PREZIDENT MAKTABI | Islomjon Ibragimov

Description
🔰Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV
Tel: +998934040767
Telegram: +998939464933
Telegram: @MAGISTR_2020
✅ @Ibragimov_academy

🏢🏛 PREZIDENT VA AL-XORAZMIY MAKTABIGA TAYYORLOV:
♻️ MATEMATIKA
♻️ MANTIQIY VA MUAMMOLI MASALALAR
♻️ TANQIDIY FIKRLASH
♻️ INGLIZ TILI
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

1 month ago
1 month, 3 weeks ago

#Prezident_Maktabiga_Tayyorlov#Islomjon_Ibragimov#Matematik_tushunchalar
📊 Matematikada foydalaniladigan terminlar va belgilar,
ularning kelib chiqishi hamda ularning qisqacha ma’nosi haqida

Matematika – yunoncha so’z bo’lib, fan, bilim ma’nosini bildiradi. Buni Pifagor kiritgan.

Arifmetika – yunoncha “arithnios” so’zidan olingan bo’lib, son san’ati degan ma’noni bildiradi.

Algebra – al-Xorazmiyning “Al – jabr va al – muqobala” asaridagi al – jabr so’zining talaffuzi bo’lib, o’zbek tilida tiklash, to’ldirish ma’nosini bildiradi.

Geometriya – yunoncha “geometreo” so’zidan olingan bo’lib , yer o’lchash ma’nosini bildiradi.

Trigonometriya – yunoncha so’z bo’lib, uchburchallarni o’lchash, yoki uchburchaklarni yechish degan ma’noni bildiradi.

Aksioma – yunoncha so’z bo’lib, isbot talab qilinmaydi degan ma’noni bildiradi.

Gipoteza – yunoncha so’z bo’lib, faraz qilish degan ma’noni bildiradi.

Teorema – yunoncha so’z bo’lib, mulohaza yuritilgan degan ma’noni bildiradi.

Formula – yunoncha so’z bo’lib, ma’lum qonun degan ma’noni bildiradi.

Figura – yunoncha so’z bo’lib, rasm, shakl degan ma’noni bildiradi.

Funksiya – yunoncha so’z bo’lib, bo’ladigan, bajariladigan degan ma’noni bildiradi.

Algoritm – al – Xorazmiy nomining yevropalashtirilgan ko’rinishi bo’lib, qadam – baqadam degan ma’noni bildiradi.

Piramida – yunoncha so’z bo’lib, olov shaklidagi jism degan ma’noni bildiradi.

Parallelepiped – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yonma – yon boruvchi tekisliklar degan ma’noni bildiradi.

Katet – yunoncha so’z bo’lib, shoqul degan ma’noni bildiradi.

Gipotenuza – yunoncha so’z bo’lib, tarang tortilgan degan ma’noni bildiradi.

Radius – yunoncha so’z bo’lib, nur degan ma’noni bildiradi.

Diametr – yunoncha so’z bo’lib, ko’ndalang degan ma’noni bildiradi.

Diagonal – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, ikki burchak orqali o’tuvchi degan ma’noni bildiradi.

Koeffisient – Dekart koeffisientlarni a , b , c , . . . harflar bilan , no’malumlarni esa x , y , z , . . . harflar bilan belgilagan .

Qo’shish “ + ” va ayirish “ – ”
Ya Vidman 1489 yilda kiritdi.

Ko’paytirish – “ ⋅ ”
Regiomontan 1461 yilda kiritdi.
“ x ” belgini U.Outred 1631 yili kiritgan.

Bo’lish – “ : ” arab olimlari kiritgan .
Hozirgi ko’rinishni 1684 yilda Leybnis taklif etgan.

Tenglik – “ = ” belgini R. Dekard 1557 yilda kiritgan .

Qavslar – kvadrat qavslar [ ] ni R. Bombelli 1550 yilda, doiraviy qavslar ( ) ni Tartal’ya 1552 yilda, figurali qavslarni { } ni F. Viyet 1593 yilda kiritgan.

Oraliqlar – (a ; b) va hamda ko’rinishlarda Kovalevskiy 1909 yilda kiritgan. [ ] , ] [ belgilarni Burbaki 1956 yilda kiritgan.

Gradus – yunoncha so’z bo’lib, daraja yoki bosqich degan ma’noni bildiradi. Ptolomey graduslarni – qismlar, minutlarni – shtrix, sekundlarni – ikkita shtrix bilan belgilagan.

Parallel – yunoncha so’z bo’lib, yonma – yon boruvchi degan ma’noni bildiradi. ,, // “ belgini
U. Outred 1677 yili kirigan.

Perpendikulyar – yunoncha so’z bo’lib, tikka turuvchi degan ma’noni bildiradi.

Katta – kichik – “ > ” , “ < ” belgilarni G. Garriod 1631 yilda kiritgan . Qat’iy bo’lmagan tengsizliklarni P. Buge 1734 yilda kiritgan.

🔰Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV

Telegram kanalimizga a'zo bo'ling:
*✈️
@Online_Prmaktab✈️@Online_Prmaktab✈️***@Online_Prmaktab

2 months, 2 weeks ago

#Soʻragan_edingiz#Tarjima_Testlar#Critical_Thinking#Problem_Solving

📔📒📗Tanqidiy fikrlash va Muammoni hal qilish bo‘yicha ajoyib testlar!

*✅*🔑*#Javoblari_bilan🤗**

👉 Aynan‘‘CAMBDRIDGE ASSESSMENT’’ ning rasmiy manbalari va tarjima testlar faqatgina bizda!!!
🚀Prezident maktabi va al-Xorazmiy maktabiga kirish imtihonlariga shu sohada eng ko'p 6 YILLIK TAJRIBA ga ega ISLOMJON IBRAGIMOV ustoz* bilan tayyorgarlik ko'ring!

🥳Mutlaqo yangicha formatdagi hamda aynan Prezident maktabi va al-Xorazmiy maktabi kirish imtihonlarida tushgan Maxsus #TESTLAR dan siz azizlarga ulashib boramiz!🥳**

🏆Tanlovda adashmang!

🔰Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV

Telegram sahifalarimiz:
✈️@Online_Prmaktab ✈️@Online_Prmaktab ✈️@Online_Prmaktab

3 months, 2 weeks ago
[**#Foydali**](?q=%23Foydali)

#Foydali

*?*Qanday qilib yaxshiroq o'rganish mumkin?

Biror narsani o’rganayotganda, bitta o’tirishda hamma narsani o’rganishga urinmang.

⌛️ Agar biron bir narsani o’rganish, jarayonni kichik intervallarga, masalan, 40-50 daqiqaga ajratsangiz, yanada samaraliroq bo’ladi. Uzluksiz ishlash miyaning charchashiga ta’sir qilishi ilmiy jihatdan isbotlangan va agar siz unga dam bermasangiz, shunchaki ma’lumotni qabul qilishni to’xtatadi. Va bu charchashga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun har soatda 10-15 daqiqa tanaffus qiling va shundan so’ng mashg’ulotlarni davom ettiring. Qisqa tanaffusdan keyin samaradorlik va konsentratsiya ancha yuqori bo’ladi.

?Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV

Telegram kanalimizga a'zo bo'ling:
✈️@Online_Prmaktab*✈️***@vtsedu

3 months, 3 weeks ago
3 months, 3 weeks ago

#Prezident_maktabiga_tayyorlov#Matematika#Foydali

TUB SONLAR VA ULARNING XOSSALARI:

*Faqat birga va o'ziga bo'linuvchi sonlar (Faqat 2 ta bo'luvchiga ega).

Bir tub son ham, murakkab son ham emas.

Tub sonlarning bo'luvchilari soni 2 ta.

Ixtiyoriy murakkab son kamida ikkita tub sonning ko'paytmasidan hosil bo'ladi.

Murakkab sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratish kanonik yoyilma deyiladi.

Ikkita ixtiyoriy a va b tub sonlarning umumiy bo'luvchisi birga teng.

Yagona juft tub son bu 2.
Qolgan barcha tub sonlar toq bo'ladi.

Tub sonlarning eng kichigi 2.

Tub sonlar cheksiz.

Biror N natural sonidan katta bo'lmagan tub sonlar jadvalini tuzishda "Eratosfen g'alviri" deb ataladigan oddiy usuldan foydalaniladi.

Ikkiga farq qiladigan tub sonlar egizak tub sonlar deyiladi.
Qo'shni tub sonlar ham deb ataladi.
Masalan: 11 va 13. 101 va 103. 197 va 199. 1229 va 1231.

Tub sonlarning EKUBi 1 ga teng, EKUKi esa ularning ko'paytmasiga teng*.

*Bir vaqtning o'zida 1 dan boshqa umumiy bo'luvchiga ega bo'lmagan ( Yoki EKUB (a;b) = 1) sonlar o'zaro tub sonlar deyiladi.

Ixtiyoriy ikkita tub son har doim o'zaro tub bo'ladi.

Ketma - ket kelgan ixtiyoriy natural sonlar har doim o'zaro tub bo'ladi.

Ketma - ket kelgan ixtiyoriy toq sonlar har doim o'zaro tub bo'ladi.
Masalan: 1 va 3. 49 va 51*

?Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV

Telegram kanalimizga a'zo bo'ling:
✈️@Online_Prmaktab
*✈️@Ibragimov_academy
✈️***@vtsedu

3 months, 3 weeks ago

#MULOHAZA_QILAMIZ

‼️ Ko‘pchilik tomonidan berilayotgan TOP NOTO'G'RI savollarni 3 talik REYTINGI:
1. Bolamni imkoniyati qanday?
Anig'ini bilsam, shunga qarab keyingi to'lovlarni qilar edim, bekorga shuncha pul ketmasin.
(Javob: O'zi yaqindagina 3 soatlik hoyu-havas, ertaga hammani esidan chiqib ketadigan to'ylar, bazmlar uchun 50-60-mln sarflaganmiz, yoki endi sarflaymiz, O'YLANMASDAN.
Bitta 1 kunga tog'ga borib kelsak 1 mln sarflab yuboramiz
)

2. Nega bolamda o'zgarish bo'lmayapti?
2 oydan beri kursga kelayapti
.

(Javob: O'zimiz shuncha hikmatli gaplarni, shuncha tavsiyalarni eshitib o'zgaryapmizmi? Oddiygina misol. Kechqurun ko'p yema deyishadi, sog'liqqa ziyon, ertalab turib yugur deyishadi. Har kuni har yerda bu haqida eshitamiz, o'qiymiz. Hammasiga amal qilayapmizmi? Bolalar ham shunaqa. Ular ham hamma aytilganlarni qilmaydi, erinadi yoki xohlamaydi, yoki aqli yetmaydi yoki boshqa. Yoki qobiliyat kam).

3. Prezident maktabiga tanish-bilish yoki pul bilan qanday kirgizsak bo'ladi?
(Javob:* Hech qanday. Kelajakdagi o'rnini pul bilan sotib olib bermang. O'zi yetishsin. Bolani o'zini faqat ushlab yuraversangiz, hech qachon mustaqil yurishni o'rganmaydi. Yutishni xohlagan YUTQIZISHNI ham bilish kerak, onda-sonda YUTQIZIB ham turish kerak. Bular kelajak uchun tajriba, dars bo'ladi.
⚡️*UNUTMANG:
*?«Eng yaxshi sarmoya - bu bilimga qilingan sarmoyadir»*

**?Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV**

Biz bilan bog'lanish uchun:
*☎️*☎️☎️ +998934040767 ☎️☎️☎️ +998992406060 ☎️☎️☎️ +998913503377
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling:
✈️@Online_Prmaktab✈️@vtsedu✈️**@Ibragimov_academy

3 months, 3 weeks ago
[***#Mulohaza\_qilamiz***](?q=%23Mulohaza_qilamiz)

#Mulohaza_qilamiz
Dars mashg'ulotlarimizga farzandlarini tayyorlovga olib kelgan ayrim ota-onalar:
"
Bolamni imtihon qilib ko'ring, bo'ladiganmi, yo bo'lmaydiganmi? Bo'lmaydigan bo'lsa shuncha pul to'lab o'qitib yurmas edik" deyishadi.
Yosh bolani hozirdan
bo'lmaydigan bola deb ajratsak, kelajakda albatta bo'lmaydigan bola chiqadida.

Bunday ota-onalarga javobimiz:
Pulni ekonom qilmoqchi bo'lsangiz dabdabali 2 soatlik to'ylardan, mashinalardan, uyni bezashdan, kiyinishdan, choyxonalarda o'tirishdan ekonom qiling.
Cobaltga pul to'lashdan oldin "umuman buzilmaydigan mashinami" deb o'ylab ko'rganmisiz hech?!

Bolalar ham ta'lim jarayonida qiynaladi, imtihonlarda yiqiladi. Faqatgina ularga yana motivatsiya berib, qo'llab-quvvatlab yana o'rnidan turishga, yana harakat qilishga undash kerak. Avtomobilingiz buzilib qolsa ko'chada tashlab ketmaysizku, tuzatishga harakat qilasiz.

‼️Muhimlilik darajasi hozirgi paytda ko'pchilikda:
1. Uy
2. Mashina
3. To'y-hasham
4. Choyxona
5. Kiyinish
6. Farzand ta'limi
...

?Keling hammamizda shu ro'yxatni 1-sida farzandlarimiz ta'limi bo'lsin!?****

**?Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV**

Biz bilan bog'lanish uchun:
*☎️*☎️☎️ +998934040767 ☎️☎️☎️ +998992406060 ☎️☎️☎️ +998974273377
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling:
✈️@Online_Prmaktab
✈️@vtsedu✈️**@Ibragimov_academy

3 months, 3 weeks ago
*****✊*** Bugun urinib ko'ring**[​​](https://telegra.ph/file/140288eda08249504b3fb.jpg)!

* Bugun urinib ko'ring*​​!

Bir kun keladi.
Erta tongda uyg'onasiz.
Tarixga-ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo'rsinasiz.
"Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo'yasiz.
Kelajakdan turib ortga qaraganda o'sha kunning nomi BUGUN deb ataladi.

**• Bugun boshlang!
• Bugun o'qing!
• Bugun ilm oling!
• Bugun urinib ko'ring!
• Bugun qadam tashlang!

Ertaga kech bo'lishi mumkin...**

**?Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV**

*???ISLOMJON IBRAGIMOV ustozning 2024-yilgi natijalari:
PREZIDENT MAKTABIGA 30 nafar?‍?*?‍?
AL-XORAZMIY MAKTABIGA 35 (+10) nafar*?‍?*?‍?

Biz bilan bog‘lanish uchun:
*☎️*☎️☎️ +998934040767 ☎️☎️☎️ +998992406060 ☎️☎️☎️ +998903503377
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling:
@Online_Prmaktab @vtsedu ** @Ibragimov_academy

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her