Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

English Education

Description
English Education
We recommend to visit

Welcome !

Ingliz tili & Inglizcha Statuslar

Kunlik Darslar & Qiziqarli lavhalar📍
Fanga doir testlar & Kitob , qo'llanmalar📍
Inglizcha Statuslar & Tarjima Aforizmlar 📍

Aloqa: t.me/ikhtiyarovicc
Reklama va hamkorlik uchun: t.me/Qulay_taklif

Last updated 1 week ago

✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz.

✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes

🌀 Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Last updated 1 month ago

IELTS - muvaffaqiyatli kelajagingiz garovi!

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

"IELTS OFFICIAL"
Certificate: 765017

Hamkorlik va reklama: @IELTSuzbekistan_bot

Last updated 2 years, 5 months ago

4 years, 4 months ago

https://youtu.be/wPYfOq1L46U
Kanalga a'zo bo'ling

YouTube

71 (Seven One) Plazaga Sayohat

71 (Seven One) Plazaga Sayohat Video sizga yoqsa albatta izohingizni komentariyada yozib qoldiring, like bosing va kanalga a'zo bo'ling.Albatta bundan ham ya...

5 years, 3 months ago

*🔹Bizning Online o'quv kurslarimmizda qatnashing. Hamda dasturlashni mukammal o'rganing.*https://t.me/intellectCourse

Kanalga a'zo bo'ling

5 years, 7 months ago
***🇬🇧*** Bury

🇬🇧 Bury
🇷🇺 Закапывать
🇺🇿 Ko'mmoq

📌 @uzingliztili

5 years, 7 months ago

Kanalni tark etmang endi IELTS haqida ham yangiliklar berib boriladi.

5 years, 9 months ago

📚 Grammatika 📚
--------------------------------
📑 Mavzu: TO BE FE'LI DAVOMI
--------------------------------

1️⃣. To be fe’li asosiy fe’l bo‘lib keladi va bo‘lmoq, joylashmoq ma’nosini beradi:
🔸He is at the Institute now. U hozir institutda.
🔸She was in Samarkand during the summer. U yozda Samarqandda edi.
🔸I shall be at home tonight. Men bu oqshom uyda bo‘laman.
🔹Hozirgi zamon bo‘lishsiz shaklda to be fe’li emas deb tarjima qilinadi:
🔸He isn’t at home. U uyda emas.
🔸They are not in London. Ular Londonda emas.
2️⃣. To be fe’li asosiy fe’lning to yuklamasi bilan kelgan shakli bilan kelib modallashadi va oldindan kelishilgan yoki rejalashtirilgan zaruratni ifodalaydi:
am
is
are + to + V
was
were

🔹Bu yerda: V = fe’lning asosiy shakli.
🔹To bening hozirgi zamondagi shakllari am, is, are kerak deb tarjima qilinadi va hozirgi yoki kelasi zamondagi zaruratni ifodalaydi:
🔸They are to begin this work at once. Ular bu ishni darhol boshlashlari kerak.
🔸He is to come here tomorrow. U bu yerga ertaga kelishi kerak.
🔹To bening o‘tgan zamondagi shakllari was, were Simple Infinitive bilan kelganda kerak edi deb tarjima qilinadi va ish-harakatni o‘tgan zamonda bajarish zaruratini ifodalaydi. Bu birikma shu ish-harakatning bajarilgan bajarilmaganligiga aniqlik kiritmaydi va bu butun gapdan ma’lum bo‘lishi mumkin:
🔸I was to send him a telegram, but I forgot. Men unga telegramma yuborishim kerak edi, lekin unutibman.
🔸The goods were to be delivered at the end of the month. Mollar oyning oxirida yetkazib berilishi kerak edi.
🔸Was, were Perfect Infinitive bilan kelganda o‘tgan zamonda bajarilishi kerak bo‘lgan, lekin bajarilmagan ish harakatni ifodalaydi:
Was + to + have + P.P.
Were

🔹Bu yerda:
🔹P. P. = Past Particiciple = O‘tgan zamon sifatdoshi.
🔸I was to have fi nished my work yesterday. Men ishimni kecha tugatishim kerak edi.
🔸Kelasi zamonda to be zaruratni ifodalash uchun ishlatilmaydi.
🔹Izoh: To bedan keyin majhul nisbatning infinitivi kelib, zaruratdan tashqari ehtimollikni ham ifodalashi mumkin.
🔸Such books are to be found in all libraries. Bunday kitoblar barcha kutubxonalardan topilishi mumkin.
🔸Many new beautiful buildings are to be seen in the streets of our town. Shahrimiz ko‘chalarida ko‘p yangi chiroyli binolarni ko‘rish mumkin.

--------------------------------
*Internetni o'chiring
Ularni yod oling*

*♻️ Kun davomida ushbu mavzuni qaytarib yodga oling*

Bilim olishni boshlang!

5 years, 9 months ago

@UzInglizTili

5 years, 9 months ago

🗓 Bugungi yangi so'zlar 📚
--------------------------------

1️⃣*📌 alien n - chet ellik kishi
2️⃣**📌 among prep - orasida
3️⃣**📌 chart n - xarita
4️⃣**📌 cloud n - bulut
5️⃣**📌 comprehend* v - tushunmoq

--------------------------------
*Internetni o'chiring
Ularni yod oling*

*♻️ Kun davomida bu so'zlarni takrorlang*

Bilim olishni boshlang!

5 years, 9 months ago

📚 Grammatika 📚
--------------------------------
📑 Mavzu: TO BE FE’LI
--------------------------------

1️⃣. Boshqa fe’llardan farq qilib to be fe’lining Simple Presentda 1-shaxs birlikda, 3-shaxs birlikda va ko‘plikda alohida-alohida shakllari mavjud: I am, he (she, it) is, we (you, they) are.
2️⃣. To be fe’lining Simple Past zamonda birlik va ko‘plik uchun alohidashakllari mavjud:
I (he, she, it) was, we (you, they) were.
3️⃣. Bo‘lishsiz gaplar yasashda to be fe’lining tegishli shaklidan keyin not inkor yuklamasi qo‘yiladi: I am not, I was not.
4️⃣. So‘roq gaplar yasashda to be fe’lining shakli egadan oldinga o‘tkaziladi: Am I? Was I?
5️⃣. To be fe’li faqat ikkita davom zamonda ishlatiladi: Present Continuous va Past Continuousda va asosan majhul nisbatda: I am being invited, I was being invited.
6️⃣. To be fe’li Perfect Continuous zamonlarida ishlatilmaydi.
7️⃣. To be fe’lining bo‘lishsiz buyruq shakli umumiy qoidaga asosan, uning oldiga do not (don’t)ni qo‘yish bilan yasaladi:
🔸Don’t be angry. Achchig‘ingiz kelmasin.
🔸Don’t be late. Kechikmang.
8️⃣. Og‘zaki nutqda Simple Presentning bo‘lishli shaklida odatda quyidagi qisqartirmalar yuz beradi:
I am =I’m We are = we’re you are = you’re You are = you’re
He is =he’s She is = she’s It is = it’s They are = they’re

Simple Present va Simple Past zamonlarda quyidagi qisqartirishlar yuz beradi:
I am not = I’m not
He is not = he’s not yoki he isn’t
She is not = she’s not yoki she isn’t
It is not = it’s not yoki it isn’t
We are not = we’re not yoki we aren’t
You are not = you’re not yoki you aren’t
They are not = they’re not yoki they aren’t
I (he, she, it) was not = I (he, she, it) wasn’t
We (you, they) were not = we(you, they) weren’t

9️⃣. To be fe’li yordamchi fe’l bo‘lib keladi:
🔹a) Hozirgi zamon sifatdoshi (Present Participle) bilan birga kelib barcha davom (Continuous va Perfect Continuous) zamonlarni yasashda ishlatiladi:
🔸I am writing a letter. Men xat yozyapman.
🔸She was doing her lessons at fi ve. U soat beshda darslarini qilayotgan edi.
🔸I shall be working at three o’clock. Men soat uchda ishlayotgan bo‘laman.
🔸It has been raining since mor ning. Ertalabdan buyon yomg‘ir yog‘yapti.
🔹b) O‘tgan zamon sifatdoshi (Past Participle) bilan birga kelib majhul nisbatning barcha zamonlarini yasaydi:
He is often invited there. Uni u yerga tez-tez taklif qilishadi.
He was asked a diffi cult question. Undan qiyin savol so‘rashdi.
The translation will be fi nished tomorrow. Tarjima ertaga tamom qilinadi.
🔟. To be fe’li ot-kesimlarda bog‘lovchi bo‘lib keladi va -dir, edi, bo‘ladi deb tarjima qilinadi. O‘zbek tilida hozirgi zamonda ko‘pincha tushib qoladi:
🔸He is an engineer. U — muhandis.
🔸He is the best student in the first course. U birinchi kursda eng yaxshi talaba.
🔸The story was interesting. Hikoya qiziq edi.
🔸She will be a teacher next year. U kelasi yili o‘qituvchi bo‘ladi.
🔸The task of our representatives was to ship the goods immediately. Vakillarimizning vazifasi mollarni zudlik bilan yuklash edi.

--------------------------------
*Internetni o'chiring
Ularni yod oling*

*♻️ Kun davomida ushbu mavzuni qaytarib yodga oling*

Bilim olishni boshlang!

5 years, 9 months ago

@UzInglizTili

5 years, 9 months ago

🗓 Bugungi yangi so'zlar 📚
--------------------------------

1️⃣*📌 secret n - sir
2️⃣**📌 shout v - baqirmoq, qichqirmoq
3️⃣**📌 smell v - hid chiqarmoq
4️⃣**📌 terrible adj - dahshatli
5️⃣**📌 worse* adj - yomon

--------------------------------
*Internetni o'chiring
Ularni yod oling*

*♻️ Kun davomida bu so'zlarni takrorlang*

Bilim olishni boshlang!

We recommend to visit

Welcome !

Ingliz tili & Inglizcha Statuslar

Kunlik Darslar & Qiziqarli lavhalar📍
Fanga doir testlar & Kitob , qo'llanmalar📍
Inglizcha Statuslar & Tarjima Aforizmlar 📍

Aloqa: t.me/ikhtiyarovicc
Reklama va hamkorlik uchun: t.me/Qulay_taklif

Last updated 1 week ago

✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz.

✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes

🌀 Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Last updated 1 month ago

IELTS - muvaffaqiyatli kelajagingiz garovi!

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

"IELTS OFFICIAL"
Certificate: 765017

Hamkorlik va reklama: @IELTSuzbekistan_bot

Last updated 2 years, 5 months ago