Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
📈 Moliyadagi elastiklik: U nima va qanday ishlaydi?
Odatda muqobil mahsulotlar qancha ko‘p bo‘lsa, tovar talabining elastikligi shuncha yuqori bo‘ladi. Masalan, bir stakan qahva narxi 20 000 so‘mga oshsa, iste’molchilar ertalabki qahvani choyga almashtirishi mumkin. Bu qahva elastik mahsulot ekanini bildiradi. Chunki narxning oshishi talab yo‘qolishiga olib keladi.
Ammo noyob mahsulotlar elastik bo‘lmaydi. Masalan, olmos. Chunki uning muqobili yo‘q.
*🔤*🔤*🔤*🔤*🔤*🔤*🔤*🔤*
*Assalomu alaykum aziz huquq sohasi bilan qiziqadigan yoshlar!
*2️⃣*0️⃣*2️⃣*5️⃣**Yangi yildan biz yangi loyihani boshlashni rejalashtirdik, ya’ni huquq fani, ilmi va amaliyotida, jumladan ✅Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘layotgan yangiliklar bilan sizlarni bevosita ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishtirib borishni maqsad qildik.
🔹Bu loyiha tasodifiy emas, balki talabalarimiz va yosh hamkasblarimizning murojaatlari asosida, huquqiy bilimlarni yanada zamonaviy va qulayroq qilish to‘g‘risidagi ko‘plab iltimoslariga muvofiq yuzaga kelgan loyihadir.
💼Ko‘p yillik pedagogik faoliyat, xalqaro arbitraj faoliyati doirasidagi tajriba shuni ko‘rsatdiki, qonunlar va umuman huquq – bu shunchaki qoidalar va normalar to‘plami emas. Bu kelajagimizni shakllantiradigan jonli, dinamik vositadir. Bugun, texnologiyalar ta’sirida dunyo shiddat bilan o‘zgarayotgan bir paytda, yosh avlod uchun raqamli davrda huquq qanday ishlashini tushunish ayniqsa muhimdir.
✅Siz uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda quyidagilarni yoritishga harakat qilamiz:
• TDYU huquqiy ta’lim va fan sohasidagi dolzarb yangiliklari va yutuqlari;
• Universitetning ilmiy tadbirlari va talabalar hayotini yoritish;
• Asosiy huquqiy islohotlar sharhi va ularning amaliy ahamiyati;
• Raqamli davrda huquqning rivojlanish tendensiyalari tahlili;
• Xalqaro arbitrajdan amaliy misollar;
• Bo‘lajak huquqshunoslar uchun amaliy tavsiyalar;
• Savollaringizga javoblar.
Bizning maqsadimiz – talabalar, o‘qituvchilar, amaliyotchi huquqshunoslar va barcha qiziquvchilar O‘zbekistonda va dunyoda huquq fani va ta’limining rivojlanishini kuzatib borishi mumkin bo‘lgan maydon yaratishdir.
Keling, huquq kelajagini birgalikda yaratamiz!
Hurmat bilan, yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo‘ling va huquq sohasi yangiliklaridan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling:
📱 Telegram: kanal havolasi
📱 Facebook: sahifa havolasi
📱 Instagram: sahifa havolasi
📱 YouTube: kanal havolasi
✅ TDYU REKTORIGA MUROJAATHurmatli foydalanuvchilar! Universitet faoliyatiga oid barcha masalalar bo’yicha TDYU rektoriga to’gridan-to’*g'ri murojaat qilishingiz mumkin.
Unutmang, hech bir murojaatlar e'tibordan chetda qolmaydi.Agar korrupsiyaga oid faktlardan xabardor bo’lsangiz, shuningdek, universitet faoliyatiga oid muammolar va takliflarni quyidagi havola orqali anonim* tarzda yuborishingiz mumkin.
*⚠️ Shaxsingiz va yuborgan xabaringizning maxfiyligi Google texnologiyasi tomonidan kafolatlanadi.*👉 MUROJAAT QILISH
#vebinar *🇬🇧*Buyuk Britaniyaning Oxford universiteti ilmiy tadqiqotchisi ishtirokida vebinar o‘tkaziladi
*🏛Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat boshqaruvi” kafedrasi o‘qituvchisi Nurillo Tuxtasinov tashabbusi bilan «Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning boshqaruv faoliyatidagi ahamiyati» mavzusidavebinar tashkil etilmoqda.
Vebinarni Buyuk Britaniyadagi Oxford universiteti ilmiy tadqiqotchisi Iqboljon Sobirov olib boradi.
*🕔Mashg‘ulot 17-oktabr 11:30 dan boshlab ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi.
👨🏻💻Moderator: Nurillo Tuxtasinov**👉ISHTIROK ETISH👈**
#tavsiya
*🇺🇿***DAVLAT XIZMATCHILARI VA BIZNES UCHUN FOYDALI SUNʼIY INTELLAKT XIZMATLARI
1. IBM Watson
Fuqarolar bilan muloqotni yaxshilash, maʼlumotlarni tahlil qilish va chatbotlarni yaratish platformasi.
👉IBM veb-saytida koʻrish👈
2. Microsoft Azure AI
AI ilovalari yaratish va maʼlumotlar tahlil qilish, jumladan, katta hajmdagi maʼlumotlarning avtomatik tahlili uchun vositadir.
👉Microsoft veb-saytida koʻrish👈
3. Google Cloud AI
Jarayonlarni avtomatlashtirishga yordam beradigan, maʼlumotlar analizi va mashinalarni oʻrganish xizmatidir.
👉Google veb-saytida koʻrish👈
4. Salesforce Einstein
Fuqarolar bilan munosabatlarni boshqarish va xizmatlarni yaxshilash uchun integratsiyalashgan AI vositasi.
👉Salesforce veb-saytida koʻring👈
5. Zotero
Hujjatlar va tadqiqotlar bilan ishlash uchun foydali boʻlgan maʼlumotlarni tizimlashtirish va tartibga solish xizmati.
👉Zotero veb-saytida koʻrish👈
6. RPA (Robotic Process Automation)
UiPath va Automation Anywhere — muntazam vazifalarni avtomatlashtirish vositalari.
👉UiPath | Automation Anywhere👈
7. OpenAI API
Fuqarolarga xizmat koʻrsatish uchun kuchli chatbotlar va qayta ishlash tizimlarini yaratish imkonini beradi.
👉OpenAI API veb-saytida koʻrish👈
8. OpenAI ChatGPT
Skriptlar, postlar, maqolalar yozish, matnlarni toʻgʻrilash, kontent rejalarini tuzish va boshqa koʻp narsalarni qila oladigan xizmat. Uning pulli va bepul versiyasi mavjud.
👉OpenAI ChatGPT veb-saytida koʻrish👈
▫️Ushbu xizmatlardan foydalanish jarayonlarni sezilarli darajada optimallashtirish va davlat xizmatchilarining samaradorligini oshirish imkonini beradi.
#saylov2024
*⚡️“Aralash saylov tizimining mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi*
🏛Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi professor-oʻqituvchilari Sh.Nazarov va N.Tuxtasinovlar tomonidan Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabalari uchun 🇺🇿“Aralash saylov tizimining mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda saylov qonunchiligining mazmuni, xususan aralash saylov tizimining oʻziga xos jihatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Talabalar davra suhbati davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
«Позиции ведущих европартий накануне выборов в Европейский парламент 2024 г» — Борис ГУСЕЛЕТОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета
«Ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish zarurati va masʼuliyati» — Dilafruz AZIMOVA, Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi dotsenti
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago