- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 4 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 2 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 days, 19 hours ago
Tarjimonlar uchun zoʻr yangilik!
Hurmatli ijodkorlar, siz uchun kichik bir eslatma: avval biron joyda (ingliz tilida) eʼlon qilgan asaringizni menga yuborganingiz bilan men uni hech qaysi nashrga yubora olmayman. Sababi, oʻzini hurmat qilgan hech bir adabiy nashr boshqa yerda bosilgan asarni qayta bosmaydi. Xoh u shaxsiy blogingiz boʻlsin yoki mualliflik veb-sayti, xoh u ijtimoiy saytlar va u yerdagi sahifalar, guruhlar, Amazon va shu kabilar boʻlsin, bir necha yillar avval bizda trendda boʻlgan xorijdagi blogsifat nashrlar boʻlsin, ijod namunangizni uzatdingizmi, uni endi jurnallar qabul qilmaydi. Adabiy jurnallarning har biri eksklyuziv material chop etishni istaydi. Shu sababli, bu borada sizga yordam qila olmayman. Avvalo, asaringizdan koʻnglingiz toʻldimi, tarjima sifatidan qoniqdingizmi, uni duch kelgan joyda eʼlon qilib yubormang, adabiy jurnallar uchun saqlang. Ijodingiz oʻzingiz uchun qiymatli-ku, toʻgʻrimi?
PS Ingliz tiliga tarjima qilingan asarlar nazarda tutilgan!
TANLOV
Tasavvuringizda 2200 yil: kelajakdagi ajdodlar uchun asarlar
(Imagine 2200: Climate Fiction for Future Ancestors)
**1-oʻrin: $3000
2-oʻrin: $2000
3-oʻrin: $1000
Yana 9 finalchiga: $300**
(Bundan tashqari, tanlov tashkilotchilari Oregon State University bilan hamkorlikda gʻolib yozuvchiga 4 haftalik rezidentsiya ham taklif qiladi. Cli-fi janrida yozayotgan asari boʻlsa, davom ettirishi uchun.)
Gʻoliblar va finalchilarning hikoyalari toʻplamda va tanlovda tashkilotchilari vebsaytlarida chop etiladi.
Asosiy shartlari:
Hikoya hajmi 2500-5000 ta soʻz orasida boʻlishi kerak. (❗️Asarlar ingliz tilida yuboriladi, ingliz tiliga oʻgirilganda soʻzlar miqdori oshib ketadi, shuni hisobga olganda hikoyangiz 2000-4000 soʻz atrofida boʻlgani maʼqul.)
Hikoyadagi voqealar yaqin kelajak bilan 2200 yillar oraligʻida boʻlishi kerak. Hikoya iqlim oʻzgarishi tufayli yuzaga kelayotgan muammolarga yechim berishi kerak. (❗️ Tanlovning asosiy shartlaridan biri shu. Buni eʼtibordan qochirmang. Muammolarni koʻrsatish emas, ularning yechimi berish soʻralgan.)
Albatta, hikoya kuchli syujet va obrazlarga ega boʻlishi, kelajakni kitobxon oʻngida jonlantira olishi kerak. Shu bilan birga, iqlim bilan bogʻliq ilmni badiyat bilan uygʻunlashtira olgan, qahramonlari tabiati goʻzal dunyoni qayta qura olish mumkinligiga umid bergan asarlar kutilyapti.
Asar avval hech qayerda nashr etilmagan boʻlishi kerak.
Sunʼiy intellektdan foydalanish mumkin emas. ?
Istalgan janrda yozilgan hikoya tanlovda ishtirok eta oladi.
Hikoyalar 24-iyungacha qabul qilinadi. (❗️Tarjimaga hikoya bermoqchi boʻlgan ijodkorlar 1-iyunga qadar asarlarini yozib tugatsalar, tarjima qilishga ulguramiz.)
PS Ingliz tilini tushuna oluvchi ijodkorlar tanlov va uning shartlari haqida quyidagi havola orqali oʻqishlari mumkin:
https://grist.org/climate-fiction/imagine-2200-contest-submissions/
- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 4 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 2 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 days, 19 hours ago