@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 7 months ago
*♟️Rektor kubogi: O‘qituvchilar o‘rtasida shaxmat turniri!*
Profi University Navoiy filialida o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Rektor kubogi shaxmat turniri qizg‘in bahs va aqliy duelga boy bo‘ldi. Turnir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va strategik fikrlash mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
G‘oliblar munosib taqdirlandi, va bu tadbir barcha ishtirokchilarga yangi ruh va motivatsiya baxsh etdi. Shaxmatga bo‘lgan muhabbatni oshirishga xizmat qiluvchi mana shunday turnirlar kelajakda ham davom etadi!
Videolavhani tomosha qiling va turnirning eng hayajonli onlarini birgalikda kuzating!
@navoiyprofiuniversity
Profi University asoschisi Bektosh Xatamovga!
Hurmatli Bektosh Xatamov!
Bugungi kunda biz bir oiladek mustahkam jamoa bo‘lib, siz asos solgan Profi Universityda muvaffaqiyat sari birgalikda qadam tashlamoqdamiz. Bu erishilgan yutuqlar, quvonchli daqiqalar va yuksak maqsadlar uchun sizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!
Sizning har bir g‘oyangiz, mehnatingiz va fidoyiligingiz biz uchun o‘ziga xos ilhom manbai bo‘lib, universitetimizni yangi marralarga olib chiqmoqda. Sizni nafaqat yirik loyiha asoschisi sifatida, balki o‘z ishiga chin dildan mehr qo‘ygan inson sifatida chuqur hurmat qilamiz.
Tug‘ilgan kuningiz bilan, ustoz va yetakchi!
Sizga sihat-salomatlik, yangi g‘oyalar, yorqin kelajak va universitetimiz tarixiga yangi sahifalar yozishingizni tilab qolamiz. Yulduzlar kabi yuksak bo‘ling, dengizdek cheksiz orzularingiz amalga oshaversin, va albatta, barchamizning g‘ururimiz bo‘lib qoling!
Hurmat bilan,
Profi University Navoiy filialining jamoasi!
❗️ Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.
Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo'llab-quvvatladilar!
*? Xalqaro Talabalar kuni bilan tabriklaymiz!
Hurmatli talabalar!*
Bugungi kun, 17-noyabr, dunyo bo'ylab yoshlarning bilim olishga bo'lgan intilishi, izlanish va yuksak maqsadlariga bag'ishlangan kun. Siz – Profi universitetimizning yorqin kelajagini yaratadigan, innovatsion g‘oyalar bilan dunyoni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan kuchsiz!
Sizning mehnatingiz, sabr-bardoshingiz va intilishingiz tufayli universitetimiz har kuni yuksalishda davom etmoqda. Biz siz bilan faxrlanamiz va har biringizga katta ishonch bildiramiz.
Bugungi bayram bilan tabriklab, sizga cheksiz imkoniyatlar, a'lo natijalar va porloq kelajak tilayman! Kelgusidagi har bir qadamingiz omadli va muvaffaqiyatlarga boy bo'lsin!
Hurmat bilan,
Olgerd Aleksandrovich Filippov
Profi universiteti Navoiy filiali rektori
*? Profi Universitetining yangi binosi – rivojlanishning yangi bosqichi!*Universitetimiz yangi binosining qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda! Bugungi kunga kelib 1-qavatning barcha qurilish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Endi esa navbat 2-qavatga o‘tdi, bu esa universitetimiz uchun yangi imkoniyatlar va yanada ko‘rkam muhit yaratishni ta’minlaydi.
Yangi bino talaba va o‘qituvchilarimiz uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Barcha yangiliklar bilan tanishib borish uchun kanalimizni kuzatib boring!
*? Biz birga o‘smoqdamiz!*@navoiyprofiuniversity
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 7 months ago