день назад

Shifoxona. Mungli keng hovli…
Birovning gʻamiga sherikmas birov.
Diqqatimni oldi saf tortgan
Katta-kichik turfa xil ulov.

Asli qayta ishlangan tuproq,
Nasib qilsa, qaytasan loyga.
Nega oʻzing ustun bilasan?
Ayt, gunohkor, ne kerak poyga?

Kambagʻalni quvib yetsa ham,
Kasal yuqmay oʻtmaydi boyga.
Oʻlib qolsa, bitta goʻr tugul
Hasta boʻlsa, borar bir joyga.

Kibring necha kunlik, azizim?
Mehr uyingni hamisha keng qil.
Gar oʻzingni er bilar boʻlsang,
Oʻzga birni doimo sher bil.

Sulaymonning qabrin tafakkur
Ayla olib ketolganda xas.
Shunday ekan, bu hol senga ham
Saboq boʻlsin, doʻstim, yetar, bas!

©️Xoliqov AbdurRohman

23.12.2024

2 недели, 2 дня назад

Bugun Yaldo kechasi, ya’ni yilning eng uzun tuni. Tezroq tong otishini kutuvchilarga sabr, tunni xush koʻruvchilarga esa maroq tilayman. Shu oʻrinda gʻoyibona ustozim Erkin Vohidovning “She’r aziz olam aro” nomli she’rlarini boʻlishishni ma’qul topdim:

Sheʼr aziz olam aro
Menga tiriklik, jon qadar,
Jon nedir oshiq uchun,
Jondin aziz jonon qadar.

Sheʼrdan ayru tonglarim
Yaldo tuniday zim-ziyo,
Sheʼr bilan tunlar charogʻon
Xurshidi tobon qadar.

Sheʼr oʻzi jonon emasmu,
Yondirar hijronida,
Gohi boqsa bir qiyo,
Boshim boʻlur osmon qadar.

Kimki oshiqdur jahonda
Sheʼrga boʻlgay mubtalo,
Ishq uchun tengdur gadodan
To buyuk sulton qadar.

Shoh Bobur Hindu sori
Yurdi-yu, shoir va lek
Yigʻladi Fargʻonadin to —
Mulki Hindiston qadar.

Sheʼr zulolidan simirdim
Bir piyola toʻldirib,
Voh, koʻrindi menga har bir
Qatrasi ummon qadar.

Nuqta qoʻy nazmingga, Erkin,
Muxtasarlik soʻzga deb,
Yoʻqsa, tong otguncha sheʼring
Boʻlgʻusi doston qadar.

2 недели, 6 дней назад
Kholikov Nazariyasi
2 недели, 6 дней назад

Bugun negadir havaskorona she’rlarimning yaratilish tarixini sizlar bilan boʻlishish haqida oʻylab qoldim:

  1. Haftada bir soat tarbiya darsi oʻtamiz. Odatiy joyim oʻrta qatorning oxirida. Oʻtirib, derazaga qarashim bilan fikrlar quyilib kela boshlaydi. Gʻoya, toʻrtlikning qiyin qismi uchun yechim, qofiya va ilhom bilan, koʻpincha, shu yerda uchrashamiz. Buning sababi esa haligacha qorongʻu, ammo parta bilan allaqachon qadrdonga aylanganmiz.

  2. Qandaydir ta’sir koʻngilning dardli qismini qoʻzgʻatib qoʻygach, misraning davomi faqat uning oʻzi xohlagandagina keladi. Ba’zida yozib olishga ulgurmay yoddan koʻtarilganda afsuslanish ham boʻladi, albatta.

  3. Qoralamaga yoz, koʻchir, qayta yoz, yana koʻchir, qayta, yana… Ayniqsa, yuragi tor insonlar uchun ogʻir jarayon. Bir harfning shakli yoqmaganligi sabab takror va takror yozish kerak boʻladi.

  4. Bir amallab yozib tugatgandan soʻng, Salomova Nilufar yoki Hoshimova Gavharoy ustozlarimga tahrirlab berishlarini iltimos qilaman. Oʻz sahifamni ham aynan Gavharoy ustozim takliflari bilan ochganman. Har ikki muallimalarimizdan ham cheksiz minnatdorman.

  5. Koʻp hollarda oxirida sarlavha qoʻyaman. Tavsiyalarga binoan ba’zi tuzatishlar kiritib, esdalik uchun birinchi namunani suratga olaman hamda sizlarning e’tiboringizga havola qilaman.

Bor gap shu.

4 недели назад
4 недели, 1 день назад

Yoqtirgan shoir(a)ingiz va she’ringizni yozib keting👇

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago