Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
☀️ Яхши қўшиқ…
🤗 Биз билан ЭНЕРГИЯНГИЗ 1000% бўлади, ишонаверинг!
*UNUTOLMAY O‘TASAN MENI
Kulib xayrlashdim, sen ishonmagin,
Unutdi demagin vadalarimni.
Qadamlar sen tomon bosilmas balkim,
Eshitmadim dema tanalarini…
Bir achchiq xotira, bir yomon tushdek,
Eslasang vujuding bo’lar bexushdek.
Men qaytib kelaman afsuslaringda,
Tegrangda uchaman ko’rinmas qushdek…
Eslaysan nastarin gullasa qiyg’os,
Pushti ko’ylaklardan qidirib behos.
Yolg’on vadalaring so’raydi haqqin,
Baxtlisan, mamnunsan buguncha holos!
Kulib xayrlashdim, bir so’z demadim,
Vadalaring uchun so’ramadim hun.
Barcha nafratimni dilga qamadim.
Seni ranjitmadim sevganim uchun.
Ketding, oson ketding, qahshamay ketding,
Shaxd bilan, oshiqqa o’xshamay ketding.
Yolg’ondan qurganding nobop imorat,
Va bunda sen o’zing yashamay ketding.
Eh mayli muhabbat haqqini so’rab,
Nadomat uyg’otar har tongda seni.
Jimgina ketaman, baxtingni tilab,
Ammo unutolmay o‘tasan meni.
Kamola Abduvaliyeva*@KR_Abduvaliyeva
VATANIN ASRAYDI CHINAKAM MARDLAR
*Ilk bor jismim sezdi yurak zarbasin,
Bu hayot ne'mati atodir haqdan.
Tinglabon mo'tabar onam allasin,
Men bilan beshikda ulg'aydi Vatan.
Ko'zingda yozilgan, xalqim, tarixing,
Buyuklik aks etar qizil qoningda.
Iymondan suv ichgan haloldir rizqing,
Yaratgan qo'llaydi chin osmoningda.
Kuchni adolatla boshqargan Temur,
Bo'ldi uch diyorning sohibqironi.
Mo'g'ulni sindirgan Manguberdingdir,
Xorazm o'lkasin gullar har oni.
Shiroqning shiddati, To'maris ahdi,
Yovlarni yengdi, baxsh etdi borin.
Shu sabab ona yer boshiga taqdi,
Qutlug' ozodlikning oppoq ro'molin.
Hur o'lkam bag'rida mangu yashaydi,
Buyuk ajdodlarning muqaddas yodi.
Uchqur qanot bo'lib yo'lga boshlaydi,
O'zbekning mard, jasur, aziz zurriyodi.
Yetaklar ozodlik va hurlik tomon,
Ona tuprog'iga yuqtirmay gardlar.
Bayrog'in yuksakka ko'tarib har on,
Vatanin asraydi chinakam mardlar!
She’r muallifi: Ijtimoiy fanlar fakulteti, Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi, 1-bosqich talabasi O’g’iloy Madumarova, o’qidi Kamola Abduvaliyeva**😁AFU *| Telegram
Bir motivator tanishim “Sen o’zingni o’ylamaysan” dedi. Bugundan boshlab qorong’u uyga kirib olib, qurigan atirgulni rasmini chizib, ezilgan musiqa sadolari ostida o’zimni o’ylashni boshlayman. Nima qisa meni bezovta qilmanglar ??♀️
Talabalar dardi
— Yangi oy ham kelmoqda bizni so’roqlab…
— Nima deb so’roqlaydi?
— Ijara pulini, kreditni, kontraktni to’lang deydida, nima derdi boshqa?
*Masofa
Sababi bor har masofaning,
Devorlarga g’isht tergan sensan.
Darkormikin menda qolganing,
Bir begona odamga tengsan.
Yo’llarimni to’sma demagin,
Tuproqlarni qalagan o’zing,
Yuragimga ko’targan menman,
Yerga asta qulagan o’zing!
Men bariga chidadim, ko’ndim,
Kimni aldab, kimni avrading,
Va so’ngida tushundim, bildim,
Bevafolik azal odating!*@KR_Abduvaliyeva
Qadring bo’lgan joyda tur foydasi kam bo’lsa ham, qadring bo’lmagan joyda turma, oyog’ing ostiga tilla sochsa ham!
*Shu shaharda
Shu odamlar ichida bordir,
dili yara, yuragi hasta,
Dunyosini rozi qilguncha,
shu yurakni Allohim asra,
Nomardlarga ochilgan ko’ngil,
pushaymonlik o’tida yonar,
Aldangan qiz kulgusi uchun,
taqdir undan shodlik qizg’onar!
Shu shaharda kezar bir telba,
manzilini bilmaydi lekin,
Uning sodda, mas’um qalbini
bevafolar ulashgan tekin.
Hayotini huddi qimordek,
tavakkalga tikkanlar bisyor,
Niqoblari yechilgan kunda,
Hiyonatga etilgan duchor.
Shu shaharda daydib yuribdi,
kechirishdan charchagan sevgi,
Uning oppoq ishonchlarini,
qora dog’lar maydalab yedi.
Quyosh bilan zaminga singib,
ketmoq istar sadoqat, vafo!
Bir hiyonat qilgan kimsani,
o’n kechirmoq aslida xato!
Kamola Abduvaliyeva she’ri*
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago