MediaDataLab

Description
Media research & educational development center
Empowering media and data communities in Uzbekistan
Advertising
We recommend to visit

Last updated 1 month, 2 weeks ago

🚨𝗦𝗘𝗧𝗨 𝗠𝗣𝗦𝗖🚨 🌉🧗
By @Dysp77
Mk Sir.
@Ms3390
Shyam Sir.

Last updated 1 day, 10 hours ago

ORGANIZATION THE ENTITY

Last updated 4 months, 2 weeks ago

8 months, 3 weeks ago
**Suv orzusi: 45 kun**

Suv orzusi: 45 kun

Xalqning asosiy daromadi yerdan bo'lgan bir davrda ularning yagona orzusi tuganmas-bitmas suv manbasiga ega bo'lish edi. Aynan shu orzuni amalga oshirish maqsadida 1939-yilning 27-iyul kuni erta tongdan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab karnay sadolari ostida Katta Farg'ona kanalini qurishga bel bog'lashdi.

90% qo'l mehnati asosida bunyod qilingan ushbu inshoat hasharida 300 mingdan ziyod ko'ngilli hasharchilar ishtirok etishadi. Qurilish ayolni ayol, erkakni erkak yoki qariya, deya ajratmaydi. Odamlar yagona maqsad yo'lida tun-u, kun 45 kun ichida suv yo'lini barpo qilish uchun tekinga ishlashadi. "Qorning to'yishini xohlasang Katta Farg'ona kanali qurilishiga bor!" degan gaplar tarqaladi. Xalqning haqiqiy qahramonligi, deya e'tirof etiluvchi inshoat haqida bilishingiz kerak bo'lgan to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun ushbu multimediyaviy maqolani ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

8 months, 4 weeks ago
MediaDataLab
8 months, 4 weeks ago
MediaDataLab
8 months, 4 weeks ago
MediaDataLab
8 months, 4 weeks ago
MediaDataLab
8 months, 4 weeks ago
Bugun Toshkent Fotosuratlar uyida USAIDning “Markaziy …

Bugun Toshkent Fotosuratlar uyida USAIDning “Markaziy Osiyodagi suv resurslari va atrof-muhit” loyihasi hamda Media tadqiqotlar va ta’lim ishlanmalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Zamonaviy media makonida suv mavzusi: vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” ijtimoiy loyihasi yakunlari bo'yicha “Suv bormi?" fotoko'rgazmasi va davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda loyiha doirasida suv resurslaridan unumli foydalanish, iste’molchilarning atrof-muhitga bo‘lgan madaniy qarashlarini aniqlash va ekologik muammolarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot natijalari ham taqdim etildi. Xususan, unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 1,5 mingdan ziyod yoshlar faol ishtirok etgan.

Loyiha doirasida yaratilgan Oʻzbekistondagi suv resurslarini aks ettiruvchi interaktiv xarita va Suvmap.uz veb-saytining taqdimoti tadbirning eng muhim qismi bo‘ldi.

Xaritada mamlakatning suv resurslari haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, barcha hududlarda suv muammosini yoritib berish va suvdan samarali foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan. Ushbu xaritaning o‘ziga xosligi shundaki, uni yaratishda yoshlar faol ishtirok etib, ma’lumotlarni to‘plashda o‘zlarining hissalarini qo‘shganlar.
Tadbir so‘ngida loyihani amalga oshirishda faol ishtirok etgan ekofaol – yoshlar vakillariga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Loyiha USAIDning “Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit” loyihasi ko‘magida amalga oshirildi.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

9 months ago
***?‍?*** **Hurmatli ekofaollar, jurnalist va blogerlar!**

?‍? Hurmatli ekofaollar, jurnalist va blogerlar!

*? *“Media tadqiqotlar va ta’lim ishlanmalari markazi” NNT Sizni 2024-yilning 28-fevral kuni “Zamonaviy media makonda suv mavzusi” loyihasi yakunlari bo‘yicha Toshkent fotosuratlar uyida bo'lib o'tadigan davra suhbati va “Suv bormi?” fotoko‘rgazmasiga taklif etadi.

? Taqdimotda O‘zbekiston yoshlari ishtirokida yaratilgan noyob suv xaritasi va foto hikoyalar taqdim etiladi. Online xarita orqali respublikaning turli hududlarida joylashgan 200 dan ortiq suv resurslari bilan tanishasiz. Shuningdek, ko‘rgazmada tajribali fotograflar tomonidan suratga olingan suv muammosi bilan bog`liq fotolavhalar o‘rin olgan.

*? *Taqdimot manzili: Toshkent Fotosuratlar uyi, Istiqbol ko‘chasi 4

*? *Boshlanish vaqti: 28-fevral, soat 16:00

*P.S. Ko'rgazma 28, 29-fevral va 1-mart kunlari bo'lib o'tadi.

_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirildi.*

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

10 months, 1 week ago

"Tomphson" brendi asoschisi Shahzod Bahodirov o'z instagram sahifasiga joylagan ushbu video 112 ming ko'rishlar soniga ega.

⚠️ Video messejiga ko'ra, siz ibodat qilishni boshlaganingizda, poklanishni boshlaysiz.Tasvirda notoza suyuqlik solingan stakanga toza ichimlik suvi quyilishi bilan u poklanib borishi aks etgan. Kommentlardan anglashilishicha, tarmoqlarda hozir shunday trend mavjud va tadbirkor ham trendga qo'shilgan.

☝? Shuni unutmaslik kerakki, muqaddas dinimizda isrof qoralanadi: ”Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas” (A’rof, 31).Ma'lumot uchun, har yili besh yoshgacha bo'lgan 297 000 nafar bola yomon sanitariya sharoitlari, qoniqarsiz tashkillashtirilgan gigiyena yoki xavfsiz ichimlik suvi yetishmasligi tufayli diareyadan vafot etadi (2019).

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

10 months, 2 weeks ago

“Ekolog” jamoat birlashmasi virtual suv isrofiga qaratilgan videorolikni ulashmoqda
Video messejiga ko'ra, oziq-ovqat isrofi bevosita virtual suv isrofi sanaladi. ? Misol uchun, 1 kg osh tayyorlash uchun 20 ming litr suv ishlatiladi.

Yodingizda bo'lsa, “Vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida o'tkazilgan so'rovnomamiz natijalarini ulashgan edik.
☹️ "Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish, maishiy texnika, avtomobil ishlab chiqarish, elektr energiyasi ishlab chiqarishda mahsulot birligiga qancha suv sarflanishi siz uchun qiziqmi?" mazmunidagi savolga respondentlarning 61% i yo’q deya javob bergandi.

? Bir mahsulot yaratilishdan boshlab to tayyor holatga kelgunicha uni ishlab chiqarish uchun juda ko'p suv sarf qilinadi. Bu suv ko'zga ko'rinmaganligi bois virtual suv deb ataladi.

Xulosa: Sizning virtual suv sarfiga befarqligingiz va xabarsizligingiz ham sayyoraga jiddiy xavf soladi. Suvni asrang!

*? Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.*⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

10 months, 4 weeks ago
**Aziz yurtdoshlar!**

Aziz yurtdoshlar!
"MediaDataLab" jamoasi barchani kirib kelayotgan yangi – 2024-yil bilan samimiy muborakbod etadi.

Oilangizga xotirjamlik, kasbingizga baraka, mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

? Yangi yil yangi marralar, yangi yutuqlar yili bo’lsin!

Bayram muborak bo’lsin!

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:Facebook | Telegram | Instagram

We recommend to visit

Last updated 1 month, 2 weeks ago

🚨𝗦𝗘𝗧𝗨 𝗠𝗣𝗦𝗖🚨 🌉🧗
By @Dysp77
Mk Sir.
@Ms3390
Shyam Sir.

Last updated 1 day, 10 hours ago

ORGANIZATION THE ENTITY

Last updated 4 months, 2 weeks ago