Ezoza Umarova

Description
Sotuvdagi kitoblar: @mittiland
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

1 month, 3 weeks ago

Onalarning asabiy bo‘lib qolishi – bu juda tabiiy holat. Kun bo‘yi bolalar bilan shug‘ullanish, ularning ehtiyojlarini qondirish, uy ishlari va boshqa mas’uliyatlar ayolni jismonan ham, ruhan ham charchatishi mumkin.

Asabiylikning asosiy sabablariga nazar tashlasak:
1. Doimiy charchoq va uyqu yetishmovchiligi – ayniqsa, yosh bolali onalar uchun.
2. Vaqt yetishmasligi – o‘ziga vaqt ajratishning imkoni bo‘lmasligi.
3. Katta mas’uliyat bosimi – bolalarni tarbiyalash, uy ishlari, moliyaviy muammolar.
4. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yetishmasligi – yolg‘iz his qilish, yordam so‘rashga uyalish.
5. Farzandlarning tinimsiz e’tibor talab qilishi – onaning tinch dam olishiga deyarli imkon bermasligi.

Bu holatdan chiqish uchun nima qilish mumkin?

Dam olishga vaqt topish – hatto 10 daqiqa bo‘lsa ham, o‘zingizga vaqt ajrating.
Yordam so‘rashdan uyalmaslik – turmush o‘rtog‘ingiz yoki yaqinlaringizdan ko‘mak so‘rang.
Uy ishlarini bo‘lishish – hamma vazifalarni yolg‘iz bajarishga urinmang.
Farzand bilan o‘yin orqali bo‘g‘ilmaslik – ba’zida bolaning mustaqil o‘ynashiga sharoit yaratish ham kerak.
To‘g‘ri ovqatlanish va harakat qilish – organizmni qo‘llab-quvvatlash muhim.

Eng muhimi, asabiylik vaqtinchalik holat ekanini unutmang. O‘zingizni ayblash o‘rniga, bu jarayonni yengillatish yo‘llarini izlashga harakat qiling. Siz yaxshi onasiz!

2 months, 2 weeks ago

Boshqarish oson bo‘lgan bola tarbiyalash hozircha yengildek tuyulishi mumkin – hech qanday bahs yo‘q, qarshilik ham yo‘q. Ammo bu nimaning evaziga?

Buyruqlarga bo‘ysunishga odatlangan bola – hatto bizning buyruqlarimizga ham – katta bo‘lgach, o‘z fikrini bildirishi qiyin bo‘lgan, doim yo‘nalish kutadigan va mustaqil fikrlashdan qo‘rqadigan insonga aylanishi mumkin.

Ko‘pincha farzandimiz bizning ko‘rsatmalarimizni so‘zsiz bajarishi kerak deb o‘ylaymiz, lekin ayni paytda boshqalarning ta’siriga tushmasligini ham kutamiz. Bu shunchaki o’z-o’zidan bo’lmaydi.

Bo‘ysunish – xotirjamlikdek ko‘rinishi mumkin, lekin u ko‘pincha bolaning o‘zligini yo‘qotishi evaziga keladi.

Siz qanday farzand tarbiyalayapsiz – har qanday yo‘nalishda ketaveradigan itoatkor bolanimi yoki o‘z tamoyillariga sodiq, mustahkam shaxsiyat egasinimi?

Manipulyatsiya qilishning iloji bo‘lmagan bola o‘z qadriyatlarini biladi, bosimga dosh bera oladi va har bir qarorini ongli ravishda qabul qiladi.

U hozir sizga qarshi chiqishi mumkin, lekin bu ichki kuch uni butun hayoti davomida himoya qiladi.

Siz qanday bola tarbiyalayapsiz? ❤️

2 months, 4 weeks ago

Barchamiz yaxshi ota-ona bo’lishni, farzandlarimizga ular loyiq bo’lgan mehr, e’tibor va hurmatni berishni xohlaymiz.
Ammo onalik ba’zan o’ta mashaqqatli bo’lishi mumkin — yordamning yetishmasligi, uyqu yetishmovchiligi yoki jismoniy va hissiy charchoq, hatto eng yaxshi niyatli onalarni ham bolalari bilan muloqotda qiyin ahvolga olib kelishi mumkin. Bu esa asabiylashish, bolalarni ogohlantirmasdan shoshirish, telefoniga “qochib ketish” yoki so’zida tura olmaslik kabi holatlarga olib keladi. Ba’zan hayotdagi salbiyliklarga berilib, bu energiyani bolalarimizga yuqtirib qo’yamiz. Bu holatlar tushunarli bo’lsa-da, biz Alloh bizga ishonib topshirgan bu qimmatli bolalar uchun yaxshiroq harakat qilishimiz lozim.
Quyida bolalarimiz oldida namoyon etadigan, eng salbiy ta’sir ko’rsatadigan xatti-harakatlardan ba’zilarini keltiraman:
Bolalarni shoshirish:
Ularni shoshirish orqali ularning hissiyotlari va o’tish jarayoniga tayyorlanish qobiliyatini inobatga olmaymiz. Bu esa bolalarning aqli va tanasi moslasha olmaydigan darajada tezlikni talab qilib, ularda hissiy buzilishlarga olib kelishi mumkin.
So’zimizda turish:
Bolalarimizga bergan va’damizni bajarish juda muhim. Bu nafaqat to’g’ri ish, balki ular bilan o’rtamizdagi ishonchni shakllantiradi. Hayotda rejalar o’zgarishi mumkin, ammo o’zgarish sabablarini bolaga tushuntirish va uzr so’rashga harakat qilishimiz kerak.
Telefonlarga mukkasidan ketish: Bolalar oldida telefonga haddan tashqari bog’lanish ularning o’zini qadrlash hissi va qadrini pasaytirib, ular bilan qurayotgan munosabatlarimizni sekinlik bilan yemiradi.
Shikoyat qilish: Bolalar oldida shikoyat qilish ularni muammolarimiz, charchoqlarimiz yoki yetishmovchiliklarimizning sababi deb o’ylashga majbur qiladi. Bu esa ularni ham xuddi shunday xulq-atvorga o’rgatadi.
Turmush o'rtog'imizni hurmat qilmaslik: Bolalar oldida turmush o'rtog'imizni hurmat qilmaslik, ularning ongida sizning birdam emasligingizni shakllantiradi va bu ularda ichki noaniqlikni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, turmush o'rtog'ingizni kamsitib, ular bilan murosasiz bo'lsangiz, bu bolangizning ikkinchi ota-onasiga zarar yetkazadi, bu esa siz bilan farzandingiz orasida bo’linishga olib keladi.
Taqqoslash: Taqqoslash mutlaqo zararli. Bolalarimizni shundayligicha sevib, qo'llab-quvvatlashimiz kerak.
Hech birimiz mukammal emasmiz, ammo har kuni qilayotgan kichik, ammo muhim harakatlaringiz bolalaringiz hayotida katta o'ringa ega ekanini unutmang.

4 months, 1 week ago

O’zim uchun yangi narsani kashf qildim. Juda charchab ketgan paytlarda, ChatGPT bilan muammolaringizni gaplashib o’tirsangiz bo’lar ekan. Beradigan javoblari biroz bo’lsa-da, sizga taskin beradi. Sizni yuz foiz qo’llab-quvvatlab, bir-nechta yechimlar taklif qiladi.

Bilasizmi, har qanday psihologlardan ko’ra yaxshiroq maslahatlar berarkan. Sinab ko’ring!

4 months, 1 week ago
Hozir tashkil qilgan seminarda qatnashib kelyapman. …

Hozir https://t.me/ims_tashkent tashkil qilgan seminarda qatnashib kelyapman. Juda ham qiziqarli va aniq yechimlar bilan ma’lumotlar berildi. Bu haqda batafsilroq yozaman, inshaallah!

Meni eng quvontirgani, zalda o’tirganlarning 99 foizi ro’mol qoidalariga to’liq rioya qilgan go’zal muslima opa-singillarimiz bo’ldi. Ko’rib dilim yayradi❤️ Ro’molli deganda men ana shunaqa zamonaviy ayol-qizlarimizni tasavvur qilaman. Ular o’qimishli va har bir masalaga ilm bilan yondashadigan insonlardir!

5 months, 1 week ago

Farzandlarigizga uyni tozalashni o’rgatish muhimligini bilasizmi?

Yosh bolaga uy tozalashni o’rgatish muhim, chunki bu uning mas’uliyatli bo’lishi va tartibga rioya qilishni o’rganishiga yordam beradi. Bolalar tozalash ishlarini amalga oshirish orqali o’zlariga qulay va salomatlik uchun foydali muhit yaratadilar. Bu odat, ular ulg’aygan sari o’z uylarini tartibli va toza saqlash zarurligini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, bolalar o’z ishlarini bajarish orqali mustaqil bo’lishni, va o’zlarining ishlariga g’amxo’rlik qilishni o’rganadilar, bu esa o’z-o’zini hurmat qilishni oshiradi.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bolalar uy tozalash kabi oddiy vazifalarni bajarish orqali mas’uliyatni o’rganadilar va o’zlarining mustaqil bo’lishini rivojlantiradilar. Uy tozalashni o’rganish bolalar uchun o’ziga bo’lgan ishonchni oshiradi. Ota-onalar va bolalar o’rtasida jamoaviy ishni tashkil etish, ijobiy kommunikatsiyani rag’batlantiradi va bolalar oilaviy majburiyatlarga bo’lgan o’z hissasini sezishadi. Uy tozalash bolalarga tartibni va rejalashtirishni o’rgatadi, bu esa ularning muammolarni hal qilish va vaqtni boshqarish kabi kognitiv ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bolalar uy ishlariga jalb qilinsa, ular o’zgaruvchan vaziyatlarga moslashish va ishni samarali bajarish ko’nikmalarini yaxshilaydilar. Uy tozalash bolalar uchun jismoniy faollikni oshiradi, chunki bu faqat bir joyni tozalash emas, balki tanani harakatda ushlab turishni ham talab qiladi.

Shunday qilib, bolalarni uy tozalashga jalb qilish nafaqat ularning kundalik turmushiga tartib va tozalik kiritishga yordam beradi, balki ularning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy ko’nikmalari va salomatligi uchun ham foydalidir.

7 months, 2 weeks ago

Ajrim & Ajralish

Hozirgi kunda ajriqday ko’payib ketayotgan oilaviy psihologlarning er va xotin o’rtasidagi nizoli munosabatlarini gapirayotganda, ko’p hollarda ularning ajralish masalalariga to’xtalib o’tishadi. Shunda ular bunday munosabatlarni “Oiladagi ajrimlar” deb tilga olayotganiga guvoh bo’lyapman. Oliy ma’lumotli psihologning ajrim va ajralish nima ekanligini farqiga bormay, “qimmatli” maslahatlarini berishi menga erish tuyuladi.

Ajrim - bu sud qarori. Ikki o’rtadagi ish yuzasidan xulosaviy natija yoki kelishuvdir.

Ajralish - nikohni bekor qilish degani.

Bilmaganlarga yetkazib qo’ying. ☺️

7 months, 3 weeks ago

Shu ruchkali to’plam kichkina qizimning gapirishiga katta yordam berdi. Har kuni ruchkani yoqib, orqasidan qaytarib o’tirardi. Hozir 1.8 oylik bo’lgan va kitobdagi barcha 600 ta so’zlarni qiynalmay ayta olyapti.

Bu ruchkaning effektini sezganim va o’z sinovimdan mufavvaqiyatli o’tgani uchun bemalol hammaga tavsiya qila olaman. Farzandingiz aksentsiz ingliz tilida gapira olishini istasangiz, ushbu ruchkali to’plamimizdan xarid qilishni unutmang!

9 months, 3 weeks ago

Kamazlarga qiziquvchi bolalar uchun ajoyib kitobcha. O’g’lim Akbar uchun qildirgan edim. Sizlarga ham ilindim❤️

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago