Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Ko'zi qonga to'lgan 2ta student bundan bir necha kun oldin Seuldagi o'sha mashhur va gavjum 홍대(Hongdae)ga kechqurun ovga chiqib, 1ta koreys qizni yoqtirib, uni orqasidan uyigacha borishgan, haligi qiz qo'rqib anu ikkita ovchi,ko'zi qonga to'lib toshgan qora ko'z studentlarni 스토킹 (ortimdan ta'qib qilyapti) deb politsiyaga 신고(ariza) qilgan.
Koreyaga kelganiga endi 2 oycha bo'lgan bu qora ko'zlar koreys qizlarni shunday qilsam ilintiraman, deb o'ylagan. Yoshde, qiziqqon,ko'zlari qonga to'lgan , qiziqib koreys qizni shunday yo'l bilan o'ramoqchi bo'lgande, koreys qizni o'rayman deb o'zlari hozir katta muammo o'ralashib qolishgan. 😬**
Koreyaga yangi kelgan, Koreya qonun-qoidasini yaxshi bilmaydigan student va ishchi vizadagi aka-ukalarim!
Bu yer O'zbekiston emas. Qizni ketidan yurib, gap sotsangiz ilintirsa bo'ladigan joy emas. Bu yer Koreya. Sizni har bir gap sotishingiz, ularga boshqacha nazarda qarashingiz, orqasidan ta'qib qilishingiz – hammasi jinoyat. Suymaganga suykalish Koreyada qimmatga tushishi mumkin.
Anu student bolalarga hozir jinoiy ish ochilib, ishlari tergov jarayonida. Agar koreys qiz 합의 qilib kelishmaydigan bo'lsa, juda katta jarima chiqib, deportatsiya bo'lish ehtimoli katta.
스토킹 (ta'qib qilish) haqida:
Janubiy Koreyada ta'qib qilish (스토킹) jiddiy jinoyat hisoblanadi va unga qarshi qat'iy choralar ko'rilgan.
2021-yil oktabr oyida mamlakatda "Ta'qib qilishga qarshi qonun" kuchga kirdi. Unga ko'ra, ta'qib qilish jinoyati uchun:
Maksimal 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki
30 million von (taxminan 25 000 AQSh dollari) miqdorida jarima jazosi belgilangan.
Agar ta'qib qilish qurol bilan amalga oshirilsa yoki jiddiyroq shakllarda bo'lsa, jazo:
5 yilgacha qamoq yoki
50 million von (taxminan 42 000 AQSh dollari) jarimaga oshirilishi mumkin.
Ta'qib qilishga quyidagi xatti-harakatlar kiradi:
Takroriy qo'ng'iroqlar yoki matnli xabarlar yuborish
*Shaxsni kuzatish yoki uning atrofida takroriy paydo bo'lish
Nojo'ya sovg'alar yuborish
Onlayn yoki oflayn tarzda shaxsni bezovta qilish*
O'qishga keldingizmi, tinchgina o'qishingizni o'qib, ishga keldingizmi, ishingizda ishlab, koreys qizlarga noto'g'ri harakat qilishlardan o'zingizni uzoqroq tuting. Bosgan har bir noto'g'ri qadam kelajagingizni barbod qiladi.
Shuni hech qachon esdan chiqarmang, Koreyadagi musofirlarim!
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
🇰🇷Koreya Respublikasida ishchi viza bilan kelib hozirda ishlayotgan fuqarolar diqqatiga!
🌐Internet tarmoqlarida (asosan Instagram 📱 va TikTokda📱)ayrim vatandoshlarimizning bir-birlarini haqorat qilib, sha'niga dog‘ tushirayotgan holatlari kuzatilmoqda. Bunday holatlar nafaqat shaxsiy obro‘ga, balki yurtimiz - O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi imidjiga ham putur yetkazadi.
❗️ Chet elda o‘zaro birdamlikni saqlash, bir-birimizni qo'llab-quvvatlash va O'zbeklarning ijobiy imidjini asrash muhimdir. Shu sababli, internet tarmoqlarida bilib-bilmasdan rasmlarni ulashish yoki haqoratli so‘zlar yozishdan tiyilishlarini so‘rab qolamiz.
🇺🇿Yurtimiz obro‘sini oshirish uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik!🇺🇿 *🇰🇷Yangiliklardan xabardor bo’lib turish uchun kanalimizga obuna bo’ling va yaqinlarizga ham ulashib qo’ying👇***
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
🇰🇷 Bugun tunda Koreya Respublikasiga E-9 vizasi orqali ishga ketish uchun 2023-yil va shu 2024-yil yangi imtixonidan oʻtgan 100 nafar vatandoshimiz joʻnab ketishadi🛫
✨Barchalariga oq yoʻl tilaymiz, kutganlarning bariga nasib qilsin shu kunlar 🤲
👍Reaksiya qoldirish esdan chiqmasin😉
✅Bizning kanalnimizni kuzatib boring, Koreyaga yetib borishlari bilanoq video lavxalarni joylaymiz.
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
⭐️E7-4 vizasda oila a'zolarini chaqirish uchun kerakli hujjatlar
Viza turi : F3-17 vizasi
Kerakli bo'ladigan hujjatlar ro'yxati:
💬Koreyadagi taklif qiluvchi tayyorlaydigan hujjatlar:
💬Uzbekistondagi fuqaro uchun kerakli hujjatlar:
Bank shot shart emas!!!
Shu hujjatlarni tayyorlab Toshkentdagi ruxsat berilgan 10 ta sayohat firmalaridan biriga topshiriladi
🇰🇷Yangiliklardan xabardor bo’lib turish uchun kanalimizga obuna bo’ling va yaqinlarizga ham ulashib qo’ying👇
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
📌2025-yilda OʻZBEKISTONDA bo'lib o'tadigan imtihon haqida hali Oʻzbekistondagi janubiy koreya talim markazi rasmiy habar chiqarmagan.
‼️2025-yilda bo'lib o'tadigan imtihonlar haqida elon shu oyni oxirigacha yoki yanvarda elon qilinadi‼️
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
🇰🇷98-TOPIK imtihon uchun ro’yhatdan o'tish haqida elon ( KOREYADAGI UCHUN )
📆Ro’yhatdan o’tish vaqti:
2024.12.10(화) 10:00 ~ 2024.12.16(월) 16:00 (서울, 강원, 경남, 경북, 전남, 전북, 제주, 충남, 충북)
📆2024.12.11(수) 10:00 ~ 2024.12.16(월) 16:00 (경기, 인천, 대전, 대구, 광주, 부산, 울산)
📆2024.12.12(목) 10:00 ~ 2024.12.16(월) 16:00 ( Hamma hududlardagi bo’sh qolgan joylar uchun)
📅Imtihon sanasi: 2025.01.19(일)
📅Natijalarni e’lon qilish: 2025.02.27(목) 15:00
TOPIK I imtihon to’lovi 40.000 won
TOPIK II imtihon to’lovi 55.000 won
P.s Kompyuter orqali "Google Chrome" orqali saytga kirib ro'yxatdan o'tishingiz mumkin✅
‼️외국인등록증 dagi Ismingiz bilan 수험표dagi ismingiz bir hil bo'lishi kerak☑️
Topik sayt manzili: topik.go.kr
P.s Oʻzbekiston uchun emas bu imtihon✅
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
🇰🇷 Bugun tunda Koreya Respublikasiga E-9 vizasi orqali ishga ketish uchun 2023-yil va shu 2024-yil yangi imtixonidan oʻtgan 120 nafar vatandoshimiz joʻnab ketishadi🛫
✨Barchalariga oq yoʻl tilaymiz, kutganlarning bariga nasib qilsin shu kunlar 🤲
👍Reaksiya qoldirish esdan chiqmasin😉
✅Bizning kanalnimizni kuzatib boring, Koreyaga yetib borishlari bilanoq video lavxalarni joylaymiz.
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
‼️Talablar va moslik shartlari
- Kimlar qatnashishi mumkin: faqat davlat xizmatchilari va davlat sektori xodimlari.
- Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi kerak.
- Ism xalqaro pasportdagi ismingiz bilan bir xil bo‘lishi shart.
- Ariza shaklida universitet va dastur nomini aniq ko‘rsating.
- KOICA ko‘rsatmalari va dastur haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganing.
- Ariza shakllarini ko‘rsatmalarga muvofiq to‘ldiring – to‘liq bo‘lmagan arizalar qabul qilinmasligi mumkin.
- KOICA ariza shaklining 4-qismiga rasmiy muhr qo‘yilishi shart.
Muhim eslatma: 2025-yil uchun ikkinchi qabul yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi. Bu oldingi yillarning qabul jadvalidan farq qiladi.
2025-yilgi stipendiya dasturlari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:
https://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do
📞Aloqa uchun ma'lumotlar
- Elektron pochta: [email protected]
- Telefon: +998-90-045-4228
P.s. Mana sizlarga va'da qilingan KOICA granti. Ariza topshirishga shoshilinglar
🇰🇷 Yangiliklardan xabardor bo’lib turish uchun kanalimizga obuna bo’ling va ulashib qo’ying👇
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
⚠️ Koreya Respublikasi hududida nelegal boʻlib turgan fuqarolar diqqatiga!
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi va Koreya Adliya vazirligi oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida imzolangan hujjatga koʻra, 30-noyabr kuni tugashi lozim boʻlgan “yashil yoʻlak” loyihasi 2025-yilning 31-yanvar kunigacha uzaytirildi.
Demak, Koreya Respublikasida noqonuniy yurgan boʻlsangiz 2025-yilning 31-yanvar sanasiga qadar “yashil yoʻlak”dan foydalanib erkin chiqib ketishingiz mumkin.
Koreyada noqonuniy ishlab, yashab yurgan shaxslar:
1 oydan kam boʻlsa 1,000,000 von (716$)
1 oydan 3 oygacha 1,500,000 (1074$)
3 oydan 6 oygacha 2,000,000 (1432$)
6 oydan 1 yilgacha 4,000,000 (2864$)
1 yildan 2 yilgacha 7,000,000 (5012$)
2 yildan 3 yilgacha 10,000,000 (7160$)
3 yildan 5 yilgacha 20,000,000 (14321$)
5 yildan 7 yilgacha 25,000,000 (17902$)
7 yildan koʻp boʻlsa 30,000,000 (21482$) miqdorida jarima toʻlaydi.
Koʻrsatilgan muddat ichida Koreyani ixtiyoriy tark etsangiz:
▪️yuqorida jarimalardan ozod etilasiz;
▪️keyinchalik Koreyaga qayta kirishingiz yengillashadi.
🔵 Ushbu muddat tugaganidan soʻng fuqaro Koreyada yana qoladigan boʻlsa, Migratsiya agentligi tomonidan shartnoma bandlariga koʻra fuqaro yoki uning kafiliga nisbatan:
▪️katta miqdorda jarima; (har bir oyi uchun 2000$)
▪️Koreya tomonidan qayta kirishga taqiq qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
- Koreya Adliya vazirligi sayti: www.hikorea.go.kr
- Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi 02-2285-1341 A. Abdumutalov,
S. Adhamova.
❗️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Koreya Respublikasida faoliyat yuritayotgan fuqarolarimizdan ushbu davlatning qonunchiligini buzmaslikni, ularning urf-odatlarini hurmat qilishlarini va noqonuniy yurgan yurtdoshlarimizni yuqorida koʻrsatilgan muddat ichida Oʻzbekistonga qaytishlarini soʻrab qoladi.
📌Yangiliklardan xabardor boʻlib turish uchun kanalimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ulashib qoʻying 🔽
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
🇰🇷Koreyada studentlar 1 oyga qancha xarajat qilishadi deb kanalimizda soʻragan edingiz ?
🎓Universitetizga toʼlanadigon kontrakdan tashqari barchasini dollarga xisoblab oʻtamiz👇
1️⃣Yotoqxonaga - 200💲
2️⃣Sugʼurta - 100💲
3️⃣Yoʻlkira - 60💲
4️⃣Produkta yeb ichish - 250💲
5️⃣Qolgan mayda chuyda - 50💲
🙂Siz Koreyada talaba boʻlib 1 oyga qancha harajat qilasiz ?
Javobingizni komentariyada yozib qoldiring✍️
✈️Telegram orqali bizni kuzatib boring, biz bilan yanada koʻproq maʼlumotga ega boʻling🔽
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶👇
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago