BBA | Andijon

Description
BMBA va BMBAning Andijon viloyati bo'limiga oid rasmiy xabarlar bilan tanishib borishingiz mumkin!

Bizning Youtube kanal, a'zo bo‘ling! https://youtube.com/@bbaandijon

Tel.: 742374278 (Du-Ju 09:00-18:00)
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago

2 months, 3 weeks ago

#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 12-iyul kuni 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi

?????
TelegramYouTube | Facebook |

2 months, 3 weeks ago

#Ovozli_chat
**Oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chat

? Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat** o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

? Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

?????
TelegramYouTube | Facebook |

2 months, 3 weeks ago

Abituriyentlar diqqatiga!Ertaga, 12-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar va 14:00 dan 15:00 ga qadar abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

?????
TelegramYouTube | Facebook |

3 months ago

⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik

? 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.

? Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).

?‍??‍?Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.

Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.

? Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

??‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.

Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.

?? Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

? Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi.

? Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi.

☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Qabul jarayoniga oid mavzulashtirilgan videoroliklar (o‘zbek va rus tillarida surdotarjima bilan) tayyorlanib, e’lon qilib borilmoqda.

?????
TelegramYouTube | Facebook |

3 months ago

#Qabul2024

2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelgan savollarga javoblar

7. Magistraturaga talabalar qay tartibda qabul qilinadi?

Belgilangan tartibga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida amalga oshiriladi. Bunda, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilinadi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
8. Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan yoki qabul qilinmaganligi to‘g‘risidagi natija qachon e’lon qilinadi?

Magistraturaga qabul qilish belgilangan qabul kvotalari doirasida ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 20-avgustga qadar tasdiqlanishi belgilangan.

9. Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘qishini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan (ya’ni, noturdosh) ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tartibiga izoh bersangiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘qishini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan (ya’ni, noturdosh) ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tartibi alohida yangilik sifatida noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
Aslida talabalar o‘qishini respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish tartibi Prezidentning 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qarori bilan tasdiqlangan. Unga ko‘ra, mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish uchun talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
O‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan (ya’ni noturdosh) ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi. Ya’ni, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdori har yili Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi va u yo‘nalishga qarab bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 8 baravaridan 25 baravarigacha bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda, o‘qishni ko‘chirish jarayonida namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi beriladi yoki GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba sifatida qayta o‘qish uchun tegishli kursda qoldirish taklifi beriladi. Bunda kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi.

?????
TelegramYouTube | Facebook |

Telegram

BBA | Andijon

#brifing ***❕***2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelgan savollarga javoblar 00:18 Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar qachondan boshlanadi?…

3 months ago

#Qabul2024

2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelgan savollarga javoblar

  1. Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar qachondan boshlanadi?

Prezident farmoniga muvofiq, joriy yil oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi belgilangan. Shunga ko‘ra, dastlab kasbiy/ijodiy imtihonlar 53 ta oliy ta’lim muassasasida 5–19-iyul kunlari o‘tkazilishi tasdiqlandi. Ya’ni ertadan boshlab belgilangan Oliy ta’lim muassasalarida sport, san’at, jurnalistika kabi alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarda kasbiy/ijodiy imtihonlar boshlanadi.

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini sanasi bo‘yicha ma’lumot rasman tasdiqlangandan so‘ng vazirlikning rasmiy sahifalari orqali qo‘shimcha xabar beriladi.

  1. Imtihonga kirish uchun ruxsatnomalarni qayerdan olsa bo‘ladi?

Ruxsatnoma abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetida shakllantiriladi. Abituriyent ruxsatnomasida imtihonlar o‘tkaziladigan manzil, kuni va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozirda kasbiy/ijodiy imtihonlarga kiradigan abituriyentlar shaxsiy kabinetlaridan ruxsatnomalarni yuklab olishlari mumkin.

Test sinovlariga kirish uchun ruxsatnomalar ham my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

  1. Ro‘yxatdan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi?

Ruxsatnomalarni my.uzbmb.uz saytidagi abituriyent shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Bunda onlayn ro‘yxatdan o‘tishdagi telefon raqam login o‘rnida hamda o‘zlari qo‘ygan parolni kiritgan holda shaxsiy kabinetga kirib, ruxsatnomani yuklashi mumkin. Agarda telefon sim kartasi yo‘qolgan va parol yoddan ko‘tarilgan bo‘lsa, quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

- Aloqa kompaniyasiga borib, ro‘yxatdan o‘tgan raqamni qayta tiklash (sim kartani yangilash);

- Yoki buning ham imkoni bo‘lmaganda Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilganda, murojaatchi so‘ragan boshqa telefon raqamiga o‘zgartirib beriladi.

  1. Kechikib kelgan abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat beriladimi?

Imtihonga kechikish mumkin emas. Imtihonlarning boshlanish aniq vaqti abituriyent ruxsatnomasida yozilgan bo‘ladi. Shu bois, abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

  1. Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi?

Yo‘q, abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qaysi viloyatni belgilagan bo‘lsa, ayni shu hududda tashkil etilgan imtihonda qatnashishi mumkin. Boisi, shu abituriyent uchun test materiallari ayni u belgilagan hudud uchun ajratilgan bo‘ladi va uni almashtirish imkoni mavjud emas.

  1. 5 tagacha yo‘nalishni tanlash saqlab qolinganmi?

Ha, bu yil ham abituriyentlar kirish imtihonlarining yakuniy natijalari chiqqandan so‘ng, mutaxassislik fanlariga mos 5 tagacha yo‘nalishni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun ularga test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun muhlat beriladi. Ushbu muddat davomida abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

?????
TelegramYouTube | Facebook |

5 months, 1 week ago
***?******?******?***

???

? Andijon viloyatida 28-aprel kuni Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi joyi bo‘yicha MA'LUMOT; ? Andijon davlat universiteti binosining ma'ruzalar zali.
28-aprel kuni 2-smenada test sinovining yozma qismi o‘tkaziladi

?Manzil: Andijon shahri Universitet ko‘chasi 129-uy
(75-raqamli yonalishli avtobus yoki damas bilan yetib borish mumkin).

?Yetib borish GEOLOKATSIYASI

?‍? Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

⚠️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.BBA Andijon rasmiy sahifalari:
TelegramYouTube | Facebook |

5 months, 1 week ago
BBA | Andijon
5 months, 1 week ago

Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati

Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda.

*✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi* ishlab chiqildi.

⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

? Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin.

BBA Andijon rasmiy sahifalari:
TelegramYouTube | Facebook |

7 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago