Jamshidbek Odilov (BBA)

Description
Bilimni baholash agentligining Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshidbek Odilovning telegram kanaliga xush kelibsiz!
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks ago

⚡️ Guruh nazoratchiligiga ikkinchi tanlov📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun tanlov (ikkinchi tanlov) e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣ Nomzodlar uchun oʻquv-seminarlari tashkiletiladi va seminar yakunida test sinovi o‘tkaziladi. Test sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣ Nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📱 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 2025-yil 1-martga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.uzbmb.uz/service/32

📝 Ushbu tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Quyidagilar guruh nazoratchiligi uchun tanlovda (birinchi tanlovda ham, ikkinchi tanlovda ham) ishtirok eta olmaydi:

guruh nazoratchisi sifatidagi faoliyati qoniqarsiz baholangan;
guruh nazoratchisi sifatida test sinoviga jalb qilingan, lekin (to‘liq) qatnashmagan;
guruh nazoratchiligidan chetlashtirilgan.
talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari.

@jtodilov

1 month ago

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi*📝 *Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 25–26-yanvar (shanba, yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari hamda:

*1️⃣-smenada 08:30 ga qadar;
*2️⃣-smenada 14:00** ga qadar tekshiruvlardan o‘tib, o‘z joyiga joylashgan bo‘lishi lozim.

🕐 Talabgorlarni tekshirib, kiritish 1-smenada 07:30 da (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 da (test sinovi 14:30 da) boshlanadi.

@jtodilov

1 month, 3 weeks ago

⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun suhbat📣 2024-yil 6-dekabr kuniBilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun birinchi tanlov e’lon qilingan edi.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan 2025-yil 6-7-yanvar (dushanba, seshanba) kunlari suhbat o‘tkaziladi.

📱 Nomzodlar suhbat joyi, kuni va aniq vaqtini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga birinchi tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/32

🪪 Nomzodlar suhbatga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

* *Diqqat! Tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

@jtodilov

3 months, 1 week ago

⚡️ DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari? Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.

? Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.

? Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga 09:00 dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

@jtodilov

3 months, 4 weeks ago

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi*? 2024-yil *2-3-noyabr (shanba va yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

? Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

@jtodilov

4 months ago

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi? 2024-yil 12-oktabr kuni o‘tkazilgan matematika, fizika, tarix hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

? Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

*? 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
*? 65 - 69,9 ball — A daraja;
? 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
? 55 - 59,9 ball — B daraja;
? 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
? 46 - 49,9 ball — C** daraja.

@jtodilov

6 months, 1 week ago

Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
#abituriyent #apellatsiya Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

? Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

? Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

? Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

? Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

Diqqat! Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

@jtodilov

6 months, 1 week ago

Professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi
#abituriyent   #qabul2024

Bugundan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi.

Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar 10 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

professional ta’lim muassasasi turi (kollej yoki texnikum);
taʼlim shakli (mavjud ta’lim shakllaridan biri);
professional ta’lim muassasasi;
kasb va mutaxassislik (test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos).

? Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 1 ta kasb va mutaxassislikni tanlashi mumkin.

? Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “3-bosqich”)

? Muddat: 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar (shu kunlari ham).

@jtodilov

6 months, 1 week ago

*⚡️ *Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi#abituriyent   #qabul2024   #natija *? *2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Natijalarni 4️⃣ xil usulda bilish mumkin:

**my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).

* mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi *abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda.

* *SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).

* Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan *test natijalari qaydnomalari orqali.

@jtodilov

6 months, 1 week ago

Hurmatli abituriyentlar!

Turli telegram kanallarda mandat chiqdi degan mazmundagi xabarlar tarqatilmoqda.

Lekin ushbu xabarlar asosga ega emas. Hali tanlov natijalari (mandat) e’lon qilinmadi.

Tanlov natijalari e’lon qilinishi bilan ushbu kanalga yozaman.

@jtodilov

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago