𝑺𝒆𝒖𝒍 𝒔𝒕𝒐𝒓𝒊𝒆𝒔🥂

Description
ɪ'ᴍ sᴇᴜʟ ᴋɪᴍ
ʟᴇᴛ's ʙᴇ ᴡɪᴛʜ ᴍᴇ~

wanna see a magic? just trust me...

ᴄᴀᴛᴀʟᴏɢ: @Seul_storiess
cr: @LLikeCrazy
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 1 Woche her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

1 month, 1 week ago

Yigit gapini tugatgach qaddini rostlash uchun biroz ortga tirsaladi ammo qiz tezlik bilan uni to'xtatadi. Ester titroq egallagan qo'li bilan yigitning bilagidan tutib qoladi.
- Jimin... )-uning tovushida to'liq yig'i aralashgani tufayli so'zlarni payqash qiyin edi...qiz yigitning bilagini mahkam siqib ushlarkan unga yosh to'la ko'zlari bilan iltijoli tikilardi-( iltimos...hammasini to'xtat...bunday qilma iltimos...
Qizning yig'i aralash arang aytayotgan so'zlarini eshitgan Jimin qiziqarli ma'lumotlar eshitgan insondek qoshlarini ko'tarib jilmayadi..Esterning o'zi yigitning bilagini tutib turganiga qararkan ikkinchi qo'lida tutgan pichoqni yanada qattiroq siqadi..ko'zlarini Esterning yuzidan uzmaskan ichki mahluq o'z nazoratini yo'qotayotganini his qilardi.
- seni sevaman... )-Jimin gapirish barobarida kumush pichoqchani zarb bilan qizning yelkasiga qayta qadadi. Ester og'riqdan baqirib yubordi. Yigitning yuziga vaxshiyona tabassum yugurdi. Ikki barobar qon oqishni boshlagan jarahotni zavq bilan tomosha qilishni boshlarkan pichoqni osonlik bilan sug'urib oldi...Ester bu gal ham og'riq bilan bo'g'iq tovushda baqirdi. Yigit qo'lidagi pichoqni yerga tashlab qizning boshini ikkala qo'li bilan changallab o'ziga qaratdi.
- seni sevaman...Ester... )-Yigit telbanamo pichirlarkan qizning yuzi va sochlarini qonga belangan barmoqlari bilan tez va tartibsiz silardi..Qiz tanasida kuchayib borayotgan og'riqlar tufayli yigitning harakatlarini deyarli his qila olmasdi...
- sen ham meni sevasanmi? )-Jimin bir zum gapirishdan to'xtab javob uchun qizning ko'zlarini qidirdi. Esterning og'riq bilan arang nafas olayotgan qiyofasida qoniqarli javob bo'magach Jimin telbalarcha qizning boshini qattiroq changallagab o'ziga qaratdi.
- meni sevishingni aytasanmi? )-yigit baland ovozda gapini takrorladi.
- Jimin...iltimos...bas qil... )-qiz yig'i aralash iltmos qilarkan yigitning harakatlari uni yanada vahimaga solardi. Ammo Jimin to'xtamasdi.
- meni sevishingni ayt... )-yigit balandroq ovozda takrorlab jahl bilan qizga tikildi.
- seni....seni sevaman... )-Ester qattiq qo'rquv ta'sirida qanday qilib yigitning buyrug'ini bajarganini sezmay qoldi. Baland ovozda gapirgan qiz shu gapdan so'ng biroz tinchlangandek ko'ringan yigitga vahima bilan tikilardi. Jimin qizning yuzini qo'yib yuborib sekin egilgancha yerga tushib ketgan kumush pichoqni qayta qo'liga oldi...yigitning lablari bilinar bilinmas yoyilarkan telbanamo ko'zlari yanada qo'rqinchili charaqlay boshladi..Qo'lida tutib turgan pichoqni mahkamroq siqib qizning stolga bog'liqligicha allaqachon qonga belangan tanasini ko'zdan kechirib chiqdi.
- men ham seni sevaman )-Yigit gapirish barobarida qizga yaqinlashib kichik pichoqchani qizning kafti ustidan kuch bilan qadadi...

(4/6)

(Happy new year yorobun🌚

#Seul@Seul_stories

1 month, 1 week ago

- senga gapirayotganimda mendan ko'zingni uzma... )-Jimin muloyim ohangda so'zlaydi. Ammo bu vaziyatda uning so'zlari Ester uchun qatiy buyruqdek yangraydi. Qiz yosh to'la ko'zlarini yuqoriga Jiminga tikib bo'g'iq ovozda so'zlaydi.
- n-nega bunday qilyapsan? )-past tovushda arang gapirgan Esterning so'zlari Jiminning tabassumi yanada kengayishiga sabab bo'ladi.
- seni sevaman... )-Jimin qon bo'lgan barmoqlarini qizning bo'ynidan yuqoriga yanog'iga harakatlantiradi. Ikkala barmog'ini qizning yanog'ida mayin harakatlantirarkan ahmoqona muloyimlikda so'zlaydi. Ester hech narsani tushunmaydi. Butun vujudi yaqinda paydo bo'lgan jarohat og'rig'i va Jiminning kutilmagan qo'rqinchili harakatlari tufayli shock holatida qolgandek edi...
Oraga sukut tushadi. Jimin ko'z aloqasini saqlagan holda kichik kumush pichoqni tutib turgan ikkinchi qo'lini ko'tarib tig'ni qizning yelkasi ustiga tiraydi. Ester yana bir bor titraydi. Ko'z yosh tomchilari yuzi bo'ylab dumalarkan qo'rquv tufayli yelkasi ustida his qilayotgan sovuq qurolga qarashga ham, Jiminning bo'sh ifoda aks ettirayotgan yirik telbanamo ko'zlariga qarashga ham botina olmaydi. Qiz nigohlarini oyoqlari uchiga qadab tovushsiz yig'lashda davom etarkan Jimin uh tortgancha qizning yanoqlarida tutayotgan qo'li bilan qizning sochlarini changallaydi. Yigit qizning boshini kuch bilan yuqoriga qaratarkan o'zi ham mos ravishda Esterning yuziga tomon engashadi.
- eslaysanmi...sen albatta meniki bo'lasan degan edim.. )-Jimin biroz jiddiy ohangda gap boshlarkan Ester majburan nigohlarini uniki bilan birlashtiradi. Yigitning yuziga tabassum yuguradi-( o'sha paytda meni turtib o'tib ketding...men o'sha kuniyoq sening kelajaging haqida qaror qabul qildim...sen albatta meniki bo'lishing kerak...
Jimin qaddini rostlarkan qizdan ko'zini uzmasdan davom etadi-( va mana...endi menikisan...
Qiz og'ir nafas chiqaradi. Ko'zlarini yigitnikidan uzishdan qo'rqardi. Unga qo'rquv bilan tikilgancha sukut saqlaydi. Jimin qizni kuzatarkan sochlarini changallagan qo'llarini mahkamroq siqqancha qizning yuziga biroz yaqinlashadi.
- nega jimsan?...nahotki hech narsa demasang? )-Jimin yuzida tushinarsiz tabassum bilan ko'zlarini qizning nigohidan uzib biroz oldin joylagan Esterning yelkasida hamon tiralib turgan pichoq tig'iga ko'chiradi. Shu soniyadan so'ng o'tkir tig' bosimi ortishni boshlaydi. Ester yelkasida boshlangan yana bir og'riq tufayli zaif ingraydi. Ko'zlarini og'riqdan mahkam yumarkan achchiq yoshlar yanoqlari bo'ylab to'kilishni boshlaydi...pichoq qizning ko'ylak matosini teshib o'tgach teri himoyasini ham bir zumda kesib tashlaydi. Pichoq teriga qadalgani sari yangi hosil bo'layotgan jarohatdan alvon rangli qon sizib chiqishni boshlaydi. Xonani qizning og'riq tufayli chiqarayotgan bo'g'iq tovushi qoplaydi. Jimin hotirjamlik bilan ishida davom etadi. Pichoq yarim beligacha qizning yelkasiga qadalgach harakatdan to'xtaydi. Esterning chap yelkasi alvon qonga belangancha kuchsiz titrashda davom etadi. Qiz og'ir nafas oladi..deyarli kuchi qolmagani bois ko'zlarini arang ochib yerga qadagancha o'tiradi...
Biroz muddat pichoqni joyida saqlagan yigit keskin harakat bilan uni sug'urib chiqaradi. Kutilmaganda kuchayib ketgan o'tkir og'riq tufayli Ester baland ovozda baqirib yuboradi.
Jimin pichoqni qo'lida mahkam siqqancha qizning baland tovushidan maroq bilan jilmayadi. Ester tez tez nafas olib og'riq tufayli tanasini titroqdan to'xtata olmasdi. Jimin jarohat ustidan kaftini bosib qizning yuzi barobarida egiladi.
- senga yoqyaptimi? )-yigit telbanamo jilmayib qizning javobini kutadi.
- nega...nega bunday qilyapsan? )-Ester titroq tovushda arang so'zlarkan entikib nafas olardi. Jimin kuladi...jarohat ustidagi qo'li biroz yuqoriga harakatlanib qizning jag'ini mahkam tutadi.
- bularning hammasi sevgimni isbotlash uchun... )-yigit qizning yuziga yanada yaqinroq keladi. Ester yigitning iliq nafasi yuziga urilayotganini his qilarkan yigit uning qiyofasini qayta ko'zdan kechirgach pastroq ovozda davom etadi-( seni sevaman...

2 months, 1 week ago

*Yengil titroq bilan ko'zlarini ochgan Ester holsizlik bilan boshini ko'tarib o'zini xuddi tongdagidek stulda o'tirgan holatda ko'radi. Polda cho'kkalab o'tirgan Jimin qizning oyoqlariga o'ralgan zanjirni qiziqish bilan ko'zdan kechirmoqda. Ester uni ko'rishi bilan ichki titrog'i qayta boshlanganini payqaydi. Jiminning og'ir nafas tovushiga qizning qo'rquv tufayli og'irlashib borayotgan nafasi ham sekinlik bilan uyg'unlashadi...qiz yigitdan ko'zlarini uzmaydi. Jimin ham zanjirga tikilishda davom etardi. Ester noqulaylik bilan qo'lini biroz harakatlantiradi va to'satdan ko'zlarini biroz kattaroq ochib qo'llarini qayta ko'zdan kechiradi. Hushini yo'qotishidan oldin bilaklariga o'ralgan zanjirlar yo'q...ular stol tirgagi bo'ylab pastga osilib tushgan. Qiz qo'llari ozodlikda ekanligini payqagach yigitga qayta ko'z tashlaydi. Bu safar Jimin ham yerdagi nigohlarini ko'taradi. Yigitning iliq nigohlari Esterning yuziga tushadi. Shoshilmasdan uning hayrst aks etayotgan qiyofasini ko'zdan kechirgach bir harakat bilan qaddini rostlaydi.
- biroz dam olding... )-Yigit xonadagi sukutni mayin ovozi bilan buzadi. Ester biroz ikkilanib yuqoriga - u o'tirgan stol tepasida turgan yigitga qaraydi. Yigit qo'lini pastga cho'zib qizning yanog'iga barmoqlari bilan ohista tegadi.
- ahvoling yaxshimi )-Jimin bu gal ham mayin va sehrlovchi tovushda gapirib iliq jilmayadi. Ester gapirishga jur'at etmasada tasdiq ma'nosida qisqa bosh irg'aydi...
- ajoyib... )-Jimin jilmayishda davom etgancha barmoqlarini sekinlik bilan qizning yanog'idan jag' qismiga harakatlantiradi. Uning barmoqlari qizning terisida mayin harakatlanadi. Uning tegishi qanchalik muloyim bo'lsada tana harorati sovuq...qiz yuziga mayin surkalayotgan barmoqlar ta'sirida noqulay titraydi...Jimin biroz vaqtga harakatdan to'xtab ikkinchi qo'lida siqib ushlayotgan buyumini qizning yuzi yaqiniga harakatlantiradi. Xonada yorug'lik kam bo'lganidan yigitning yuzini aniq payqash qiyin ammo uning qo'lidagi buyum kichik yorug'lik tufayli ham yarqirab aniq ko'rinardi. Ester kichik kumushrangli pichoqchani ko'rgach qo'rquv bilan ko'zlarini kattalashtiradi. Sovuq buyum qizning yuzi yaqinida harakatdan to'xtaydi. Pichoq juda yaqin ammo teriga tegmaydi...Qiz og'ir nafas olish barobarida yigitga tushunarsiz qaraydi. Jimin pichoqni joyida saqlagancha qizning qo'rquvini jimgina kuzatadi...
- sendan bir narsa so'rasam ruxsat berasanmi? )-Jimin vaziyatga umumman xos bo'lmagan muloyim tovushda so'zlaydi. Ester javob o'rnida yigitga tikilishda davom etarkan yigit gapida davom etadi-( bu teri...mayin va oppoq...xuddi qimmatbaho qog'ozdek...
Yigit gapirish barobarida pichoqni sekin qizning terisiga tekkizadi. Ester yanog'ida his qilgan sovuq pichoq yuzasidan seskanib ketadi.
- senga to'lin oy ma'qulmi yoki hilol? )-yigit vaziyatga mos bo'lmagan tonda gapirishda davom etadi.
- nima? )-qiz past tovush bilan arang bir so'zni talaffuz qilishga muvaffaq bo'ladi.
- to'lin oy chiroyliroq... )-yigit qizning savolini e'tiborsiz qoldirib o'ziga o'zi javob beradi. Pichoq qizning yanog'i bo'ylab sekin pastlaydi. Ester titroq bilan pichoqning har bir harakatini kuzatadi. Yigit harakatni qizning bo'yin qismida to'xtatadi.
- mana shu yerga )-yigit pichoqni barmoqlari ichida qulayroq tutib olgach qizning nigohlari bilan to'qnashadi.
- Jimin... )-Ester butunlay qo'rquv egallagan past ovozda unga qaraydi-( iltimos...
- bu ajoyib bo'ladi )-yigit qizning iltimosli tovushini butunlay e'tiborsiz qoldiradi. Pichoq biroz teriga botirilgach oppoq teri biroz taranglashib kichik qon izi sezila boshlaydi. Pichoq bosimi biroz kuchaygach Esterning og'riq tufayli ingrashi eshtiladi. Jimin yangi paydo bo'layotgan jarohat qoni va qizning og'riqdan burishgan yuziga tikilib bosimni orttirishda davom etarkan ko'zlaridagi tushinarsiz zavq tobora ortib boradi...

(3/6)*

~Hikoyani boshidan o'qish~#Seul@Seul_stories...

5 months, 1 week ago
**Happy birthday to me!**

Happy birthday to me!

Dear myself, please be happy and love yourself?
Everything is will be okay...don't worry I'll work hard for you~
#Seul

5 months, 3 weeks ago

*Ester keyingi daqiqada sovuq zanjir yuzasini oyoqlarida his qila boshladi. Uning vujudini butunlay vahima egallay boshladi..Qiz tanasiga tarqalayotgan titroqni bosishga urinib lablarini bir birga qattiq qisib oldi. Ammo bu foydasiz. Qizning yuragi aqldan ozgandek qo'rquv tufayli o'zini tana devorlariga urishda davom etmoqda. Qiziq Jimin deb taxmin qilayotgan odami uning shunchalik qattiq tepayotgan yuragini eshitmayaptimikan?...

Ester qattiq nafas olish va issiqlikni yuziga juda yaqin masofada his etganida hamma hayollaridan chiqishga majbur bo'ldi. Endi uning nafasini qiz butunlay to'liq his etishi mumkin. U og'ir nafas olmoqda. Katta ehtimol bilan uning ko'zlari ham Esterning yuziga qadalgan. Qiz qancha vaqt shunday holda qola olishini tasavvur ham qila olmaydi. Nahotki bu inson uni shunchaki tomosha qilib turaversa?
- uyg'onish uchun ajoyib fursat... )-Quloqlari ostida juda tanish bo'lib qolgan muloyim ovozni eshitgan qiz beixtiyor ikkala ko'zini ochib yubordi. Ester undan bir necha millimetrlar uzoqda turgan Jiminning yoqimli qiyofasi va shu vaqtni o'zida unga g'alati tiklayotgan g'ayrioddiy ko'zlari bilan to'qnash keldi. Uning ko'zlarining rangi yoki tikilish uslubi g'alatidek. Qiz Jiminning ko'zlariga qaraganida doim o'zini g'alati his qilgan. Ular moviy rangda emas. Ammo bu yashilga ham o'xshamaydi. Bu chinakam g'ayrioddiy rang. Go'yoki uning ko'zlari moviy va yashil ranglarni o'zida birdek mujassamlashtirgandek.
Jimin undan ko'zlarini uza olmay qolgan qizga tikilishda davom etib tabassum qildi. Ester shundagina biroz o'ziga kelib ko'zlarini yigitdan uzib o'z stolga zanjirlar bilan bog'lab qo'yilgan tanasiga qaratdi.
- bu nima?... )-Qiz qo'l oyog'ini harakatlantirishga urinib ko'rdi. Atrofga zanjirlar shiqirlashi yangradi. Ester hech bir harakat bajara olmasdan urinishda davom etarkan Jimin uni shunchaki tik turgancha kuzatib turardi.
- bu nimasi? Nega bunday qilding? )-Ester ichida allaqachon uyg'ongan qo'rquv titrog'ini sezdirmaslik uchun zanjirlardan ko'zini uzmasdan savol berdi. Ammo qiz yigitni yuzini ko'rmayotgan bo'lsada uning g'alati tabassumini his qildi.

- seni sevaman... )-Jimin biroz xirillagan ovozda gapirib qizning ustiga stolga egildi. Ester kutilmagan harakat tufayli Jimindan uzoqroq turish uchun o'zini stolga mahkamroq itarishga majbur bo'ldi. Ammo Jimin bunga e'tibor bermadi. U qizning yuziga biroz avvalgidek yaqinlikda to'xtab uning qo'rquv aralash nigohini qiziqish bilan o'rgana boshladi-( sen ham meni sevasami?...*

(6/2)

( 20+ reaksiya?↔️

#Seul

5 months, 3 weeks ago

*- ming la'nat.. )-qiz past ovozda pichirlab xotirasiga zo'r beradi. Ana shundagina kutilmagan qo'llar va hushsizlantiruchi ro'molcha haqida to'liq eslaydi..endi nimalar bo'lishi...unga hamla qilgan odam kim ekanligi haqida o'ylay boshlaydi..bu katta ehtimol bilan o'sha yigit. Ester hali buni aniq bilmasada Jimindan yanada nafratlanishni boshlaydi...

Oradan ko'p o'tmay mashina harakatdan to'xtadi. Ester harakatsizlikni sezib ko'zlarini ohista yumdi. Aslida u hozir uyg'oq bo'lgani yoki hushsiz bo'lishi yaxshiroq ekanligini aniq bilmaydi. Ammo havsizroq yo'l hushsiz holat ekanligiga tushunarsiz usul bilan ishona boshlab o'zini hushsiz holga soladi. Tashqaridan qorda bosilgan qadam tovushlari eshtiladi. Ular bir muddatdan so'ng yukxona tomonga yaqinlashishni boshladi. Ester o'zini holatga tayyorlab chuqur uh tortadi. Aynan o'sha vaqtda ochilgan yuk xona eshigining o'rni orqali qizning yuzi va tanasiga iliq quyosh nuri tushadi. Ester nur tufayli yuzini harakatlantirmaslikka harakat qila boshlaydi. Ammo qizning yuziga to'g'ridan to'g'ri tushayotgan quyosh nurlarini kimningdir tanasi to'sadi. Noma'lum odam biroz muddat yuk xonadagi qizga tikilib harakatsiz turgach shoshilmasdan qizni yuziga yaqinroq egiladi. Ester uning og'ir nafasini terisi bilan his qiladi. U iliq va allaqanday tushunarsiz qattiq nafas olmoqda...

Jimin qizni yukxonadan osonlik bilan ko'tarib olgach qarshisidagi bino tomonga harakatlanadi. Ichkari yo'lakdan so'ng ketma ket yuqoriga yo'nalgan zinalarga duch keladi. U Esterning uyg'oqligi haqida allaqachon habardor. Uyqudagi insonning kipriklari har bir harakat tufayli titramaydi. Jimin buni bilasada qizni o'z qo'lida ko'tarib zinalar bo'ylab yuqoriga ko'tarila boshlaydi. Yo'l bo'yi uning yumiq ko'zlari bilan ham ajoyib ko'rinayotgan yuzidan ko'zlarini uzmaydi. Ba'zida Ester chuqurroq nafas olganida yigitning yuziga g'alati tabassum yuguradi. U bilan qilishi mumkin bo'lgan ko'plab ishlar hayolidan o'tadi...

Qiz o'zini yigitning qo'lida noqulay sezmoqda. U tezroq bularning bari tugashi, kim bo'lsada uni e'tiborsiz qoldirishi, ko'zlarini ochib atrofni o'rgangancha nimalar sodir bo'layotganini anglashni hohlaydi. Ester uni ko'tarib olgan inson yurishdan to'xtaganini payqab yengil tortdi. Ko'p o'tmay eshik qulfining ovozidan so'ng temir eshik baland ovoz chiqargancha ochilgani sezildi. Ular harakatlanishda davom etishdi. Aftidan uy eshigi qayta yopilib qulflandi. Harakat davom etdi. Ester yog'och eshikning g' ichirlab ochilganidan boshqa xonaga kirishganini sezdi. Bir ikki qadamdan so'ng uni ko'tarib turgan inson qizni pastlatib katta stol ustiga qo'ydi. Ester tekis silliqlangan stolning sovuq yuzasini his etdi. Yuqorisidan eshitilib turgan nafas ovozi biroz yumshadi. Qadamlar biroz uzoqlashgandek tuyuldi. Ester ko'zlarini ochishga hamon ikkilanmoqda. Bordiyu o'sha inson hali ham unga qarab turgan bo'lsachi...

Qizning hayollarini taxminan u yotgan stoldan ikki qadam narida eshtilgan zanjir ovozi bo'lib yubordi. Tovushiga qaraganda bu ancha qalin temirdan ishlangan yirik zanjir...qadam ovozlari qizning stoliga qayta yaqinlashdi. Ester tushunarsiz holatda hayolida bir savolni takrorlardi: "u nima qilmoqchi?"

Birozdan so'ng Ester qo'liga tekkan sovuq temir zanjirdan beixtiyor seskanib ketdi. Jimin qizni chap qo'lini stolning ilgagiga mahkamlash barobarida uning qifoyasidan ko'zlarini uzmasdi. Qizning seskanib ketganini ko'rgan Jimin nim tabassum bilan ishini davom etdi. U Esterning ikkinchi qo'lini ham yuqoriga ko'tarib stolning o'ng tomonidagi ilgagiga zanjir bilan mahkamladi. Qizning hushsiz qiyofasi qoshlarini bilinar bilinmas chimirayotganini ko'rish unga zavq bag'ishladi. Jimin endi butkul tabassum qilib stol chetidagi dastakni sekin tortdi. Stol o'zidan o'zi harakatga kelib ikkiga buklanganch qiz o'tirgan holatga keltirildi. Esterning qo'llari yuqoriga ko'tarilib zanjirlar tufayli pastga biroz osilib qoldi...Yigit jilmaygancha qolgan zanjirni olib yerga cho'kkaladi.*

5 months, 3 weeks ago

*"yaxshi bilganingni qil!...keyin menga quloq solmaganingga afsuslanasan!"

Qo'ng'iroq ovozidan so'ng aqliy janjal ham so'nggi dars ham tugaydi...Qiz uh tortganicha o'rnidan turadi. Narsalarini shoshilmasdan yig'ishtirib sinfxonadan yolg'iz chiqib ketadi. Uning do'stlari yo'q. Bir yil oldin ota onasining sirli vafotidan so'ng undan hamma yuz o'girdi. Hattoki o'qituvchilar ham faqatgina majburlikdan gapiryotgandek tuyuladigan paytlari ham bo'lgan. Ammo Ester kuchli bo'ladi. Onasi va otasining yashashga bo'lgan ishtiyoqini ilgari surib ularning barcha orzularini amalga oshiradi. Unga achinish va hazar nigohi bilan tikilayotganlarni ko'zlarini o'z qo'llari bilan o'yib oladi. Shunday kun keladi. U bunga ishonib yashashda davom etadi...

Yanvar oyining oxiri. Qishning eng sovuq payti bo'lgani uchun sovuq har qanday issiq kiyimlardan ham o'tib ketadi. Bunday havoda ko'chada yurgan hamma o'z uyiga tezroq borib isinishni hayolidan ketkaza olmaydi. Ammo Ester unday qilmaydi. Qahraton bo'lsada ustidagi qalin plashiga yanada qattiqroq o'ranib ko'prik tomonga yo'l oladi. U bugun hammasini hal qila olishiga ishonadi. Keyin esa uyiga qaytib hotirjam dam olib isinadi. Oyoq ostidagi qorlarni birma bir ezg'ilab borish ham kishi asabini tinchlantirishda yordam beradi. Qiz sovuqdan qizara boshlagan ikkala yuzini kaftlari bilan yopib ko'prikning eng o'rta qismi - markaziga yetib kelganini payqadi. Ester yurishdan to'xtab atrofni ko'zdan kechiradi. Quyuq qishda tez qorong'u tushgani tufayli inson qiyofalarini aniq tanib bo'lmaydi. Ammo qiz o'zidan ikki barobar katta gavdali, doimo qalin palto, katta bosh kiyim, qiznikiga nisbatan ancha katta bo'lgan etik kiyib yuradigan Jiminni juda yaxshi taniy oladi. Uni qanchalik uzoqdan bo'lsa ham payqay oladi. Ammo hozir atrofda hech kim ko'rinmaydi. Hatto u ham kelmagan ko'rinadi. Qiz asabiy uh tortib soatiga qaraydi. Yettidan o'n ikki daqiqa o'tgan..
- la'nati... )-sovuq tufayli madorsizlangan qiz sekin shivirlagancha ketishga harakat qiladi. Ortga o'girilgach butunlay muz qoplagan ko'prikdan ammallab yerga tushib olish haqida o'ylaydi. Nihoyat muz qatlami ichida qadam qo'yish mumkin bo'lgan kichik parcha ko'rinish beradi. Ester bundan quvonib oyoqlarini to'g'ri o'sha tomonga harakatlantiradi. Ammo qiz tezlik bilan ortidan kelgan yigitni payqamay qoladi. Uning qadamlari izg'irin bo'ron ovozi ichida sezilmay ketgani tufayli naq ortida turgan Jiminni ham sezmaydi.
Yigit bir muddat sukut saqlab tabassum qiladi va hotirjamlik bilan qizning og'zi va burni ustidan kaftlarini o'rab yopadi. Yigitning kafti ichidagi ro'molchaning hidli narkozidan hushsizlana boshlagan Ester voqea haqida to'liq anglab ulgurmasidan hushini yo'qotadi.. Uning tanasi qorli yerga tovush chiqarmasdan qulaydi...
Yigit yengil harakat bilan qizni yerdan ko'tarib yelkasi osha ko'targancha sal narida turgan mashinasi tomonga qarab ketdi...*

(6/1)

:: mana everyone yana bir yangi hikoya bilan mehmon qildim. Bu gal yozish uslubimga o'zgartirish kiritdim. G'oyasi o'xshash fanficlar haqida gap ketadigan bo'lsa oldindan aytaman hammasi o'zimni fikrim asosida?
Va bu hikoyaning janri biroz og'irroq. Shuning uchun birinchi qismdanoq qo'llab quvvatlaysiz degan umiddaman?↕️

#Seul

5 months, 3 weeks ago

*-10 kun oldin

Erta tong. Yangi kun. Ester uyidan yugurib chiqdi. U maktabga kech qolmoqda. Qadamlarini chalkashtirib tezlik bilan maktab tomonga yugurar ekan to'g'risidagi ko'chada uchraydigan qayrilish yonida uzoqdan ko'ringan odam sharpasini payqadi. Qiz uni darhol tanidi. Bu yana o'sha yigit. Jimin...qiz uh tortadi. Iloji boricha sekinroq harakatlanib u tomonga boradi. Qayrilish yoniga yetganida esa yigitning yonidan tezroq o'tishga urinadi. Doimgidek bu ish bermadi. Jimin qizning bilagidan tutib qoldi.
- Ester kel gaplashib olaylik... )-uning ovozi yoqimli. U doim qizning ismini alohida e'tibor bilan talaffuz qiladi. Ko'zlari ham o'zgacha porlaydi. Ammo u nimasi bilandir qizga yoqmaydi. Balki bunga sabab yigitdan doim keladigan g'alati qon hididir. Yoki ba'zida uyiga kirib ketgancha haftlab tashqariga chiqmasligi yoqmaydimi. Ester buni bilmaydi. Balki u Jiminning butunlay o'zini yomon ko'rar...

- meni qo'yib yubor... )-qiz ham yaqin besh oydan beri takrorlayotgan harakatini bajaradi. Yigitdan bilagini tortib oladi. Uning qo'lini siltab tashlash barobarida o'zidan uzoqlashtirib itaradi. Jimin bundan achchiqlanmaydi. Hattoki u doim Ester bunday qilganida yuzida nim tabassum bilan qizni qayta ko'zdan kechiradi.
- axir seni sevaman... )-doimiy o'xshash dialog tufayli qizning ensasi qotadi. Bu holat yana qancha davom etishi mumkin?...Besh oydan beri Ester bilan shu hodisa ro'y bermoqda. Jimin bilan birinchi bor ko'rishganida ancha muloyimroq muomalada rad etgan edi. Ammo vaqt o'tgani sari Jiminning harakatlari oshib bordi. Va bular chidab bo'lmas darajada.U doim erta tongdan Ester bilan yuzlashadi.Bu Ester uchun odatiy hol.Jimin uning maktabdan qaytishida ham aynan shu yerda turadi.Yigit qizni to'xtatib tongda bergan savolni takrorlaydi.Doimgidek itarilishdan so'ng qiziqish bilan qizning tanasi va yuzini o'rganadi.Ko'zlari to'qnashganida nim tabassum bilan unga o'tib ketish uchun yo'l beradi..mana bugun ham shunday holat takrorlandi.Ester qo'lini yigitdan yulib olgach uni ko'ksidan itarish uchun kaftini oldinga harakatlantirdi.Ammo bu gal voqealar o'zgardi.Kutilmaganda o'zini qizning kaftidan olib qochgan Jimin havoga zarb berib yiqilishiga bir bahya qolgan qizni tutib qoldi.Jimin aynan qizni tutish uchun uning belida qo'llarini o'rab olgancha oyoqqa turg'azish davomida o'ziga yaqin tortdi.Ester qachonki nimalar bo'layotganini anglagach tezda yigitdan uzoqlashdi.
- meni kechir )-Jimin uzr so'raydi.Ammo uning ohangida afsus ohangi yo'q.Doimiy chaqnab turadigan ko'zlari qizdan uzilmay Esterni yanada noqulay holatga soladi
- jin ursin... )-qiz pichirlagancha Jiminni so'kib o'tib ketishga hozirlanadi.Ammo yigit yana uni to'xtatadi
- ortiq o'yin qilmayman.Bugun seni tungi yettida ko'cha boshidagi ko'prik yonida kutaman.Kelsang hammasini hal qilib olamiz )-Jimin hozirgidek doim hissiz insondek tekis so'zlaydi.Ammo uning yoqimli ovozi bu nuqsonni berkitib yuboradi..bugungi kun uchun ikkinchi yangilik. Bugungi doimiy dialog o'rnida boshqa so'zlarni eshitgan Ester ajablanib yigitga qaraydi.Ammo uning ko'zlari Jiminning g'alati nigohlari bilan to'qnashgan paytda unga qarash noto'g'ri ish ekanligi haqida o'ylaydi. Qiz hech narsa demasdan ortga o'grilib maktab tomonga ketishda davom etadi..ammo uning hayolida ikkilanish boshlandi.Balki bugun barchasi hal bo'lsa Jiminni boshqa ko'rmas?...

Va kuni bo'yi bu hayol uni tark etmaydi.Ketma ket o'tayotgan dars soatlari davomida aqlining ikkala pallasi o'rtasida janjal davom etmoqda:

"- men allaqachon charchadim. U bilan bugunoq ko'rishib hammasini rad qilaman"
" u aqldan ozgandek ko'rinadi. Borib biror baloga yo'liqish mumkin!"
"-ammo bunday voqealar qachongacha davom etishi kerak? U meni qachon tinch qo'yadi"
" bir kun kelib u seni unutib yuboradi..faqat biroz vaqt kerak"
"-oradan besh oy o'tdi..yana qancha vaqt kerak?!"
" nima bo'lganida ham sen hali yuqori maktab o'quvchisisan u esa allaqachon o'ttizga kirgan bo'lsa kerak..xo'sh u bilan nimani hal qilishingiz kerak?Hammasi shundoq ham hal emasmi?"
" -nega tushunmaysan! U bu oxirgi suhbat bo'lishini aytdi.U boshqa o'yin qilmaydi"*

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 1 Woche her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her