Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
ҚОРАНИНГ УСТИГА ОҚ ЧИЗАР ХАЁТ
Кун бўйи эринмай ёғган ёмғирдан
Булутлар қавоғи қизарди, толди,
Дарахтлар бемажол эгилди ерга
Тупроқ ҳам нимиқиб, увишиб қолди.
Уйқунинг қўлидан тутганча маҳкам
Тун аста оламга судрар чориғин,
Юлдузни қитиқлаб уйғатолмади
Йўлдоши ой ҳам йўқ, жуда ҳам хорғин.
Билмадим уйқумни ювдими ёмғир
Юрагим тур дейди, ташқарига чиқ,
Борлиқ жим, ҳамма ҳам мудраган чоғда
Соат вақт соқчиси, вақт санар чиқ-чиқ.
Тун сари мўралаб боқдим ойнадан
Чексиз ҳаёлларнинг тутиб қўлидан,
Жим-житлик ҳукмини бузиб шу онда
Паравоз ҳайқириб кетди йўлидан.
Англадим бу зулмат ёмғирлари ҳам
Инсонга ғов эмас, келмайди чикор,
Тириклик ўзи бир муқаддас неъмат
Ваҳмингни солма тун ҳаммаси бекор.
Қаролик кўнглимни эзмасин энди
Юраклар уриши ўзи бир нажот,
Вақт яна йўрғалаб, тонг отар аста
Қоранинг устидан оқ чизар ҳаёт!
✍ҲУСНИДАХОН МАДАМИНОВА
QARG’ALAR
(Xalq og‘zaki ijodi)
Rejissor, rassom, tasvirchi va montajchi:
Элнур Эгамов
Qo’shiq: Fozil guruhi
Cho’lpon she’ri ijrochisi:Erkin Bozorov
———————————————
Qo’shiq 1875-yildagi Marg’ilon qatli omi haqida. 1938-yil 4-oktabr esa millatimiz oydinlari qatag’on bo’lgan kun. Bugun qonli tariximizni yodga oldik.
🎁
Daryodek toshasan mavjlaring tilla,
Quyosh nurlarida tovlanar toʻlqin.
Qalbingda nish urar limmo-lim ziyo,
Ham erta kuningga ishonching joʻshqin.
Ilmingdan, zehningdan suv olar aqlim,
Izmingdan adashmay ergashadi baxt.
Sening tarifing-u noming ham aziz,
Sendek boʻlishlikka qilmoqdaman shaxt!
Bayramingiz muborak bo'lsin Aziz Ustozlar))
✍HUSNIDAXON MADAMINOVA
(Barcha aziz va mo‘tabar ustozlarimizga bag‘ishlayman)
Jonimiz to‘shasak izlaringizga,
Bahorni ulashsak kuzlaringizga,
Zafarla boqsak biz yuzlaringizga,
Oynangiz tutsagu qilasiz ulug‘
Aziz ayyomingiz muborak, qutlug‘!
Qorani oq qilgan mo‘yqalamdirsiz,
Alplarning alpisiz, bir sanamdirsiz,
Zulmatning boshiga ko‘p alamdirsiz,
Pirlarning pirisiz, undanda ulug‘
Aziz ayyomingiz muborak, qutlug‘!
Mingga bir opzingiz parvonalarsiz,
Ilm manziliga karvonalarsiz,
Hayot dardlariga darmonalarsiz,
Faqat siz tabarruk, hammadan ulug‘
Aziz ayyomingiz muborak, qutlug‘!
Olamga nur bo‘ldi sizning ko‘zingiz,
Tersni ham o‘ng qilar shirin so‘zingiz,
Haqqa menman degan mardsiz o‘zingiz,
Ustozlar buyuksiz, hammadan ulug‘
Aziz ayyomingiz muborak, qutlug‘!
✍️HUSNIDAXON MADAMINOVA
☆ ☆ ☆
Buyuk daholarni etib misli sham,
Bu shamga hamisha boʻlding parvona.
Eng yorugʻ tonglarni pardasin ochib,
Baxt degan quvonchni tutding mardona.
Koʻzlarga nur boʻlding, aqlga huzur,
Quyoshdek mehringni sochding olamga.
Sabringga taqsinlar toʻkilar har vaqt,
Va seni tenglayman aziz onamga....
30.09.2024 21:25
✍HUSNIDAXON MADAMINOVA
YO‘QLIKKA YO‘L BERMAS USTOZLAR
Go‘yo men bo‘shliqman, jismim yo‘qoldi,
Qo‘lim tegmayotir ko‘ngil joyimga.
So‘zlarim to‘kilar, quloqqa yetmas,
Osmon yiqildimi yoki poyimga?
Shamol to‘zg‘imoqda, chang tutmas kiprik,
Qayoqqa yurishim anglamas oyoq.
Jismimda og‘riq yo‘q, sezmaydi bir his,
Boshimga urilib tushsa ham tayoq.
Men gumroh, notavon, qoldim dong qotib,
Muhabbat, mehrni ranglari qani.
Olovda qovrilib ketsam qorayib,
Dedim: "Kuyibdi-yu birovni tani"
Nahot o‘zligimni yo‘qotmoq oson,
Inson bo‘lishligim shunchalar mushkul.
Va sizni angladim shu bo‘shliq aro,
Yurakda tug‘ildi bir tuyg‘u-SHUKUR.
Uni oq yo‘rgakka avaylab o‘rab,
Taqdir beshigida etdingiz pana.
Yakunda baxt topgan ertaklar aytib,
Baytlar gulzoriga ko‘mdingiz yana.
Mehrda onamsiz, davlatda otam,
Ko‘zim gavharidek topasiz e'zoz.
Etagingiz tutib, tik turdim mag‘rur,
Sizga ta'zimdaman oftobim ustoz!
✍HUSNIDAXON MADAMINOVA
УСТОЗ
Мени дунёларга тортиқ қилган хақ
Бир қобиқ ичига ўраб чирмади.
Ва кўксимга жойлади сўзга ишқ туйғу
Қаламдан ортиғи қўлга кирмади.
Гўзал дунёларни қилиб минг орзу
Саҳрои - кабирда кўз очдим ҳайҳот.
Қип - қизил қизиган қумлар оралаб
Ёқимли байт учун чекардим фарёд.
Юрак деб номланган бир парча олов
Қум барҳан оралаб қиларди ҳароб.
Тенгсиз ташбеҳлардан мавж урар тўлқин
Тамшаниб қўл чўзсам, барчаси сароб.
Шу қобиқ ичида дарбадар кезиб
Туроқ, вазнларга ортаман юким.
Ташнаман,ҳолсизман,йиқилсам ҳар гал
Ғойибдан куч бериб, турғазарди ким?
Қобигим ортида ям - яшил олам
У ерга етмоқлик машаққат - алам.
Ёлвордим: - Ёрдам бер, эй ғойиби зот
Шеърларим лов ёниб куймоқда танам...
Эшитди, дунёйим ичра сув юрди
Барҳанлар устидан унди чечаклар.
Жисмим ҳам яйради, гулга ўралдим
Меҳрла аллалаб,айтди эртаклар.
Сўйладим: - Ўзлигинг англат фариштам
Пойингга тиз чўкиб қиламан эъзоз.
Дедики: - Бир умр қўлимдан тутгин
Мен сенга бўламан,бўламан УСТОЗ!!!
ҲУСНИДАХОН МАДАМИНОВА
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago