Bekzod Zakirov

Description
Hissiyotdan yiroq, ilmiy asosi bor gaplar!
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 year, 3 months ago
Assalomu Alaykum guruhimiz a’zolari!

Assalomu Alaykum guruhimiz a’zolari!

Sizlarga eslatma sifatida yana shuni aytib o’tmoqchimizki, ertaga 12- avgust kuni soat 16:00 da seminar trainingimiz boshlanadi. Bu galgi mehmonimiz OXUS University Prorektori Bekzod Zakirov.

Bekzod Zakirov nafaqat Yaponiyada balik dunyodagi top universitetlar sirasiga kiruvchi Tokyo Universitetida Doktorlik Dissertatsiyasini yoqlagan hamda Nagoya Universitetida Bakalavr va Magistratura bosqichida tamomlagan. Hozirda Westminster Universiteti professori va OXUS universiteti Prorektori lkavozimida ishlab kelmoqda.

Ertangi training mavzusi “Study and Research in Japan”.

Bu galgi tashkilotchimiz JCI Tashkent klubi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telegram accountiga aloqaga chiqishingiz mumkin : @RasulovS06

Bizning manzil: Yunusobod tumani, C-6 mavzesi, Minor ko'chasi 57-uy. Ground Zero binosining 2- qavati.

1 year, 4 months ago
Bekzod Zakirov bilan: "Migrant"ga aylanayotgan talabalar, …

Bekzod Zakirov bilan: "Migrant"ga aylanayotgan talabalar, diplomning ahamiyati va b. haqida

*?***YouTubeda ko'rish**](https://youtu.be/rnh7ICGbCCk)*****?️*****[**Facebookda ko'rishLotin|Кирилл

1 year, 4 months ago

Bergan intervyuni to’liq versiyasi

1 year, 4 months ago
Bekzod Zakirov
1 year, 4 months ago

Bugungi suhbatdan parcha…

1 year, 4 months ago

Nega bizda hamma do'kon ochadi?Sababi oddiy – odamlar miyasiga bundan originalroq fikr kelmaydi. Bu ta’lim tizimi, ko’chadagi bu muhit, bu fikrlash tarzi bilan ortiqroq narsa kelishi ham mumkin emas.

Buning nimasi yomon dersiz. Iqtisodiy jihatdan yomon tomonlari ko’p:

Birinchidan, hamma kartoshka eksa, bozorda kartoshka narxi haddan tashqari arzonlab, boshqa sabzavotlar narxi ekilmagani hisobiga haddan tashqari qimmatlab ketadimi?! Magazin ko’payib ketsa ham shunday, daromad nolga tushadi.

Ikkinchidan, bu faoliyat turi past texnologiyali hisoblanib aqliy mehnatni talab etmaydi, biznes sohibini o’rganishga, ustida ishlashga undamaydi. Boshqa o’z rivojini kutib turgan xizmat turlari esa rivojlanmaydi, o’ta qimmatligicha qolaveradi.

Ota-bobolarimiz savdo orqasidan yutuqlarga erishishganku deyishingiz mumkin. Lekin, ular xalqaro savdo bilan shug’ullangan. Xalqaro savdo pepsi bilan kolani polkaga terib qo’yib, kun bo’yi kliyent kutib o’tirish emas.

Boshqa davlatlarda odamlar bir xil ish faoliyati bilan shug’ullanishdan qochadi.

Masalan, Germaniyada butun bir industriya - creative industry – ijod, kreativlik va madaniyat tarmog’i shakllangan. Unda 300 ming korxona ochilgan (O’zbekistonda jami 600 ming korxona mavjud), 1,2 million odam band. Bu industriyada ishlab chiqarilgan biror bir maxsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlar bir-biriga o’xshamaydi. Dizayn, hunarmandlik, video va foto montaj, street art, moda va hokazo.Go'yoki O’zbekistondagi holat – hamma bir xil ish qilishi – arqonning bir uchi-yu, Germaniyadagi bir-biriga o’xshashi yo’q faoliyat turlarini o’zida jamlagan ijod industriyasi boshqa bir uchi.

Hammamiz bir xil kasb qilishimiz shart emas. **Rivojlanish bu xilma-xillik.

Youtubega kiring, xohlagan, qiziqqan faoliyat turingiz bo’yicha qudiruvga bering. O’rganing, maxsulotingiz/xizmatingiz uchun qayerda talab borligini aniqlang va o’sha bozorga olib chiqing. Sizdan sotib olishadi, chunki siz birinchisiz**!

Alibaba asoschisi Jack Maning “Eng yaxshi bo’lma, eng birinchi bo’l!” degani bekorga emas. O'zbekistonga hali kirib kelmagan, lekin odamlarga kerak narsalar juda ko'p, siz birinchi bo'ling!

@eresearch_iqtisodiyot

1 year, 5 months ago
Bekzod Zakirov
1 year, 5 months ago

#talimgachizgilar

Nasib bog’cha maktab va universitet ta’limi bo’yicha shu sohani eng kuchli insonlarini yig’ib katta proyekt qilish ustidamiz. Osmondagi Bolalar da ko’pchilik xususiy ta’lim muassasalarini ta’lim borasida umumiy abstrakt g’oyadan farqli aniq bir gap bilan ifoda qila oladigan original filosofiyasi yo’q deb tanqid qilgandim. O’zim ham shu sohaga kirayotganligim uchun bizni filosofiya nima bo’ladi o’zi deb rosa o’yladim, xattoki kechalari shu o’y sabab uyqu yo’q...

Yaqinda bir qozoq bola bilan tanishdim. Nazarbaev maktablarini qurishda ishtirok etgan va boshqargan, undan tashqari qozog’istonda bir nechta juda katta xususiy maktab loyiharini ishlab chiqqan ekan. Uning aslida maktab konsepsiyasi qanday bo’lishi kerak degan prezentatsiyasini eshitdim: tajriba, bilim, xalqaro standardni uyg’unlashuvi, bestseller kitoblar va zamonaviy ta’limdagi trendlarni tushuntirib berganda to’g’risi og’zim lang ochilib qoldi! Qisqasi o’zini ishini juda ustasi daxshat bola.

Shu bola ta’lim falsafasidan gap ketganda bitta hikoya aytib berdi. “Manga bitta boy qozoq odam maktab ishlab chiqib dedi. Keyin bu maktabni qanday filosofiyaga qursam ekan deb bir necha oy rosa o’ylandim. Bir kuni moshinada radio eshitib ketayotgandim mashxur Abayning “odam bo’l” degan hamma qozoq biladigan gapni eshitib miyamda chaqmoqdek bir fikr paydo bo’ldi. Demak, yangi maktab shu ”odam bo’l” g’oyasi uni tagidagi 5 ta prinsipga asoslanadi! dedim.

Keyin chuqur o’ylab, bu maktabni ijtimoiy loyiha qilishga va har bir viloyatdagi uzoq qishloqlardan qiynalgan bolalarni izlab faqat shularni mutloqo bepul o’qitaman degan g’oyani o’rtaga tashladim. Yotoqxonada xonasidan turadigan 2 ta bola albatta turli turli viloyat va qishloqdan bo’lishi kerak deb shart qo’ydim, viloyatlararo birdamlikni mustahkamlash uchun. Bu tekin maktabni eng ajoyib joy, ko’lni bo’yidagi o’rmonda daxshat qilib qurishni reja qildim. Yillardan keyin bu maktab bitiruvchilari Qozog’istondagi eng kuchli universitetlarga kiradigan bo’ldi va afsus boylar ham bolasini olib kelib o’qitishni boshladi”.

Bu hikoyani eshitib mana necha kun kechalari uyqu yo’q…

1 year, 5 months ago

Jamiyatning korrupsiyaga qarashi haqida yoxud qachon korrupsiya kamayadi?Bu safar yana dolzarb mavzu bilan qaytdik! Bu galgi sonda jamiyatimizdagi eng og'riqli muammolardan biri bo'lgan «Korrupsiya» mavzusida o'z sohasining mutaxassislari bilan suhbatlashdik. ?

• Korrupsiya aslida nima?
• Qanday qilib
korrupsiya holatini kamaytira olamiz?
• Rivojlangan davlatlarda
korrupsiyaga munosabat qanday?Shu kabi mavzularda tahlillar va yechimlarni batafsil bilib olasiz, degan umiddamiz.

Havola orqali YouTube sahifamizga o'tib, suhbatni hoziroq tomosha qiling! ?

? https://youtu.be/lv0XFsgyXAI

Telegram

Alohida mavuz

1 year, 5 months ago

#Oliy ta’limga chizgilar…

Agar qo’limda oliy ta’lim dargohiga asosi solish imkoni bo’lganida hozirgi xususiy universitetlardan farqli ravishda nimalar qilgan bo’lar edim?

Birinchi ishni universitetdagi ta’lim filosofiyasiga tamal toshni qo’yishdan boshlar edim! Zamonaviy ta’lim, xalqaro o’quv dasturlari va hk.. bular siyqasi chiqqan va tabiiy bo’lishi kerak bo’lgan narsalar. Ta’lim filosofiyasi ta’limdagi o’zgarmas qadriyatlar va zamonaviy trendlar qorishmasidan kelib chiqishi kerak. O’zgarmas qadriyatlarga ilmiy erkinlik, tanqidiy fikrlash va demokratik boshqaruv tamoyillari kirsa zamonaviy trendlarga fanlararo kollaboratsiya, aralashma ta’lim, mahorat va ko’nikmaga asoslangan natijaviy ta’limlar kiradi. Ikkinchi qismda mani fikrlarim asosan “Range: Why Generalists Triumph in a Specialized World” kitobiga qurilgan bo’lar edi.

Ikkinchi ishni boshqaruvdagi strukturani qat’iy prinsiplar orqali bo’lish, ilmiy va korporativ ishlarni bir biridan mutlaqo erkin holda ajratish va buyruq zanjiri, ishlar va vazifalar taqsimotini chiroyli belgilagan holda institutsional boshqaruvga asos solishdan boshlar edim.

Uchinchidan…

Davomi bor…

https://t.me/Bekzod_Zakirov

Telegram

Bekzod Zakirov

Hissiyotdan yiroq, ilmiy asosi bor gaplar!

[#Oliy](?q=%23Oliy) ta’limga chizgilar…
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago