Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Oila qurishimdan avval, menda oltita nazariya bor edi. Hozir esa mening oltita farzandim bor, ammo hech qanday nazariya yo'q.
Jon Uilmot
" Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar" kitobidan.
https://t.me/bolajontwins
G'azodagi urushlar, yaqindagina Farg'onadagi yong'inlar mening o'ylarimni chalkashtirib yubordi. Hozir shu darajaga keldimki, tongda borman, kechda bo'lishimga ishonchim qolmadi.
Anchadan buyon boyib ketganimda bir yaxshi xayriya ishlar qilishni orzu qilardim. Ammo bilmadim men qachon o'zim o'ylagandek boyib ketaman. Lekin vaqt shunchalar tez o'tmoqdaki, men 30 ga kiraman yaqinda. Lekin hech yemoq va kiymoqdan bo'lak nimadir qilmabman. Lekin kitoblarga boyman, alhamdulillah.
Bugun bir yangilikni e'lon qilmoqchiman. Kitoblar, yohud o'yinchoq, balki moliyaviy umuman bolalarga, kasal bolajonlarga qaysidir yo'nalishda yordam bermoqchi bo'lganlar👇
@GulchiroyIbrohimova ga murojaat qilsangiz. Nimadirlar qilib, qo'limizdan kelganicha kasal, yetim bolajonlarni xursand qilsak. Bolalarning kulgulariga sababchi bo'lsak!
Bu kun yaldo kechasi deyiladi. Eng uzun tun. Shu haqida Amir Temur eng mushkul davrlarida ta'kidlab yuradigan bir she'r bor:
Yaldo kechani sham-u shabiston etgan,
Bir kechada olamni zimiston etgan.
Bir mushkul ishim tushubdir oson etgin
Ey barchaning mushkulin oson etgan.
https://t.me/bolajontwins
Azizlar, doktoranturaga kiribman. Endi adabiyotni, bolalar adabiyotini bir olima o'laroq o'rganaman va jamiyatga taqdim qilaman. Duo qilinglarki, butun jamiyatga nafi tegadigan olimalardan qilsin Egam!
https://t.me/bolajontwins
Uyda ta'lim berayotgan, montessori metodi bo'yicha ta'lim berishni istagan onajonlarga ajoyib imkoniyat!
**Стресс ҳолатига тушганда кимдир тинимсиз йиғлайди, кимдир эса тўхтовсиз гапиради, бошқа биров нима еб, нима ичаётганини билмай қолади, кўп овқат ейди...
Стресслар турфа бўлганидек, бизнинг бу ҳолатда ўзимизни қандай тутишимиз ҳам соғлом пайтимиздаги ҳолатимиздан фарқ қилади...
Кимдир стрессда мил-мил йўл босади, хаёлга тизгинни топширади. Кимдир сув оғушига шошади, бошидан челаклаб совуқ сув қуйиб душ остида туради.
Кимдир ошқозонида қаттиқлик ҳис қилиб қайт қилишга ошиқса, кимнингдир ичи кетишни бошлайди...
Бошқа биров ичи ёнгани туфайли тинмай совуқ сув ичса, кимдир килолаб музқаймоқ тамшанади ёки писта чақишга тушади.
Қисқагина ҳулоса айтаман: стрессда нимаики бўлсин, ичингиздан чиққани яхши..
Киргани эмас...
Киргани дард бўлади. Тош бўлади. Муз бўлади. Касаллик бўлади.
Майли тўхтамай гапиринг, оғзингиз чарчасин!
Майли тўхтамай намоз ўқинг, бўғимларингиз юмшасин!
Майли, истаганча йиғланг кўз ёш бўлиб чиқиб кетсин!
Майли, қайт қилинг! Ичингиз бўшасин!
Аммо ичингизга сола кўрманг...
Солманг!
©️Азизахон Исмоилова**
@Ummuzaynabummuijodi
Men bu insonni tanimayman. Ammo ishonchli insonim aytgani uchun kanalga joyladim. Bu yerdagi qizning onalari kasal ekan. Agar imkoniyatingiz bo'lsa qanchaligi muhim emas ehson qilarsiz. Hech kim og'rimasin va kasal bo'lganida qo'shimchasiga pulga muhtoj bo'lmasin.
9860230102628321
Azimova Gulxayo
Nimaga qizlarni kelinlikka tayyorlash, yana nimadir allambalo kurslarga berishadi?! Tushunmayman. Kelinlikka tayyorlash kurslarida qullikka tayyorlanadi. (Kim nima xohlashini ko'zidan bilib olish, hammaning og'ziga tansiq taom tutish, piyolada choy tugashi bilan quyish, butun hayoti maishiy ishlarga ko'milib o'tishiga, o'zini eng so'nggi o'ringa qo'yishga targ'ib qilinadi/o'rgatiladi/uqtiriladi)
Real hayotda bunaqa qulay qizlarni mag'zini yeb, danagini tupurib ketishadi. Sekin ehtoyojlarini gapirsa, ayniganga chiqadi. Haqqini talab qilishni boshlasa tili chiqib qolgan bo'ladi.
Psixologga ham shunday qulay ayollarning qizlari ko'p murojaat qilishadi. Sababi o'zini ehtiyojlarini anglamagan, hamma narsaga "ha" deb javob beradigan, shaxsiy chegaralari yo'q onalar farzandlariga ham yetarlicha o'zini anglashiga ko'maklasha olmaydilar. Chunki ular hech qachon noroziliklarini ochiq ayta olishmagan, hislarini konstruktiv usulda ifodalay olmay, bostirilgan emotsiyalarini kuchlari yetadigan doiraga sochgan bo'lishadi.
Ona farzandga o'zini qabul qilish, anglash, o'ziga g'amxo'rlik ko'rsatishni o'rgatadi.
Oilada qizlarni qullikka tayyorlamasdan shaxs sifatida o'z o'rnini topishiga yordam berishligini xohlardim. Aqlli, o'ziga ishongan, dunyoqarashi keng qizlar har doim jozibali bo'ladi. Aynan shunday qizlar kelajakda jamiyatga nafi tegadigan, erkin shaxsiyatli farzandlarni voyaga yetkaza oladi.
Fikrlarim tarqoq bo'lsa, uzr. Miyamda aylanayotgan fikrlarni tezda postga ko'chirdim.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago