Fitrat vorislari

Description
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 3 days ago
2 weeks, 3 days ago

Filologiya fanlari doktori, professor Sh.Rahmatullayev lotin alifbosiga o‘tishda quyidagi omillar asos bo‘lganligini sanab o‘tadi:
Birinchidan, jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini, ayniqsa, kelajagini o‘ylab ish tutish lotin alifbosini tanlash to‘g‘ri bo‘lishini ko‘rsatdi: O‘zbekiston Respublikasi dunyo miqyosiga chiqmoqda. G‘arb sivilisatsiyasi tomon harakat qilar ekanmiz, alifboni tanlashda buni albatta hisobga olishimiz shart. G‘arb dunyosidagi taraqqiy etgan millatlarning deyarli barchasi lotin alifbosi asosidagi milliy alifbolar bilan ish yuritadi. Umuman, lotin alifbosi – dunyoda eng keng tarqalgan alifbo.
Ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dunyo miqyosiga chiqish, xorijiy davlatlar bilan bevosita diplomatik munosabatlar o‘rnatish dunyoda eng keng tarqalgan tillarni – ingliz, ispan, fransuz tillarini – bilishimizni taqozo etmoqda. Lotin alifbosiga o‘tishimiz o‘zbeklarning g‘arb tillarini o‘rganishini yengillashtiradi. Bugungi kunda o‘zbek tadbirkorlari, o‘zbek va rus tillaridan tashqari, albatta g‘arb tilini (birinchi galda ingliz tilini) bilishi shart bo‘lib qoldi, aks holda samarali faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Uchinchidan, lotin alifbosiga o‘tish masalasini birgina o‘zbeklar ko‘tarib chiqqani yo‘q, balki ko‘pchilik turkiyzabon millatlarga qarab ish tutish lozimligi ham lotin alifbosini tanlashimizni o‘z-o‘zidan hal etib qo‘ydi.

3 weeks, 4 days ago
2 months, 3 weeks ago

QАYIN DАRАXTI
Turmush o‘rtog‘ingizning oila aʼzolari nega qaynota, qaynona, qayinsingil, qayinog‘a va hokazo deb atalishini hech ham o‘ylab ko‘rganmisiz?
Turkiylar qarindoshligining uchinchisi “QАYINDOShLIK” deb atalgan. Qayin urug‘i erning yoki xotinning qarindoshlari bo‘lib, ushbu so‘zning etmologiyasi “qayin” daraxtiga nomi bilan bog‘liqdir.
Qadimgi turk madaniyatida qayin daraxti (rus tilida buk) nihoyatda qimmatli va muhim daraxt hisoblangan. Bu daraxt dunyodagi eng tez moslashadigan, birlashib ketadigan daraxt turi bo‘lgani uchun O‘rta Osiyo kam (shaman) turklari bu so‘zni ikki oilaning birlashishi va qo‘shilishi maʼnosida ishlatishgan.
Qadimda turkiy xalqlarda oqqayin nikoh timsoli hisoblangan. Shundan kelib chiqib, nikoh orqali qarindoshlik “qayin” deb atalgan. Shu sababli nikohdan keyin orttirilgan yaqinlarning nomlanishida “qayn” o‘zagidan yasalgan nomlar ko‘proq uchraydi.
Oltoylarda asl so‘zlar mana shu tarzda saqlangan:
Er yoki xotinning otasi – qaynota
Er yoki xotinning onasi – qaynona
Er yoki xotinning singlisi – qaynsingil
Er yoki xotinning opasi – qaynegachi
Er yoki xotinning akasi – qayag‘a
Er yoki xotinning ukasi – qayni
Unashtirilgan yoki nikohdagi erkak va ayol - qayliq.

Tafakkur qilaylik!

4 months ago
**Bizni kemirguchi illatlar**

Bizni kemirguchi illatlar

Ulugʻ ma’rifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiyning ayni shu nomdagi maqolasini avvalroq sizlarga ulashgan edik. Behbudiy hazratlari millatning toʻy-hashamga oʻchligi, bu illatning millat kelajagiga rahna solishini afsus bilan yozadi. Yuz yildan ortiq vaqt oʻtishiga qaramay, mazkur muammo haliyam kun tartibida. Lekin hozirgi gap bu haqda emas...
Batafsil...?

Bizning manzillar:Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube

4 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum. Tilimiz taqdiriga befarq boʻlmagan har bir kishi maza qilib eshitadigan koʻrsatuv boʻlibdi.

7 months, 4 weeks ago

ONA TILIM O‘LMAYDI
Notiq dedi:
«Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda».
«Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan?!»
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.
Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».
– Hey, bu qanday aqida! –
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.
Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
– Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!
Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
– Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga!
Fuzuliy yondi:
– Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».
Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb san’at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.
Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!
«Faust» yondi gurillab,
«Xamsa» o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
ONA TILIM O‘LMAYDI!
  Erkin VOHIDOV

8 months, 1 week ago

Milliy hokimiyatimizdan hozircha ajrab turgan boʻlsak ham, milliy hissiyotimizdan ajramay, uni saqlay olsak, kelajakda dushmanlarga yutilishdan oʻzimizni qutqara olamiz. Endi bu maqsadga yetish uchun qoʻyilgan masalalarning eng birinchi sharti til masalasidir. Agar biz til adabiyotimizni kengaytirib, uning qadr-qimmatini oshirib, boshqa madaniy tillar darajasiga yetqizur ekanmiz, mana bu chogʻda millatimiz, milliy hissiyotlarimiz doimiy ravishda oʻsib saqlangʻusidir. Agar bunday boʻlmay, balki aksincha, oʻz ona tili qadriga yetmasdan unga ahamiyat bermas ekanlar, u chogʻda koʻp uzoqlamayoq alvido aytib, oʻz tillaridan abadiy ajragan boʻladilar.
Shundoq boʻlib, oʻz ona tilidan ajramoqlik milliy hissiyotlarini yoʻqotish natijasidir. Bu ish esa insoniyat olami oldida ulugʻ xiyonat, kechirilmas jinoyat hisoblanadi. Bunday boʻldi demak, ulugʻ Turkiston ulusi Turon nasli bosqinchilar tilagicha, qurbon boʻlgan holda inqirozga uchrab, Alloh saqlasin, tarix sahifalaridagi shon-sharaflik nom nishonlari oʻchiriladi, demakdir.
Аliхоnto‘rа Sog'uniy

8 months, 4 weeks ago

Agarchi ismim Erkin.
Erki yo‘q bandi kishan bo‘ldim,
Ko‘zim bog‘liq, dilim dog‘liq,
Tilim yo‘q, besuxan bo‘ldim.

Ko‘rib hayratga tushdi
Bu jahon holi parishonim,
Bamisli ankabut so‘rgan –
Chibin, pajmurda tan bo‘ldim.

Olisda oh, diyorim, deb
Sog‘ingan, ey vatandoshim,
Dema sen o‘zni bebaxt,
Baxti yo‘q aslida man bo‘ldim.

Shukurkim, keldi istiqlol,
Umidim rost qil, Ollohim,
Ki, shoyad beqafas bulbul
Kabi sohib chaman bo‘ldim.
Erkin VOHIDOV

9 months, 1 week ago

ONA TILIM
Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Qo‘z yoshidan, oq sutidan;
To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan –
Yo‘g‘rilgan til –
Ona tilim.

Daryolarning toshqin payti
Arslon yanglig‘ arillashi,
Dovonlarning ko‘k qiyosi,
Qorli tog‘lar jilosidan,
Cho‘ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘ro‘g‘lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan –
Tug‘ilgan til –
Ona tilim.

Tulporlarning asovligi,
Tosh chaqishi, olovligi,
Bobolarning oltin so‘zi,
Bo‘yoqchining o‘lanidan:
To‘quvchining alg‘ovligi,
Chilangarning dalg‘ovligi,
Bu tuproqning qo‘sh ho‘kizi,
Qo‘shchisi ham qo‘lanidan –
Yaralgan til –
Ona tilim.

Shu tuproqning jon ayamas
Tarlonlari, burgutlari,
Kelinlarning dildoshligi,
Yor-yorlarning jarangidan;
Bosqinlarning bedodligi,
Buvilarning o‘gitlari,
Do‘mbiraning mungdoshligi,
Dutorning ham tarangidan –
Taralgan til –
Ona tilim.
                                                                                           Mirtemir

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago