ASTIR | official channel

Description
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago
1 month, 2 weeks ago

#Ish

Maya va Unreal Engine ni (Boshllangiz ko'nikma bo'lsa ham bo'ladi) biladigan bittta ishchi olinadi. Asosiy vazifasi Animatsiyali fayllarni export qilib keyin Unrealga import qilish kerak. Tushunmagan joyi o'rgatiladi

Bog'lanish: @abdulatif_haydarov

1 month, 3 weeks ago
***⚡️***Shu kunlarda ko'rgan kontentlarim ichida eng …

⚡️Shu kunlarda ko'rgan kontentlarim ichida eng ta'sirlisi shu bo'ldi!

Haqiqatan ham, Otabek aka boshchiligidagi jamoa juda dolzarb mavzuni ko'tarib chiqishgan. Dunyodagi vaziyatdan to'g'ri xulosa qilishga yetarli asos bo'ladi.

Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

1 month, 3 weeks ago
1 month, 3 weeks ago

Uy animatsion filmi qisqa fursatda qayta joylanadi...

1 month, 3 weeks ago
UY animatsion filmi TIZERI

UY animatsion filmi TIZERI
(Ertaga toliq variantini ko'rishingiz mumkin)
Loyiha raxbari: Отабек Хасанов
Postanovkachi rejissioyor: Abdulatif Haydarov
Postanovkachi rassom: Farid Hamraqulov
Ssenariy muallifi: Шокир Холиқов
Kompozitor: Алексей Извольский
CGI & Animatsiya: Astir Animation Studio
Loyiha :Ma’naviyat va ma’rifat markazi

https://youtu.be/rtOlr4IDbJA

1 month, 3 weeks ago
**“QO‘ZIChOQ VA TOYChOQ”**

“QO‘ZIChOQ VA TOYChOQ”
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor: Odil Mahamadov
Davomiyligi: 10 daqiqa
Ishga tushirilgan vaqti: 2024-yil
Film tayyor bo‘lishi muddati: 2025-yil, iyul
Formati: 2D
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurmasiga ko‘ra ishga tushirilgan “Qo‘zichoq va Toychoq” animasion filmida zamonaviy voqealar tavirlanadi. Kasalxona binosi devoriga e’lonlar taxtasini bolg‘a bilan qoqayotgan Mushukcha uni baland ovozda o‘qiydi: “Ehtiyot bo‘ling, mikroblar sog‘ligimiz dushmani, ular bizning tanamizni qurshab olib bizga hujum qiladi, mikroblar juda kir, ular bizni ko‘zimizga ko‘rinmaydi, ular juda xavfli!” Bu gaplarni eshitgan Qo‘zichoq qo‘rqib ketadi va qocha boshlaydi. Yo‘lda unga Toychoq yo‘liqadi. U Toychoqqa ham qochish zarurligini aytadi. Ikkalasi birgalikda yugurib ketishayotganda Toychoq gap nimadaligini bilib qoladi. Qo‘zichoqqa mikroblardan qochish kerak emasligini, ularga qarshi kurashish zarurligini aytadi...
Animasion filmning kichik tomoshabinlar uchun tarbiyaviy ahamiyati katta.
“Qo‘zichoq va Toychoq” animasion filmi 2025-yil bolajonlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi degan umiddamiz.

@uzasa_uz

1 month, 3 weeks ago
**SPITAMEN**

SPITAMEN

Turkum nomi: “Buyuk ipak yo‘li sarguzashtlari”
Film nomi: Spitamen
Ssenariy muallifi: Gulchexrabegim Mahmudova
Postanovkachi rejissyor: Abdulatif Haydarov
Postanovkachi rassom: Zilola Hamidova
Davomiyligi: 10-12 daqiqa
Ishga tushirilgan vaqti: 2024-yil
Film tayyor bo‘lishi muddati: 2025-yil, iyul
Formati: 3D

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan ishga tushirilgan "SPITAMEN" animatsion filmi “Buyuk ipak yo‘li sarguzashtlari” turkumidagi navbatdagi qism bo‘lib, unda bosh qahramonlar Salma, Amir, Toxir, Zuhralar afsonaviy qahramon Spitamenva Roksana yashagan davrga tushib qoladi. Har bir qismda bo‘lganiday ularga Zamon bobo va Semurg‘ qushi hamrohlik qiladi.

Voqealar rivojida So‘g‘diyonaga bostirib kelgan yunon-makedon podshohi Iskandar, so‘g‘d xalqining qarshiligini kuch bilan yenga olmasligiga ko‘zi yetgach, ularga yaqinlashishga qarakat qiladi va so‘g‘diylar podshohi Oksiartning qizi Roksanaga sovchi yuboradi.Go‘zal malika Roksanaga so‘g‘d sarkardasi Spitamen ham oshiq edi. Shu bois So‘g‘d podshohi Oksiart qizi Roksanani turmushga bermoqchiligini, talabgorlar Malikaga erishish uchun bir nechta shartlarni bajarishi lozimligini e’lon qiladi. Kurash musobaqasida Spitamen bilan yunon sarkardasi Iskandar ham ishtirok etadi...

Ushbu voqealar jarayonida zamonlar aro sayohatchilar Salma, Amir, Zuhra va Zamon bobolar ham ishtirok etadilar.

Film bolajonlar uchun ma’rifiy bilim, estetik zavq berish bilan birga ularning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Spitamen” animasion filmi 2025-yil bolajonlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi degan umiddamiz.

@uzasa_uz

1 month, 3 weeks ago
**“AQLLI QIZALOQ”** animatsion filmi

“AQLLI QIZALOQ” animatsion filmi

Ssenariy muallifi va rejissiyor: Azizbek Muhamedov
Davomiyligi: 10 daqiqa
Ishga tushirlgan: 2024 yil
Film tayyor bo'lish muddati: 2025 yil iyul
Format: 2D

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan ishga tushirilgan “Aqlli qizaloq” 2D animatsion filmi “Dono qiz bilan boy” nomli o‘zbek xalq ertagi asosida ishlab chiqarilmoqda. Ushbu animatsion filmda milliy ruh yaqqol sezilib turadi. O‘tinchilik qilib kun ko‘radigan chol bir bog‘ o‘tinni tuyasiga ortib bozorga boradi. Ayyor boy esa bir bog‘ o‘tinga qo‘shib, “O‘n tanga "shu turishiga" beraman”, deb sodda cholnining tuyasini ham olib qo‘yadi. Keyingi gal boy cholning otini olib qo‘yadi. Bundan jahli chiqqan qizi bu safar o‘zi bozorga o‘tin olib chiqadi va ayyor boyni boplab laqillatadi...

Dono qiz va Ayyor boy obrazlari orqali mehr-oqibat, adolat tuyg‘ulari ulug‘lanayotgani, xasislik, ochko‘zlik va boylikkka ruju qo‘yish qanday oqibatlarga olib kelishi bolajonlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega. "Aqilli qizaloq" animatsion filmi 2025 yil bolajonlar uchun ajoyib sovg'a bo'ladi degan umiddamiz.

@uzasa_uz

2 months ago

ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН!

АНИМАЦИОН ФИЛЬМЛАР АДАБИЙ СЦЕНАРИЙЛАРИ ТАНЛОВИГА МАРҲАМАТ

Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги ҳузуридаги Кинематография агентлиги ва “Ўзбекистон анимацион студиялар ассоциацияси” ННТ ёш авлодни кўп минг йиллик тарихимиз, беназир алломаларимиз даҳоси, шахсияти, ибратли фаолиятлари билан таништириш, уларда улуғ аждодларга муносиб бўлиш туйғусини шакллантириш ҳамда миллий ғоя ва она Ватанга муҳаббат, халқимизга хос юксак инсоний фазилатлар, қадриятларга содиқлик руҳида тарбиялаш мақсадида бир қатор мавзулар бўйича адабий сценарийлар Танловини эълон қилади.

Танлов мавзулари:

1.Янги Ўзбекистонннинг миллий мультқаҳрамонини яратиш мавзудаги сценарийлар.

  1. Улуғ алломалар ҳамда буюк ва енгилмас тарихий қаҳрамонлар ҳақида тарихий-биографик мавзудаги сценарийлар.

  2. Интеллектуал-замонавий мавзудаги сценарийлар.

  3. Илмий-фантастик, хаёлий мавзудаги сценарийлар.

  4. Миллий детектив асарлар асосида ғаройиб воқеа-ҳодисалар, саргузаштлар мавзусидаги сценарийлар.

  5. Ўзбек халқ эртаклари, ривоят ва афсоналари асосидаги сценарийлар.

  6. Ўзбек халқ оғзаки ижоди намуналари – достонлар асосида сценарийлар.

  7. Ижтимоий-фалсафий, бебаҳо миллий қадриятлар мавзусидаги сценарийлар.

  8. Ҳазил-мутойибалар, кулгули сюжетлар асосида юморга бой қизиқарли сценарийлар.

  9. 2025 йил – Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йилига бағишланган атроф-муҳитни муҳофаза қилиш, табиат ва ундаги жониворларга меҳр-муҳаббат уйғотиш мавзусидаги сценарийлар.

  10. “Болалигим-пошшолигим”, яъни бугунги кунда юртимизда болалар ҳуқуқлари ҳар томонлама ҳимоя қилинаётгани ҳамда болаларнинг бурч ва мажбуриятлари ҳақида маърифий мавзудаги сценарий

👉Батафсил...

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago