Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Saudi Arabistonida joylashgan yuqori reytingli universitet KAUST magistratura va PhD bosqichida o'qish uchun to'liq grant va yiliga 30 ming AQSH dollarigacha stipendiya ajratishini bilarmidingiz?
Saudiya Arabistonidagi King Abdullah University of Science and Technology universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.
Mazkur grantni universitetda mavjud yo'nalishlarga qabul qilingan barcha talabalar qo'lga kiritishi mumkin.
KAUST Fellowship grantini yutgan talabalar ushbu imkoniytarlarga ega bo'lishadi:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya olishlari mumkin
- Turar joy va sug'urta harajatlari qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun ham yordam olish mumkin.
Hozirda Fall 2024 semester uchun arizalar qabul qilinmoqda. Universitet asosan engineering va science sohalari bo'yicha programmalarni taklif etadi.
Agar shu kabi grantlarni yutmoqchi bo'lsangiz, ammo qanday boshlashni bilmayotgan bo'lsangiz bizga murojaat qiling. Biz sizga yordam beramiz.
IT sohasini o'qitish bo'yicha dunyodagi eng ilg'or universitetlar qaysilar deb o'ylaysiz? Keling bugun sizlar bilan IT (Computer Science and Information Sysytems) sohasini o'qitish bo'yicha butun dunyoda peshqadam bo'lgan universitetlar bilan tanishib chiqamiz.
Massachusetts Institute of Technology (Cambridge, United States)
Carnegie Mellon University (Pittsburgh, United States)
Stanford University (Stanford, United States)
University of Oxford (Oxford, United Kingdom)
University of California, Berkeley (Berkeley, United States)
National University of Singapore (Singapore, Singapore)
Harvard University (Cambridge, United States)
University of Cambridge (Cambridge, United Kingdom)
ETH Zurich (Zurich, Switzerland)
Nanyang Technological University, Singapore (Singapore, Singapore)
O'qish uchun qaysi mamlakat yaxshi?
Amerika Qo'shma Shtatlari: AQSh ko'plab sohalarda, ayniqsa texnologiya va biznes bo'yicha yetakchi universitetlarga ega. Misol uchun, Stanford va MIT kabi universitetlar innovatsion tadqiqotlar va kuchli sanoat aloqalari bilan tanilgan. Biroq, bu yerda o'qish juda qimmat, o'rtacha o'qish yili uchun $30,000 dan $60,000 gacha bo'lgan kontrakt puli talab etiladi va talabalik hayoti ham nisbatan qimmatga tushadi.
Germaniya: Germaniya oliy ta'lim tizimi deyarli bepul, chunki ko'pchilik universitetlar chet ellik talabalar uchun ham kontrakt puli olishmaydi. Masalan, München Teknik Universiteti kabi yuqori reytingga ega universitetlar ham mavjud. Biroq, Germaniyada yashash xarajatlari, ayniqsa München va Frankfurt kabi yirik shaharlarda, yuqori bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ko'p kurslar nemis tilida o'tiladi, bu esa ingliz tilida suhbatlashuvchi talabalar uchun qiyinchilik tug'dirishi mumkin.
Buyuk Britaniya: Buyuk Britaniya, ayniqsa Oksford va Kembridj kabi dunyo darajasidagi universitetlari bilan, kuchli akademik an'analariga ega. Ta'lim tizimi chuqur tahlil va mustaqil o'rganishga urg'u beradi. Lekin, Buyuk Britaniyada ham o'qish narxi yuqori, o'rtacha yillik kontrakt puli $12,000 dan $40,000 gacha bo'lishi mumkin. Shuningdek, yashash va boshqa turmush tarzi xarajatlari, ayniqsa London kabi yirik shaharlarda, juda yuqori.
Har bir mamlakatning o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor, shuning uchun talabalar o'z ehtiyojlariga va maqsadlariga mos keladigan eng yaxshi variantni tanlashlari kerak.
O'zingiz uchun to'g'ri tanlov qilishda omad tilaymiz!
Agar sizda yuqoridagidek grant tanlovlarida ishtirok etish bo'yicha savollaringiz bo'lsa, yoki qaysi davlat, qaysi universitet va qanday sohada o'qish bo'yicha hali ham ikkilanishlar bo'lsa, yoki umuman olganda chet el universitetlariga topshirish va o'qish bo'yicha savollaringiz bo'lsa bizga murojaat qiling, biz sizga yordam berishdan doim mamnun bo'lamiz.
EduAscend Consulting Group jamoasi chet elda o'qishni istagan yoshlarga yanada ko'proq yordam berish uchun mahsus konsulatsiyalarini boshladi. Siz 30 minutlik konsultatsiya davomida "El-yurt umidi" granti sohiblari, dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan mentorlari bilan to'g'ridan to'g'ri muloqaat qilishingiz mumkin bo'ladi, va savollaringizga javoblar hamda tavsiyalar olishingiz mumkin.
Bunday imkonni qo'ldan boy bermaslik uchun, hoziroq bizga bog'laning (@eduascend_adm) yoki mana bu havola orqali appointment oling (ECG consultation).
Muhtaram prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan va eng iqtidorli yoshlarga dunyoning TOP 300 talik universitetlarida o'qishlari uchun 100 foiz grantlar ajratadigan "El-yurt umidi" jamg'armasining bu yilgi stipendiya tanlovlari ham yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda. "El-yurt umidi" jamg'armasi tanlovlarida ishtirok etish uchun sizdan qanday hujjatlar talab etilishini bilasizmi? Bugun sizlar bilan shu haqida gaplashamiz.
Eng muhim hujjat - bu sizning dunyodagi TOP 300 talikka kiradigan universitetlardan olgan kirish xatingiz ya'ni acceptance letter. Dunyo universitetlar reyting bilan bu yerda tanishsangiz bo'ladi. ? QS Ranking, ARWU, Times Higher Education, US News.
Xat 2 xil bo'lishi mumkin, Conditional Acceptance Letter va Unconditional Acceptance Letter (shartli va shartsiz qabul xatlari). Agar sizda universitetdan shartsiz qabul xati bo'lsa, ya'ni Unconditional Acceptance Letter, szidan hech qanday til sertifikati so'ralmaydi, ammo sizda Conditional Acceptance Letter bo'lsa sizdan kamida B2 yoki IELTS 6+ sertifikatlari talab qilinadi.
Yana bir muhim hujjat bu sizning jamg'armaga taqdim etadigan esseyingiz. Essay kamida 500 ta so'zdan iborat bo'lib, aynan nima uchun shu davlat/universitet/sohani tanlaganingiz va o'zbekistonga qaytgandan so'ng qanday ishlarni amalga oshirmoqchiligingiz va o'qimoqchi bo'lgan sohangiz nima uchun ustuvor soha ekanligini yoritib berishingiz kerak. Essay yozish bo'yicha yo'riqnoma bilan jamg'armaning rasmiy veb saytida tanishishingiz mumkin.
Bundan tashqari attestat/diplom, yoki o'qish joyidan ma'lumotnoma (11-sinf o'quvchilari uchun), obyevtivka, rasm va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi.
Jamg'arma tanlovlarida ishtirok etish uchun jamg'arma tanlov e'lon qilgan kundan boshlab jamg'armaning rasmiy veb saytida onlayn ro'yhatdan o'tishingiz kerak bo'ladi.
Hammaga omad!
Ramazon hayiti muborak bo’lsin ?
Huquq sohasini o'qitish bo'yicha dunyodagi eng ilg'or universitetlar qaysilar deb o'ylaysiz? Keling bugun sizlar bilan huquq sohasini o'qitish bo'yicha butun dunyoda peshqadam bo'lgan universitetlar bilan tanishib chiqamiz.
Harvard University (Cambridge, United States)
University of Oxford (Oxford, United Kingdom)
University of Cambridge (Cambridge, United Kingdom)
Yale University (New Haven, United States)
Standford University (Stanford, United States)
New York University (New York, United States)
The London School of Economics and Political Science (London, United Kingdom)
Columbia University (New York, United States)
University of California, Berkeley (Berkeley, United States)
University of Chicago (Chicago, United States)
Bugun sizlar bilan "culture shock" haqida gaplashamiz. Siz bu iborani ko'p eshitgan bo'lishingiz tabiiy, balki hatto boshingizdan o'tkazgan bo'lishingiz ham mumkin, ammo u aslida nima, qanday simptomlarga ega, va undan qanday chiqib ketish mumkin? Bugun shular haqida gaplashamiz.
Eng mashhur simptomlaridan biri - homesickness, ya'ni o'z uyini va oilasini sog'inish. Bu o'ylashimcha barcha xalqaro talabalar bilan sodir bo'ladigan muammo: insonlar o'z uylarini, ota-onalarini, va yaqinlarini sog'inishadi va bu hatto stressga ham olib kelishi mumkin. Bundan qutilish uchun, ko'proq yaqin insonlar bilan online muloqaat qilish, va yashab turgan davlatlarida ko'ngilochar mashg'ulotlar bilan shug'illanish tavsiya etiladi.
Culture shockning ko'p uchraydigan simptomlari ro'yhatini xorijiy davlat tilini bilmaslik va insonlar bilan muloqaat qilishdagi muammolar davom ettiradi. Siz qaysidir tilni qanchalik mukammal o'rganmang, baribir anashu tilda native bo'lgan insonlar ichiga tushganingizda til bilan bog'liq muammolarga uchraysiz. Bundan tashqari, turli millatlarning qarashlari ham turlicha va muloqaat qilayotganda juda ham e'tiborli bo'lishingiz kerak bo'ladi. Bularning hammasi ham insonda stress paydo bo'lishiga olib keladi. Bunday holatdan oson chiqib ketish uchun, imkon qadar do'stlar orttiring va insonlarni ko'p kuzating. Shunda o'rganishingiz ancha oson bo'ladi.
Culture shockning ko'rinishlari juda ham ko'p va ular insonlarga har xil ta'sir qiladi. Biz shunchaki bir nechtalarini sanab o'tdik. Biroq eng muhimi o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotmaslik.
Ko'p xalqaro talabalari amerika universitetlariga topshirganda rad javobini olishadi, yoki universitetdan kirish xati olishsa ham visa olishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Buning asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz? Biz bugun sizlar bilan amerika universitetlariga topshirayotganda eng ko'p qilinadigan 3 xato haqida gaplashamiz.
1️⃣ O'z imkoniyatlarini to'g'ri baholay olmaslik. To'g'ri, inson, albatta, yuqori marralarni ko'zlashi va maqsadni katta qo'yishi kerak, ammo qo'yilayotgan maqsadga tayyormanmi yo'qmi deb o'zidan so'rashi ham kerak. Applicantlari ichida eng ko'p takrorlanadigan xatolardan biri - requirementlariga hali to'g'ri kelmasligini bilsada yuqori reytingli universitetlarga topshirishadi va katta ehtimol bilan rad javobini olishadi. Shuning uchun, avvalo o'z imkoniyatlarimiz va qobiliyatlarimizni to'g'ri baholab, requirementlariga tushadigan universitetlarni tanlashimiz kerak, yoki o'zimiz orzu qilgan universitetning talablariga javob bergunimizcha tinimsiz mehnat qilishimiz kerak.
2️⃣ Universitet haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lmaslik.
O'quvchilar universitetga topshirayotganda usha universitet haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lishmaydi. Qanday universitet, qayerda joylashgan, aynan nimalarga ixtisoslashgan, shular haqida o'rganishmaydi, va natijada o'zlari kutmagan universitetga borib qolishadi. Universitet haqida topshirishdan oldin yaxshilab
research qilishni tavsiya qilaman, sababi amerikada ma'lum bir din vakillariga ixtisoslashtirilgan, xavfli hududda joylashgan universitetlar ham bor. Keyinchalik afsuslanib qolmaslik uchun oldindan hamma narsaga oydinlik kiriting.
3️⃣ Noto'g'ri yoki chala hujjat topshirish. Ko'p applicantlar talab qilingan hujjatlarni xato yoki chala formatda yuborishadi.Bu esa albatta admission counsellarga siz haqingizda yetarlicha bilib olishlariga to'sqinlik qiladi va sizga rad javobini berishlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun hujjatlarni yuborayotganda imkon qadar sifati va to'laligiga e'tibor qarating, agar imkoni bo'lsa shu jarayonlarni yaxshiroq tushinadigan insonlardan maslahat so'rang.
Yana bir narsa hech qachon hujjatlarni soxtalashtirishga harakat qilmang!
Kollej insholarining ahamiyati juda katta, chunki ular sizning shaxsiyatingiz, qiziqishlaringiz va kelajakdagi rejalaringiz haqida chuqur ma'lumot beradi. Ayniqsa, inshoning kirish qismi juda muhim, chunki u qabul komissiyasini sizning hikoyangizga qiziqtiradi va birinchi taassurotni qoldiradi. Quyida dastlab ingliz tilida haqiqiy Brown Universisteti tomonidan qabul qilingan insho kirish qismiga e’tibor beramiz. Tasavvur qiling, agar talaba o'z inshosini shunday noan'anaviy voqea bilan boshlasa:
“My mother exclaimed in shock as she saw the title 'American Murder: The Family Next Door' as the latest addition to our Netflix watch list. 'Why on earth would you want to watch that?' she questioned. It baffled her that I could spend my free time delving into documentaries about the psychological profiles of serial killers”
"Onam, Netflix ro'yxatimizdagi so'nggi qo'shilgan 'American Murder: The Family Next Door' nomini ko'rib, hayratda qoldi. 'Bu kabi narsalarni nega ko'rmoqchisan?' deb so'radi u. Onam uchun mening, qotillarning psixopatik xususiyatlari haqidagi hujjatli filmlarni ko'rishim tushunarsiz edi."
Bu kirish qismi bir necha sabablarga ko'ra ta'sirchan va qiziqarli chiqqan:
Kutilmagan Mavzu: Haqiqiy jinoyat hujjatli filmi haqida gapirish, kollej inshosini boshlash uchun noan'anaviy usul hisoblanadi, bu esa darhol o’qiyotgan odamning qiziqishini uyg'otadi. O’ylab ko’ring universitet qabul komissiyasi minglab insho o’qishadi, ular bir xil zerikarli boshlangan insholarni o’qishni xohlashmaydi va bu sizni qabul qilinishdan olib qoladigan omil bo’lishi mumkin.
Shaxsiy Aloqa: Talabaning onasi bilan bo'lgan muloqot inshoga shaxsiy tus bergan, uni yanada qiziqarli va e’tibor tortuvchanligini oshirgan.
Chuqurroq Tahlilga Olib Borish: Kirish qismi talabaning psixologiya, jinoyatchilik xulq-atvori yoki ehtimol sud-tibbiyot fanlari sohasidagi kasbga qiziqishini ko'rsatib, ularning akademik qiziqishlari va maqsadlarini chuqurroq o'rganish uchun maydon yaratgan. Inshoda nafaqat nimadir haqida yozish, balki uni qanday yo’l bilan yetkazib berish ham muhimdir.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago