Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Ko'pchilik adashadigan so'zlar
Xa ❌ Ha✔️
Ho'p❌ Xòp✔️
Yawshi❌ Yaxshi✔️
Chunarli❌ Tushunarli✔️
Boladi❌ Bo'ladi✔️
Uzur❌ Uzr✔️
Umur❌ Umr✔️
Ba'zigilar❌ Ba'zilar✔️
Xivadan man❌ Xivadanman✔️
Keldizmi❌ Keldingizmi✔️
Bomi❌ Bormi✔️**
Ushbu so'zlar imlosini o'rganib oling????**
*?*?Sifatlarning otlashuvi ??
✅ gapda sifat bogʼlangan ot tushib qoladi;
✅ sifat tushib qolgan otning lugʼaviy shakl yasovchisini, sintaktik shakl yasovchisini yoki komakchisini(agar
ular ot tarkibida boʼlsa!) qabul qiladi;
✅ sifat tushib qolgan otning sorogʼiga javob boʻladi;
✅ sifat tushib qolgan otning sintaktik vazifasini oʼz zimmasiga oladi.
✅ sifat tushib qolgan otning ma’nosi(shaxs, narsa…) ni anglatadi
❇️A’lochi oʼquvchi+lar+imiz+bilan faxrlanamiz===A’lochi+lar+imiz+bilan faxrlanamiz !
❇️Yaxshi odam+dan bogʼ qoladi, yomon odam+dan dogʼ qoladi===yaxshi+dan bog' qoladi, yomon+dan dog`
qoladi.
❇️Achchiq narsa+ni achchiq narsa kesadi===Achchiq+ni achchiq kesadi**
Menimcha, yangi yil uchun ajoyib sovg'a aynan kitob bo'lsa kerak.
Marhamat, https://t.me/Muhsinjonshaxsiy_bot?start=7287076523 link ustiga bosib kitob yutib olishingiz mumkin.
Imtihonga kirganlarni Ollohim qòllasin!
Hech kimga sir emaski, ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayrimlar jinoiy huquqbuzarliklarni mazkur axborot vositalari orqali ommaga taqdim etish kerakligini ta‘kidlasa, boshqalar buni keskin rad etadi. Xo‘sh, vaziyat yuzasidan qaysi tomonning fikri haqiqatga yaqin? Keling, shu mavzuni atroflicha muhokama qilsak.
Barchaga ayonki, bugungi kunda qonunga zid xatti-harakatlar haqida ko‘p eshitamiz. Mazkur jinoyatlarni ommaviy axborot orqali yoritilishi tarafdorlarining ham o‘ziga xos sabablari bor. Birinchidan, huquqbuzarlikka qo‘l urgan kishilar va jinoiy faoliyatlar haqida ommaga yoritib berilsa, bu ko‘pchilikka saboq bo‘ladi. Insonlar buning sabablarini muhokama qilishadi va " Jinoyat jazosiz qolmaydi" qabilida fikr yuritishadi. Ikkinchidan, jinoyatni sodir etgan shaxslar oyinayi jahon orqali ko‘rsatilganda ularda qonunga xilof xatti- harakatlarga aralashmaslik hissi paydo bo‘ladi va mazkur holat orqali aholi orasida qayd etiladigan jinoyatlar soni ancha kamayadi. Jumladan, zangori ekran orqali efirga uzatiladigan "MILLAR", "ZAMON" kabi ko‘rsatuvlarda ochiq yoritiladigan korrupsiya, odam savdosi, o‘g‘irlik kabi qonunga xilof holatlar odamlarni mulohazaga, ogohlikka chorlaydi.
Biroq " Har bir narsaning mohiyati uning ziddi bilan ayon bo‘ladi" deganlaridek, keyingi tomonning fikrini ham inkor etolmaymiz. Negaki jinoiy faoliyatni sodir etgan shaxsni ommaga ochiq-oydin yoritib berish kishining shaxsiy hayotiga ta‘sir qilishi mumkin. Qolaversa, bu holat tufayli keyinchalik inson salomatligida ruhiy muammolar yùzaga kelish ehtimoli yo‘q emas. Amerika Psixologik assotsiatsiyasining ma‘lumotlariga ko‘ra, jinoyat sodir etgan insonda qilmishidan uyalish hissi bilan birga kuchli depressiya va stress aniqlangan. Avvalo, jamiyatda inson qadri muhim bo‘lishi kerak. Jumladan, qo‘shnim o‘smirlik chog‘ida giyohvand moddalar bilan shug‘ullanuvchi to‘daga aralashib qolgani bois ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi va haligacha odamlar orasida erkin yurishdan cho‘chiydi.
Fikrimcha, bugungi kunda huquqbuzarliklar odamlar oldida ochiq yoritilsa, nur ustiga a‘lo nur bo‘lardi. Negaki O‘zbekiston Respublikasi Statistik qo‘mitasining ma‘lumotlariga ko‘ra, yurtimizda 2022-yilda 10 mingga yaqin jinoyatlar aniqlangan. Jinoiy holatlarni ommaga taqdim etsak, mazkur raqamlarni kamaytirgan bo‘lar edik.
Xulosa qilib aytganda asosiy maqsadimiz sodir etiladigan jinoyatlarni kamaytirish va aholining huquqiy savodxonligini oshirish ekan, bunda qonunga zid faoliyatlarni ommaviy axborotda keng yoritish yordam beradi. Zero muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: " Bizning bosh maqsadimiz jinoyatlardan xoli jamiyatni barpo qilishdir".
2-smenaga tushgan esse:
Ayrimlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali jinoyi faoliyatning yoritilishini ma'qullashsa, ayrimlar bunga keskin qarshi chiqishadi.
???ARUZ VAZNI QISQA LUG'AT ???
ATTESTATSIYA VA MILLIY SERTIFIKAT UCHUN UCHUN...
✅Misra – 1 qator
✅Bayt – arabcha “uy” – 2 misra
✅Matla’ yoki mabda’ – arabcha – “kun chiqish” – 1-bayt
✅Maqta’ – arabcha – “kun botish” oxirgi bayt
✅Hijo – bo‘g‘in
✅Qofiya – misra oxiridagi ohangdosh so‘z
Qofiya 2 xil bo‘ladi:
✅Muqayyad qofiya-raviy bilan tugallangan qofiya:
Ko‘rmagan-sig‘magan n
Gul-bulbul l
Or-zor r
Vafo-jafo o
Bahona-zamona oxirgi a
✅Mutlaq qofiya-raviydan keyin harflar kelgan qofiya:
Lola-piyola l
Banda-xanda d
✅Radif-misra oxirida (qofiyadan so‘ng) takrorlanuvchi so’z
✅Hojib-qofiyadan oldin takrorlanuvchi so’z
✅Raviy- qofiyadosh so‘zlar asosidagi so‘ngi bir xil undosh yoki cho‘ziq unli (o, o‘, e)
Izoh: Ba’zan qisqa unli ham raviy Bo‘lib kelishi mumkin:
Bahona-zamona oxirgi a
✈️YAQINLARINGIZGA TARQATING. ULAR UCHUN FOYDALI BOʻLSIN
Bundan ham yaxshilari uchun kanalga obuna boʻling.??????????????????
#Ehtimoliy esse mavzulari
✅1.Davlatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan eʼtibor tahsinga loyiq. Ayrimlarining fikricha, bu mablagʻlar taʼlimga ajratilishi kerak.
✅2. Bugungi globallashgan davrda har kim oʻzini baxtli his qilgan joyni Vatan tutib yashamoqda.
Ayrimlar esa oʻz kindik qoni toʻkilgan zamindagina yashashi kerakligini aytishadi.
✅3. Ayrimlar yonilgʻi narxining oshirilishi baʼzi ekologik muammolarni oldini oladi deyishsa, qolganlar bunday deb hisoblashmaydi.
✅4. Baʼzilar maktabdagi baʼzi fanlarni olib tashlash kerakligini aytishsa, qolganlar bunga qoʻshilishmaydi.
✅5. Bugungi kunda ayrim ota-onalar dam olish kunlari yoki maktabdan keyin ham qoʻshimcha dars qoʻshish kerak deyishsa, qolganlar maktab bilimlari yetadi, deb aytishadi.
✅6. Ayrimlar maktab bepul boʻlishi kerak deyishsa, qolganlari bu fikrni maʼqullashmaydi.
✅7. Ayrim odamlar boshqa davlatda yashash uchun oʻsha mamlakatning urf-odatlariga rioya qilishi kerak deb hisoblaydi, qolganlar esa qaysi davlatda yashashidan qatʼiy nazar oʻz anʼanalariga sodiq qolishi kerak, deb aytishadi.
✅8. Ayrim ota-onalar maktab oʻquvchilariga xalqaro yangiliklar fan sifatida oʻqitilishi kerak, deyishsa, qolganlari buni rad etishadi.
✅9. Baʼzi odamlar muzeyga borish tarixni oʻrganishning eng yaxshi yoʻli deyishsa, qolganlar esa tarixiy manbalarning oʻzini oʻrganish kerak deyishadi.
✅10. Ayrimlar ish vaqti uzoq boʻlgan mamlakatlar iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli ekanini taʼkidlashmoqda. Qolganlar esa bu holat salbiy oqibatlarga olib keladi, deyishadi.
Hammasi faqat sizlar uchun?
☀️ Test boshlandi.
⏺ Test raqami: 11078
⏺ Test nomi: Sertifikat
⏺ Savollar soni: 35 ta
⏺ Tugash vaqti: 18:00 da
?Javoblarni @e_test_1bot ga quyidagi ko'rinishda yuborishlari mumkin:
11078*abcdac... (35 ta)
yoki
11078*1a2b3c4d5a...
☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test_1bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.
https://t.me/Attestatsiya_ona_tili_siz_uchunhttps://t.me/Attestatsiya_ona_tili_siz_uchunhttps://t.me/Attestatsiya_ona_tili_siz_uchun
? Test yakunlandi!
? Test kodi: 11015
? Test qatnashchilari: 63 ta
? Kalitlar: 1 - B 2 - D 3 - C 4 - C 5 - B 6 - D 7 - B 8 - D 9 - C 10 - A 11 - A 12 - B 13 - D 14 - B 15 - D 16 - B 17 - D 18 - D 19 - B 20 - B 21 - B 22 - B 23 - A 24 - C 25 - C 26 - C 27 - D 28 - C 29 - A 30 - D 31 - B 32 - A 33 - F 34 - A 35 - B
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago