Fotima Qodirova | maqola

Description
Bo'lajak yozuvchi
Bo'lajak xalqaro pedagog
✍️ Kopirayter-ssenarist
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 2 weeks ago

Qadriyat aniq emasda..

"Baxtiyor oila"da har bir musulmonning farzand oldida o'z majburiyatlari bor, jumladan:
▪️munosib ota-ona tanlash;
▪️solih farzand tilab, duoda bo'lish.

Qizlar ham yigitlar ham bu yigit(qiz) meni og'limga, qizimga men niyat qilgandek ota(ona) bo'la oladimi? deb savol berib turmush o'rtoq tanlashligi tanlovni go'zallashtiradi.

Lekin, undan oldin o'sha "orzudagi" ota(ona) qanday ekanini aniqlab, qadriyatlarni mustahkam qilib olish zarur. Ba'zi holatlarda 80/20 istisno qilinishi ham mumkin.

Duoda bo'lishga keladigan bo'lsak, umrimda biror marta bo'lajak farzandlarimga duo yoki niyat qilmagan ekanman. Va hozircha yagona tilak "munosib otasi" bo'lishi. Keyin o'yladim, "munosib ota" aslida qanaqa yigit ekanligini aniq bilasanmi?
-Yo'q.

Demak, o'ylashim (yozishim) qadriyatlarni aniq qilishim lozim. U "munosib ota" mi yoki yo'q. Ota bo'lmaguncha bilish biroz mushkul. Lekin, qandaydir joylari "bu aynan o'sha" deb tursa kerak deb umid qilaman...)

#1000ta
@optimistdan

1 month, 2 weeks ago

Qo'rqoq qizlar > qo'rqoq onalar

Bugun zamdekandan butun boshli fakultet nomidan gap eshitdim. Hujjatimga imzo qo'ydirmoqchi edim xolos. Lekin, tabiiykiy "xo'p bo'ladi" demasam ishim hal bo'lmasdi.(aslida bu ham miyamdagi qo'rquv)

Kecha ruhiy holatim joyidaligi uchun yo'lda uchragan bolachalar bilan o'ynab, mevalar olib berib, xursand yurgandim. Bugun esa yo'lda uchratganim qo'shni bolachani qiziqarli gaplarini yoqtirmasdan "mayli oyingga salom ayt" deb oldinroq yurib ketdim.

Uyga kelib bir psixologik faktni o'qib qoldim. Onalar, o'qituvchilar bolaga baqirishini, urishini asosiy sababi-bu bosilgan emotsiyalardir. Ona boshqalarga ko'rsata olmagan emotsiyasini bolaga ko'rsatadi, chunki, boladan qo'rqmaydi.

Men ham bugun zamdekanda "ustoz, boshlang'ich ta'lim fakultetidagi talabalarga meni nima aloqam bor? Gapingiz umuman qiziq emas, qo'l qo'ying tamom, mani tashqarida dugonam kutyapti" deb eshikni qarsillatib yopib ketolmaganim uchun "gaplaring yoqmayapti" emotsiyasini bolaga ko'rsatdim.
#qorquv_ustida_ishla
#1000ta

@optimistdan

1 month, 2 weeks ago

Menga doimo shunaqa porlab turgan ko'zlar kerak!

Bugun o'zimga aytgan gapim.

Odam ich ichidan sevgan hobbysi bilan shug'ullansa, ko'zi kun bo'yi kulib yurar ekan. Tabassum sunnat ekanligini o'ylasam va kulib yurgan qizlarni o'zini bosib olmaganga chiqarishadi-ku derdim.

Yuz-ko'z kulishi bilan lab kulishini orasida juda katta farq bor ekan.

To'g'ri doim 100% bunaqa yurish imkonsiz. Lekin, 80% hayotimizni shunday qila olaman. Hamma odamlar ham sizga zo'r muomila qilarkan. Kulib turgan ko'zim tufayli 2 oylik muammoyim ziyoda tarzda hal bo'lib ketdi. Buni buvam yaxshi muomila deb ataydi.

• Ko'zni qanday kuldiramiz?
• shukr orqali.
• Qanaqa shukr?
• Masalan, qo'lingizda 5 ta sog' barmog'ingiz borligi...)

#1000ta
@optimistdan

1 month, 2 weeks ago

Vada qilingan post...)

Ushbu kitobni Angliyalik ta'lim maslahatchisi yozgan. Tajribasi davomida ishlagan sinflari, o'quvchilari va ota onalar bilan bo'lgan real suhbatlar va natijalar haqida yozgan.

*▫️Yosh bolalarga ta'lim berishni istasangiz, ulardan yoshingiz katta ekanini butkul unutishingiz kerak.*
Darsdan oldin o'zimni ruhan tayyorlayapman, sen hozir o'qituvchisan, o'zingni kattalardek tutma, uyalma, ovoz to'ningni va harakatlaringni shunga moslashtir, deyman. Bu metod sizni bolalarga juda yaqin qiladi.

*▫️Darsni noto'g'ri rejalashtirilishi qoniqish xissini yo'qotadi.*
Har bir darsga ruhan va aqlan tayyorlaning, bir kun tayyorlanmasangiz, keyingi darsdan cho'ka boshlaysiz.

*▫️Qaysidir nuqtada dars o'tish yoqimsiz* tuyula boshlasa, avvalgi shaxsiy natijalaringizga qarang, qismlarni birlashtirib bog'liqlikni toping va reja tuzib keyingi qadamni qo'ying.

*▫️To'g'ri javob berganlarni xonalar o'zgalarga qaraganda ertaroq chiqib ketishiga izn bering.*
Avvalgi darslardan savol bering, eslay olgan o'quvchilarga bu katta yutuq.

*▫️Ertak aytib berish o'zaro ishonch tuyg'usini yaratadi, ertaklar hammamizni jon-u dilimiz.*
Dars mavzusini emotsiya bilan hikoya qilib bering. O'quvchilarini yoshini farqi yo'q. Maza qilib tinglashadi va eslarida qoladi. Mavzuni ertak shaklida to'qishda sun'iy intellekt va ijodkorligingizdan foydalaning.

*▫️Buni hech qaysi o'qituvchi o'rgatmaydi. Qiziqarli ma'lumotlarni tanqid qilib, emotsional intellektni rivojlantiramiz.*
"Masalan, oyni rangi nega bunaqa?
Odam nima sababdan yig'laydi? kabi qiziqarli savol topib, javob berib yozib kelasiz" deb topshiriq bering.

✍️ Barchasi sinalyotgan usullar edi.
Foydali bo'lgan bo'lsa tarqating.

#1000ta
#kitob
@optimistdan

1 month, 2 weeks ago
1 month, 2 weeks ago

Mavzudan tashqarida...

Balkim, qiz-u yigitlarga foydali bo'lar. Dugonam biznikiga kelganda, Fotima ro'molchamni bo'lsa ham yuvib olay dedi, kuniga kir yuvish odat ekan. Ex, har kuni yuvish vaqtni oladi degandim. Odatda haftada 2-3 marta kir yuvaman, asosan yakshanba kunlari.

Bitta kiyim kirdaligi uchun o'ylagan stilimni o'zgartirishim jonga tegdi, buni erkinlikni bo'g'ilishi deb hisobladim. Ertalablari u kiyimim kir edi degandan ko'ra, dorda turibdi yoki dazmollash kerak degan fikr yoqimliroq ekan, "kir yuvish kerak" degan bosim ham yo'q.

Yaqinda svet o'chiqligi uchun qo'lda yuvishga majbur bo'ldim, kunlik stresslarim chiqib ketdi. Qo'lingiz bant bo'ladi va o'ylashni boshlaysiz, asabingizni buzgan odamlarni qo'lingizda mijib qo'ygandek his qilasiz. Negativ emotsiyalar chiqib ketadi.

Bir ko'rsatuvda ayollarni psixik buzilishiga sabab kirni qo'llar emas, kirmashinalar yuvayotgani deb eshitib rosa kulgandim, bu gapda jon bor ekan. Yoshligimda kirlar ko'pligi va kir mashinasi yo'qligi uchun onam bilan birgalikda kir yuvardik. Suhbatlashardik. U ham bir suhbatga boxona edi. Xullas, o'zingizda sinab ko'ring.
#1000ta
@optimistdan

1 month, 3 weeks ago

Fadriyani seminaridan olgan xulosa va bilimlarim.

Daftarimga yozganlarimni boricha yozdim.

Foydali bo'lsa qizlarga ulashib qo'ying.
@optimistdan

1 month, 3 weeks ago

Ertagalikka hech qanday rejang yo'q. Yarim tun. Hamma uxlayapti. Sen esa quloqchinni taqib ijod qilyapsan. Pul uchun emas, topshiriq ekanligi uchun emas. Shunchaki go'zallik uchun, maza qilish uchun.

Haqiqiy maza shunda...

Arab tiliga kursga borgan vaqtlarimda ustoz harflarni yozib kelasiz degan. Katta daftar olib soat 8 larda yozishni boshlaganman. Bir qarasam onam kechki ovqatga chaqiryaptilar, soat 18:00 bo'libdi. Men shokdaman.

Shuncha vaqt tezda o'tib ketdimi, daftar deyarli to'lgan. Eng qizig'i 1 soatlik ma'ruzalarda qiynalib ketadigan Fotima 10 soat bitta joyda dars qilgan, ijod qilgan. Ijodkor va introvert odamligimni o'shanda tushunganman. Eslayapman, maza qilyapman. Tanam ham ruhim ham ko'p ozuqa va energiya olgandi.

Odamda shunaqa hobby bo'lishi qanday yoqimli. Hobbylar uchun vaqt sarflashga ko'p vaqtimiz va energiyamiz bo'lsin har doim... :)

#1000ta
@optimistdan

1 month, 3 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago