Jami1ov

Description
Sizni aniq kitob o'qishga majbur qilaman. Qanday qilib deysizmi? Unda blogimni o'qishni boshlang :)

XXI asrda tug'ilgan chol. Saviyali yumor, shaxsiy fikr va kitoblar bitta qozonda!

shaxsiy: @jami1ov_me
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

5 days ago

Harakat qilib ko'rish kerak

Yaqin kunlargacha eng ertachi uxlash vaqtim soat - 04:00 atrofida edi, bu esa shubhasiz yangi boshlanadigan kunimni barakasiz qilib yuborardi, to'g'ri ishlarimga ulgurardim ammo eng erta uyg'onganimda ham soat 12:40 bo'lardi.

Endi ishlash ishtiyoqim uyg'onganida kech bo'lar, kunni tez qorong'u bo'lgani kayfiyatimga ta'sir qilardi, o'zgarish uchun yaqin kunlardan harakatni boshladim, oldin erta uxlay olmayman deb o'ylardim, adashgan ekanman, harakat qilib ko'rdim o'rtacha uxlash vaqtim 23:00 ga to'g'ri kelyapti

To'g'ri o'zim kutgandek 04:00da uyg'onmayotgan bo'lishim mumkin, muhimi harakatdaman. Oldin tez asabiylashardim buni ham davosi to'g'ri uxlash bilan bog'liq ekan

Har kuni 2km piyoda yurishni boshladim, bir hafta bo'ldi. Natijalar sezilyapti. O'zimni eshitishga vaqt ajratyapman, ham sog'lig'im uchun foydali bo'lyapti ham keyingi marafonga tayyorlanyapman

Blogimni ham stabil yurita olmayman deb o'ylagandim, birgina jarima e'lon qilib hal qildim, to'g'ri har kuni yozish oson emas lekin bunga o'zim amal qilmay turib qanday sizga tavsiya qilaman 🙂

Instagramda ham o'z shaxsiy blogimni boshladim, birinchi videodan aktiv men kutgandan 3 barobar yaxshiroq, menda boshlash bilan muammo yo'q, intizomda qiynalaman, lekin shunday ekanman deb o'tib ketish yaramaydi

O'z salohiyatim nimalarga yetishini bilaman shuncha berilgan imkoniyatdan foydalanmasam ertaga qanday javob beraman? O'zgarish kerak, ertadan emas, hozirdan

O'zgarish uchun harakatdagi do'stingiz - @Jami1ov

5 days, 23 hours ago

Instagramda marketing haqida qiziqarli "tesha tegmagan" mavzularda video chiqarishni boshladim

Bugun birinchisini joyladim, videoni ko'rib like bosing fikrlaringizni yozib qoldiring bu ham ijod qilishimizga o'zgacha ruh bag'ishlaydi 🙃

Video uchun havola: https://www.instagram.com/reel/DCmG9COttzB/?igsh=MWdseDh4eTJvbzF4ZA==

6 days, 3 hours ago

Blogimni boshlamoqchiman, uzun postlar yozish shartmi?

Javob: Albatta yo'q, muhimi qisqa bo'lsada o'rgangan narsalaringizni ulashib borish kifoya, kechagi gap, muhimi intizom bilan davomiy bo'ling :)

Masalan bugun men pul psixologiyasi kitobidan ajoyib 3ta xulosa oldim:

  1. "Siz qancha daromad topishingizdan qat’i nazar, qancha tejalayotganingiz muhim. Boylik nafaqat daromad, balki nazorat ostidagi xarajatlardan kelib chiqadi."

  2. "Daromad — bu sizning hozir ko‘rgan pulingiz. Boylik esa ko‘rinmaydigan, kelajak uchun tejab qo‘ygan pulingizdir."

  3. "Pul baxtni sotib ololmaydi, lekin u sizga vaqtingizni qanday o‘tkazishni tanlash imkoniyatini beradi."

Sizchi bugun o'qigan kitobingiz yoki bugungi voqealardan qanday xulosa chiqardingiz? Bot manziliga yozing bu men uchun qiziq 😎

1 week, 4 days ago

Har kuni foydali bir post yoki 100 000 so'm
Ha do'stlar uzoq o'ylab shu qarorga keldim, ishlarim ko'p bo'lganida blogda aktiv bo'la olmay qolaman, yozmoqchi bo'lgan mavzularim va yetkazmoqchi bo'lganlarim esa bisyor, shu uchun shu chellenjni o'zim uchun maqsad qildim.

Har kuni eng kamida bir postni kanalga joylab boraman, maqsad esa blogimni rivojlantirish. Agar biror kuni kanalga post joylamasam menga 22:00da eslatasiz, birinchi eslatgan kishiga 100 000 so'm o'tkazib beraman

Demak 15-noyabrdan ushbu chellenjni o'zim uchun ochiq deb e'lon qilaman 😁

2 weeks, 2 days ago

Vazifalar bajarildi...

Undan ham muhimi o'tgan bu yilni to'liq tahlil qildim, o'zim uchun kerakli xulosalarni oldim, nimalarga erishdim nimalarni yo'qotdim. Mana shunday tin olib hammasini bir boshidan yaxshilab o'ylab ko'rib keyin harakat qilish, menga berilgan umrni mazmunliroq o'tkazishiga yordam berishiga yana bir marta guvoh bo'ldim

Ha aytgancha bu yilgi qo'yilgan 20ta maqsadimga erishibman (jami 23ta edi), yil oxirigacha yana 8ta maqsad qo'ydim. (ta'lim, ish, shaxiy rivojlanish va moliyaga aloqador)

Keyingi yil uchun ham katta maqsadlarni belgilab oldim, hozircha 25tacha ekan. Lekin bu maqsadlar kam... Maqsad ko'proq narsaga erishish emas balki berilgan fursatni yanada mazmunli va barakali o'tkazishga intilishda.

Ha aytgancha bu maqsadlarni belgilashda hech kim bilan o'zimni taqqoslamadim, o'z holatimdan va prinsplarimdan kelib chiqdim, sizga ham shuni tavsiya qilaman

2 weeks, 3 days ago

Bugungi kun formulasi:

Qahva + kitob + salqin havo + yolg'iz qolish = ideal kun 😎

2 weeks, 5 days ago
2 weeks, 5 days ago

Bir eshitishda yod olgan she'ringiz bormi? Menda shunaqasi bor 😁 Qiziq bo'lsa reaksiya qoldiring! Katta post yozaman 😎 P.s ko'z tegmasin bugun ancha aktivman 😁

2 weeks, 6 days ago

Bir eshitishda yod olgan she'ringiz bormi? Menda shunaqasi bor 😁 Qiziq bo'lsa reaksiya qoldiring! Katta post yozaman 😎 P.s ko'z tegmasin bugun ancha aktivman 😁

3 weeks, 4 days ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago