????????
( ⎙ ; ❛ ?FFICIAL ?OT ❜
✆ :: @ofcnarkowar_bot
( ⎙ ; ❛ ?ARTNERSHIP ❜ OPEN
✆ :: @mppsnarkowarbot
⌕ :: @.psnarkowar
( ⎙ ; ❛ ?HITPOST ❜
⌕ :: @narkowar
( ⎙ ; ❛ ?ENFESS ❜
⌕ :: @officialnarkowar
Last updated 2 years, 4 months ago
✧. owner : @Reinani
✧. list admin : T.me/REKBER_SOHE/14618
✧. testimonial : @proofrekbersohee
✧. open PP : @giveawayrekbersohee
✧. laporan penipuan : @Reinanireportbot
— SINCE 06 - 12 - 2022.
Last updated 4 days, 22 hours ago
Manzuri jamol deb Yaratgan inoyat aylagan, ey dilbar,
Endi sen nechun ishq Qaysining bo'yniga tiraysen tig'-xanjar?
G'aniysan, go'zallik bozorin bir kulgi bilan mot aylaysan,
Vah, qachon oshiqni tabarruk rizolik ahding-la siylaysan?
Yo jallod qoshlaring faqat qasd qilganmi Majnunlar joniga,
Lablaring xumormi fitnaga, tashnami ohular qoniga?
Masalkim, ko'z tegib qolar deb, xaloyiq nazardan saqlanar,
Kim senga boqsa tosh qotgusi, sen boqsang - telbalar tuzalar.
Muhabbat iymoni ko'nglingda, nag'g'ora chaladi parilar,
Hech zog'ni yoningga yo'latmas tegrangda aylangan bulbullar.
Bas, azob ortida jannat bor, mo'minlar sabr etar vasl uchun,
Alloh inoyati tushgan yor - hijronda yoqqaysan, ayt nechun?
Vodarig', qoshingda zabunman, aybi oshkor bo'lgan tujjordek,
Yo butkul surgun qil Boburni, yo jonim ol Mansur Xallojdek.
Bobur Nusratov
Сочма
Ишқ майига чўмилган мурид
ҳеч замон тортинармикин соқийдан...
Тергама,
Зоҳиддек жаннат талаби
бор кимса,
ўтади фақат андуҳда.
Мен Ошиқ кимсаман,
Мақсуд - муҳаббат.
Каъбага бош уриб
Сени истаган
Мажнуни нолондек Лайлим деб халққа
Томоша бўлишдан қўрқмаган телба...
Дунёга бўлинган донайи анор
Каби минг тарафга сочилган одам.
Қай бири менинг чин жуфтим дебон, оҳ,
Чекар, лек жуфтига қўймас бир қадам.
Учмоққа чўнг қанот ясаган, бироқ
Осмонга етган-у қалбин топмаган.
Коинот бағридан излайди жавоб.
Сирлар эшигига, севгига жавоб:
Aслида
Бир жуфт кўз барига асос.
Боқ менинг кўзимда нени кўряпсан?
Дунёга келиб дун ёлғонларидан
Пайдо ҳисларингга алданма, шошма!
Не эди аввалдан сенда мужассам?
Севгилим, Яратган пуф деб жойлаган
Муқаддас жон ила жонимга назар
ташласанг, оч назар ила шикаста
Руҳим сенга боқиб турар ҳайратда:
Сенмисан, ҳазрати одам танлаган
Муқаддас Ҳаввонинг нафис томчиси?
Кел бери, замин, ҳеч жазойи кадар,
эмасдир,
қиёмат тонггига қадар
Сени гирён излаб юрмоқ даҳшатдир.
Ундан кўра туфроқ каби пойингга
сочилай,
Кел бери,
жаннат пойингда...
*✍BOBUR Nusratov*
Uyg‘onish
Subhlar esdilar ruhimdan manim,
Jonon jamolida to‘lg‘ondi bu dil.
Olam yangilandi yangi ishq bilan,
Shu paytgacha qanday yashadim bedil?
Bobur Nusratov
YARASHTIRUV
Er-xotinning urishi — doka roʻmol qurishi
Biz rosa aqlga to'yganmiz,
Janjal ne, jang nedir bilamiz.
Biz tugul otasin tanimas.
Ko'ziga qon to'lgan beta'miz.
Jon shirin, hayvonga teng kelgan,
Musht yeyar aybdormi yo aybsiz.
Shirakayf maymunga bas kelgan,
Albatta qoladi yoqasiz.
Jangdan so'ng boramiz hol so'rab.
"Er yigit, sizga bu yarashmas".
"Chin erkak teng bo'lmas xotinga".
"Janjalli turmush hech turmushmas..."
Dasturxon tuzalar ajoyib,
To'y kabi yarashuv kechamiz.
Biz qadah tutamiz tinchlikka,
Totuvlik uchun ham ichamiz.
Qiziydi uyboshi, bosh karaxt,
Aylana boshlaydi garnitur.
Jaranglab ketadi piyola,
"Xap senimi, xotin, shoshmay tur".
Gurullab yonadi mashmasha,
Chaqqonmiz, tez chiqib ketamiz.
Esi bor, janjalga bosh qo'shmas,
Yarashuv oshiga kelamiz.
Nusratov Bobur
HAYOT Falsafasi
Tugʻildingmi, vazifang tayin:
Odam boʻlib yashamoq.
Ammo bundan yuz karra qiyin,
Eshaklarga chidamoq.
Bobur Nusratov
Masalan
Masalan, sen menga muhabbat izhor qil desang,
Lablarimdan oʻpgin desang, chimchilab!
Olib qochib ketgin desang, toʻygacha,
Mungʻayaman meni yolgʻiz qoʻy deya.
Masalan, seni hech kimsa koʻrmasin,
Ruxsatsiz toʻydan soʻng chiqma koʻchaga,
Mendan oʻzgaga soʻz aytmagin desam,
Varaqlay boshlaysan Qomusimizni...
Oʻt va suv mos derlar, kun tunga mushtoq,
Quyosh oyni istar, zamin-chi osmon.
Yaxshi-yomon hamdam boʻladi ammo,
Tushun, men savobga qoʻshmayman gunoh.
Bobur Nusratov
16-iyun, 2024-yil
Qarshi
????????
( ⎙ ; ❛ ?FFICIAL ?OT ❜
✆ :: @ofcnarkowar_bot
( ⎙ ; ❛ ?ARTNERSHIP ❜ OPEN
✆ :: @mppsnarkowarbot
⌕ :: @.psnarkowar
( ⎙ ; ❛ ?HITPOST ❜
⌕ :: @narkowar
( ⎙ ; ❛ ?ENFESS ❜
⌕ :: @officialnarkowar
Last updated 2 years, 4 months ago
✧. owner : @Reinani
✧. list admin : T.me/REKBER_SOHE/14618
✧. testimonial : @proofrekbersohee
✧. open PP : @giveawayrekbersohee
✧. laporan penipuan : @Reinanireportbot
— SINCE 06 - 12 - 2022.
Last updated 4 days, 22 hours ago