Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
#Kerakli_ma**'lumotlar
🔖SHE'RIY SAN'ATLAR HAQIDA
🔹Hojib –arabcha so’z bo’lib, pardali dorbozobon degan ma’noni anglatadi. Bunda qofiyadosh so’zdan oldin keladigan bir hil takror so’zga aytiladi.
Tig’ ila jigarim yonini,
Yerga oqizdi jigarim qonini.
🔹Tasbe - birinchi misra oxiridagi so’zning ikkinchi misra boshidagi takrorlanadigan so’zga aytiladi.
Birida sencha ko’rmadim jur’at
Jurating bo’ldi maxlasinnga jihat.
🔹Tasdir –bayt boshidagi so’zning bayt so’nggida takrorlanishiga tasdir deb ataladi.
Yoz boshi dalalr soz,
O’z ko’rkini yozmish yoz.
©Ravshanova Gulnoza
🚫Koʻchirib olganda mualliflik huquqini saqlang, hurmatli admin(ka)lar**@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
*❇️ Test: 11 - sinf adabiyot mavzulashtirilgan*
*❇️ Test: 10 - sinf adabiyot mavzulashtirilgan*
❇️ OLTINGA TENG MASLAHATLAR!
To‘rt narsa mehrni paydo qiladi:
1. Sevgi to‘la kulgi.
2. Yaxshilik qilish.
3. Samimiylik.
4. Ko‘maklashish.
To‘rt narsa toʻrt narsa tufayli qo‘ldan ketadi:
1. Rizq - noshukurlik sabab.
2. Quvvat - hasad tufayli.
3. Fursat - qadriga yetilmaganda.
4. Obro‘ - manmanlik orqali.
To‘rt narsa sog‘lom fikrlash belgisi sanaladi:
1. Ertani ko‘ra olish.
2. Sir saqlashni bilish.
3. Oxirigacha kurashish.
4. Maslahatlashib ish ko‘rish.
To‘rt narsa sizni to‘rt ne’matga yetkazadi:
1. Sabr - orzularga.
2. Gʻayrat - omadga.
3. Ibodat - taqvoga.
4. Qanoat - muhtojlik ko‘rmaslikka.
♻️ SIZDA 3 TA RESURS BOR:
⏱ Sizning vaqtingiz
💡 Sizning bilimingiz
💸 Sizning pulingiz
📌 Qaysi biridan koʻproq kerak bo'lsa, uni olish uchun qolgan ikkitasidan foydalaning!
#esse_mavzusi **50 FOIZLIK USTAMA QAYSI DARAJAGA BERILSA FOYDALI?
Ma'lumki, 2025-yil yanvardan boshlab tegishli darajadagi milliy sertifikati bor ona tili va adabiyoti hamda tarix o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha haq miqdori keskin yuqorilashi kutilmoqda . Bir guruh ustozlar 2025-yil yanvar oyidan A, A+ , ayrimlar esa B+, A, A+ darajadagi sertifikat 50 foiz ustama berilishiga hujjat bo‘lib xizmat qiladi degan fikrda. Aslida, qaysi tomon qarashi o‘z tasdig‘ini topsa samarali bo‘ladi?
Birinchi tomonning bir necha asosli fikrlari bor. Avvalo, A darajali sertifikat imtihon savol topshiriqlarini 86 foizini to‘g‘ri bajargan talabgorga beriladi. Bu umumiy ballga nisbatan 100 foiz ko‘rsatkich demakdir. Shuningdek, chet tili o‘qituvchilariga C1 daraja 50 foiz qo‘shimcha haqqa munosib hisoblanadi. Bu milliy sertifikatning A darajasi baliga tengdir.
"Har kim o‘z qarichi bilan o‘lchar" deganlaridek, yangi yildan so‘ng ham B+ darajali sertifikat ustama uchun vosita bo‘lib qolishiga ishonchi komil ustozlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Ular o‘z qarashlarini, birlamchi, MMTVning 2024-yil 29-maydagi qarorini, ikkilamchi, rash modeli ishga tushmasdan avval 100balldan 80ballni qo‘lga kiritgan muallimlarga 20foiz ustama to‘langani, ya'ni B+ maksimal ballning 80 foiziga to‘g‘ri kelishi bilan izohlashmoqda.
Menimcha, 2025-yil yanvardan 50 foizlik ustama B+ darajali sertifikat egalariga berilsa, yurtimiz kelajagiga samarasi katta bo‘ladi. Birinchidan, fanni bilish darajasi sertifikat imtihonlarining eng ko‘p talabgori ona tili va adabiyot yo‘nalishiga mansub. Ikkinchidan, B+ daraja ortida ham chakana mehnat yotgani yo‘q. Chunki bir necha yillardan buyon repetitorlik bilan mashg‘ul, o‘z navbatida yuz foiz abituriyenti OTMlarga yuqori ball bilan kirgan ustozlar ham B+ natijaga zo‘rg‘a erishganligiga guvohman. Uchinchidan, A, A+ daraja maqullansa, talabgorlar soni keskin kamayishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida har bir imtihonga kirish istagi bordan tushadigan to‘lov so‘mmasiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘rtinchidan, kundalik va oilaviy turmush tarzidan ortib o‘z ustida muntazam shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar uchun bu katta ruhiy zarba bo‘lishi aniq. Sababi mutaxassisligiga mas'uliyat bilan yondashayotganlarning aksariyati B+ ga ega va o‘z navbatida ular 10-11-sinf o‘quvchilarida ham MS ga qiziqish uyg‘otmoqda. Birga ishlaydigan hamkasabam Lola Hayitova har safar 6-7 nafar shogirdlarini imtihonga jalb etadi. Bu yoshlarning ota-onalari cho‘ntagiga 506 mingdan ziyodroq so‘mga ziyon solsa, davlat g‘aznasiga shuncha foyda keltirmoqda. Shaxsan menda ham sertifikatga bo‘lgan e'tiborni aynan shu ustoz shakllanishiga sababchi bo‘lgan. Natijada bugungacha 3 marta imtihon uchun to‘lov qildim va qator B+ li sertifikat sohibasiga aylandim.Vaholanki, o‘z vaqtida 95 ball bilan oliy toifani olishga muvaffaq bo‘lgandim. Prezidentimiz aytganidek, "Ta'lim-kurash". Bu kurash maydoniga yoshlarni biz ustozlar yengilmas jangchi sifatida tayyorlashimiz darkor. O‘ylaymanki, moliya vazirligida matematik hisobni qiyib qo‘yganlar faoliyat ko‘rsatadi hamda buromaddan keladigan daromadni yaxshi anglab yetadilar. A, A+ darajaga ustama belgilash bir so‘z bilan aytganda, burgaga achchiq qilib ko‘rpa kuydirish bilan barobardir. Dono xalqimiz: "Yetti o‘lchab, bir kes",-deb bejiz aytmagan.
Demak, o‘z fanining ustasi A, A+ darajali sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Lekin B+ uchun ona tili va adabiyoti hamda tarix o‘qituvchilariga 50 foiz ustama belgilash mamlakatimizning ham iqtisodiy, ham ma'naviy jihatdan yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sarvara Eshonxonova**
Беҳаракат қотди изғирин.
Аёз – фалакка қадар.
Нозиккина муз гуллари
Деразага чирмашар.
Ер тагида эгри-бугри
Токлар ухлар маст-аласт.
Дарахтлари сочилганча,
Тик қотган боғлар - бесас.
Аросатда. Гўё йўл йўқ -
Бу дунёда фақат қиш.
Фақат менинг юрагимда
Титрайди шеър – ёнғин иш.
У гулхандай ловуллайди,
Қиш режаси бузилар…
Дунё келиб, юрагимга
Қўлин тутар – исинар.
Усмон Азим**
**Bugun, 10-dekabr - O‘zbekiston davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
Mutal Burhonov musiqasi, Abdulla Oripov so‘zi.**@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago