Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
#Diqqat
Hurmatli pudratchilar!!!
Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini navbatdagi yangilsh maqsadida tasdiqlangan mezonlar asosida integratsiya orqali maʼlumotlar tortish ishlari boshlanganligini maʼlum qilamiz.
Reytingni yangilash ishlari yakunlangandan so'ng qo'shimcha ma'lumot beriladi.
"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi
Уважаемые подрядчики!!!
Сообщаем, что в целях очередного обновления рейтинга строительно-подрядных организаций начаты работы по обновлению данных посредством интеграции на основе утвержденных критериев.
После завершения работы по обновлению рейтинга будет предоставлена дополнительная информация.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
❓Korxonamiz rahbari oliy ma'lumotli, lekin reytingda 0 ball turibdi, qanday to‘g‘irlasak bo‘ladi?
✔️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mezonlarda korxona rahbarining oliy ma’lumotga egaligiga e’tibor qaratilgan.
📌1120-kodga muvofiq XALIKK-2020 jadvalidagi tartib raqami bo‘yicha korxona rahbarining ma’lumoti qurilish sohasida mutaxassisliklar kodiga mutanosibligi maqsadga muvofiq. Xususan, 350, 352, 353, 358, 359, 363, 366, 379, 408, 409, 413, 427, 456, 461, 471, 473, 498, 517, 624, 625, 628, 632 kodlarni Yagona milliy mehnat tizimiga to‘g‘ri kirgizilganini tekshirish lozim.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
❓Sertifikat olish uchun o‘qishga mablag‘ to‘lab, to‘lov kvitansiyasini tizimga yuklagandan keyin qancha muddatda o‘qishga boshlanadi?
❗️Vazirlar Mahkamasining 460-sonli qaror ilovasining 14-bandiga ko‘ra, ta’lim muassasasi talabgor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan sanadan boshlab, bir oydan kechikmagan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishi shart.
📌Ta’lim muassasasi o‘quv mashg‘uloti boshlanishi haqida talabgorga kamida bir hafta oldin elektron xabarnoma yuboradi.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
? sert.mc.uz da shartnomani tasdiqlash
?Ushbu tizim orqali jismoniy shaxs sifatida o‘qish uchun ariza yuborgan xodimning diplomi va ish staji malaka oshirish uchun to‘g‘ri kelsa, tizim orqali shartnoma yuboriladi.
↪️Ushbu videoda ishxonaning 2 nafar xodimi malaka oshirish uchun murojaat yuborganini ko‘rib turibmiz. Kerakli xodimni tanlab, "tasdiqlash" tugmasini bosish kerak. Ko‘rib turganimizdek, shartnomaning holati o‘zgardi.
?Endi ariza yuborgan xodim o‘zini telefon raqami bilan tizimga kirib, shartnomani tasdiqlashi kerak. Uch tomonlama shartnoma tuzilgani sababli xodim "ishxonam to‘laydi"ni belgilagan.
?Xodim o‘zi to‘lashni hohlasa, ishxonasi shartnomada ishtirok etmaydi va shartnoma ikki tomonlama tuziladi.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
➡️ISO 45001 - Sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi boshqaruv tizimini afzalliklari va joriy qilish tartibi.
?Uni tashkilotda joriy etishdan maqsad tashkilot ishini yaxshilash va xodimlar uchun xavfsiz muhitni yaratishdan iboratdir.
?Ushbu zamonaviy standart joriy etilgandan so‘ng, tashkilot eng yaxshilaridan biri sifatida tan olinadi. Ushbu standartning joriy etilishi tashkilotni raqobatchilardan ajratib turadi.
⏳ISO 45001 standarti haqida Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakili Sardor Qilichоv so‘zlab berdi.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
❗️Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uydan xonadon sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?
?Shu mavzudagi eng qiziq savollar va javoblarni bizda kuzatib boring!
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
⁉️Uyimizning kadastr hujjatlari kechikmoqda, nega bunday?
➡️Buning bir nechta sababi bor.
?Masalan, 5 qavat o‘rniga 7-10 qavatli uy quradi. Bunda aholi uchun yaratiladigan infrastrukturani hisobga olmaydi. Oddiy qilib aytganda, barcha zaxiralar 100 kishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘zgarishlar oqibatida 200 kishi foydalanishi kerak bo‘ladi...
?Bunday vaziyatda qurilgan uylar loyihada ko‘rsatilgani va nazoratda tasdiqlangani kabi holatga kelmagunga qadar foydalanishga qabul qilinmaydi...
⚡️Bunda eng ko‘p aziyat chekadiganlar xaridorlar, ya’ni SIZU-BIZ bo‘lamiz.
?️Batafsil videoda
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
❓Qurilish sohasiga yaqinda kirdim. Ungacha qurilish mahsulotlarini eksporti bilan shug‘ullanganman. Bu faoliyatim reytingda ball yig‘ishimga imtiyoz beradimi?
‼️Reytingning asosiy yo‘nalishlari, mezonlari va har bir mezon bo‘yicha belgilanadigan ballar hamda baholash metodikalari va reytingni shakllantirishning oylik muddatiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan kiritiladi.
✔️Bunda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9- noyabrda qabul qilingan “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 699-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.
?Reyting tizimida shaffoflikni va sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida hamma ishtirokchilar uchun bir xil tenglik yaratilgan. Hech kimga аlohida imtiyoz yoki imkoniyat berilmaydi.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
✔️Ishchi-quruvchilar sohaga oid texnikumlar, kasbga tayyorlash markazlari va mono-markazlarda o‘qitiladi va ularga razryad beriladi.
✔️Ana shunday razryadga ega korxonaning har bir ishchisi uchun “Shaffof- reyting” tizimida alohida rag‘bat bali beriladi.
✔️Ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimi ham to‘liq raqamlashtirilib, umumiy yig‘ilishlar, hisobotlar, shikoyatlar va dispetcherlik xizmatlari raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi.
?Bu kabi masalalar haqida "O‘zbekiston 24" TVning "Iqtisod 24" ko‘rsatuvida batafsil bilib olasiz.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
❓Reytingni kadrlar siyosati yo‘nalishida qaysi sertifikatlar uchun ball beriladi?
❗️Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida bu yo‘nalishda yetarlicha ball olish uchun quyidagi to‘rtta yo‘nalishdan biri bo‘yicha sertifikatlangan 1 nafar xodim uchun 1 ball, 2 va undan ko‘proq xodim uchun 2 ball beriladi:
✅️Energiya samaradorligi bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis mavjudligi,
✅️Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh muhandisi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikati mavjud bo‘lgan loyiha muhandisi,
✅️Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh arxitektori sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikati mavjud bo‘lgan loyiha arxitektori,
✅️Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish huquqini beruvchi sertifikati mavjud bo‘lgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassisi.
?Izoh: Sertifikatlangan xodimlarni soliq va mehnat bazalarida biriktirilganini nazorat qiling.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her