Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

MediaDataLab

Description
Media research & educational development center
Empowering media and data communities in Uzbekistan
Advertising
We recommend to visit

جميع حساباتي برابط واحد 👌🏼:

https://reach.link/ar/0xfff0800

Last updated 2 months ago

By
@Ms3390
Shyam Sir.

Last updated 5 days, 20 hours ago

Last updated 3 months, 1 week ago

2 months, 1 week ago
**Suv orzusi: 45 kun**

Suv orzusi: 45 kun

Xalqning asosiy daromadi yerdan bo'lgan bir davrda ularning yagona orzusi tuganmas-bitmas suv manbasiga ega bo'lish edi. Aynan shu orzuni amalga oshirish maqsadida 1939-yilning 27-iyul kuni erta tongdan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab karnay sadolari ostida Katta Farg'ona kanalini qurishga bel bog'lashdi.

90% qo'l mehnati asosida bunyod qilingan ushbu inshoat hasharida 300 mingdan ziyod ko'ngilli hasharchilar ishtirok etishadi. Qurilish ayolni ayol, erkakni erkak yoki qariya, deya ajratmaydi. Odamlar yagona maqsad yo'lida tun-u, kun 45 kun ichida suv yo'lini barpo qilish uchun tekinga ishlashadi. "Qorning to'yishini xohlasang Katta Farg'ona kanali qurilishiga bor!" degan gaplar tarqaladi. Xalqning haqiqiy qahramonligi, deya e'tirof etiluvchi inshoat haqida bilishingiz kerak bo'lgan to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun ushbu multimediyaviy maqolani ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

2 months, 1 week ago
MediaDataLab
2 months, 1 week ago
MediaDataLab
3 months, 3 weeks ago

"Tomphson" brendi asoschisi Shahzod Bahodirov o'z instagram sahifasiga joylagan ushbu video 112 ming ko'rishlar soniga ega.

⚠️ Video messejiga ko'ra, siz ibodat qilishni boshlaganingizda, poklanishni boshlaysiz.Tasvirda notoza suyuqlik solingan stakanga toza ichimlik suvi quyilishi bilan u poklanib borishi aks etgan. Kommentlardan anglashilishicha, tarmoqlarda hozir shunday trend mavjud va tadbirkor ham trendga qo'shilgan.

☝🏻 Shuni unutmaslik kerakki, muqaddas dinimizda isrof qoralanadi: ”Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas” (A’rof, 31).Ma'lumot uchun, har yili besh yoshgacha bo'lgan 297 000 nafar bola yomon sanitariya sharoitlari, qoniqarsiz tashkillashtirilgan gigiyena yoki xavfsiz ichimlik suvi yetishmasligi tufayli diareyadan vafot etadi (2019).

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

4 months ago

“Ekolog” jamoat birlashmasi virtual suv isrofiga qaratilgan videorolikni ulashmoqda
Video messejiga ko'ra, oziq-ovqat isrofi bevosita virtual suv isrofi sanaladi. 🧮 Misol uchun, 1 kg osh tayyorlash uchun 20 ming litr suv ishlatiladi.

Yodingizda bo'lsa, “Vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida o'tkazilgan so'rovnomamiz natijalarini ulashgan edik.
☹️ "Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish, maishiy texnika, avtomobil ishlab chiqarish, elektr energiyasi ishlab chiqarishda mahsulot birligiga qancha suv sarflanishi siz uchun qiziqmi?" mazmunidagi savolga respondentlarning 61% i yo’q deya javob bergandi.

💧 Bir mahsulot yaratilishdan boshlab to tayyor holatga kelgunicha uni ishlab chiqarish uchun juda ko'p suv sarf qilinadi. Bu suv ko'zga ko'rinmaganligi bois virtual suv deb ataladi.

Xulosa: Sizning virtual suv sarfiga befarqligingiz va xabarsizligingiz ham sayyoraga jiddiy xavf soladi. Suvni asrang!

*💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.*⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

4 months, 1 week ago
**Aziz yurtdoshlar!**

Aziz yurtdoshlar!
"MediaDataLab" jamoasi barchani kirib kelayotgan yangi – 2024-yil bilan samimiy muborakbod etadi.

Oilangizga xotirjamlik, kasbingizga baraka, mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🎄 Yangi yil yangi marralar, yangi yutuqlar yili bo’lsin!

Bayram muborak bo’lsin!

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

4 months, 3 weeks ago
***💧*** Suv muammosi bugun butun dunyo, …

💧 Suv muammosi bugun butun dunyo, xususan, O'zbekiston siyosatida ham kun tartibidagi masala sifatida ko'rilmoqda. Mamlakat qonunchiligida o'zida suv masalalarini aks ettiruvchi o'ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud.

⚖️ O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi veb-saytida ayni masalaga urg'u berilgan qonunchilik hujjatlari bir nuqtaga jamlangan.

Ular bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi *O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.*⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

4 months, 3 weeks ago
***⁉️*** **“Katta Farg‘ona” kanali qanday qurilgan?*****🔸*** …

⁉️ “Katta Farg‘ona” kanali qanday qurilgan?🔸 O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab sovet hukumati Turkiston mintaqasida bog‘lar, g‘alla maydonlarini keskin qisqartirib, paxta dalalarini kengaytirishga katta ahamiyat qaratdi, – deydi Muhayyo Sirojiddinova.

🔸 Rasmiy raqamlarga murojaat etsak, O‘zbekiston SSR bo‘yicha paxta maydonlari 1928-yilda 589 ming gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 10 yil ichida ushbu ko‘rsatkich deyarli ikki barobar, aniqrog‘i 946 ming gektarga ko‘paygan.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

5 months ago
***🏔️*** **11-dekabr — Butunjahon tog'lar kuni!**

🏔️ 11-dekabr — Butunjahon tog'lar kuni!

🌊 Ushbu baland landshaftlarning tabiatimizdagi ajralmas o'rnini hurmat qilar ekanmiz, keling, ularning suv ekotizimlari bilan chuqur aloqasi haqida fikr yuritaylik. Tabiatning suv ombori vazifasini o'taydigan tog'lar hayot manbasi sanaluvchi suvni son-sanoqsiz daryolar orqali o'tkazib, quyi oqimdagi jamoalarning hayotiyligini ta'minlaydi.

⛰️ Tog‘lar va suv o‘rtasidagi bu simbiotik munosabat sayyoramiz ekotizimlarining nozik muvozanatidan dalolat beradi. Shu boisdan, keling, ushbu ulug'vor tog'lar va kishilik hayotini qo'llab-quvvatlovchi suvning o'zaro ta'siri haqida xabardorlikni kuchaytiraylik, ularni asrash bo'yicha jamoaviy sadoqatni shakllantiraylik. 💧🌍

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi *O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.*⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

6 months, 2 weeks ago

💧 BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti "Barqaror rivojlanish maqsadlari" doirasida "Zamin" fondi bilan hamkorlikda "Suv hayot uchun, Suv oziq-ovqat uchun" o'quv daftarini tayyorladi.

Daftarda suv, undan foydalanish, suvni tejash va suv masalasi bilan bog'liq muammolar, FAOning (Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti) faoliyati va boshqa bir qancha foydali ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, u bolalarga ushbu aktual masalaning ahamiyatini kreativ yo'lda yetkazib berish yo'lida ajoyib qadam ekanligi bilan e'tiborga sazovordir.

MediaDataLab suv muammosining hal qilinishiga qaratilgan bu kabi chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlaydi va ularning targ'ibotiga hissa qo'shishdan mamnunligini bildiradi.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi *O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.*⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

We recommend to visit

جميع حساباتي برابط واحد 👌🏼:

https://reach.link/ar/0xfff0800

Last updated 2 months ago

By
@Ms3390
Shyam Sir.

Last updated 5 days, 20 hours ago

Last updated 3 months, 1 week ago