Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
♻️ODAMZOD
Dastingdan gohida degim kelar dod.
Abadiy emassan bo'lsa hamki erk.
Buncha kerilasan go'yo odamzod?
Sensiz hayot davom etmayotgandek.
Atrofga termulsang sehrlaydi baxt.
Siqilib ne darkor kerak emas g'am.
Bizsiz ham o'z ishin qilaverar vaqt.
Oftob chiqaverar ko'kka bizsiz ham.
O'zingday yaxshi ko'r o'zdan boshqani.
Bu hisni qo'llashga hamnafas hayot.
Molekulamasmiz maydalashgani..
Biz axir odammiz ongli mavjudot.
Taqdir yaxshi-agar yomon bo'lmasang.
E'tibor jalb qilma iymon yo'q payti.
O'ziga manfaatli tomon bo'lmasa
Hech kim yurak yutib hayratlanmaydi.
Hech kim yashamaydi sen chekkan dardda.
Kibrmas sabrni yoqtirar hayot.
Bizga ajratilgan ma'lum muddatda.
Chiroyli yashaylik qo'ygin odamzod.
✍Faxriyor Baxtiyorov
31.01.2025
***Garchi buzilsada berilgan lafzi.
Manfaatga ishlaydi qilingan bahsi,
Men ham insonman-u lekin fikrim shu,
Xayoldan kattaroq insonning nafsi.
Qarasang atrofda har narsa firib,
Hushingdan chiqmagan,tushingga kirib.
Xayoldan kattaroq insonning nafsi
Bo'lmas o'lmaguncha kichiklashtirib..
✍Faxriyor Baxtiyorov***@Faxriyor_ijod
*♻️*SOG'INCH..)
Bu jarayon tushmidi yo o'ng?
Nigohlarni ozroq yoshladim.
Ko'rishguncha degan so'zdan so'ng
Men seni sog'ina boshladim.
Dimog'imga yoqardi hiding..
Xudo senga bergan oqlikni
Ketmoqlikni xohlamas eding.
Xohlamasdim ketkazmoqlikni.
Poyezd yurdi..derazasidan
Barmoqlarni silkitding yig'lab.
Artikulyasiyangni tushundim.
Sevaman deb shivirlardi lab.
Noz qil lekin uydagilarga..
Menga tegishingni aytib kel.
Iltimos-u taklif talabim
Tosh shaharga tezroq qaytib kel.
Vaqt tez o'tsin kelib poyezd(da)n
Tushib darhol quchoqqa otil.
Men sog'inchdan o'lib qolaman
Tugamasa agarda ta'til..
Ko'rishguncha degan so'zdan so'ng
Men seni sog'ina boshladim..)
✍Faxriyor Baxtiyorov
26.01.2025**@Faxriyor_ijod
*♻️YAKSHANBA)
Jonim meni tushunginey..va his qilgin..
Ta'ma qilma asab bo'lma,bo'lma manman..
Sog'insang ham kelsa hamki juda ko'rging..
Yakshanba kun uchrashmaylik charchaganman..
Xayollarda bo'laqolsin sevgi sayli..
Xayolimga kelasanki o'lmay qolsam..
To'yib uxlay tushlarimga kirgin mayli..
Qo'ng'iroq qil juda mazzang bo'lmay qolsa..
Eslamading eslanmadim eslamadim..
O'z-o'zingni qiynamaysan nozik tansan..
Yakshanba kun mayli sog'inch buyuklashsin..
Men o'yladim sen ham juda charchagansan..
✍Faxriyor Baxtiyorov*@Faxriyor_ijod
"Yomg'irni gapirma seni ko'rgani
Bugun boraman tosh yog'ib tursada"
✍Faxriyor Baxtiyorov she'ri
@dilshod_fayzullayev tomonidan ajoyib va samimiy ijro qilinibdi! E'tibor uchun kattakon rahmat!
Qalbim qalbing sovchisi bo'lgan
Bu yoqimli bu eng go'zal his
Bobom bo'ri ovchisi bo'lgan
Sevib qolar meni hamma qiz
✍Faxriyor Baxtiyorov
*Sinoati ko'pdir balki olamning,
Nimalar o'tmoqda bilsang ichimdan.
Tushlar ta'birini yozgan odamning
Tushiga kirmagan mening kechinmam.
Ishq deya fidoyi bo'lgan ko'p jonlar.
Sevgiga yo'yishgan yaxshi ko'rishni.
Men orzu qilganman allaqachonlar,
Qo'llaringdan mahkam ushlab yurishni..
Qo'yib yubormaslik majburiyating..
Buni anglab yetgin yurmagin bilmay.
Qabul qilmasaydi meni niyating,
Rad javob berarding o'ylab o'tirmay.
Yoqimli ishqimga juda arziysan,
Asabni buzguvchi holatga borma.
Tabassum qilyapsan gulim,azizam,
Demak qo'llarimni qo'yib yuborma.
✍Faxriyor Baxtiyorov
30.05.2024*@Faxriyor_ijod
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago