Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 6 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Hozirgi kunda Koreyada yashayotgan o'zbek oilalar ko'payib borishini kuzatishimiz mumkin. Aynan farzandlarini Koreya maktabida o'qitish yoki O'zbekiston maktabida o'qitishlari haqida ikkilanayotgan ota-onalar ham bo'lishi mumkinligini e'tibor olgan holatda 2025-yildan Koreya ta'limida qanday o'zgarishlari sodir bo'lishi haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchiman.
Har yili kuz oylarida Koreyadagi ta'lim sohasidagi mutaxassislarning Koreya ta'lim yo'nalishida qanday o'zgarishlar kiritish kerakligi hamda o'zgarishlarining davlat uchun yaxshi va yomon taraflarini muhokama qilingan "2025-yildagi Koreya ta'lim yo'nalishi"(대한민국 교육 트렌드 2025) mavzusi doirasida kitob chiqariladi.
Ushbu kitobda 2025-yildan Koreya ta'limida qadamba-qadam quyidagi o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda:
**1)AI 디지털교과서 - Maktab uchun AI raqamli darsliklar, ya'ni sun'iy intellektga asoslangan darsliklar
2)유보통합 - Bolalar bog‘chalari integratsiyasi, ya'ni yasli(어린이집) va bog'cha(유치원) birlashib bitta bo'ladi.
3)늘봄학교 - Nilbom maktabi, ya'ni boshlang'ich maktabdagi darsdan tashqari to'garak dasturi (oldin 방과후 alohida, 돌봄 alohida edi)
4)고교학점제 - O‘rta maktab kredit tizimi, ya'ni o'rta maktab(중학교) va yuqori maktab (고등학교) o'quvchilari o'zlari qiziqadigan fanlarni erkin tanlab o'qishlari nazarda tutilyapti. (ozgina universitet kredit tizimiga o'xshaydi)
5)교육발전특구 - Ta’limni rivojlantirish hududlari, ya'ni belgilangan hududdagi mahalliy hukumat, ta'lim idoralari, universitet hamda korxonalar hamkorligida iqtidorli kadrlarni tayyorlab, o'sha hududda muqim yashashi uchun sharoitni yaratadigan tizim hisoblanadi.
6)의대 정원 확대 - Tibbiyot universitetlariga talabalar kvotasini kengaytirish**
Hozirgi kunda yuqoridagi o'zgarishlardan ba'zi birlari hali ham muhokama qilinyapti. Oxirgi qaror yil boshida e'lon qilinishi kutilmoqda.
Manba: Post "2025-yildagi Koreya ta'lim yo'nalishi"(대한민국 교육 트렌드 2025) kitobi asosida tayyorlandi.
@seul_global_markazi
📣 Omonatni yetkazdik!
Xabaringlar bor, bir muddat oldin "1345 외국인종합안내센터" (Koreya immigratsiya xizmati call-markazi) haqida guruhda hamyurtlarimiz bilan o'zaro jonli suhbat qilgan edik.
3 soatdan ortiq davom etgan ushbu suhbatimizda yillar davomida va shu kungacha mavjud bo'lmagan o'zbek tilini alohida til sifatida qo'shish, viza va immigratsiya masalalari bo'yicha o'z ona tilimizda ham rasmiy ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lish haqida atroflicha muhokama qilgan edik.
Suhbat oxirida bu bo'yicha asoslantirilgan taklif ishlab chiqib, Koreya adliya vazirligi va immigratsiya xizmatiga taqdim qilishni ham rejalagan edik.
Suhbatda o'z fikr-mulohazalari va takliflari bilan qatnashgan hammaga, ayniqsa, yozib olingan suhbatni taklif holatiga keltirishda faol ishtirok etgan 2 ta jonboz yurtdoshimizga -
Katta Gwangjudan Qobiljon
- suhbat mazmunini to'liq matnga o'girish, uni jamlab, tahrirlab, rasmiy taklif holatiga keltirish va oxirida yuqori saviyada koreys tiliga tarjima qilishdagi juda katta yordami uchun
Daegu/Gyeonsandan Axmadjon
- suhbat mazmunini to'liq matnga o'girishdagi katta yordami uchun
hammaning nomidan alohida va chuqur minnatdorchilik bildiramiz! 🤝*👏***
Ushbu omonatni imkoniyat bo'lib qolgan paytda Koreya adliya vaziri (박성재 법무부 장관님)ga va Koreya immigratsiyasi boshlig'i (배상업 출입국-외국인정책본부장님)ga shaxsan va bevosita yetkazdik (2024.09.04). Adliya vaziri ushbu taklifni alohida o'rganib chiqishlarini aytdilar.
Kelajakda ushbu taklif bo'yicha hammamiz kutgan ijobiy natijalar bo'ladi, deb umid qilamiz.
Omonat eng yuqorida darajadagi kishilarga yetkazilgani haqida hammangizni xabardor qilib qo'ydik.
Isbotlari mana bu postda keltirilgan.
Kanal:👉 t.me/SalomKorea
Guruh:👉 t.me/SalomKoreya
📣 Fikrlaringizni yetkazamiz
Yaqin orada Koreya adliya vaziri va immigratsiya xizmati boshlig'i bilan ko'rishib, quyidagi savollarning javobini jamlab turib, hammamizning nomimizdan yetkazish imkoniyati bo'ladi.
Marhamat, siz ham fikrlaringizni shu postga javob (reply) tariqasida guruh orqali yuboring.
Quyidagi savollarga o'z tajribangizdan kelib chiqib, sizga qulay tilda, erkin javob bersangiz bo'ladi.
1) 자동출입국 심사대를 아시나요?
Koreya aeroportlaridagi avtomatlashtirilgan (xodimsiz) kirish-chiqish tizimi haqida nimalarni bilasiz?
2) 자동출입국 심사대의 좋은 점은 무엇인가요?
Koreya aeroportlaridagi avtomatlashtirilgan (xodimsiz) kirish-chiqish tizimining yaxshi tomonlari nimalardan iborat deb o'ylaysiz?
3) 대한민국 출입국 제도 중에 편리하다고 느낀 제도가 있나요?
Koreya immigratsiya siyosatidagi qaysi jihatlarni (imkoniyatlarni) o'zingiz uchun qulay deb his qilgansiz?
4) 대한민국 출입국 제도 중에 필요하다고 생각되는 제도가 있나요?
Immigratsiya siyosatida yana qanday siyosatlar (imkoniyatlar) kerak deb o'ylaysiz?
5) 한국에 체류하면서 느꼈던 애로사항.
Koreyada yashash davomida boshingizdan qanday qiyinchiliklar kechirgansiz?
Javoblarni yuborish uchun guruh:
👉 t.me/SalomKoreya
*📣 Bularni bilar edingizmi?*
Koreyadagi yurtdoshlarimiz uchun xolis va tizimli ma'lumot topish qiyin davrda yashayapmiz.
Koreyaga kelib, ma'lum bir sohada bilim va tajriba orttirgan, shu yo'lda boshqa hamyurtlarimizga xolis, beg'araz yo'l-yo'riq va professional yordam berib kelayotgan faollarimiz ko'p.
Bugun sizlarga biri boshqasini takrorlamaydigan bir nechta foydali kanallarni tavsiya qilmoqchiman.
Boshqalar qoqilgan joylarni aylanib o'tish, boshqalar erishmagan narsalarga erishishni istasangiz, marhamat, bitta tugmaga bosish orqali hammasiga a'zo bo'ling.
Koreyadagilar uchun foydali kanallar:
👉 [LINK] 👈
🤝 Kanalingiz shu ro'yxatda bo'lsa, ushbu postni o'z kanalingizda ham o'rtoqlashib qo'ysangiz, yana ham ko'pchilikka yetib borishiga yordam bergan bo'lasiz.
✅ Ushbu ro'yxat vaqti-vaqti bilan yangilab boriladi. Eng oxirgi yangilangan variantini mana bu yerdan ko'rishingiz mumkin.
Agar kanalingiz bu ro'yxatga kirmay qolgan bo'lsa, unda mana bu postga o'ting.
Koreya Reapublikasida qonuniy ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan xotin-qizlar diqqatiga!
Joriy yilning 12 iyul kuni Koreya vaqti bilan soat 19:00 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda tegishli vazirliklarning mas'ul bo'linmalari ishtirokida, xorijda ish faoliyati davrida taziyqga uchragan, qiyin ahvolda qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarimizning muammo va takliflarini tinglash hamda ushbu muammolarga yechim topish maqsadida onlayn muloqat o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu havola orqali onlayn ishtirok etishingiz so'raladi:
https://t.me/koreya_migratsiya_2024
Qatnashuvchi fuqarolarimizdan avvaldan quyida ko'rsatilgan raqamlarga qo'ng'iroq qilgan holda ma'lum qilishlarni so'rab qolamiz.070-4252-2772
062-962-02-01
Elektron manzil: [email protected]
Kanalga obuna bo'lish:
Telegram |Facebook|Instagram
Koreyada o'sayotgan o'zbek bolalar kichikligidan O'zbekistonga borib kelishi muhim ekan. O'zimning tajribamdan kelib chiqib, O'zbekistonda bolamizni hayratga solgan quyidagi holatlarni kuzatdim;
2.Hovlidagi daraxtda meva osilib turishi(masalan, gilos, o'rik), uzib uni hamma o'tirib yeyishi kabi qadriyatlar hamda tabiat bilan yaqindan tanishish, daraxtdagi mevani yeyish uchun uzib olish kabi jarayonlar bola miyasiga yaxshi stimul beradi. Shuning uchun Koreyadagi bog'chalar bolachalarni qulupnay issiqxonasiga olib borisharkan deb qoldim.
3.O'zbekistondagi odamlar koreys tilida gapirmasligini bilishi, bu ham bola miyasiga bir xil muhitdan birdan boshqa muhitga tushib qolishi aqliy rivojlanishiga ta'sir qiladi, ya'ni atrof-muhitni tahlil(analiz) qilish ko'nikmasini rivojlantiradi.
Xullas, biz kattalarga oddiy ko'ringan narsalar chet elda o'sayotgan o'zbek bolalarga g'ayrioddiy ko'rinarkan:)
Eng muhimi bola O'zbekistonni yaxshi ko'rib keladi.
@seul_global_markazi
Yuqoridagi videoni ko'pchilik talabalarga ko'rishni tavsiya qilaman.
Koreyada talaba sifatida osonroq va sifatli yashash yo'lini tushuntirib beribdilar, Elyor ukamiz. Boshlagan ishlari xayrli va manfaatli bo'lsin!
Play marketdan "에브리타임" ilovasini yuklab olib, Koreyadagi talabalar jamiyatini bilish imkoniyati, kelajagingiz uchun sifatli ta'lim va qimmatbaho sanalgan vaqt resursingizdan unumli foydala olarkansiz.
"Qaniydi talabalik davrim shunday ilovani bilganimda edi" deb qoldim, garchi bitirishimdan 1yil oldin bu ilova chiqqan bo'lsa ham:)
@seul_global_markazi
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 6 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago