Bobomurod Sa'dullayev

Description
Qaysi sukutlarda yurakning sasi,
Qaysi yuraklarda sukunat hakam.
Xudoning yuborgan oliy tuhfasi -
She'riyat, umrimga bitgan nasibam...
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 3 days ago

Ochiqcha gaplashamiz...

1 week, 3 days ago
1 week, 4 days ago

#2024 Assalomu alaykum! Qadrli kanal obunachilari, muxlislar, mening yaqinlarim! Mana bugun yana bir yil yakunlandi. Aslida har bir yangi yil bizga umrning abadiy emasligini, dunyoning o'tkinchiligini eslatadi. Yaqinlarimiz bilan kechgan shirin xotiralar…

1 week, 6 days ago

Ro'moling

🌸🌸🌸

Bobomurod Sa'dullayev
🎙 Mashhura Abdurayimova

@telba_xayollar

1 week, 6 days ago

Xullas, kitob chiqarmoqchiman. Ijodkor akalardan, do'stlardan, muxlislardan shunaqa taklif tushyapti. She'rlarim Respublikaning deyarli barcha gazeta va jurnallarida, turli nashrlarida yetarlicha chop etildi. Etilyapti ham. Bayoz kitoblarga qo'shildi. 5 xil tilga tarjima qilindi. Turkiya, Germaniya va Slovakiyaning jurnallarida bosildi. Bu yil avvalgi yillardan koʻra kam yozdim. Lekin sifat jihatidan o'sish bo'lgandek nazarimda...Shuningdek, adabiy jamoatchilik meni yilning eng faol yosh shoiriga loyiq ko'rdi. Buning uchun xayrixohlik bildirgan hammaga o'z minnatdorchiligimni izhor etib qolaman!

Kitob masalasiga qaytadigan bo'lsak, Zomin seminari yoki biron bir imtiyozni kutib o'tirish niyatim yoʻq. Shundoq ham homiy bo'lishga tayyor turgan tashkilotlar bor. Moliyaviy tomondan hech qanday muammoga duch kelmasligimga ishonaman. Faqat meni bir savol qiynayapti:

Kitobim chiqsa sizlar oʻqiysizlarmi ?

@telba_xayollar

2 weeks, 2 days ago

Adabiy tanqid tarixidan Cho‘lponning "Adabiyot nadur?" va "Ulug‘ hindu" maqolalarini o‘qigandik. Ba‘zi jumlalar e‘tiborimni tortdi va o‘zim uchun belgilab oldim. Cho‘lpon bu narsalarni o‘n yetti yoshida yozgan bo‘lishiga qaramay adabiyot uchun hozirga qadar juda dolzarb bo‘lgan gaplar:

"Bizni ulamo va eshonlarimiz to‘n kiymakdan, avomlarimiz choyxonalarga chiqub choy ichmakdan va ziyolilarimiz esa Ovrupo kiyumliklaridan va qiymatlik papiro‘slaridan lazzat olurlarki, «adabiyot nima?» desang, javobida yuqorida aytilgancha «ya’ni, masalan»dan boshqa javoblari yo‘qdir. Mana shuning uchundirki, kundan-kunga ruhimiz tushub, keladirg‘on istiqbolimizga umidsiz qarab, boshqa millatlar kabi shod va umidli yashamaymiz va bizda shodlik va ruh bo‘lmagani uchun bir ishni qilamiz deb endi o‘ylaganimizda o‘y yo‘q — fikrlar chochilub, aqllarimiz parishon bo‘lub ketar.

Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan qaralgan, o‘chgan, yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg‘on, o‘tkur yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladirg‘on, chang va tuprog‘lar to‘lgan ko‘zlarimizni artub tozalaydirg‘on buloq suvi bo‘lg‘onlikdan bizga g‘oyat kerakdir.

Endi, ey, qardoshlar! Adabiyot o‘quylik. Adiblar yetishdirayluk, «adabiyot kechalari» yasayluk. Ruh, his,tuyg‘u, fikr, ong va o‘y olayluk, bilayluk. Agarda «bayoz» va bema’ni bir-ikki dona kitoblar ila qolsak, mahvu inqiroziy bo‘lurmiz. Yuragimiz kundan-kun toshdan ham qattig‘ bo‘lur. Yurakni eritayluk, ruh berayluk, inqiroz bo‘lmayluk. Menim bu ojizona fikrima qo‘shilaturg‘onlar bo‘lsa adabiyotning foydasi to‘g‘rusinda «Oina» va «Sado»larimizga tarixiy va adabiy maqola va she’rlar yozsunlar, kitoblar tartib bersunlar. Hozirda bizga birdan-bir lozim bo‘lg‘on narsa — adabiyot, adabiyot, adabiyot..."

@telba_xayollar

2 months, 4 weeks ago

15-oktyabr - Qishloq ayollari kuni!

Seni ona dedim,
Ko‘zim o‘ngida
Mushfiq u qiyofang bo‘ldi namoyon.
Parcha et qoshida bedor bir diyda,
Sadoqati cheksiz, mehri bepoyon.

Yo‘lbarsday yigitni o‘stirib, jangga
Kuzatgan ham o‘zing, kutgan ham o‘zing.
Qaro sochlaringda oppoq alanga,
Hijron zaqqumlarin yutgan ham o‘zing.

Nechog‘li qudratli bo‘lmasin fursat,
O‘chirib bo‘larmi dildan bu g‘amni.
Onajon, qolganlar baxtiga faqat,
Olov chulg‘amasa basdir olamni.

Seni singlim dedim,
Qarshimda shu on
Munis va jafokash chehrang ko‘rindi.
Sambitday vujuding tonglarda giryon
Muzqotgan dalalar ichra urindi.

Qandoq aziz edi bir dona boshoq,
Topganda rang ingan yonoqlaringga.
Nasibang ninaday sanchildi u choq,
Palak tikadigan barmoqlaringga.

Aslo unutilmas u kunlar yodi,
Har biri bamisli tosh qotgan marjon
Qora saharlarning mash’um faryodi,
Takror bo‘lmasa bas endi, singiljon.

Seni yorim dedim,
Turding qoshimda
Mehru muhabbatning timsoli bo‘lib.
Gohi ona kabi bedor boshimda,
Gohida bir singil misoli bo‘lib.

Ulug‘ tiriklikda sen davom etding,
Tan olmay umrlar nihoyasini.
Bolangni bag‘ringga bosib eshitding,
Qonli janggohlarning hikoyasini.

Sen desam, ming yillar sajdaga kelib
Poyingga chechakday to‘shalmog‘i chin.
Alpomish yonida Oybarchin bo‘lib,
Sen — Farhod qoshida yashnagan Shirin.

Sen — Nurxon, sen — Sora, turibsan shoyon,
Ulug‘ O‘zbekiston sardaftarida.
Mehnat, shijoating olamga ayon.
Sen — bahor chaqini zamon qa’rida.

Hech vaqt unutilmas, o‘sha qirg‘in choq
Zafarga chorlagan nurli timsoling.
Reyxstag ustiga qadalgan bayroq
Asli sen silkitib qolgan ro‘moling.

Men sharqlik odamman,
Ayol degan so‘z
Menga hayot bilan barobar kalom.
Oh, ayol xo‘rligin ko‘rsatma hargiz,
Hargiz bad bo‘lmagay ayol degan nom.

Inson atab bo‘lmas hech bir, hech mahal
Ayolni tanimas takabbur boshni.
Undayin yulduzning so‘ngani afzal,
Agar tan olmasa senday quyoshni.

Ayol chehrasida ko‘rsang tabassum
Bilki, zamona tinch, osoyish olam.
Ayolga tilasang gar tole mas’um,
Dunyoni olovdan asra, ey, Odam!

✍️ Abdulla Oripov

@telba_xayollar

3 months ago

Осмон яратганнинг мовий кўзидир,
кўзидан яратди борлиқни Xудо.
Тоғ ҳам, боғ ҳам, зоғ ҳам унинг сўзидир,
сўзидан яратди борлиқни Xудо.

Ёмғирлар сим-симлаб ерларга сингди,
ёшидан яратди борлиқни Xудо.
Чақмоқлар чақилди, тошлари синди,
тошидан яратди борлиқни Xудо.

Кўнгилга доғ берди, дийдаларга – ёш.
Куймоққа дил берди, cевмоққа – аёл.
Чўкмоққа тиз берди, эгмоқ учун – бош.

Жон берди аёлга этгудай нисор,
уни деб ёнмоққа – шам каби ҳаёт.
Берилмай қолгани – биргина висол...

Фахриёр

@telba_xayollar

3 months ago
  • Қошларидан саф-саф киприклар отган
    ҳусн лашкарининг суввораси – Сен.
    Саф-саф киприкларинг жонига ботган,
    ҳаёт ва мамотнинг оввораси – мен.

Сен – ўша, ҳолимни сўрмаган,
оғзининг нуқтаси мавҳум бир пари.
Мен эса – ёдингсиз юрмаган,
Сенинг хаёлингга суянган қари.

Сен – менинг кўнглимда бинойи –
бинолардан бино бўлган Рим;
дунёнинг тўрт буржидан доим
Сенга олиб келгай йўлларим.

Сен – сажжода узра айтилар
муқаддас ва гўзал бир сура.
Мен – бир дайди;
ўҳ, мен дайди-я,
қўймадимми Сени алжираб...

5 months, 4 weeks ago

Bizni oʻqishmaydi va kuzatishmaydi debdi. Bu fikrga qoʻshilmayman. Mening fikrim quyidagicha: Tan olaman, filologlarning yarmidan koʻpi kitobxonlikda boshqalarga oʻrnak boʻlolmaydi. Lekin adabiyotshunoslar va boʻlajak adabiyotshunoslar ichida hozirgi kitobxonlikni…

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago