Breynstorm

Description
Zakovat o‘yinlari, savollar paketi va boshqalar haqida. O‘ktam O‘rintoyev(c)
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago

1 week ago

📝 Magnum jamoasi navbatchiligida Benom jamoasi muhokamasi

Qiyin paketda o‘ta qiyin o‘yin o‘tkazdik. Avessalomni boshidanoq Firdavs topdi. Ilon haqidagi savolda Temur aka o‘xashtish qilib ilon bo‘lsa kerak dedi. Keyin kobra yozmoqchi ham bo‘ldi Abbos, lekin ilonni o‘zini qoldirdik. Kobra yozilsa balki qabul bo‘lmasmidi, kim bilsin.
Gustav haqidagi savolda so‘z tushirilganmi yo almashtirilganmi deb vaqtini o‘tkazdigu, tayinli variant kelmadi baribir. Pingvin taksda esa qaysidir pingvin turi deb o‘yladik. Yoki pingvinni o‘zimikin deb ohiri shu javobni berdik.

Starladder esa 3 ta nuqatasi bilan chalg‘itdi. Sky, walladderni o‘yladik. Devor bo‘lmasa ko‘chani ko‘radi ma’noda. Starni esa Firdavs ham, Mirjalol ham 3 nuqtaga tushmaydi deb chopishgandi, alamli bo‘ldi.
Yusuf a.s. savolida darhol xayolimga ozg‘in, semiz sigirlar keldi. Yusuf dedim keyin yo Firavnmikin deb ham o‘yladik. Asosiy shaxs Yusuf bo‘lganiga shuni berdik, lekin Firavn ham qabul bo‘lishi kerak deb turgandim. AH yaxshiyamki bu javobni olibdi.

Kalmarda esa ohirgi voqealar, Los anjelesdagi yong‘in, boshqalarni o‘ylab turgandik. Keyin ijobiyroq holat deb Kalmar o‘yinini berdik. Lekin dalgonaga bog‘liqligini tushunmagandik.
CV da esa dastlab Temur aka wiki deyishardi dedi. Shuni yozdik, keyin o‘zi bunaqa yozuvli holat yana nimada bor deb o‘ylaganimizda CV ni aytdim. Keyin Temur aka ham, jamoa ham javobni qo‘lladi. Sal qolsa bu savol ham o‘tib ketardi.

14444 da esa boshqa ko‘p jamoalar qatori fikrladik va 14666 ni berdik. 4 varianti ham bor edi, lekin Temur aka “4 o‘limni bildiradi iblisga aloqasi yo‘q” dedilar. Apellyatsiyada ham olinmadi bu javob.
Bibliyada esa demokratiya va xudo orasidan xudoni tanlagandik. Mantiqan ham mos, AH da olinsa kerak deb turgandik, afsuski olinmabdi. Turkiyada esa Abbos ozod qush, hurkush deb topdi. Hajni ham shu tomondan hajga ketilgan deb yana sardorni o‘zi aytdi. Sharq Napoleoni esa alamli bo‘ldi. Ibrohimbek qo‘rboshini topdik, Napoleon deyilishini ham bilardik. Lekin aynan “sharq Napoleoni” deyilishi xayolga kelmadi. Turk Napoleoni, deb berdik.

O‘dag‘ada yana Abbos boshidayoq aytdi, boshqa yaxshiroq variant chiqmadi. Danbarda evolyutsion soha professori ekani paradoksal bo‘lib, Jesus yo Christ deb o‘yladik. Lekin boshqa mantiq ekan. 172 da ro‘zaga bog‘lab 30 kun dedik. Savol boshida aytgandim “bu shunday nomli qaysidir asar muallifi bo‘lib chiqadi, o‘sha asarni eshitmagan bo‘lsak topolmaymiz deb”. Shunday bo‘lib chiqdi.
Alfons Muxada esa yoshlardagi farq Pukiryovga tortib turgandi. Yillarga e'tibor bermabmiz lekin, Pukiryovga tushmasdi bu tomoni.

Paketdagai g‘alizliklar haqida yetarlicha gapirildi. Paketning qiyinligi esa aslida mantiqiy emas, ko‘proq faktik bilimlarni talab qilishida. Ba'zi xatolarni qilmaganimizda natija yaxshiroq ham bo‘lardi. Bunday paketlarda odatda 1-2 ball ham natijalarga katta ta'sir qiladi.

@breynstorm

2 weeks, 1 day ago

? Farrux Rafiqov navbatchiligida Benom jamoasi muhokamasi

Pop va Pep haqidagi dupletda ikkinchi qism birinchisini ham topishga yordam berdi. Otajon Pepning boshi deb aytgach keyin Pop tumani boshlanishi ham kelib chiqdi.
Qurolsozlar haqidagi savolda esa mayda toshlar, o‘lchovlar bilan ishlovchilar bo‘yicha ko‘p variantlar bor edi. Yoki o‘qchilar, pulemyotchilar javoblari ham bor edi. Ohirida variantlarni yig‘ib qurolsozlar javobini bera oldik.
Shaxsiy xondada boshidan bo‘sh vaqt javobi keldi. Umuman bu ayollarda ro‘zg‘ordan ortib boshqa ish qila olmaslik bilan bog‘liq ekanini tushundik. Aslida, N.Ibrohimova V. Vulfning shu nomli asarini tarjima qilganini bilardim, ammo savolda bu asarga ishora bo‘lmagach, negadir xayolga kelmadi. Balki chuqurroq o‘ylanganda bu variant kelib javobni saqlab qolarmidik.

Jontemir haqidagi savolda esa barglar uchishidan qiyoslab sigaret tutunini bergandik. Bu formaga ham tushardi. Lekin apellyatsiyada ham qabul bo‘lmabdi.
Moskva mebel muzeyida esa mebel so‘zi xayolga kelmadi afsuski. Militsiya, multfilmlar muzeyidir deb ko‘p izladik, ammo javob kelmadi.
Ch. Axmarovda Temur aka Alisher Navoiy metrosi minyaturalarini qilgan odam bo‘lishi kerak dedi. Shunda Ch. Axmarov keldi lekin u metroda ishlaganmi aniq bilmasdik. Boshqa tuzukroq variant kelmadi va shu javobni beridik. Avtokreslo haqida esa kanadalik F. Fayzullayev bir yozganida eslab qolgandim. O‘shanda Amerikada ham ko‘p davlatlarda avtokreslosiz tug‘ruqxonadan bola berilmasligi aytilgandi. Ritmni esa bosh harflardan Temur aka oson topdilar.

AK25 esa variant tanlashda o‘ylantirgan savol bo‘ldi. AK ni topdik va endi raqamlarni topish kerak edi. Tug‘ilgan yili ohiri, yoshini tushirlmadik. Otajon 5 yoki 25-raqamlarda o‘ynaganini aytdi. Bir muddat savol raqamini o‘yladik lekin 25-raqamda o‘ynagani ishonchliroq tuyildi va AK25 ni berdik. AK5 ham apellyatsiyada olinibdi, baribir.
Yakkashoxda esa tayyor javobni o‘zim chopdim desam bo‘ladi. Aslida Bombora kitoblarini bilardim va qaysidir seriyada maymun boshi tasvirini ko‘rgandim. Shunga maymundir dedim, lekin mantiqan bog‘lolmadik. Keyin Mirjalol va Firdavs yakkashoxdir deyishdi. Bestsellerni bunga bog‘lolmay turgandim, mantiqni tushunganda esa kech bo‘lgandi javobni berib bo‘lgandik. Bo‘lmasa grobdan saqlab qolarkanmiz savolni.
Tuk tuk haqidagi savolda esa Temur aka boshidayoq yevropaliklar hozir undan foydalanishga o‘tishganini aytib berdi.

Umuman olganda yaxshi savollar bo‘ldi va natijaga yarasha o‘rin oldik. Ikki savoldagi g‘alizliklar haqida yozishyapti. Lekin ikkala holda ham bizga bu xalaqit qilmadi.

@breynstorm

2 weeks, 6 days ago

Anchadan beri o‘yinlarda qatnashmasa odam qandaydir sokinlikka o‘rganib qolarkan. Kecha yarim turdayoq miya charchab, huddi 3-tur ohirini o‘ynayotgandek bo‘lib qoldi odam. Zakovat ham boshqa sport kabi doimiy shug‘ullanishni talab qiladi, bo‘lmasa birdan charchatib qo‘yishi mumkin. Kecha nazarimda yaxshi savollar bo‘ldi. Kechagi tur uchun 57 ta apellyatsiya kelibdi, turdan-turga apellar soni oshib boradi endi shekilli. Buyog‘iga hamma maksimal darajada ochko ishlashga harakat qiladi, albatta. Intriga esa doimgidek yuqori..

@breynstorm

1 month ago

? Metaverse navbatchiligida Benom jamoasi muhokamasi
Pink Floyd haqidagi savolda dastlab boshqa yo‘nalishlardan ketayotgandik keyin oyning orqa tarafi versiyasi keldi va guruhni ham esladik. Bolalar xorida esa Mirjalol klipni ko‘rgani bolalar xori kuylashiniyam aniq aytdi. Keyin “Bulbulcha” ga bog‘lab bolalar ansambli deb berdik va bu javob olindi.

Mironshoxada esa morga bog‘lab variantlar izladik va Shoximardon keldi. Abbos shunday odam bor degandi, lekin Mironshoxgacha o‘ylab ko‘rmadik. Vita haqidagi savolda ham east boshqa variantlar kelayotgandi, keyin “hayot yo‘li” deb vita keldi.
Oyinada esa qalqon almashgani ko‘p narsa bermasdi, faqat Samarqandda o‘sha davrda tug‘ilgan eng mashhur shaxs Behbudiyni o‘yladik va “Oyina” nashri esimga tushdi. Qalqondan ham oyina qilib ishlatish mumkindir deb hisoblab shu javobni berib yubordik.

Temurshunoslikda esa temirshunoslikka aylanib ketdi degan gapni eshitgandim. Keyin jamoa “temirchilik bo‘lsa kerak temirshunoslik degan narsa yo‘q-ku” deyishdi. Lekin Abbos ohirida ham Temurshunoslikka mos tushgani uchun shu javobni bermoqchi bo‘ldi. Keyin temirchilik baribir olinsa kerak deb bor sohani berdik. Va to‘g‘ri qilgan ekanmiz. Temirshunoslikni jamoa ham, AH ham olmagan ekan. Lekin menimcha almashtirishga mos tushgani uchun bu javob ham olingani ma'qul edi. 2- va 3-AH temirshunos so‘zi lug‘at va manbalarda yo‘q demoqchi. Lekin Temurshunoslik ham alohida lug‘atlardan joy olmagan nazarimda. Jamoalar temirchilik bilan bog‘liq narsani berishgani ayon-ku. Masalan, temir yasash javobini shu ikkala AH olgan.

Kolumb savoli esa yana chalg‘itib qo‘ydi. Dastlab tasodifiy deyilganidan Abbos Kolumbni yozib qo‘ygandi. Keyin Mikelanjeloning haykal yasashda “men toshdan ortiqcha joylarni olib tashlayman” degan gapi yodga tushib qoldi. Davri ham mos edi. Ohirida Mikelanjelo qiziqroq tuyildi va tanlashda adashdik.

Barcha oilalar baxtlida esa chuqurroq o‘ylamay chalg‘ib ketdik. Baxtsiz va baxtli oilalarni o‘yladik, lekin savol formasida ikki-uch so‘z deb aytilmagandi. Baxtsiz oilalarni yozib, o‘chirib oilani berib yubordik. Ta'rif umumiy bo‘lgani uchun oila olinishi kerak deb o‘ylagandim. Lekin AH ham bu javobni olmabdi. Bu savolda va o‘zi umuman ko‘p savollarda formaning umumiy qo‘yilishi javoblarni tanlashni qiyinlashtirdi.

Chumoli va qarg‘alar bilan bog‘liq fakt klubda ham ekranda ham o‘ynalgandi. Eslab topdik, lekin piyodalar o‘tish joyi yana chalg‘ituvchi savol bo‘ldi. Shu savolda svetaforning qizil chirog‘i deb aytgandim. Chunki qizil yonganida yong‘oq tashlanishini bilardim. Stkanda ham balki to‘xtash ishorasini bildirsa kerak deb o‘yladim. Keyin savol matniga moslab ko‘rib avtomobil yo‘li ohirida yanada aniqlashtirib piyodalar o‘tish yo‘lini berdik. Avtomobil yo‘li javobi esa keyinchalik apellyatsiyada olinibdi. Nazarimda to‘g‘ri qaror, chunki savol matnidan aynan nimani yozib berish kerakligini tushinish qiyin edi.

Ibn Sinoda esa asarni moslab dastlab topolmadik. Keyin 11-asrda yashagan mashhurlarni sanab Beruniy va Ibn Sinoni sanadik. Shu paytda ancha yillar oldin o‘qiganim Ibn Sinoning “Solomon va Ibsol” asari esga tushib qoldi va javobni topdik. Sakajevayada esa Mirjalol boshidanoq aytdi, keyin Pakoxontasni ham o‘yladik. Ingliz ismlardan esa Luis va Klarkka bog‘lab Sakajevayani berdik. Detochkinda esa o‘zbek, sovet filmlarini esladik tuzukroq variant kelmadi. Keyin Otajon Detochkin qandaydir sigaret chekishini, sudda ham shu orqali topishganini aytib qoldi. Ishonqiramay shu javobni bergandik. To‘g‘ri chiqdi.

Ten Hagda esa Te va H deb elementlarni yozib oldik va keyin Ten Hag kelib chiqdi. Stokton Rashda esa Mirjalol boshidayoq shu javobni aytganda uncha tushunmagandik, Firdavs esa tushib qolsa kerak deb yozib qo‘ygan ekan o‘tgan savoldan.

To‘g‘risi ikki turdan keyin o‘nlikdan ham tushib ketgandik ohirida 3-o‘rin bilan tugatgandik. Apellyatsiyalardan keyin esa beshga tushdik. Shunday bo‘lgani ham to‘g‘ridir. Bir necha eski faktlar va redakturadagi ba'zi kamchiliklarni aytmasa yomon bo‘lmadi savollar. Shu jihatlar ham apellar ko‘payishiga olib keldi nazarimda.

@breynstorm

1 month, 2 weeks ago

Zakovatda o‘yin paytidagi o‘yinchilar emotsiyasi juda katta ahamiyatga ega. Odatda jamoa kayfiyatining yaxshi bo‘lmasligi ketma-ket savollarning topilmasligiga olib keladi.

Ayniqsa ayrim bilimdonlar kayfiyat o‘yinchisi bo‘ladi va bironta to‘g‘ri javobi sardor tomonidan tanlanmasa yo savoldagi g‘alizlik sabab javob topolmasa bo‘ldi keyingi savollarda jim o‘tiradi, muhokamalarda qatnashmay qo‘yadi. Bu eng yomon odat, chunki bu holat butun jamoa kayfiyatini tushirib yuboradi va o‘yinni butkul izdan chiqarishi mumkin.

Agar sardor xatosi bilan to‘g‘ri javob o‘tib ketsa, buni o‘yin payti muhokama qilish kerak emas. Chunki, to‘g‘ri javobni tanlay olmagan sardorning o‘zi ham bu ishidan stressga tushishi aniq. Aksincha bu paytda sardorni qo‘llab-quvvatlash ham o‘rinli.
O‘yindan keyin bu holatlar ko‘rib chiqilishi kerak.

Biroz yoqmagan, g‘aliz savollar tushib qolishi esa istalgan turnirda ro‘y berishi mumkin. Bilimdon shu turnirda biron natija uchun keldimi o‘z jamoasidagilarni xurmat qilib qancha e'tirozi bo‘lsa ham ohirigacha muhokamada qatnashishi, o‘ynashi kerak. Chunki muhokama payti qancha e'tiroz bo‘lsa ham bu baribir hech narsani o‘zgartirmaydi. Aksincha norozilik kayfiyati boshqalarga ham ko‘chadi. Muhim o‘yinlarda bitta savol ham ko‘p narsani hal qiladi. Shu sababli o‘yin davomida har qanday negativlar, jahlga erk berishdan yiroq bo‘lishi kerak. Aksincha o‘yindan keyin, mashg‘ulotlarda xatolar ustida ishlash eng to‘g‘risi.

@breynstorm

1 month, 2 weeks ago
1 month, 2 weeks ago

? Espero navbatchiligida Benom jamoasi muhokamasi
O‘yin sana bilan bog‘liq savoldan boshlandi. To‘g‘risi sana hayolda turmasa savol matni, mahallaning eski nomlari baribir yordam bermaydi. Topilmadi.
Eminem haqidagi savolda oqning qoradan qolishmasligi haqida gap ketgandayoq shu variantni aytgandim. Umuman qora tanlilar bilan assotsatsiya qilinadigan sport turlari, basketbolchilar orasidan oq tanlilarni o‘yladik. Mirjalol NBA logosidan tasvirlangan oq tanli basketbolchini ham aytgandi. Ohirida Eminemni bergandim, to‘g‘ri chiqdi.

Siolkovskiy savolida charxpalakni gorizontal shaklga keltirgani aytilgandayoq vertolyot yaratuvchisi Igor Sikorskiy kelgandi. Mirjalol Siolkovkiy variantini bergandi, lekin matnga moslay olmadik. Balki faqat tortish kuchi deyilgani yordam berarmidi bilmadim. Bu gal Mirjalol haq bo‘lib chiqdi.

Akutagavada esa negadir Rasyomon effektiga bog‘lay olmadik. O‘lgan yili, umri yakuni aytilganiga Janni Rodarini berdik. Rodarining uch xil yakun haqidagi ertaklaridan, lekin o‘lgan yili tushmasligi aniq edi.

“Yo‘qotilgan avlod” da esa Otajon tarqatma kelgandayoq avlod so‘zi tushib qolganini yozib qo‘ygandi. Gertruda Stayn esa javobni mustahkamladi. Aviabenzin haqidagi savolda o‘n xil variant bo‘ldi desam adashmasam kerak. Lekin aynan to‘g‘risini tanlash, biron to‘g‘ri yo‘nalishga tushish qiyin edi.
Golem haqidagi teskari yershonimni esa Mirjalol boshidanoq oldi.

Semey haqidagi savolda esa Muhammadxo‘ja “Qozog‘istondami yadro portlatib, sun’iy ko‘l hosil bo‘lgan joy bor edi-ku” shu joy deb aytdi. Shundan Semeyni yozib berdik. Chilli peppersda esa boshida turli ingredientlardan o‘yladik daqiqa ohirrog‘ida boshqa guruhga allyuziyani sezib chilli peppersni berdik.

Ajib yangi dunyoda esa asarni o‘qigan bo‘lsamda topa olmadim. Ona muhabbati, yovvoyi tabiat deyilgani boshidanoq Bembiga yetaklagani uchun chalg‘igandirman.
Rejissyorlar blitsida esa Kusturitsa, fon Trierni topib ohirgisini topa olmaganimiz alamli bo‘ldi. Bunda “Osmondagi bolalar” ga bog‘liqlikni sezmagan holda boshidagi rejissyorlarni topdik, Kitano esa qog‘ozni berib yuborganimizda hayolga keldiyu, lekin kech edi.
Lekin blits keyingi savolda bizni chalg‘itib qo‘ydi. Aslida islohotchi deyilganidan boshidayoq Muhammadxo‘ja Martin Lyuterni aytib, yozib ham qo‘ygandik. Keyin Abbos “savolda manifest deyildi bu Marksning “Kommunistik partiya manifesti” asariga ishora emasmi” dedi, shunda oldingi savolda Lars fon Trierning ota-onasi so‘l g‘oyalarni qo‘llagani aytilgani esimga tushdi va Marks javobini ma'qulladim. Afsuski yana xato qildik.

Kitoblarni suvga otish haqidagi savol adashmasam ekran o‘yinlarida ham tushgandi shekilli, bir necha o‘yinchi darhol esladik.
Xudoyorxon saroyi xonalari esa tanlovga hech qanday variant qoldirmagan edi. Boshidan Abbos Alloh ismlaridan bo‘lsa kerak dedi, keyin suralardandir deb ham o‘yladik. Ohirida ismlardan kelib chiqib javob bergandik, yaxshiyam AH bu javobni hisobga olibdi.

Yaxshi debyutdan keyin mavsumdagi yomon o‘yinni ham o‘tkazdik. Mayli hali mavsum oldinda, qanday natijalar bo‘lishini oldindan bilish qiyin.

@breynstorm

1 month, 3 weeks ago

Arman shaxmatchisi Ashot Nadanyan ijtimoiy tarmoqlarda, zakovat olamida o‘z aforizmlari bilan mashhur. Uning ko‘plab aforizmlari sporchta chgk, zakovat o‘yinlarida, chgk ekran o‘yinlarida o‘ynalgan. Garchi aforizmlari qiziqarli, paradoksal bo‘lsa-da savol…

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago