Shaxsiy blog

Description
Kanalda:
Shaxsiy fikr, mulohazalar✍️
Iqtiboslar📚
Tarixiy faktlar berib boriladi📜

Kanal – samimiyat uchun ochilgan, yoqmasa tark etishingiz mumkin)
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 Wochen, 2 Tage her
2 Wochen, 2 Tage her

Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir
Har kimki jafo qilsa jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa jazo topqusidir.
© Zahiriddin Muhammad Bobur

1483-yil 14-fevralda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan.

@maknunnnnnnn

2 Wochen, 4 Tage her

«AMIR TEMUR SIYOSATIDA PASTKASHLIK BOʻLMAGAN»

“Oʻz-oʻzidan maʼlumki Amir Temur siyosati benuqson emas, ammo bu siyosat hech qachon tuban ketmagan, uning mohiyatida razillik, pastkashlik boʻlmagan. U oʻz maqsadi tomon hayratlanarli darajada ochiq-oshkor, qatʼiyat bilan va barcha voqealar, narsalar mohiyat-ahvolini yaqqol his etib, juda yaxshi anglab dadil borgan”.

Jan-Pol Ru, fransuz tarixchisi
Jaloliddin Safoyev tarjimasi

@maknunnnnnnn

2 Monate, 3 Wochen her

Ha-a, bugun 20 ni qarshi oldim, hamma dekabrni yangi yil uchun kutsa, men tugʻilgan kunim uchun ham kutardim. ?
Anchadan beri tugʻilgan kunimni bunisi kabi intiqlik kabi kutganim yoʻq edi, hay nima boʻlsada barchasi xayrli boʻlsin.

Bugun tugʻilgan kunini nishonlayotgan barchani tugʻilgan kuni bilan, qolganlarni tugʻilmagan kuni bilan tabriklayman ????

2 Monate, 3 Wochen her

#iqtibos

Hozir u oʻzining qisqa, oʻn toʻqqiz yillik umri bilan tanho qolgan, yigʻlashining sababi: bu umr uni tark etyapti...
*? Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq (Essizgina yoshligim)
Erix Mariya Remark*

10 daqiqadan soʻng meni ham 19 yoshim tark etadi ???

@maknunnnnnnn

2 Monate, 4 Wochen her

#nazm

Kulgan boshqalardir, yigʻlagan menman,
Oʻynagan boshqalar, ingragan menman,
Erk ertaklarini eshitgan boshqa,
Qullik qoʻshigʻini tinglagan menman.

Boshqada qanot bor, koʻkka uchadir,
Shoxlarga qoʻnadir, bogʻda yayraydir-
Soʻzlari sadafdek, tovushi naydek-
Kuyini har yerda elga sayraydir.

Menda-da, qanot bor, lekin bogʻlangan...
Bogʻ yoʻqdir, shox yoʻqdir, qalin devor bor:
Soʻzlari sadafdek, tovushi naydek
Kuyim bor... uni-da devorlar tinglar...

Erkin boshqalardir, qamalgan menman,
Hayvon qatorida sanalgan menman..

1921 *© Abdulhamid Choʻlpon*

@maknunnnnnnn

5 Monate, 3 Wochen her

Biz musulmonlar tabiiy ilmlardagi qoloqligimiz uchun hali juda ogʻir hisobga tutilamiz.

Inson namoz oʻqishi uchun yer yuzida bir metrga bir metr (1 kv.m) joy kifoya qilishi mumkin.

Ammo ana shu kichikkina masjidni dushmandan himoya qilish uchun u Yerdan Mirrixgacha, balki Quyoshgacha choʻzilgan bilim-maʼrifatga ega boʻlishi lozim.

Dardlar va davolar
© Shayx Muhammad Gʻazzoliy

@maknunnnnnnn

5 Monate, 3 Wochen her

Toʻxtaganidan soʻng yurak siqilmas...

@maknunnnnnnn

5 Monate, 3 Wochen her

#tarix

Davlatshoh Samarqandiy Umarshayx mirzo haqida:

Ammo, oliy darajali sulton Umarshayx bahodir sohibqiron Amir Temur koʻzining qorasi edi. Sohibqiron nazdida qudratli farzandlaridan birontasi unchalik oliy martaba egasi boʻlmagan. Dastlab Andugon (Andijon) otaluvchi Fargʻona mulkini unga inʼom qildi va [u] bagʻoyat shijoat va mardonalik bilan moʻgul xonlari popugini pasaytirib, Qamariddinni xarobu zaif etdi. Moʻgullar unga bosh egib, zoʻravonlik qoʻlini Fargʻona
sarhadlaridan tortdilar. [Hattoki], Umarshayxdan qoʻrqqanlaridan osoyishtaliklarini yoʻqotdilar.
[Umarshayx] bir muncha vaqt oʻsha diyorni idora etdi. Sohibqiron uning olamni bezovchi peshonasida sarvarlik nishonasini koʻrib, Forsni, —Basra va Xuzistongacha boʻlgan yerlar bilan qoʻshib, — unga inʼom qildi.
Ul oliy darajali... sulton, taqdiri azal tufayli, Rumga(aslida Misrga) lashkar tortib borayotganida, Xuziston qalʼalaridan birini olish paytida, oʻq tegib shahid boʻldi...

  • Umarshayx Temurbekning farzandi boʻlgan, 1394-yilda vafot etgan.

@maknunnnnnnn

6 Monate her

Kanal kuzatuvchilaridan biri ham men ishtirok etayotgan toʻyga kelgan ?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago