Ismailov Muhammadyoqub

Description
Bog'lanish uchun: @Ismailov_Muhammadyoqub
Advertising
We recommend to visit

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 2 months, 3 weeks ago

? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓

?‍? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 1 year, 4 months ago

???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

? @Sotuvchi_A ?

Last updated 1 year, 4 months ago

8 months, 1 week ago

Miyamizga muammolar kerak

Miyamizga muammolar kerak, sababi miyamiz yashash sharoitini doimo yaxshilab borish uchun mo'ljallangan.

Agar sizning hayotingizda hammasi yaxshi bo'lsa va siz oldinga harakat qilmayotgan bo'lsangiz, miya avtomat holatda yashashdan nolinishni boshlaydi.

Unga umuman farqi yo'q, u muammoni hal qilish uchun ishlaydimi yoki sharoitdan nolinish uchunmi, muhimi u doimo harakatda.

"You tube"da yoki "Instagram"da komentlarni ochishim bilan birinchi 10 ta izohning 8 tasi negative bo'ladi.

Bizning miyalarimiz bir joyda qotib qoldi va to'xtamasdan sharoit uchun nolinadi yoki kimnidir yomonlab mazza qiladi.

Biz uni aslida katta muammolarni hal qilish uchun yo'naltirishimiz kerak edi, mayda narsalar bilan o'ralashib qoldik...

Kimningdir izohiga turli negativlarni yozayotgan do'stim, hayrli ishlar bilan shug'ullanish vaqti kelmadimi?

8 months, 1 week ago

Har bir narsaga ilmiy yondashing
Universitetda o'qib yurgan paytimda kursdoshim bilan baxslashib qoldim.

U farzandlarini o'qimishli qilishni xohlashini aytdi. Men unga savol berdim.

Seningcha bolang institutni bitirib, diplomni qo'liga olishi - uning o'qimishliligini anglatadimi?

Bizda noto'g'ri tushuncha bor, inson uyida o'tirsa u savodsiz, qayerdadir o'qib yurgan bo'lsa, huddiki professor.

Universitetda ham savodsiz ustozlar talaygina. Ilmni dargohga bog'lamang!

Kim bo'lishingizdan qat'iy nazar sohangizga ilmiy yondashing, cho'pon bo'lasizmi yoki sartarosh.

Men bu postim bilan kimnidir yomonlamoqchi emasman. Shunchaki sizdagi stereotiplarni parchalamoqchiman.

Siz hozir qilib turgan ishingizni ilmini bilishingiz shart. Ilm bilan shug'ullanish uchun universitetda o'qishim kerak degan narsani unuting.

Hozir kimsiz? Onami? Onalik haqida o'qing. Oshpazmi? Oshpazlik haqida.

8 months, 1 week ago

Poyga

Bir statatistikani eshitib qoldim.

Hozirgi paytda insonlar, ikkinchi jahon urishi paytidagi insonlardan ko'ra ko'proq stressga uchrayotgan ekan.

Stressning sabablarini izlanib ko'rdim.

Hozirda eng ko'p stressga olib boruvchi asosiy sabablardan biri - insonlar o'zining kimdir bilan solishtirishi ekan.

Oldinlari insonlarda o'zlarini solishtirish doirasi tor bo'lgan, masalan qo'shnisi yoki yaqinlari bilan bo'lishi mumkin.

Hozir esa juda oson.

Instagramga kirib olib, butun dunyoni o'zi bilan solishtira oladi va o'zining hayotidan nolinishni boshlaydi.

Instagramda o'zidan "yulduz" yasab olgan insonlarni ko'pisi - psixologlarning mijozi ekanligidan xabaringiz bormi?

Hatto o'zini "psixologman" deb tanishtirayotgan insonlarni ham qorong'u xonaga kirib ho'ng-ho'ng yig'lashidan xabarim bor.

Chunki doimo birov undan o'tib ketayotgandek tuyiladi.

Sizning yo'lakingizda o'zizdan boshqa hech kim yo'q. Kimdandir qolib ketishdan xavotir olmang.

Umringizni oxirigacha oldingizga qo'ygan maqsadingizga erisha olmay qolishdan qo'rqing!

Agar sizda maqsad bo'lsa albatta.

10 months ago

Bir ishni qanday bajarishingizdan boshqa ishlarni qanday bajarishingiz namoyon bo'ladi.

Bir tarixchi do'stim testlarining ustidagi rasmlarini haligacha o'zi yaratadi. Men unga grafik dizaynerlarga topshirsang bo'lmaydimi desam, ko'nglimdagidek ishlab bermaydi deb javob beradi.

U o'z sohasida juda puhta oddiy rasmlarni ishlab chiqarishga ham katta ahamiyat qaratadi. Yo'qsa bu uning sohasi emas, u o'zining testlarini yaratib ustiga har qanday reklamani yopishirtirib qo'ysa bo'lardi, kamiga rozi bo'lmaydi. O'zining sohasida ham huddi shunday kamiga rozi emas.

Bir inson ko'zga ko'rinadigan joylarni yig'ishtirib, qolgan joylarni shu holatida qoldirayotgan bo'lsa, hayotda ham u shunday faqat birovlar uchun yaxshi ishlaydi. Mayda narsalarda yolg'on ishlatadigan bo'lsa, katta narsalarda ham aldashi hech gap emas. Bolasiga, hodimiga yoki ayoliga qanday munosabat qilayotgan bo'lsa, u asli shunday inson.

Yana bir do'stim bor, u ilmda bizdan qanday kuchli bo'lsa, stol tennisda ham shunday kuchli, shaxmatni ham bizdan yaxshi o'ynaydi.

Kompyuter o'yinlarini oxirigacha o'ynamadimi? Demak, u sabrsiz va tez taslim bo'ladigan inson. Playstationda jamoasining tarkibini tuzishga e'tibor qaratmadimi? Demak, u o'z ishiga puhta emas, duch kelgan narsa unga to'g'ri kelaverishini anglatadi.

10 months ago

Yaltirashni xohlaysan-u, lekin nega ishqalanishga chidab bermaysan.
(C) Mavlono Rumiy

Aqlli inson oldin qiynalib keyin rohatlanadi.
Aqlsiz inson oldin rohatlanib keyin qiynaladi.
(Qoida faqat bu dunyo uchungina emas)

Bir joyda, bir sohaning ustinda zahmat chekayotgan do'stim, yaltirashinga oz qoldi. Agar hozir rohatlanib yotgan bo'lsang, bardam bo'l umring qiynoqda o'tadi.

Atrofinga qara 40 yoshga kirgan ishi yo'q baxtli insonlarni uchratdingmi?

Ular doimo sohalarini o'zgartirib har safar 0 dan boshlashadi. Ishlab turgan joyida ozgina qiynalib, boshqa sohadagi muvaffaqiyat qozongon insonlarga havas qilib har safar ishlarini o'zgartirib turishadi, baribir 0 dan boshlashadi va ularning umri 0 dan u yog'iga o'tmaydi.

O'z ustingizda ishlang, muvaffaqiyat qozongan insonlarni uchratsangiz, bu ularni tanlagan sohasi osonligini anglatmaydi, shunchaki, ular shu yerga kelishlari uchun o'z vaqtida nimalardandir voz kecha olishgan.

Kun kelib kurashlarda o'tgan yillaringiz, umringizning eng shirin damlari bo'lganligini anglaysiz.

10 months ago

Davomi...

Muvaffaqiyat oddiy narsalarda, baxt oddiy narsalarda. Shunchaki, bunga ishonish kerak va nimadir qilish kerak, ha, to'g'ri o'qidingiz nimadir qilish.

Biror bir ish qilishdan oldin bizning yana bir kamchiliklarimizdan biri - eng mos paytni yoki shu ishning ustasi bo'lishni kutib o'tirishimiz.

Eringizga gap qaytarmaslikni o'rganish uchun psixologiya otasi bo'lishingiz shartmas yoki bolangizni yaxshi ko'rish uchun 4 yil universitetda o'qishning hojati yo'q.

Bruce Lee dan muvaffaqiyatining sirini so'rashganida u shunday javob bergan.
"Hammasi oddiy men qo'l bilan urish kerak bo'lganda qo'l bilan uraman. Oyoq bilan tepish kerak bo'lganda oyoq bilan tepaman".
-Bo'ldimi?
-Bo'ldi.

10 months, 1 week ago

Mukammallik - yaxshining dushmani.

Biz doimo bir ishni boshlashdan oldin, eng qulay vaqt, eng yaxshi mahsulot yoki eng yaxshi sharoit qisqasi hamma narsamiz eng eng bo'lgandan keyingina ishga kirishmoqchi bo'lamiz.

Birinchi yaratilgan samalyotlar hozirgi ko'rinishda bo'lgan emas, hatto hozirgi samalyotlarni ham eng mukammali deb aytish qiyin. Chunki har yili yangi rusumdaki va yangi qulaylikdaki samalyotlar ixtiro qilinadi.

Agar sizga bir g'oya kelgan bo'lsa, siz uchun yaxshi bo'lsa, tamom ishga kirishing.

Biror ishga kirishganingizda mukammalini xohlamaslikingiz ayb bo'lishi mumkin, lekin hali endi bir ishni boshlab mukammal bajara olmayotgan bo'lsangiz, to'xtab qolmang.

Aynan shuning uchun ham ne ne yigitlar hali ham oila qurisha olmayabdi (qizlar ham), ne ne g'oyalar amalga oshmay qolayabdi. 30 yoshga kirgan yigit xali ham bo'ydoq, agar u 22 yoshida yaxshi qizga uylanganida, balkim 8 yilda u qizdan o'zining mukammalini tarbiyalagan bo'lardi.

10 months, 1 week ago

Umr.

Inson hayoti har narsani mustaqil o'zi tajriba bilan o'rganadigan darajada uzun emas. Qisqa ham emas, biz uni shunchaki isrof qilamiz.

Bu yo'llarda biz birinchi bo'lib yurayotganimiz yo'q, minglab odamlar bosib o'tgan bu yo'llarni va bizlarni qaysi eng qisqa yo'l va qaysi yo'l xatarliligidan ogohlantirib ketishgan.

Odamlarni muammoda ekanligiga hayron qolaman, 30$lik kitob sotib olsa, ularning muammosi hal bo'ladi. (c) Charli Mangar

10 months, 1 week ago

O'lchangan narsani boshqarish mumkin.

O'zingizdaki qaysidir bir sifatni yaxshilamoqchimisiz oldin hozrgi turgan darajangizni aniqlab oling.

-Ko'p vaqtimni telefonda o'tkazaman.
-Kuniga necha soat?
-Anig'ini bilmayman.

Siz bir kunda 8 soat telefonda o'tirishingizni bilganingizdan keyingina, uni 7 soatga tushurishga harakat qilasiz.

Testlardan asosiy maqsad ham shu. O'zingizni darajangizni aniqlab olib, uni o'stirishga harakat qilishingiz kerak.

We recommend to visit

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 2 months, 3 weeks ago

? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓

?‍? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 1 year, 4 months ago

???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

? @Sotuvchi_A ?

Last updated 1 year, 4 months ago