Bookish way ?

Description
Ilm shunday dengizki, undan uzoqlashsang cho'kasan.

Aloqa uchun: @bookish_way_bot
Kichik sahifam: @with_notes
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

8 months ago

t.me/questianonbot?start=7151928121l

Yana qaysi mavzuda fikr yuritishni istaysiz?

8 months ago
8 months ago

#achinarli

Ba’zan shunaqa xabarlar kelib qoladi yoki shunaqa vaziyat ustidan chiqib qolaman:
-falonchi bola meni umuman tinch qo’ymayapti;
-nima qilsam ham ketmayapti;
-meni bezor qilyapti…

Aksariyat qizlar shunaqa xayolparastlik qilib o’zinu aldamoqchi bo’lishadi. Aslida bola tushmagur ikki marta, ko’pi bilan 4 marta qora ro’yxatga (block) uloqtirilsa, allaqachon boshqa variantlarga sakraydi. Agar qiz bola qat’iy yo’q deb turib olsa va nima uchun yo’q deganini asoslab bera olsa bola tushmagur yo’lidan qolmaydi.

Hozir avvalgidek jasoratli, qo’rqmas, mard, yo’q desangiz oxirigacha boradigan yigitlar juda kam. Niyyati jiddiylar, qiz bilan pachakilashmay , dadil harakat qiladi, o’rtaga darrov kattalarni aralashtiradi. Ammo qiz bolada sal moyillik ko’rib qolsa ezmalanib yuraveradi.

Aksar qizlar o’zidan ,,Rameo’’ ni yasab olgan yigitlarni ko’rib darrov ,,Juletta’’ ga aylanishni hohlab qolishadi. Albatta hamma emas. Ammo bunaqalar oz ham emas.

Sof, yolg’onlarsiz muhabbatingizga erishmoqchi bo’lsangiz, siz ham sof va mard bo’ling. Shunda butun umr o’zingizni baxtlidek ko’rsatmaysiz, haqiqatan baxtni his qilib yashaysiz.

8 months ago

Sevgi haqida qisqacha⤵️ Sevgi yoki muhabbat — biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan intim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. Muhabbat tuygʻusining ulugʻvorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va maʼnaviy, shaxsiy va ijtimoiy, institutim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga toʻplanadi.

Psixolog va olimlarning sevgi haqida izohlari.

Muhabbat dunyodagi eng shirin va sirli tuyg’u. Biroq u qaerdan keladi? Ba’zilar uni Yaratuvchi tomonidan berilgan in’om deb bilsa, boshqalar shunchaki nafs o’yini deydi, olimlar esa bu organizmning kimyoviy reaktsiyasi degan xulosani ilgari suradilar. Sevgi har kimga har xil ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham uning ta’rifi turlichadir.
Muhabbat haqida 20 ta fakt

1. Monogamik sevgi bor narsaBa’zi psixologlarning aytishicha, inson tabiatan poligamik bo’lib yaratilgan. Biroq tabiatda monogamiya (ya’ni bir juft bilan yashash) ham borligini ko’rish mumkin. Masalan, gibbon, oqqush, bo’ri, albatros va qora grif kabi hayvonlar hayotlarini faqat bir juft bilan o’tkazadilar.       

2. Sevgi tug'ilishiSevishganlarda bir-birlariga moyillik tanishuvning birinchi to’rt daqiqasida tug’iladi.                

3. Sevishganlar yuragiSevishganlar bir-birlarining ko’zlariga qaraganlarida ularning yuraklari bir maromda va baravariga ura boshlaydi. Bunday hodisaga olimlar hanuzgacha izoh bera olganlari yo’q.

4. KokainSevgan insonning hissiyotlari kokain moddasi beradigan eyforiya holati bilan tengdir.                                                                                                              5. Og'riqSevgan insonni quchoqlash og’riqning kamayishiga turtki bo’ladi. Sababi, bu paytda miyada “og’riqsizlantiruvchi gormonlar” ning ishlab chiqilishidir.                                                                                   6. O'xshash ko'rinishTadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’rinishlaridan bir-birlarlariga o’xshagan juftlar baxtli hayot kechiradilar.

7. Bir xil dunyoqarashDunyoqarashlari bir xil juftliklarning munosabatlari esa osongina boshlanadi, lekin uzoqqa cho’zilmaydi.

8. ”Yuragimga ozor berding””Yuragimga ozor berding”, degan gap mubolag’a emas. Qayg’u, hasrat tufayli organizmda yurak uchun zarur moddalarning ishlab chiqilishi kamayishi oqibatida yurakda og’riq paydo bo’ladi.                                                                          9. OshiqlikOshiqlik bir yildan uzoqqa cho’zilmaydi. Bundan keyin bog’liqlik kelib chiqadi yoki ko’ngil sovishi.                                                                                                           
10. Ruhiy kasallikTadqiqotlar natijasiga ko’ra, sevgan insonning miyasida qiziq kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Serotonin moddasi kamayib, kortizol oshadi. Xuddi shunday jarayon yengil ruhiy kasalliklarda ham sodir bo’ladi.                                                            
11. IjodOshiqning sevgilisi haqida o’ylashi uni ijod qilishga undaydi.                                         
12. AdrenalinEkstremal xavfli vaziyatlarda insonlarda sevib qolish hollari ko’proq uchqaydi. Chunki bunday paytda inson organizmida adrenalin miqdori oshadi, u esa “sevgi gormoni” bilan bir xildir.                   

13. ChehraYengil, o’tkinchi sevgi shaydolari qizlarning qomatiga ahamiyat bersa, haqiqiy muhabbatini qidirgan yigitlar qizlarning chehrasiga nazar soladilar.                                          
14. Ko'zSevgilisi yoki uning suratiga tikilgan oshiqning ko’z qorachig’lari kengayadi.

15. KayfiyatSevgidan mast bo’lib yurgan oshiqlarning organizmida oksitotsin moddasi shiddat bilan ishlab chiqiladi. Bu gormon kayfiyatga, fikrlash jarayoniga, muomalaga ijobiy ta’sir qiladi. Shuning uchun sevgan inson mehribon va xushkayfiyat bo’lib qoladi.  

8 months ago

Hozir yo o’quvchilar dangasa yoke ustozlar ham malakasiz va bilimsiz bo’lib bormoqda. Manimcha ikki tomonda ham ayb bor.

Ukamga kechqurun soat 21:00 da she’r tashlab, yodlab kelinglar dedi bir ustozi. Hayron qoldim, bu vaziyatda yo ukam uxlamay she’r yodlaydi (lekin allaqachon uxlab bo’lgan), yo ertaga 2 oladi. Endi ayb kimda vazifa bajarmagan ukamdami :(

8 months ago

Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi –…

8 months ago

Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi – har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish – eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25-26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27-29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi. Inson huquqlari va kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7,8,9,10-boblarida berilgan[1].

8 months ago

Inson huquqlari – shaxsning hayotiy ehtiyoji, yashashi, kamolot topishi, uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur boʻlgan xususiyatlaridir.

Inson huquqi logotipi
Inson huquqlari va erkinliklari tizimi oʻz yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega. Adabiyotlarda „inson huquqlarining uch avlod“bosqichi haqida koʻrsatilgan. Ular quyidagilardan iborat.
• Inson huquqlarining „birinchi avlodi“ – fuqarolik va siyosiy huquqlar hisoblanadi.
• Inson huquqlarining „ikkinchi avlodi“ – bir qator obyektiv va subyektiv omillar taʼsiri ostida shakllandi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoati rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda iqtisodiyotsohasida sezilarli siljishlar roʻy berdi.
• Inson huquqlarining „uchinchi avlodi“ – „hamjihatlik huquqlari“ deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umumiy eʼtirof etilgan qoidaga koʻra bu huquqlar: tinchlikka boʻlgan huquq, bexavotir tabiiy atrof muhitga boʻlgan huquq, insoniyatning iqtisodiy va madaniy merosidan foydalanish huquqi va boshqalar.
Insonning oʻz erkinliklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga koʻtarilgan quyidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda oʻzining moddiy ifodasini topgan:
• Erkinlikning buyuk xartiyasi (1215-yil);
• Huquq toʻgʻrisidagi petitsiya (1628-yil);
• „Habea Cozpus AKT“ (1679-yil);
• Huquqlar toʻgʻrisidagi bill (1689-yil);
• Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776-yil);
• Amerika Qoʻshma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776-yil);
• Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789-yil);
• Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil);
• Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro Pakt (1996-yil) va boshqalar.
Inson huquqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasada hamma uchun bir xildir. Bu huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki xalqaro konventsiyalar orqali tan olingan.
Inson huquqlari – insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saqlash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mutlaq inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidainson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18-52-moddalar).

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago