ZakoFakt

Description
Assalomu-alaykum bu kanalda
?Qiziqarli malumotlar
? Aniq faktlar.
?Zakovat savollari.
? Turli xil qiziqarli terminlar.
Haqida malumotlar berib boriladi:)
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

11 months ago
**"Sing Sing qamoqxonasi"

**"Sing Sing qamoqxonasi"

Sing Sing qamoqxonasi - 1826 yilda o'z ishini boshlagan qamoqxona bo'lib, Nyu-Yorkda Gudzon daryosining yuqori qismida joylashgan. Hindu qabilalar tilida "Sing-Sing" so'zma-so'z "tosh ustiga tosh" deb tarjima qilinadi.

Sing Sing qariyb 200 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va mahbuslar soni bo'yicha Qo'shma Shtatlarda ikkinchi o'rinda turadi. Ushbu qamoqxonadan faqat bitta odam bank qaroqchisi Villi Satton qochishga muvaffaq bo'ldi.

1935 yilda Qo'shma Shtatlarga safari davomida Sing-Singga ikki sovet yozuvchisi - Ilya Ilf va Evgeniy Petrov tashrif buyurganlar. Keyinchalik ular bu qamoqxona tasirida "Bir qavatli Amerika" kitobini yozganlar.**

@CroNos1122

11 months, 1 week ago
**4 kilometr balandlikdan yiqilib, tirik qolgan …

**4 kilometr balandlikdan yiqilib, tirik qolgan ayol

1999-yilda amerikalik Joan Myurrey 4,4 km balandlikdan parashyutda sakrash mashg'ulotida ishtirok etadi. Ammo, samalyotdan sakragach uning asosiy parashyuti ochilmaydi. Zaxira parashyut esa juda kech ishga tushiriladi.

Joan qariyb 130 km/soat tezlikda olovrang chumolilar uyasiga borib uriladi, ammo, qanchalik hayratlanarli bo'lmasin, tirik qoladi. Uni davolagan shifokorlarning fikriga ko'ra, 200 dan ortiq chumoli chaqishi natijasida Joanda adrenalin paydo bo'lgan, bu esa ayolning yuragi qayta urib ketishiga sabab bo'lgan.

Bir qancha operatsiyalardan keyin tuzalib ketgan Myurrey xonim yana parashyutdan sakrashda davom etgan.**

@CroNos1122

1 year ago

#Bugun
22-noyabr-Xalqaro psixologlar kuni!
Barcha hamkasblarimizni bugungi bayram bilan tabriklab  ishlariga omad, oilaviy baxt  hamda kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz !

Malumot uchun?

“Psixologlar” 1994-yil 22-noyabrda Moskva psixologlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan. 2000-yil 22-noyabrdan boshlab xalqaro darajada bayram sifatida belgilangan.

@CroNos1122

1 year ago
**Peniafobiya - kutilmagan holatdagi kambag'allikdan qo'rqish**

Peniafobiya - kutilmagan holatdagi kambag'allikdan qo'rqish

@CroNos1122

1 year, 1 month ago

#bilasizmi

Yakshanba kunini dam olish kuni deb e'lon qilgan birinchi inson bu - Rim imperatori Buyuk Konstantin

@KoiNotlikBiz

1 year, 1 month ago

#fakt
Dunyodagi eng qimmat imzo

Bu imzo Uilyam Shekspirga tegishli bo'lib, dunyoda faqatgina 6 dona borligi ma'lum qilingan. Romeo Julletta kabi mashxur asarlar mualifining imzosi - 5mln dollar turadi!
@KoiNotlikBiz

1 year, 2 months ago

#fact

Ikkinchi jahon urushi paytida Stalingrad deb nomlangan shahar hozirda Volgograd deb nomlanadi. Stalingrad shahrida fashistlar bilan hal qiluvchi jang bo'lgan.

@CroNos1122

1 year, 2 months ago

#qiziqtarixiy_faktlar

*1.  Rus shohi Petr I piyonistalikka qarshi kurashning o'ziga xos usulini tanlagan. Buning uchun piyonistaga vazni 7 kiloga teng medal hadya etishardi. Lekin medalni yechib qo'yishi qat'iyan taqiqlangan.

2.  Tayland davlat madhiyasini rus bastakori yozib bergan.

3.  Xrushchev Amerikadagi “Pepsi” kompaniyasining reklama agenti bo'lgan.

4.  Qadimiy Xitoyda erkaklarga kokil o'stirish taqiqlangan. Bu feodalizm illati sifatida qabul qilingan.

5.  Qadimiy Rim imperatori Neron o'z qo'lidagi qul erkakka uylangan.

6.  Arab harflarini arablarning o'zi emas, hindistonlik matematiklar yaratgan.

7.  Dunyo tarixida eng uzoq davom etgan urush 335 yilga cho'zilgan. Lekin shuncha ko'p vaqt davomida urushgan tomonlarning bironta ham askari halok bo'lmagan.

8.  Tutanxamonning ota-onasi aslida opa-uka bo'lgan ekan.

9.  18-asrga qadar Rossiya davlatining o'z bayrog'i bo'lmagan.

10.  1941 yil noyabr oyidan sobiq sovetlar ittifoqida farzandsizlik uchun alohida soliq to'langan. Soliq miqdori to'lovchi maoshining 6 foizidan iborat bo'lgan.

11.  Gitlerning asosiy dushmani Stalin emas, balki Yuriy Levitan bo'lgan. U dushmanining boshi uchun 250 ming marka mukofot ham e'lon qilingan

  1. Ulug' vatan urushida qizil armiya safida Semyon Konstantinovich Gitler ismli pulemyotchi bo'lgan. Uning millati yevrey edi.

14.  17-asrda termometrning ichiga simob emas, konyak quyishgan.*
@CroNos1122

1 year, 2 months ago

#Shaxslarga _tegishli _fikrlar

  1. “Yetarlicha suvni ham, yerni ham, quduq tubidan topasizda” - Spartaliklar forslarga aytishgan

  2. “Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn etildi” - Demosfen

  3. “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir” - Geraklit

  4. “Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan mayda-mayda zarralarda - 
    atomlardan tashkil topgan” - Demokrit

  5. “Insonda hech qanday ehtiyoj bo’lmasligi kerak” - Diogen

  6. “Evrika” - Arximed

  7. “Menga tayanch nuqtani topib bersangiz, Yerni ag’darib yuboraman” - Arximed

  8. “Mening chizmalarimga qo’l tekkizmagin” - Arximed rimlik 
    askarga

  9. “Hech narsani bilmasligimni bilganim uchun ham meni donishmand deb hisoblashsa kerak” - Suqrot

  10. “O’z-o’zingni angla” - Delfiya ibodatxonasida yozib qo’yilgan 
    hikmatli so’z-   Suqrotning sevimli so’zlari

  11. “Shuncha narsadan bemalol voz kechib ham yashash mumkinligi naqadar ajoyib!” - Suqrot bozorda sayr qilib yurganida aytgan

  12. “Keyin qo’shin bilan saklar ustiga yurish qildim. 
    ….Men shunday bo’lishini xohladim. So’ngra bu mamlakat menga tobe bo’ldi” - Doro I ning Behistunda yozib qo’yilgan gaplari

  13. Amudaryodan ikki podsho kechib o’tgani, ikkalasi ham mag’lubiyatga uchragani, shu bois yurishga yaxshi tayyorgarlik ko’rish kerakligi lozimligi to’g’risida maslahat - Aristotelning Aleksandrga maslahati

  14. “Qur’a tashlandi” - Yuliy Sezar

Davom ettiramiz....

@CroNos1122

1 year, 3 months ago

#Ateizm

"Ateizm" yunonchadan "Xudoni inkor etish", "Xudosizlik" deb tarjima qilinadi. Yoki Xudo yo'qligiga ishonish.

Bir kuni faylasuf Diagor Melosskiy o'zining juda qimmatli qo'lyozmasini yo'qotib qo'yadi. Diagorning ibodatlariga qaramay, qo'lyozma unga hech qachon qaytib kelmaydi va natijada u Xudolarga bo'lgan ishonchini yo'qotadi. Shundan beri Diagor ilk ateistlardan biri deb aytila boshlangan.

Mixail Zadornovning fikriga ko'ra qulayotgan samolyotda ateistlar bo'lmas ekan. Sababi, aynan o'sha paytda xattoki ateistlar ham tirik qolish ilinjida ibodat qilishar ekan.

@CroNos1122

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago