Umid Ikromboev | Shaxsiy blog | Self-development

Description
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

hace 7 meses, 3 semanas
**Xatolar daftari**

Xatolar daftari

Shaxsiy rivojlanish bo‘yicha bir ustozim judayam foydali odat o‘rgatgan. Bu odat har kuni sizni yaxshiroq bo‘lishingizga yordam beradi. 

  1. Bir online yoki oflayn daftar tutasiz. 
  2. Har kuni kechasi bugun qilgan xatolaringizni yozasiz. (Yomon gapirdingiz, vaqtni bekor sarfladingiz, kimgadir qattiq gapirdingiz, qayerdadir shoshdingiz yoki noto‘g‘ri qaror chiqardingiz va h.k)
  3. Ularning orasidan eng katta sizga zarar keltirayotganini tanlab olasiz 
  4. Tongda o‘sha tanlagan xato ustida 5-15 daqiqa ishlaysiz yani o‘zingizni “sud” qilasiz. 
    — nima uchun bu ishni qildim? 
    — bunga nima sabab bo‘ldi? 
    — buni qanday oqibatga olib keldi 
    — buni qanday to‘g‘irlasam bo‘ladi? 
    — kelajakda qaytarmasligim uchun nima qilish kerak? 
  5. Ertasi kuni yana xatolarni yozasiz va shu ishni takror va takror bajaraverasiz. 

Bu odat har o‘tgan kunimiz oldingisidan yaxshiroq bo‘lishga yordam beradi. 
Kelajakda xatolarni takrorlamaslikka yordam beradi

Xatolarimiz tugamaydi, lekin kamayadi va sifati o‘zgaradi.

hace 8 meses

Ko‘p xatolarimdan so‘ng bir narsani tushunib yettim

Sizni atrof muhitingiz, odamlar va hodisalar sizni aksingiz ekan.  

Kimdir sizga baqirdimi? Siz ham kimgadir baqirgansiz
Tanishingiz pulingizni bermadimi? Siz ham kimgadir bermagansiz 
Shogirdingiz sizni yuzingizni yerga qaratdimi? Siz ham ustozni yuzini yerga qaratgansiz 
Ukangiz aytganingizni qilmadimi? Siz ham akangizni yoki sizdan katta odamni aytganini qilmagansiz 
Uchrashuvga mijoz kech qoldimi? Siz ham kech qolgansiz 

Judayam kichik holatlarda buning aksi bo'ladi, ular istisnolar bo‘ladi.

Dunyoni, odamlarni o‘zgartirishga urunmang, qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi. O‘zingizni o‘zgartiring. 

Eng qizig'i — huddi bizdek odamga duch kelmaymiz:
1. Yaxshi / kuchli / ilmli inson bo'lsak yaxshiroq insonlarga duch kelamiz
2. Yomon / zaif / ilmsiz inson bo'lsak bizdan ham yomonroq insonlarga duch kelamiz

Shunday fikrlashni boshlasangiz, boshqa hech qachon birovlarni ayblamaysiz. Hamma ayb har qanday holatda o‘zingizda ekanini tushunib yetasiz. Yechim ham o‘zingizni ekanini anglaysiz. 

Keling bugundan: 

— Yolg‘on gapirmaylik 
— Kech qolmaylik 
— Masʼuliyatli bo‘laylik 
— Qarzlarni cho‘zmaylik 
— Mehr-shafqatli bo‘laylik 
— Vaʼdaga vafo qilaylik 
— Gapimizni ustidan chiqaylik 
— Go‘zal axloqli bo‘laylik 
— Ishimizni ustasi bo‘laylik 
— Kechirimli bo'laylik

100% bunday yashay olmaymiz, kamchiligimiz bo‘ladi, lekin hech bo‘lmasa harakat qilaylik. 

Bu o'zimdan kelib chiqib yozgan shaxsiy xulosam.

hace 8 meses, 1 semana

Yuqoridagi so'rovnomani o'tkazishdan maqsad manda 5 ta vakansiya paydo bo'ldi.

Shu odamlarni vaqtida olmaganim va ishni boshidan tizim qurmaganim uchun $20.000 dan ortiq zarar ko'rdim. Keyingi xato qimmatga tushishi mumkin, shuning uchun hozir hamma ishlarni noldan boshlashga qaror qildim.

1. Shaxsiy asisstent
(Eski assistentim hozir o'z yo'lini topib videografiya sohasiga o'tdi)

2. Metodologiya bo'limiga:

— metodolog yordamchisi
— dizayner (Figmada ishlash kerak)
— Sifat nazoratchisi

3. Prototype agentligiga:

— PM (Project manager) loyihalar boshqaruvchisi
— Kopirayter (Saytlar uchun sotuvchu matn yozish)
— Sotuvchi
— Tilda verstkachi

4. Shogirdlik dasturim uchun (Frilans akademiya):

— Sotuvchi
— Biznes assistent

5. Quant Club'ga:
— Menejer

Umumiy talablar:
— Kompyuter bo'lishi shart
— Kuniga kamida 4 soat ishlashga tayyor bo'lish
— Rus tilini tushunish (Ingliz tilini bilsangiz yaxshi)
— Eng kamida 1 yil tajriba
— Haftada 6 kun ish
— Diqqat faqat 1 ta ishda bo'lishi.

Shu ma'lumotlarni yozing:
0. Vakansiya nomi
1. Ismingiz, yoshingiz.
2. Qayerda ishlagansiz yoki ishlaysiz
3. Mendan nima kutyapsiz (pul, bilim, tajriba)
4. Nima uchun bu aynan shu ishga qiziqyapsiz
5. Kuniga necha soat ishlashga tayyorsiz
6. 6-12 oylik maqsadingiz
7. O'zingiz haqingizda qo'shimcha ma'lumot

Batafsil ma'lumotni shaxsiyda beraman.

Shu kontaktga murojaat qiling — @umidikromboev 24 soat ichida javob yozaman.

hace 8 meses, 1 semana
hace 8 meses, 2 semanas

Ishni samarali va tez bajarish uchun yordam beradigan instrumentlar ro'yxati:

1. Figma — dizayn yasash uchun (10$)

2. Adobe photoshop — rasmlar ustida ishlash + AI yordamchi (33$)

3. Figma jam — Dashboar yasash uchun. Yillik rejalarni ko'rish uchun. (0$)

4. Notion — konspektlar, kunni rejalashtirish, loyihalarning ma'lumotlar bazasi, foydali materiallar, longridlar uchun. (10$)

5. Trello — uzoq muddatli ishlarni rejalashtirish uchun. (0$)

6. Remove.bg — rasmlarning orqa fonini ochirish (9$)

7. Midjorney — sun'iy intellekt orqali rasmlar tayyorlash (30$)

8. ChatGPT — kopirayting uchun, tahlil qilish, savol berish, g'oyalar olish, maslaxatlar olish. (20$)

9. Pinterest — dizayn uchun g'oyalar olish platformasi. (0$)

10. Habit — odatlarni nazorat qilish. (7$)

11. Tilda — saytlar yasash uchun instrument. (15$)

12. Wallet — shaxsiy va biznes moliyasi nazorati uchun. (0$)

13. Google sheets — foydali trekerlar uchun (0$)

14. Google disk — ma'lumotlarni saqlash uchun (0$)

15. Typing club — tez yozishni o'rganish uchun. (0$)

hace 8 meses, 2 semanas

Ko‘p mijozlar bilan ishlab ushbu muammolarga duch keldim. Bu muammolar mendan boshqa ko‘plab mutaxassislarda bor deb o‘ylayman. Shuning uchun bu mavzuni ko‘tarishga qaror qildim.

Har doim muammo o‘zimizda deb o‘ylayman. Boshqalarni ayblash bilan hech narsa o‘zgarmaydi. 

Mijozlar bilan bo‘lgan munosabatlardagi muammolar va shaxsiy yechimlar: 

1. Pulni vaqtida bermaslik

Ko‘p mijozlarimda pulim qolib ketgan, bunga aybdor ham o‘zim. Bu takrorlanmasligi uchun
— doim eng kamida 50% boshlang‘ich to‘lov bilan ishlaymiz
— boshlang‘ich to‘lov sanasini oldindan aniqlaymiz 
— qolgan to‘lovni aniq sanasi va vaqtini oldindan kelishamiz. 
— Bu ish boshlashdan avval mijozga tasdiqlatib olamiz. 
— Mijoz pulni bermasa — boshqa mutaxassislarni u mijoz bilan ishlamasliklari uchun ogohlantirib chiqamiz. 

2.  Aniq texnik vazifasiz ishlash

Ish boshlashdan avval 3 kunlik ish, ammo ish boshlangandan keyin bu ish bir necha oyga cho‘zilib ketgan vaziyatlar bo‘ldi. Bu yerda ham o‘zim aybdorman. 

— Ishni boshlashdan avval qancha vaqt ketishidan qatʼiy nazar qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni ro‘yxatini tuzib chiqish kerak. 
— TV (texnik vazifa) dan kelib chiqib loyihani aniq narxini belgilaymiz 
— Loyiha qachon tugatishini aniqlaymiz 
— ish cho‘zilishi mumkin bo‘lgan holatlarni ko‘rib chiqamiz 
— ular maʼlumot beradigan holatlarda aniq sanasini belgilaymiz 
— uchrashuvlarni kuni va vaqtini oldindan belgilaymiz 
— texnik vazifadan tashqari narsalar qo‘shilishi mumkin bo‘lsa ularni narxlarini belgilaymiz 

3. Qo‘shimcha ish uchun haq to‘lamaslik

Ish boshlanadi, TVʼga kiritilmagan ko‘plab vazifalar chiqadi. Shunday holatda u vazifalarni qilmasdan avval buning uchun haq olinishini eslatib o‘tish kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha ishlar deadline cho‘zilishiga olib kelishi va bu narxga taʼsir qilishini aytish kerak. Aniq yakuniy deadline va sanalarni aniqlashimiz kerak bo‘ladi. 

4.  Mutaxassislarga xodimdek qarash

Mutaxassis buyurtmachining xodimi emas. Uning o‘zining ish grafigi, ish joyi va shartlari bor. Ko‘p xollarda mutaxassisdan doim online bo‘lish, uchrashuvlarda qatnashish yoki shunga o‘xshash talablar qo‘yiladi. Bu masalalarni ish boshlashdan avval aniqlab olish kerak. 

— nechta uchrashuv bo‘ladi? Qachon, qayerda va qaysi sanada? 
— qachon siz xabarlarga javob yoza olasiz? 
— qachon xabarlarga javob yoza olmaysiz? 
— qaysi kunlari siz ishlamaysiz?
— Sizning vazifalaringizga nimalar kiradi? Aniq ro‘yxatini ko‘rsatish kerak. 

5. “Deadline” loyihani tugatish uchun belgilangan vaqt o‘tib ketishi

Manda juda ko‘p deadlineʼlar o‘tib ketish holatlari bo‘lgan. Mijozlarim xabarni o‘qiyotgan bo‘lsa uzr so‘rayman. Bu narsani o‘zim xohlamaganman, ammo shu xolatlar ko‘p kuzatilgan. Loyiha olayotgan paytimizda birinchi navbatda o‘zimiz uchun «deadline» aniqlaymiz. So‘ng shu «deadline»ga yana eng kamida 30% vaqt qo‘shamiz va shu vaqtni mijozga aytamiz. Shunda zaxirada yetarlicha vaqtimiz qoladi. 

— Ishni esa shu belgilangan vaqtga yoyib yuboramiz. 
— Aniq har kuni shu loyiha ustida ishlash uchun vaqt belgilaymiz 
— Loyiha uchun timer qo‘yamiz 
— Masʼuliyatni his qilishimiz kerak. 

6. Ishni oqibatida do‘stlik rishtalarini uzilishi

Do‘stlar bilan ishlash zo‘r. Ammo barcha yuqoridagi qoidalarga amal qilmaslik oqibatida ko‘p do‘stlardan ayrilish mumkin. 

Yuqorida o‘qiganingizning nomi (SOP — Standart Operation Procedures). Xuddi shunday qo‘llanmalarni biznesning har bir jarayoni uchun yozib chiqish kerak. Prototype agentligimiz va Shogirdlik dasturida saytlar bilan bog‘liq 10 ga yaqin jarayonlar uchun shunday qo‘llanmalarni ishlab chiqishni boshladik.

Siz qanday qoidalarni ishlatasiz? Sizda ham shunday muammolar bormi?

hace 8 meses, 4 semanas

"Kunni" samarali rejalashtirish

Oldin kunimni har bir soat/daqiqasini aniq qilib rejalashtirishga harakat qilar edim. Ko‘p o‘xshamagandan so‘ng umuman rejalashtirmay qo‘ygan edim. Xuddi shu muammoga ko‘p insonlar duch kelib ular ham rejalashtirish foydasiz, baribir buzilib ketadi degan qarorga kelishgan. 

Lekin oxiri samarali usulni topganman, buni bo‘lishmoqchiman: 

  1. Kunni bir kun oldin reja qilasiz  

  2. Kunni 3 ta qismga bo‘lish kerak 
    a. Tongda 2-4 soat 
    b. Ish kuni 
    s. Kechki payt 2-3 soat 

  3. Tongda va kechki payt qilinadigan ishlar, qayerda, qanday sharoitda, qaysi mamlakatda, qaysi faslda bo‘lishidan qatʼiy nazar bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar. Bitta misol — har kunlik sport. 

  4. Birinchi kun davomida qilinadigan ishlarni ro‘yxat qilib yozib chiqasiz (to do list)

  5. Qilinadigan ishlarni 2 ta qismga bo‘lasiz 
    a. Eng muhim ishlar (Prioritet A) — maksimum kunlik 3 ta ish 
    b. Ikkinchi darajali ishlar (Prioritet b) — qilsangiz yaxshi, qilmasangiz ertanga ko‘chirish mumkin. 

  6. Ishni boshlagan paytingiz ro‘yxatdagi birinchi ishga deadline qo‘yasiz. Yani bugun 10 ta ishingiz bo‘lsa birinchisidan boshlaysiz va o‘sha ishni tugash vaqtinigina rejalashtirasiz. Qolgan ishlar haqida o‘ylamaysiz. Keyingi ishga o‘tganingizda uning uchun alohida tugash vaqtini belgilaysiz. 

  7. Shunday tartibda ishlash rejalar moslashuvchan bo‘lishini taʼminlaydi. 

Bugun tekshirib ko‘ring, keyin natijasini bo‘lishing

hace 9 meses

BIZNES BOSHLASH VAVAQTINCHALIK ISH

Hozirgi kunda manga odamlardagi yoqmayapgan xislat bu bir ish bilan shug‘ullansa unga vaqtinchalik deb qarash va ishiga juda yuzaki va masʼuliyatsiz yondashish. 

Misol uchun ko‘p dizaynerlar, montajerlar, operatorlar va boshqa kasbdagilar — baribir 1-2 yil ishlab boshqa yo‘nalishga o‘taman, yoki biznes ochaman degan xayolda yuradi. Lekin eng yomoni aniq nima ish qilishini bilmaydi. Ishini vaqtinchalik deb hisoblagani uchun rivojlanishdan to‘xtab qoladi, kurslar olmaydi, kitob o‘qimaydi, ishini mukammal darajaga olib chiqishga harakat qilmaydi. 
Haqiqatdan o‘z ishini yaxshi ko‘radigan professional odamlar juda kam. 

To‘g‘risiyam, bir ishni baribir tashlab ketsangiz, nima keragi bor unga ortiqcha vaqt sarflab... 

Inson nima ish qilishidan qatʼiy nazar uni imkon boricha eng yaxshi ko‘rinishda qilishi kerak deb o‘ylayman. Ko‘cha supursangiz ham, ofitsiant bo‘lsangiz ham, dasturchi bo‘lsangiz ham, biznesmen bo‘lsangiz ham bor imkoningiz bilan ishga yondashish va o‘sha ishni eng yaxshi ko‘rinishda qilishga harakat qilish kerak deb o‘ylayman. 

Endi bir kasb egasi bo‘lib pul yig‘ib biznes qilaman deganlar uchun o‘z fikrimni bildirmoqchiman. 

Michael Gerber ismli biznes konsultant bor. U inson 70.000 ta kompaniya ochilishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Uni juda ham samarali modeli bor shu modeldan o‘zim ketyapman.

Bu model quyidagi ko‘rinishda:
1. Bir qancha sohalarda ishlab ko‘rasiz, o‘rganasiz. 
2. O‘zingiz haqiqatdan yoqtiradigan ishni topasiz. 
3. O‘sha ishda tajriba orttirasiz 
4. Juda kuchli mutaxassisga aylanasiz 
5. Shu ishingizni biznesga aylantirasiz. 

O‘zimning holatimni misol qilsam:
1. SMM da ishladim, PM bo‘lib ishladim, Matematikadan dars berdim. Saytlar yasadim. Marketingda ishladim 
2. Saytlar sohasi yoqti shu sohani tanladim 
3. Saytlarni professional qilishni boshladim 
4. Mijozlarim soni ko‘payishni boshladi
5. Saytlar yasash bo‘yicha jamoa tuzdim. Agentlik ochdik 
6. Agentlik kattalashishni boshladi (150 ta loyiha ustida ishladik)
7. Parallel odamlarni o‘qitishni boshladim — 50+ odam o‘qitdik 
8. Agentlikni kengaytirish va avtomatizatsiya qilishni boshladim 

Lekin hozirgi odamlar esa:
1. Bir nechta sohada ishlaydi 
2. Bittasini tanlaydi, yaxshi pul ishlay olmaydi
3. Sohasini almashtiradi 
4. Yana almashtiradi 
5. Yaxshi ishlashni boshlaganda ko‘proq pul ishlaydigan soha chiqadi 
6. Yangi sohaga tez daromad uchun sakrab o‘tadi 
7. Shunday qilib aylanib yuraveradi 

Oxiri hech qaysi bir sohada mutaxassis bo‘lmaydi va puli ham bo‘lmaydi. 

  1. Bitta sohani tanlang 
  2. O‘sha sohaning Roadmapʼini tuzib chiqing 
  3. Michael Gerberning «E-myth» kitobini o‘qing 
  4. Biznesda mentor toping 
  5. O‘z sohangizda top 1% kiring 

Bu maslahat emas, faqatgina shaxsiy fikrim. Xohlagan odam o‘zi xulosa chiqaradi.

hace 10 meses

Inson o'zi bir xato ish qilib, birovga san shuni qilma desa — unga ikkiyuzlamachidek qarashadi.

Aslida esa u inson o'zi duch kelgan muammolarga boshqalar ham duch kelmasin deb maslahat berayotgan bo'ladi.

O'zi esa shu muammo bilan kurashayotgan bo'ladi.

Sizga kimdir chin ko'ngildan maslahat bersa yaxshilab tinglang. Uni o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring.

Aslida inson o'zi amal qilmaydigan ishini birovga aytsa gapi o'tmaydi. Haqiqatdan shunday.

Lekin shuni o'zi yaxshi tushunib, muammo jiddiyligi uchun maslahat beradi.

"O'zimni tajribamdan kelib chiqib aytyapman."

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago